[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Форумистон » ФанФорум » Фан-Форумчилар » DBS-2: Loading (Yulduzlik kasalligiga chalingan telbanamo shoir yohud ...)
DBS-2: Loading
GiyosСана: Пайшанба, 16-Июн-2011, 18:14 | Изох # 1
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
YULDUZLIK KASALIGA CHALINGAN TELBANAMO SHOIR. YOHUD SUVARAKDAN SMILEY GACHA!



GIYOS: Bugungi Do’stim bilan suhbat sahifasini navbatdagi mehmoni, Forum yulduzi, Do’stim Loading... Fazliddin Tojiyev. (29 Апреля 1988 tug’ilgan) Hush kelibsiz.

LOADING: Rahmat.

SHAHSIY HAYOTGA OID SAVOLLAR

GIYOS: Birinchi savolimiz quydagicha. Siz forumga Loading nicki bilan kirasiz. Shu nickni ma’nosi va kelib chiqishi qanday?

LOADING: Loading nicki bu asli kelib chiqishi bir nimaga asoslangan disak bo’ladi, yani qanaqa? Bilasizlar hammanglar, ayniqsa internet olamida yuradiganlar biladi. Chat degan narsa bor. u bizaniyam sayt Sayyod.uz da ham chat bor. Undan oldin bilasizlar choyhona chat degan narsa bo’lardi. Hullas ushatda o’yin qilib, soxta virus yuborish g’oyasi bilan chiqganman doimgidek chunarsiz fikrlar bilan harakatlanaman. Ana ushanda shunaqa joyi bor. Waiting new virus loading, yani yangi virus parametrlari yuborilmoqda kuting. Undan oldin o’zi “akasi” nickim bor edi. “Boshqacha” nicklarim bor edi. “akasi” yoki “boshqacha” nicklarim bilan faoliyat yuritardim. Shundan keyin loading qanaqadir shu ko’p savolga, savol berishga anaqa bo’ladigan. Yani sabab bo’lishi uchun Loading qo’yganman.



GIYOS: Siz hayotda qanday insonsiz?

LOADING: Sayyodda?

GIYOS: Hayotda qanday insonsiz? Hayotda!

LOADING: Hayotda. Hayotda o’ychanroqman, yani ko’p mulohaza qilaman, lekin hazilkash, hazilni ko’tara oladigan odamman. Sayyoddayam qanaqa? Man o’zi hamma joyda bitta o’zgarmidigan narsam bor. Hayot bilan suhbatlarda odamlarni harakterini o’rganishni yahshi ko’raman. Yani odamlarni psixologiyasini o’rganishga qiziqaman. Shu narsam o’zgarmidi. Atak qizlar bilan boshqacharow muomilam, bolalar bilan boshqacharoq muomilam. Odamga qarab muomila qilish odatim bor lekin.



GIYOS: Hayotdagi olam bilan vertual olamda farqingiz bormi? Yoki bir xilmisiz?

LOADING: Vertual olamda ochiqroq gaplashaman, bemalolroq, yuziga qaramasdan ancha buncha narsani etishim mumkin. A yuzma yuz o’tirganda ko’p ham gapirmayman. Birinchi suhbatdoshiz toxaclub to’g’ri etganlar. Ikki hil harakterli odam dib. Bu to’ppa to’g’ri. Ikki hil harakterli odaammaan.

GIYOS: Nimalarga qiziqsiz? Qiziqishlariz haqida gapirib o’tsangiz.

LOADING: Xop. Qiziqishlarim asosan texnologiyalarga. Asosan yengi chiqayotgan hi tech texnologiyalarga juda qiziqman. Hozir asosan yana qiziqishim qizlarni psixalogiyasi. Yani ikki kishi o’rtasidagi munosabatlar. U nechi yosh bo’lishidan qa’tiy nazar odamlar orasidagi munosabatni kuzatish juda yoqadi.

GIYOS: Nimalarni yoqtirasiz va yoqtirmaysiz?

LOADING: Xop. Yoqtirish yoqtirmaslikga kelganda agarda buni yeb ichishga anaqiladigan bo’lsak. Ovqat tanlamayman, lekin pishib ketgan meva sabzavotlarni yiya olmayman. Yumshoq narsalarni misol uchun tarvuz qovunlarni qattim qattimini, shunaqa svejiy svejisini yiyish yoqadi. (kuladi)



GIYOS: Boshqa narsalardan nimalar yoqadi. Masalan kino ko’rishmi yoki kitob o’qishmi...
LOADING: Xo’p. Kino ko’rish juda yoqdi lekin, hh oxirgi paytlardalekin hich qachon kitob mutola qilishdan hech qachon yo’q demaganman, qaytmaganman. Nima qo’limga tushib qolsa o’qib, qiziqtira olsa bo’ldi. Misol uchun u katta kitob bo’ladimi, tom – tom kitob bo’ladimi, erinmiman o’qib chiqaman.

GIYOS: Oxirgi paytda qaysi kitobni o’qidiz?

LOADING: Xo’p. Oxirgi o’qivotganim “Yulduzli tunlar”. Primqul Qodirovni “Yulduzli tunlar”ini endi boshladim. Xo’p undan oldi. Xop anaqani o’qib chiqudim.

GIYOS: Qaysini?

LOADING: Hmm “Iblis devori”ni Toxir Malik qalamiga mansub “Iblis devori” asarini o’qib chiqgan edim.

GIYOS: Hayotdagi orzularingiz.

LOADING: Shuu orzuyim lekin, nima diydi. Hozir endi shunaqa narsaki orzu niyatlar ham yoshga yarasha bo’larkan. Yani haa harakterimdan kelib chiqadigan bo’so’. Deyarli ertangi kunni o’ylimanu lekin, bugungi kun bilan yashiydigan odam ekanman. Agar bundo chetdan qariydigan bo’so’. Bu deme nima bo’ladi. Yaxshi oilani boshi bo’lish. Yani mol dunyosiz bo’lsa ham lekin, baxtili oila!



GIYOS: Siz baxtli oilani orzu qilasiz?

LOADING: Ha. Baxtli oilani.

GIYOS: Endi hayotdagi maqsadlarizni etib o’tsangiz.

LOADING: Hayotdagi asosiy maqsad. Odamlarni nazaridan qolmaslik. Hm chunki ko’pchilikda sezamande. O’zini bir chetda dib biladi. Kimdurla o’zini chetda dib hisoblidi. Kimdirla xaqiqatan o’zi chetga chiqib qoladi. Yani man imena har doim markazda bo’lish dimiman. Imena markazada bo’lish dimiman lekin, odamlarni e’tiboridan qolmaslikde.

GIYOS: Orzu bilan maqsadni farqi sizningcha qanday?

LOADING: Orzu, orzu bu taxminlarga asoslanib, yani odam o’zini oldiga taxmini bir maqsad qo’yadi, anaqa qo’yadi, maqsad qo’yadi. A Maqsad bu ...

GIYOS: Orzu qilish uchun ham maqsad qilish kerak dib o’ylavosizmi hozir bu yerda siz?

LOADING: Hm, orzuga maqsad kerak bo’ladi.

GIYOS: Balki maqsadga orzu kerakdir.

LOADING: Yo’q. To’g’ri bir bilan bog’liq narsa lekin, maqsadda odam shunaqa narsa borki taqdir digan narsa ham rol o’ynaydiki, qanaqa odam o’zini imkoniyatlaridan kelib chiqib, bir narsani maqsad qiladi, yani cho’ntagimda misol uchun 15 so’m pulim bo’lsa, man maqsad qilaman shu 15 so’m pulni ishlatish. 15 so’mli narsa olishni. Hich qachon man cho’ntagimda 15 so’m bo’b turib 10000 lik narsa olishni maqsad qilmayman. A bu maqsad. Orzu shu 15 so’mga yani shuni qanaqadir yo’l bilan ko’paytirish keyin qanaqadir 100000 lik narsani olish. Mashinga o’xshagan narsa. Bu bo’lishi mumkinam bo’lgan narsa, bo’masligi, yani noaniq narsa bu orzu. Aniq narsa maqsad.

GIYOS: Orzu bilan holda keyingi savolga o’tamiz. Har bir bola yoshligida qaysidir kasbni egalashni orzu qiladi yoki maqsad qiladi. Siz qaysi kasblarni egallashni orzu qilgansiz?

LOADING: Xop. Maqsadim hm bolaligimdagi bo’lsa, hm tog’amni anaqalarini ishlarini endi bilamande. U paytda bilmasdim. Lekin nima diydi. Bolalarcha baribir ha usha bolalikda hamma ham boy bo’lsam diydi, moshinalarda yursam diydi. Mashinalar olgisi keladi. To’g’rimi? Demak usha paytda yani ikkita anaqa bo’lgan tog’amni ishlarini olish. Xop agar ochiq etadigan bo’lsak. Tashqi ishlar vazirligida ishlash. Ikkinchisi bu usha o’zimizni oilaviy sharoitdan kelib chiqib yani qanaqa yani ota kasbni egallash bo’lgan. Shu ustachilik. Chunki ustachilikda odam hech qachon hor bo’lmaydi. Ustachilik deganda aynan kafel terishni nazarda tutdim. Keyin yana nima ish qilsa ham. Aniq bir maqsad bilan ish qilish, yani aniq bir narsalarga suyanish.

GIYOS: Hozirgi ishingiz qanday, Yoshlikda orzu qilgan kasbga erishdiznmi?

LOADING: Yo’q. Yoshlikda orzu qilgan kasbga erishmadim. Man qiziqishim texnologiyalar. Hozirda televidinyada, Axborot ko’rsatuvida.

Anvarbek: Yuqori Informatsion Texnologiyalar

LOADING: Yuqori Informatsion Texnologiyalarga bog’liq soxada ishlar ekanman.

GIYOS: Nega “ekanman”. O’zingiz bilmisizmi? (Hammamiz kuldik.)



LOADING: Sal qiziqroq bo’lishi kerak. Har qanday texnologiyani uzog’i bilan bir soatda ichini obladat qilishni bilaman. Qisqa vaqt ischida to’liq egallab olishni bilaman...

GIYOS: Kechiras gapizni bo’ldim. Man sizga ishiz haqida savol berudim. Siz qiziqishlarizga o’tib ketdiz.



LOADING: Hop. Hop .

GIYOS: Siz u yerda nima ish qilasiz o’zi, ishga kirganizga qancha bo’ldi?

LOADING: Shu sohada ishlayotganimga man 3 yil bo’libdi. Vaqt o’tib ketibdi (kulgu), lekin u yoqda o’zimga yarasha toshim, aftoritetim bor. Xop, avval montajdan boshlaganman. Vidiomantaj diylu, to’liqroq gapirilik. Endi efirga uzatish vaqtida asosiy pultida ishlayman. Dictorni gapirdan keyingi lavhalarni ulab beraman. Bevosita efir jarayonida ishtirok etaman.

GIYOS: Axborotdagilar sizga qanday ishonishadi?

LOADING: Bu shunaqangi hayajonli jarayon. Telefonga anqayib o’tirganimda bilmiman, sezmiman. Ayniqsa “Sayyod”ga kirib ketib qolsam rejissyorlar baqiradi. Telefonni yig’ishtirib qo’yila. Ushani uchun maxsus kaatta e’lon yozib qo’yishgan. Shundoq mani tepamda turadi. Telefondan foydalanish, telefonda gaplashish, o’yin o’ynash qatiyan man qilinadi dib yozilgan. Lekin saytga kirish mumkin emas digan yozuv bo’lmaganligi uchun, man telefonimda internetda ishliman. (kulgu)



GIYOS: Ishingizni yoqadigan va yoqmidigan tomonlari.

LOADING: Hop. Yoqadigani mani qiziqishlarim. Yoqmidigani ... (senzura. Yozish mumkin emas.) Giyos shu joylarini olib tashlang. Olib tashlang digan joylarimni ham yozib qoldiring.

GIYOS: Yoshligizdagi kasblarga erisha olmaganizdan afsuslanmaysizmi?

LOADING: Bo’ladi. Moliyaviy taraf bolaligimda o’ylagandek emasde. Shu tomondan olsa bo’ladi.

GIYOS: Oilangiz haqida gapirib o’tsangiz.

LOADING: Hop. Oilamiza. Oilada to’liq kitobida 6 kishimiza. Oyimla man doimgidek hamma oilada bo’lganidek. 4 ta o’g’il bola. Man 2 chi farzandman. Hop. Hm. Nima diydi. Reklama qilish dimisizlar svetaforni yashil chirog’ini kutib o’tiribman. Balki akamni to’yo kunigacha 2 palasa svetafori yashil chirog’i yonib qolsa birga yashil chiroqdan o’tib ketarmiz. (kuladi.)

GIYOS: Har bir kishida bo’ladi. Sevgi, muhabbat. Shu hissiyotlar sizda ham bo’lganmi?

LOADING: Hh Hop. Sevgi, sevgi muhabbat diydi. U narsalar bo’lgan. Hammasi bo’lgan, shu kungacha bo’lib kelmoqda. Lekin sevginiyam har hili bo’larkan. O’tkinchisi bo’larkan. Birinchi muhabbatim digan joylari bo’larkan. (kulgu). Hop jiddiyroq. (kulgu). Hop muhbirimiz cho’ta nimagadir hayajonlanib ketvotila. Manimcha ularni ham eslariga tushib ketgan bo’lsa kerak. Hop sevgi muhabbat bo’lgan. Yani nima diydi. Sevgi muhabbat shunaqangi narsa ekanki. Unga erishsang (kulgu). Hop unga yetishsang (kulgu) U sevgin muhabbat bo’lmas ekan. Yetisha olmasang sevgi muhabbat o’z kuchida qolar ekan. Usha maktab yoshidan. Paralelldagi qizlarga ko’zimizni bir chekkasi bilan qarab uyalib yurgan paytlarimiz ham bo’lgan. Undan keyin bo’gan litseylarda o’qidu, kollejlarda o’qidu.

GIYOS: Qaysi kollejda o’qigansiz?

LOADING: Radio texnika avtomatika kasb hunar kollejida.Chilonzor 20 kv dagi. Bizani guruppada payani ushlidiganlar bo’lgani uchun, uuumuuman qizlar bo’lmagan. Ushani uchun qo’shni hovlilarga tosh otib katta bo’lganmiz. Qo’shni guruppadagi qizlardan gap eshitib, o’ynab kulib, lekin birortasini uyoqda marojni parojniyga olib bormaganman. Sinfdoshlarimni hammasini bitta bitta olib borganman, yani galma galdan do’st sifatida lib borganman. Dil izhorlari bo’lgan usha Sayyod.uzda yozib qoldirgan eslasela man sinfdoshimga savol berdim. kimni o’ylavosan? Faqat sani o’ylavomman didi. Bu usha o’qib bilselar bo’ladi. Bu bo’gan voqea. Man ichimdan to’qib chiqarmaganman. Bo’gan voqea. Maktabni bitirib kollejda o’qib yurganimizda bo’lgan. Usha yashi niyat bo’larkan. Sevgida, sevgi shunaqa narsa ekanki odamni extirosidan sevgi bo’larkande. Turmush qurish bu odamdagi nima diydi yahshi niyat bo’arkan. Mamentda sevgidan boshqacharo lekin, asli sevgi udir. Chunmagan narsalarimiz ko’p. Mana sebgi haqida kitoblar gapirsa bo’ladi. Chunvosilami? Yana nimalar disa bo’ladi? Bu tugamaydigan mavzude.

ANV@RBEK: Man qandomanki! digan joylaridan bo’ldi.

LOADING: Man qandomanki! (kulgu)

GIYOS: Mana sizda etishiz bo’yicha 1 chi, 2 chi, 3 chi, 4 chi va ha kazo muhabbatlariz bo’lgan ekan. Ushalardan qaysi biri qalbizda iz qoldirgan qaysi biri?



LOADING: Eng iz qoldirgani, yani nima diydi. Hozirgi kungacha iz qoldirgani mana to’ylarini yaqinda o’tqazib, chiroyli qilib, mana baxtli oiladan. Adashmasam FARZANDLI bo’lishdi. Xabarim aniqmas. Lekin bo’lishi kerak bo’lgn qaynotam bilan aloqadaman. Keyin qarindoshdek bo’lib ketganmiz ular bilan. Salom alikimiz bor. Okasi o’zimni paralelldosh o’rtog’im. Shu lekin...

GIYOS: Nima sababdan uni sizga berishmadi yoki olmadiz?

LOADING: Yo’q. U bilmidi ham. Oilasida faqat amakisi bilardi. Unga bo’lgan munosabatimni. Hich kim bilmagan. Yani man otni qamchilamaganman. Qo’pol qilib etganda.

GIYOS: Balki qo’rqandirsiz etishga.

LOADING: Yooo’q. Bunaqa disa ham bo’ladi. Qo’rqishmas, nima diydi. Oldin har bir og’il bolada shunaqa narsa bo’ladi. Oldin oyoqg turiy diydi. Hich bo’lmaganda bitta institutni bitiriy diydi. Yani gapirganda gapirishga bitta gap topilishi kerak. (kuladi). Erta indin oila musht uchib kevotganda qalqon kerak bo’ladi.

GIYOS: Boya uylanish haqida gapiryotgandiz. Mana hozir ish joyiz bor, oyoqga turgansiz. Qachon uylanmoqchisiz?

LOADING: ... Hop uylanishga keladigan bo’so’. Hozir disa hozir ham uylanib ovuramaaan. Bu manga qarab turgan narsamas. Hm yani. Oldin etganimdde svetafor yonishini birinchidan kutishimiz kerak. Ikkinchidan uy joy digan narsalar bor. Yana shunaqangi narsaki moliyaviy tarafaga TAQ etib kelib to’xtarkan. Keyin to’g’risini etganda hali unaqa usha JIZZ etgani boo’maadii.


Sog' salomatlik...
 
GiyosСана: Душанба, 27-Июн-2011, 02:14 | Изох # 2
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
GIYOS: Shuncha muhabbatlariz bo’lsa ham jiz etgani bo’lmadimi baribir?

LOADING: Yo’q. Bir variyantlar ham bo’lmadide.

SHOU BIZNES HAQIDA

GIYOS: O’zbek shou biznesi haqida fikringiz. Hozirda rivojlanib bormoqdami yoki rivojlanamayaptimi? O’z shahsiy fikringizni etib o’tsangiz.

LOADING: Hop. Shou biznesga keladigan bo’so’. Shou biznes o’zbek shou biznesi haqida gaplashib o’tamiz. Jahon shou biznesi shundoq ham rivojlanib bo’lgan. O’zbek Shou biznesga keladigan bo’so’ rivojlanish bor. haa yeterlicha yahshi , etish mumkin bo’lsa, sanatlorlar yosh istedodlar juda ham yetarli. Ularni ochish ham topish ham shart emas. Yetarli bo’voti. Topilgan ochilganlarini o’zi yetarli, yomon emas. Rivojlanish bor. kamchilik bo’ladi. Yani usha kamchiliklarni baribir to’ldirib boriladi. Yani aynan nimada? Kamchiliklarini nimada desa bo’ladi. Kamchilik umumiy etadigan bo’lsak. Qanaqadir ko’pchilik tili bilan etganda bachkanalik ko’proq. Yani qanaqadir yangilikga intilish yo’q. Kopirovka qanaqadir ko’proq. Yani ko’chirmachilik. U shart emas jahondan, o’zimizdan lekin. O’zimizdan ham ko’pincha qayta ishlashadi. Misol uchun nima o’zimizani anui Mahallada duv-duv gapmi, mashinaqa elni og’zida qolgan yani el yurtga tanish bo’lgan narsalarni qayta qayta ishlayverishadi. Qanaqadir jahon shou biznesidaka yengilanishlar yo’q.

GIYOS: Yoqtirgan honandalariz.

LOADING: O’zbek honandalaridan: Hop ayollardan kimni etso’ bo’ladi. Play list imda ayol honandalardan eng ko’p turadigani bunday olib qarasa Shahzoda ekan. Yana kim? Hop erkak honandalardan bo’b turadi Sherali Jo’rayev tez tez play listimga kirib turadi. Yoshlardan Shohruhhonni ijodini deyarli hammsini eshitaman. Birorta yomon ashulasi yo’q dib hisobliman Shohruhhonni. Shohruh repperni ijodlariga befarqmasman.

GIYOS: Chet elnikidan.

LOADING: Deyarli taniqlilarnni eshitmiman. Hit tarona bo’lsa 1 hafta eshitishim mumkin.

GIYOS: Bilamiz siz kinoga ko’p tushasiz. Kinozalga qanday baho berasiz?



LOADING: Guruchda kurmak bo’ladi diganlaridek. Bor. yahshi kino zallarimiz. Sanab o’tishim mumkin, G’uncha kinoteatri, Kino olami, Mega planet, Hop. Basha, Grand Cinema yani jahon kinolari qo’yiladigan hamma zal yevropa standartlariga javob beradi. O’zbek kinlariga javob beradigan bitta G’uncha. Panaramada zallar ko’pligini hisobga oladigan bo’lska ikkita katta zali javob bera oladi. Qolganni maktabimizdagi stol stullar. Maktabimizda stol stullar bo’lardi huddi ushanaqa kino zal. Dom kinoda bitta katta zali. Kichkina zallari yomanamas.

SAYT VA FORUM HAQIDA



GIYOS: Sayyod.com saytiga kirib kelishingiz. Qanday qilib kirib kelgansiz?

LOADING: Ooouu. Sayyod.com saytigaa mana Anvarbek digan hamkasbim. (Anvarbekni ko’rsatib qo’yadi).

ANV@RBEK: Aybdor.

LOADING: Aybdor. Shu bola karidordan u yoqdan bu yoqga sayyod.com.... sayyod.com dib yugurvuradi, yugurvuradi, manam, manam aslida eski userlardanman disam ham bo’ladi. Oldin bir bir kirib turardim. Hozirgidek aktiv, ashadiy muhlis bo’lmasam ham usha payt kun fikrlari, saytdagi yangiliklarga o’z fikrimni bildirib qolardim. Keyin yahshi ishlamiy qoldi. Ushandan keyin kirmadim.

GIYOS: Forumga kirib kelishingiz.

LOADING: Forumga kirib kelishimga ham sabab usha Anvarbek karidordan boshqatdan chopib o’tganlar. Chopishni boshlaganlar.

ANV@RBEK: Qaytgan, qaytgan.

LOADING: Orqaga qaytib otvotganlarida Xop man etdim nimgadir yahshi ishlamidiku diganimda. yo’q hozir yengi sayt bo’ldi, nosozliklar olib tashlandi digandan keyin, man baribir boshidan kira olmadim. Keyin Anvarbek mani nozik tarafimni bilgaliklar uchun. Sekin ijodiy tarafdan yondoshdi. Bizada bir Shahlo digan moder borlar didila. Zo’r zo’r asarlar yozadilar didi. Sherlar yozadilar, juda kuchli fikrlar bildiradilar diidlar. Iya didim yengi maktab didim. Shundo kirdimu adyi tamom bo’ldim qolib ketdim.

GIYOS: Forumga oldin kirganiz bilan hozir kirganzidagi yutiq kamchiliklar.

LOADING: kamchiliklar haqida nima disa bo’ladi. Hop kamchiliklarni man hozir ko’rmayapman. Tashqi tomondan eshitdim lekin. Maqol bilan etsak qoraqo’ng’iz bolasini oppog’im, tipratikan yumshog’im digan ekan. Shunga mani o’zimga bilinmaydi. Yutuqlari forum jamoasi kengayib bormoqda.

GIYOS: Forumga qanday o’zgartirishlar olib kirardiz va sizdan qanday yangiliklar kutmoqdamiz, qaysi mavzularni yopib qaysilarini qayta ochish kerak dib o’ylisiz?

LOADING: Nu o’zgartisrish bo’sa. Yopilgan mavzulardan biri yani Parvinani bitta mavzulari bo’ardi eslaselar, birinchi muhabbatimni shunga o’xshash bitta . sevgi izhori dunyo tillari da degan usha mavzuni olib chiqardim. Yana bir kun ham turmadi Sayyod.FM loyihasi qanaqaidir bu saytda radio kerak edi. Bu rivojlanishi kerak edi. Hop ketti. Formda mandan shu psixologik odamlar haiqdagi mavzu olib kirishim mumkin, hozircha yetarli. Shou biznes mavzularni olib borolmayman.

GIYOS: Toxaclub bo’lgan suhbatta u forumni bachka didi, shu fikrga qanday qaraysiz?

LOADING: Forumda bachakana mavzu deyarli yo’q. Bir tomondan bo’lishiu mumkin, chat bo’lib ketishi.

GIYOS: Sud zali nega yopildi?

LOADING: Userlarimiz jiddiylashib ketishdi. Hazilomus so’zini unitib qo’yishdi. Shu sababdan yopildi.

GIYOS: Yana shunga oid savol. Biz ko’p kuzatganimiz. Forumda kimdir o’zaro chiqisha olmay qolsa URAA urush bo’voti, URAAA janjal tomosha qilaman diysiz. Nima shu sizga yoqadimi?

LOADING: Xop. Yani man forumdishlar urishishag doim qarshiman. Yani nima mani maqsadim shuki janjal ketvotimi URAA dib bu narsa etilishi janjalga qanaqadir janjaldan hursand bo’votgan odam bo’lishi bilan buni hazil ekanini hamma biladi. Usha urishvotgan odam kulvoradi bir biriga. Balki ko’ziga ko’rinmas.

GIYOS: Lekin mn ko’rdim, yozganizdan keyin ham tinmagan.

LOADING: yordam bermadi dimoqchimisiz?

GIYOS: bilamadim qanaqadir asbiga tekkanmisiz.

ANV@RBEK: Yonayotgan olovga benzin sepgandek digan gap.

LOADING: hm, hm., (kulgu)

GIYOS: Siz chunarsiz postlar, sh’erlar yozasiz?

ANV@RBEK: U manga etagn shu chunarsiz she’rlar, postlar bilan don taratganman dib. Ko’p tanqidlarga uchrasa ham. Lekin hozir kamaydi. Nima bu orqaga qadam tashlashmi? Yoki forumga moslashishmi?

LOADING: HOP. Hop. Hop. Mashiniyam yozib qo’ying. Hmmmm. Boshida kirganimda chunarsiz fikrlarni yozganimda ikkinchi kunidan birinchi bo’lib Anvarbek ni shahsan o’zlaridan eshitganman. Hamma yoqga she’r yozib tashaganim bu birinchisi. Shu adresimga kegan usha anaqalarda

GIYOS: Ruchkamni tishlamang! (Oq varoqga rasm chizayotgani uchun ruchkam unda edi.)

LOADING: Tishlamayapman. Uchini tishliman dib og’zimga kirib ketdi.
LOADING: Ushanda ertasi kuni yozganidim. KomentariyamdAnv@rbek: Mani fikrlashim hozir shunaqa manga vaqt berila man sizlardaja bo’laman dib va’da bergan edim, yani sizlar qanday o’ylasezlar man ham shundo bo’b bera oliman digandim. Savolda kamaydi diganlariga kelaigan bo’lsak, demak man sizlarga oz bo’lsa ham o’rgandim. Sizlarni anaqelaga kirdim. Qozonni qorasi yuqganga o’xshagan gap bu. Man biribir tushunmayapman baribir xaroliklar bilan yozamande. Kop’lar manga etishdi, ogohlantirishdi. Sarvario ohirgi marta LS dan ogohlantirdi. Shundan keyin kallamga shunaqa fikr keldiki, yo’ bu odamlar man o’qigan kitobni hali o’qimagan, Kitob degandda bu hayotiy tajribaga etvomman. Manchalik egamas. Yoki man bularni kitobini hali bilmayman. Mashinaqa fikr keldi.



GIYOS: Siz bir kommentizda yozib o’tgansiz “Forum YULDUZIMAN” dib, shuni izohlab bersangiz.



LOADING: Man o’zimni forum yulduziman dib hisoblashimga sabab, har qale forumistonda man o’zimni anaqamga egaman. To’g’ri hamma userlar mandan dasxat olmasligi mumkin. Lekin Loading desa hamma deyarli taniydi, hamma deyarli biladi. Bu digani YULDUZLIK degani, bu YULDUZ digani, bu MASHHURLIK digani, yulduzlik diganda mashhurlikni nazarda tutib etganman. Misol uchun hich kimda kopirovka qilgan narsam yo’q. Misol uchun birovdan biror narsani o’rganib, olib lekin o’zimni fikrim bilan yozaman. Man hich kimnni kopirovka qimaganman. Demak mani o’zimni yo’nalishim bormi. Man LOADINGMANMI? FAZLIDDINMANMI? Demak man YULDUZMAN. Hamma mani Fazliddin YULDUZ deb biladimi, demak YULDUZMAN. Nima qilaman man anaqaga o’xshab, h yengi kegan userimizga o’xshab, manga e’tibor bermayapsizlar, manga e’tibor bermayapsizlar, gapirganimni eshitmayapsizlar

GIYOS: Farruxbekmi?

LOADING: Ha, bilas yaqinda telefonda gaplashdik. Ushanga o’xshab o’zimni olvurishim, olvurishimmam bu noto’g’ri narsa. YULDUZMAN man o’zimni YULDUZ deb hisobliman man. Bo’ldi. (kulgu)

GIYOS: (KULVOMAN)))))

ANV@RBEK: Vidioga olish kerak edi shu joyini. Eyy.

LOADING: Doim kamerasi ishlamidi, shuncha joylarini olmagan.

GIYOS: Siz mabodo YULDUZLIK KASALIGA chalinmadizmi?



LOADING: Hop. Tan olaman yulduzlik kasaliga chalingan bo’lishim mumkin. Yulduzlik kasaligi bor narsa lekin, man lekin chegaramni bilaman. Yulduzlik kasaligiga uchramaganman. Man yulduzman dib etgan joyim nimaga asoslanib etganim. Usha tanishman, man o’zimni yulduzman dib hohlagan userimga hohlagan gapimni gapirib yuboromiman. Hammasini o’zini hurmatini saqliman. Demak man Yulduzlik kasaliga uchramaganman. Man ushalni orasida mashhurman lekin, Mashhurligimdan foydalanmanyman. Mashhurligimdan foydalansam YULDUZLIK KASALIGA uchragan bo’lardim.

GIYOS: Forumda o’zingiz reyting qilsangiz. Top 5. Kimlarni kiritasiz?

LOADING: Forumdami? Hop. Agar bunga kirg’izadigan bo’lsak, hamma jihatlarini oladigan bo’lsak, oxirgi statiska bo’yicha forumga kirishi, fikrlashi boshqa jihatlardan qizlarni olsak bo’ladi. Misol uchun
(1) Dilya
(2) Mr_Online
(3) toxaclub
(4) Parvina

GIYOS: Giyos bilan Anv@rbek qolib ketdide (kulgu) Shuncha mehnat qilishdide qolib ketishdi. (kulgu)

LOADING: Yo’q. Tanish bilish bo’voti diyishadi. Yana oldindan oqan suvni qadri yo’qde. (kulgu)
(5) Smiley

ANV@RBEK: Qolgan userlar hafa bo’lishmidimi?

LOADING: Yo’q yo’q. Hafa bo’lishmidi.

GIYOS: Keyingi savolga o’tsak. Forumdagi qizlardan birini yahshu ko’rib qolsangiz nima qilardingiz? (FAQAT HAFA BO’MELA, BU SAVOL HAMMAGA BERILADI. HAZIL TARIQASIDA QABUL QILISHINGIZNI SO’RAYMAN)

LOADING: Forumdagi qizlarni yahshi ko’rib qolsam nima qilardim? Man ancha muncha bir hayotiy munosabatlar haqida tasnifimga egaman. Birinchidan forumchilarga o’ldim kuydim dib e’lon qimiman. Birinchi qadamim bu odam haqida umuman gapirmasam ham kerak. Endi bilmiman. Yani u haqida kamroq gapirishga xarakat qilamande, lekin bitta gapirganda munosabatimni bildirib qo’yishim mumkinde. Chunvosizmi? Har bir kamentariyamda gap kimga otilvotgani haqida bildirib qo’yishim mumkin, signal berib qo’yaman. Kam gapiraman lekin signal berib qo’yaman. Yana nimalar qilishim mumkin? Yahshi ko’rib qolsam LS dan munosabat haqida doim qiladigan ishim birinchi bo’lib LS dan yozaman: “siz manga nisbatan qanaqa munosabatdasiz?” . Yani kelajakda o’rtamizdagi munosabat do’stlik bilan tugaydimi yoki sevgi bilan tugaydimi? digani. Hamma man bilan kim tanishsa o’rtog’immi, sevganimmi boshqasimi birinchi beradigan savolim shu.

GIYOS: Aynan etganiz hozirda forumdagi qizlardan birortasi bo’lishi munkinmi?

LOADING: Mumkin eedi. Edi.

GIYOS: Edi?

LOADING: Etvuraman manga farqi yo’q. Misol uchun agarda, yani nima jihatdan uni hozir yani noto’g’ri tushunish bo’lmasa agar. Noto’g’ri tushunish bo’lmasa Smiley ni etgan bo’lardim.



(Anvarbek va man bir nimalarnini chug’urlashdik)

LOADING: Yo’q. Eshitilade.

GIYOS: Gapiravering, bizga ahamiyat bermang.

LOADING: Smileyni etgan bo’lardim. Hozir faktlarini etib o’tamande. Nimaga digan savol tabiiy bo’ladi.

GIYOS: Nimaga?

LOADING: Shu chet elga ketgan. Chet elga ketgan lekin bir hati harakatlari, gap so’zlari to’liq o’zbek. O’zbekligicha qolgan. Yani o’zligini saqlab qolgan qiz sifatida etsam bo’ladi.


Sog' salomatlik...
 
GiyosСана: Сешанба, 12-Июл-2011, 16:24 | Изох # 3
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
ANV@RBEK: Manam bir nimalar disam maylimi? Man Fazliddin bilan yaqin o’rtoqmiz. Ko’z tegmasin. (stolni 3 marta taqillatib qo’ydi.) Mana Fazliddinni yaqinda tug’ilgan kuni bo’ldi. Shu paytgacha LS dan yoki Agentdan shu imina forum userlar uni tug’ilgan kuni haqida manga hich qanaqa munsabatga oid saol kemagan. Lekin Nigora (Smiley) dan shu kuni keldi. Ertalab, yani Fazliddinni xalqaro kod dagi telefon raqamini. Shu taqdir taqazosi bilan man kechroq javob yozdim. Bilmadim lekin telefon qildimi yo’qmi bilmiman.

GIYOS: (Loadinga qarab) Telefon qildilarmi?

LOADING: Yo’q. Chunki saytda, lekin saytda gaplashdik. Anverbek bilan bu haqida keyin gaplshdik. O’zlari etdilar shu sovg’am bor edi, mashinaqa, mashinaqa qilmoqchidim. Kechiring, o’xshatolmadim. Agentda gaplashudik.
ANV@RBEK: Yana bir gap etaman. Nigora temasiga keb toxtadu. Aylanib o’tib ketamiz dib o’ylagandim, lekin bo’lmadi. Mani faraz shubhalarim boshqa yoqda edi. Mayli tan olib etaman. Jumanjiymaniya proektini man ochganman. Man o’ylamo’dim bu darajada mashhur bo’lib ketishini, ayrim sabablarga ko’ra man hozir savollar bermayapman. Lekin man Nigora tez javoblar topib qo’yvurishidan, shu qizga savol berdim. Hop didim. Faraz qilaylik siz yutdingiz. Shuni g’olibiga sovg’a qo’yganman. Shu sovg’amni sizga qanaqa qilib yuboraman, shuni yechini, javobini manga eting diganda. Mayli shu sovg’ani rostanam man yutadigan bo’lsam shu sovg’ani Loadingga berasiz didilar.

GIYOS: Loading buni qandoq chunmog’imiz darkorrrrr?



LOADING: (Kuladi). Buni xaqiqiy do’stlik desa ham bo’ladi. Bu shunaqa narsaki qiz bola bilan o’g’il bolani o’rtasida do’stlik bo’lmaydi dib xisoblidiganlarga radiya javob desa ham bo’ladi. Yani boshidagi savolga yana qaytishga to’g’ri keladide.

ANV@RBEK: Loading mana siz Smileyni rasmni umuman ko’rmagansiz. Lekin etishiz bo’yicha qalin munosabatlardasizlar. Aynan nimaga tayangan holda ishinch bilan gapirvosiz?

LOADING: hh. Sizlar forumda yozgan she’rlarimni o’qib shoir dib o’ylisizlarde, ichidan to’qib chiqaradi dib o’ylisizlar. Man masalan hech qaysi she’rimni deyarli anaqasiz olmiman, sababsiz olmiman. Hich qachon yoozoomiimaan. Yani nima mahsi o’tirgan joyimizda ham bo’layotgan voqeani she’riy vaznga solib etishim mumkin. Chunvosilami nima? Man Smiley bilan bo’lgan munosabatni yozganman.
Do’stim savol berdi. O’qigan bo’lselar forumda bor. qo’yilgan.
Do'stim so'radi.Sevganing bormi?
Men esa Aytaman. go'zallar meni sevishsin.
So'radi. Go'zal seni sevarmu?
Aytaman. Negadur bunga vaqti yo'q.
So'radi. U bilan diydor bo'lganmi?
Aytaman. Sevmoqqa diydor kerakmas.
So'radi. Sog'inchga qanday chora bor?
Aytaman. shirin xotira ovutar meni.
So'radi. Ko'rmagan go'zaldan qaysi xotira?
Aytaman. Ul go'zal yuzining tasavvuri bor.
So'radi. Bichimni olasiz qaysi yuzlardan?
Aytaman. Volidam onamninng yuziga etaman qiyos.

Do’stim bilan savol javob tarzda munosabatimni bildirganman. Chunvosilarmi? Ponimento? Ko’rvosilami? She’rimni shunga qiyoslasa bo’ladi.

GIYOS: She’rlariz haqida gapirib o’tdingiz. Sizni bir SUVARAK haqida she’riz bor ekan.

LOADING: Nima haqida?

GIYOS: Suvarak haqida. Ichimdan to’qimayman. O’zim yozaman didiz. Bu bilan uyizda suvarak bormi?

LOADING: Bor! man o’zimdan o’zim emas. Bu she’r yozilvotgan jarayonda oshxonada tarakan o’ldirvotudim. (kulgu).

ANV@RBEK: Oshhonada?

LOADING: Oshxonada. Usha kuni man aniq sonini eta olaman to’rtta tarakan o’ldirdim. Suvarak haqidagi bu birinchi she’rim emasdi. Undan oldin ham yozganman. (kulgu)

ANV@RBEK: Tarakanmaniya digan doston bor edi. Man Ushab ko’rganman.

LOADING: Suvarak haqida. Birinchisi nima bo’lgan. Suvarakka bo’lgan sevgi haqida yozilgan edi u. Jonim jahonim ketding bir paytlar quvlashib yurar edik. Oshxonada eslasang dib oxirida jonim jahonim suvarak. Bu stilni ko’pchilik biladi. Sevgi izxor qib turib oxirida sevgisini izxor qilish. Ikkinchisi qadrdonlik. Suvarak bilan qadirdon bo’lib ketdikde endi. Qulamochoqlar o’ynab yurib. (kulgu). Nimaga kulvosiz?

ANV@RBEK: Siz suvarakni og’il bola qiz bolasini qattan ajaratisiz?

LOADING: Endi tarakanlarni o’g’il bola qiz bolasiga qarab o’tirmidiku. Hop. Nima diydi do’stona munosabatlar. (kulgu). Nimaga ikkita odam....

ANV@RBEK: Siz qanday qilib oliy mavjudotni qayoqdagi bir parazit hayvon bilan solishtirvosiz.

LOADING: Yo’q. Bu yerda gap sevgi haqida ketmayapti. Do’stona munosabatlar haqida ketmoqda. Chunvosmi? Hop.

GIYOS: Gapirvuring.

LOADING: Chunvosmi? Do’stona munosabatlar haqida gap ketmoqda. Endi man nima divomman? Usha oxirida yozgan sh’erimda, bunda nima bo’voti, oshxonaga chiqdim. Biror jonivorni o’ldirish aslida mumkin emas, anaqa og’ir odamga. Har holda biz doktor emasmiz hohlagan joyini bir pasda tikib qo’yadgan. Biza oddiy odammiz. To’g’rimi? Sochiq bilan, pashha o’ldiradigan bilan emas, sochiq bilan. Iloji bo’lsa uchirib yuboraman o’ldirmiman. Jonim achidiye tarakanga. (kulgu). Bola chaqasi bor ko’zimni oldida shundoq shkafni ochsam taraknde oldida g’ujg’ilon bo’lib tarakanchalar turishibdi. (Kulaverib dumalab qoldik).

ANV@RBEK: Raximdillikni ham chegarasi bo’lar ekande.

LOADING: Mana ushani uchun yozdim. Dori septim suvarak, qaytib kelma boshqa uyimdagi suvarak. Chuvosilami? Qo’shnini uyiga chiqgin, ushatda yo’qlib ketgin. Dori septim qaytib chiqmagin uyimga. Ko’rvosmi nima gap ketvoti?



GIYOS: Rahmat javobiz uchun. Bu javobdan kuldim.

ANV@RBEK: To’laqonli javob berdilar.

GIYOS: Boshqa bunaqa savol bermiman. (kulgu)
Keyingi savolga o’tadigan bo’lsak. Siz o’zizdan yoshi kattami kichikmi og’a, aka, usta dib murojat qilasiz. Nima sababdan shunday qilasiz?

LOADING: Xop nima disa bo’ladi. Hayotda yashash uchun, yani hayotda o’zimni yo’lim bilan yashashim uchun oldin qanaqa yashashni o’rganishimiz kerak. Yani har bir odamdan nimadir o’rganamiz. Misol uchun forumda o’qiydigan hikoyalarimdan o’zimni ayblarim bo’lsa ayblarimni olaman, yahshi taraflarim bo’lsa yahshi taraflarini olaman. Bunaqa qilib etishimga sabab hurmat qilib oka, o’ga diyman. Chunvosmi?

USERLARDAN SAVOLLAR

GIYOS: Intervyu olgani kelayotganimda forum chatda kimda nomalum userga savol bor dib so’rab, savoli borlar LS yuborishini etgandim. Shunda Parvina savol yuboribdilar. Rahmat ularga.
1) Nima sababdan ayollar oila tebratish uchun chet ellarda ishlab kelmoqda?

LOADING: Hooop. Ishlab kelishligiga sabab endi bu yoqda Parvinadan kutsa bo’ladigan savol bo’lgan. Lekin juda ham anaqasi. Variyantlari ko’pde. 5 ta variyantni qisqa qisqa qib etaman. Hop birinchisi erlarni oila masulyatidan o;’zini olib qochishi. 2. Ayolarni shohi chiqvoti. 3. Yengil kechadi oilaviy interesga, chunvosmi? Uchunchisi bu. To’rtinchisi xop. Majburyat. Besh majburyat. Beshinchisi majburyat bo’ldi.

GIYOS: To’rtinchisi majburyat bo’ldi. Beshinchisi hali bo’madi.

LOADING: To’rtinchisi majburyat bo’ldia? O’zi nechatagacha sanamoqchisiz?

GIYOS: O’ziz beshta saniman didiz.

LOADING: Hop, beshinchisi majburlash. Birinchisi o’zi majburla....

GIYOS: Bo’ldi, bo’ldi birinchisiga qaytmang. Birinchisi majburyat ikkinchisi majburlash. (kulgu)
Ikkinchi savollari bor ekan.
2) Qizlar nechi yoshdan turmushga chiqgani maqul, o’g’il bolalar nechi yoshdan.

LOADING: Qizlar 17-18 yoshdan.
Bolalar jinni bo’lmasa, pul topsa.



USERLARGA TARIF

GIYOS: Man userlarni sanab o’taman siz tarif berasiz va yutuq kamchiliklarini etib o’tasiz.

Giyos – G’iyos hmm. Jiddiy inson, jiddiy insonam dimiman. U shunaqa narsaki jiddiy lekin anaqani ko’tara oliydigan. Insonni tushunadigan disa tog’ri bo’ladi. Hop yutuqlariga keladigan bo’lsak forumdoshlarni hammasi bilan birdek faoliayatini olib borayotgani bilan, birdek aktiv birdek faoliayatini olib borayotgani bilan anaqa qisek. Hamma yani shunaqa narsaki, forumdagi bilan hayotdagi ishini birgalikda olib bora olmoqda. Ko’pchilik etadigani tez gapiradilar diyishadi. (kuladi). Bu ham bitta kamchilik. Forumda kamchilik yo’q.


Sog' salomatlik...
 
GiyosСана: Пайшанба, 28-Июл-2011, 05:09 | Изох # 4
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Shahzod – Hop. Shahzod bu ham ochiqko’ngil. O’zbekiston shanini Turkiyada himoya qilayotgan ekanlar. Nima ish qilishlarini aniq bilmiman. Yutuqlaridan ... alohida chizib o’tadigan yutuqlarini kormadim. Hayotdagi yutuqlari chet elda o’zlari hohlagan ishlarini qilayotganlari. Kamchiliklari forumda bizlar bilan kamlar.

Toxaclub – Toxaclub ha bu inson haqida kitob ham qilsa bo’ladi. Bu odamni o;ziga ham usha manga bergan tariflarini berardim. Ikki hayotli dib. Jua insonparvar. Yutuqlari odamlarni jalb qiladigan mavzular ochadi. Kamchilgi juda jiddiy hazillar qiladi. Man ko’tara olaman. Lekin boshqalar ko’tara olmaydi.

Parvina – Yahshi, juda zo’r. U odamlar manga to’g’ri baho bera olmaydi dib hisoblaydilar. Yutuqlari terang fikrlashlari, hammani jalb qilishlari, Kamchiliklari hamma bilan chiqisha olmidilar.

Unet – Hop unet janoblari oilali, saytda baner yasash bilan mashhurlar. Viloyatdanlar, Koreadalar. Yutuqlari forumda mashhurlar. Kamchiliklari kam kiradilar.

Dilya – Sho’x. Man ulaga bitta tarif beraman. O’zimizni odam. Yutuqlari tirishqoq. Pishiriqlarni yahshi pishiradilar. Kamchiliklari ushani hich kimga bermidilar. Tortlarini. (Anvarbek aldoqchilokilkarini dib etudi). Voo aldoqchililari bizani kinoga chaqirib qo’yib o’zlari kech kelilar. Voy mani oftobda ushab turdilar. Kamchiliklari soyada turing didilarde lekin o’zlari aslida hali metroga ham tushmaganakanlar. Yozing shuni ham. Kamchiliklari bizani aldaganliklari (kuladi).

Smiley – Smiley, Smiley hop. Hm, hm, bir so’z bilan u o’zbekonalikni saqlab qolgan evropalik. Evropada o’zligi saqlab qolgan...
GIYOS: AMERIKAAA, Evropamas.
ANV@RBEK: Okean orti
LOADING: Okean ortida bo’lsalar ham lekin o’zligini saqalb qolgan. O’zbek. Yutuqlari hich qachon hafa bo’lmilar. Kamchiliklari forumga tegishlimas. Ishlariga juda sodiqlar. (kuladi)

Anv@rbek – ochiq etaman. Hurmat talab, Uyatchanku Lekin o’zini mavqeyeini biladi. O’zini qadirini biladigan user. Yutuqlari ochagan hamma mavzulari hali ham ishlavoti. Foydasi tegvoti.

Jasmina - Jasmina, Jasmina bu user bilan unaqa katta anaqaga ega emasman. Ularni to’liq o’rganib chiqmaganman. Lekin chiqishib ketadigan terang fikrlidilar. Yoshlarini bilmiman, o’zi yoshga qaramiman. Yutuqlari hop. Birinchi o’zbek askiyachi ayoli. Man sizni o’xshtdim temasini ochganlar.
GIYOS: Ruchkamni tishlamang, mani ruchkamni!
LOADING: Tishlamayapmanu.
GIYOS: Tishlavosizku!
LOADING: Mani ruchka tishlidigan odatim yo’q. Bolalikdan shunaqa! (Kulgu)

Sherzod – Sherzod ham tartibli. Hop tartibli user. Yutuqlari bu odamni ham uncha yutuqlari yo’qku forumda. Yaqol ajralib chiqib turaganlari tartibli, intilgentli user. Kamchilik ham shuni ichida.

Gulilola – Noziktabiat, bilaman shu gapimga ham hafa bo’ladila bilaman aniq. Lekin ko’ngillarini ko’tarib olish oson, yani bitta qiyshaysalar qaytib ko’rib bo’midi.

Sabrina – Hazilkash, manimcha ular ham yutuqlari chiqishib keta oladilar, lekin kamchiliklari qanaqadi forumdoshlarini o’zlarini bilan chiqishtirmidilar.

NOZI – Nozi to’grisini etaman bu saytda yoshlariga yarasha fikrlari aniq, bitta gapiradilar aniq gapiradilar, kamnchiliklari yo’q diya olmiaman. Forumga kam kkirshlari.

Mr_Online - Mr.Online matematiklar. Demak fikrlashlari juda ham yahshi. Aniq fikrlidilar. Yutuqlari o’zlarini o’rinlarini tez topganlari, hop kamchililari poka yo’q,

Zolushka – Zolushka hop. Zolushka ular ham juda quvnoq edilar.Bizaga oshxona temasini ochib berganlar. Rahmat. Hm Yutuqlari forumda o’z o’rinlarini topganlari, kamchiliklari hozir shu o’rinlarida yo’qlar.
GIYOS: Ruchka? (yana tishlamoqchi bo’ldilar)
LOADING: hop mana (ruchakani stol ustiga qo’ydilar)

Writer – writer, Shahlo. Hayotda jiddiy ko’rinadilar. Lekin forumda birorta komnetlarida ulibkasiz koment yo’q. Doim kulib komintariya yozadilar. Yutuqlari jonkuyarlik. Kamchiliklari forumdoshlar bilan deyarli aloqadamaslar.

Madina – Singlim disam ham bo’ladi. Ular bilan ham yaqindan tanishman. Yaqin gaplashganman. Sinim juda sho’x, Kollejda o’qidilar. Hafa bo’midilar. Yutuqlari forumda o’z o’rinlariga egalar. Lekin hozir shu o’rinlarini yoqotdilar.

Miss Ziyoshkabonu – Ziyoda. Quvoq. Gulilolani dugobnasi. Ular birga agentga kirib birga chiqishadi. Yutuqlari doim yahshi kayfiyatda yuradilar. Kamchiliklari nimagadir shu forumdoshlar bilan hali ham chiqishib keta olmaydilar.

Anvarshox – Hop Anvarshox yangi userimiz. Deyarli nima disa bo’ladi, bular ham yahshi fikrlidilar. Bular ham forumdoshla bilan uncha chiqishib keta olmaganlar.

SarVario – O’ Sarvario. Sarvario moder man ularga pahta qo’ymiman. Yahshi inson. Bir marta mani Gangani o’rtasiga turg’azib qo’yib aldaganlar mana kevoman ana kevoman dib. Shu bilan alamzada emasman lekin tan olaman hafa bo’lganmanu lekin anaqa qimiman gina saqlamiman. Yutuqlari doim bor. Kamchiliklari yo’q.

Farruxbek –Farruxbek, Farruxbek hop. Ular xaqilarida o’zlari bilan telda gaplashganimda sir saqlang dib etdilar. Bularni forumdoshlar bilan chiqishib keta olmasliklariga sabab shunchaki Nima disa bo’ladi, Ualrni auditoriyalari biznikiga to’g’ri kelmidi. Ularni olib kelgan odam ham buni ularga tushuntirgan, Hozir o’zlari ham chiqib qolsalar kerak, Bular shunaqa maslahat berganlar, maslahat bergan odamni o’zi ham qo’shila olmagan bizni auditoriya.

QitmirN1 – Qitmir nomer odin. Qitmir juda chiroyli forumga juda chiroyli kirib kelganlar. Bombade portlab keganlar, ularni tezdasopyorlrimiz o’chirishgan. Varrak shouga kelganlar. Yutuqlari kirib kelganlar. Kamchiliklari mani hali ham ulardan gumonim bor, saytdan narsa olib chiqib ketadilar digan gumonim bor shulardan (kuladi) (kulgu)

Dj-diza - Dj-diza hop u yahshi inson bir necha marta gaplashdik. Sho’x chiqishib keta oladigan odam. Yutuqlari hamma loyihalarda qatnashganlari. Kamchilik forumda kam ko’rinadilar.

Loloshechka – Loloshechka, Loloshechka. Boya man kimga tarif berdim?
ANV@RBEK: Gulfina
LOADING: ha bu yengi, Loloshechaka. Man Gulilolaga tarif berdim. Adashib ketdim.
Loloshechka ular ham judayam ochiqko’ngil ekanlar. Tartibli. Ikkala uchrashuvda vaqtida keldilar. Yutuqlari forumda bazi kamentariyalriga qarasa bo’ladi yoman emas. Xalq bilan bir xil fikrlidilar. Xalq tomon fikrlidilar.

Sakina – Sakina sho’x, ochiqko’ngil, uyatcheng, yani deyarli yarim oy forumga kirib yozmaganlar, gapirmaganlar, chatdagilar bilangaplashmaganlar, keyin yo’l yo’riqlar olganlaridan keyin qo’shilib ketdilar.

Азиза – Aziza, kirillcha Aziza a? Hop man ularni Aziza nomini eshitib uzoqdan o’yladim. Bir adashmasam ko’z oldimga bir kores sifatroq. Semizroq qizni ko’z oldimga keltirdim. (ANV@RBEK: va man kudik)
ANV@RBEK: Rasmi borku!
LOADING: Ko’rmaganman man.
ANV@RBEK: VAY (kulgu)
GIYOS: Hamma yoqda borku rasmlari?
LOADING: Qanaqa? Hozir man bergan tarifga to’g’ri keladimi?
GIYOS: Yo’q.
LOADING: Yo’g’a unda demak. Ylar bilan ko’p gplashmadim. Lekin chiqishib ketadilar.

GIYOS: Yengi userlarga maslahatlar.

LOADING: Hop. Har bir userni yutig’i tez kirishib ketishga harakat qiladi. Kamchilik, o’zimda ham bo’lgan, qonun qoidalarini bilmay o’zlarini fikrini o’tkazadilar. Lekin bu kam.

GIYOS: Forum rivoji uchun nimalar qilish kerak”

LOADING: Birinchi navbatda birlashish kerak. Hamjihat bo’lsa rivojlanish bo’ladi. Jipslashish kerak. Bir birisiz yashhay olmasligi kerak, kechalari bilan forumda o’tirib chiqishi kerak. Oxirirda hazil dib qo’yarsiz.

GIYOS: Forumdoshlarga tilaklaringiz.

LOADING: Forumdoshlarga tilaklarim sog’ bo’lishsin, omon bo’lishsin. Hop forumda o’tirish doim yahshi, lekin ishiladan chalg’ib ketmela.









Rasmlar mualifi Anv@rbek

Loading oq qog'ozga chizgan rasm!



Sog' salomatlik...
 
Форумистон » ФанФорум » Фан-Форумчилар » DBS-2: Loading (Yulduzlik kasalligiga chalingan telbanamo shoir yohud ...)
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск: