[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Форумистон » ФанФорум » Фан-Форумчилар » DBS-3: Dilya (Shou bizness zoopark artistlar esa . . .?)
DBS-3: Dilya
Anv@rbekСана: Пайшанба, 28-Июл-2011, 12:19 | Изох # 1
Иштирокчи
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 128
Тақдирланишлар: 7
Хурмат даражаси: 1436
Холати: Хозир йўқ
Shou bizness zoopark artistlar esa . . . . .?





Bugungi 3 chi suhbatdoshimiz forumga Dilya nicki bilan kiradilar. Ism familyalalari Feruza Muhammadiyeva. Tug’ilgan sanalari 9martda 1990. Sayt va Agentda Dilorom Muhammadiyeva bo’lib kiradilar.



GIYOS: Nima sababdan saytga o’z ismingiz bilan emas Dilorom ismi bilan kirib kelgansiz va nickingiz haqida?

DILYA: Chunki bu ism manga yoqadi. Shu ismni qisqartirilgani Dilya.

GIYOS: Demak nickingizni ma’nosi Diloromni qisqartirilgani.

DILYA: Ha.

GIYOS: Keyingi savolim. Siz hayotda qanday insonsiz?



DILYA: Hayotdami? Endi kayfiyatimga ko’proq bog’liq bo’ladi. Ba’zida judayam hushchaqchaq, ba’zida jiddiy desa ham bo’ladi.

GIYOS: Qaysi payt jiddiy, qaysi payt hushchaqchaq?

DILYA: Uyda, ishda va . . . juda jiddiy forumda shox va hazil ko’taraman.



GIYOS: Nimalarga qiziqasiz.

DILYA: Deyarli hamma narsaga. Hamma yahshi narsaga. Sportga, chizmachilikga, musiqaga, pionino chalishga, hayvonlarga.

GIYOS: Sportni qaysi turi bilan shug’ullangansiz yoki shug’ullanayapsiz?

DILYA: 6 yil suzish bilan shug’illanganman. 2 oy taekvando bilan. Suzish bo’yicha 2 ta 1 o’rin medalim ham bor.



GIYOS: Hayvonlardan qaysi biriga qiziqasiz va boqasiz?

DILYA: It boqaman. Nemis ovcharkasini 3 yil bo’ldi boqvotganimga. Bu ikkinchisi. Birinchisi afsuski o’lib qolgan.

GIYOS: Itizni o’ziz ko’mdizmi?

DILYA: Yo’q.

GIYOS: Yoqtirgan mashgulotingiz.

DILYA: Uyda ukam bilan oshpaz-oshpaz o’ynashni yahshi ko’raman. Shu narsa yoqadi. Yana ko’chada itim bilan sayr qilish yoqadi. Ayniqsa kechki payt.

GIYOS: Orzularingiz.

DILYA: Orzularimm. O’qishga kirish! Voy o’qishga kiiiriiishsh! (baland ovozda) (kulgu)



GIYOS: Maktabda, kollejda o’qigansiz. Bizga kelgan ma’lumotlarga qaraganda ishlagan ham ekansiz. Shu haqida etib bersez. (Anvarbek chiqilatib rasmga oldilar.)

DILYA: Xo’sh. Bank kollejida o’qiganman. A’lo bahoga bitirganman.

GIYOS: Qaysi yillar o’qidiz bank kollejida?



DILYA: Shu yil tugatdimde.

GIYOS: Nima sababdan kech kirgansiz kollejga? Hozir 20 yoshdasiz.

DILYA: O’qishga kira olmaganim uchun vaqtim behuda ketmasin dib kollejga topshirdim.

GIYOS: 3 yil vaqtiz o’tib ketdiku.

DILYA: Hich o’tib ketgani yo’qde.

GIYOS: Undan oldin nima qilgansiz?

DILYA: British konsultsvasida ingiliz tili yo’nalishi bo’yicha ishlaganman.

ANV@RBEK: Kollejdan oldin qatta o’qigansiz?

DILYA: 11ni. 11 sinfni man 16 yoshimdan bitirganman.



GIYOS: Qanaqa qilib?

DILYA: Yahshi o’qiganman.

GIYOS: Keyingi savol. Yoshligizda kim bo’lishni orzu qilgansiz?

DILYA: Yoshligimdami??? Yoshligimda... TOP model bo’lishni orzu qilganman.

GIYOS: TOP model???

DILYA: Ha. Chunki bo’yim baland edi. Ko’pchilik modellarni bo’yi baland bo’ladi.



GIYOS: Nimaga bo’lmadiz?

DILYA: Nimaga bo’madim. Hali hayotim oldinda. Qarib qolganim yo’q.

GIYOS: Mayli. Qaysi sohaga o’qishga kirmoqchisiz?

DILYA: Tarjimonlikga. Tarjimon bo’lmoqchiman.

GIYOS: Tarjimon top model bo’lasizmi?



DILYA: Balki bo’larman.

GIYOS: Oilangiz haqida gapirib o’tsangiz.

DILYA: Oilada 4 kishimiza. Adajonim, Oyijonim, man va ukam. Keyin holajonimni 3 ta o’g’illari bor. Endi qo’shnimizde. Shuning uchun ularni ham oilamiz sifatida qabul qilganman. 3 ta akam bor desam ham bo’ladi.

G: Bu savoldan hijolat bo’lmaysiz. Man bu savolni hammaga beib kelmoqdaman. Sevgi? Bu tuyg’u sizga qanday? Begonami, yoki siz bilan hamrohmi?

D: O’ylashimcha begona emas (kulib) va hamroh.

G: Demak sevgi hozir bor!

D: Bor



G: Qachon boshlangan?

D: Esimda yo’q lekin. Ancha bo’lgan.

G: Birinchi muhabbatingizmi bu, yoki ikkinchi, uchinchilarimi? (kulib)

D: Birinchisi.(kulib)

G: Tanimizami biza?

D: Yo’q.

G: Kim u?

D: Shartmasdir bilishila. (kuladi)

G: Rostanam bilishimiz shartmasdiru, lekin hammaga qiziq bu narsalar.

D: Endi etib tashamimanku hamma narsani. (kulgu)

G: Mayli. Qatda ishlidi?

D: O’zini firmasi bor.

G: U ham sizni sevadimi?

D: Bo’mag’ur savol bo’ldi. (Kulgu)

A: Faraz qilaylik. Forumdagi o’g’il bola do’stlarizdan birini sevib qolyapsiz, u ham sizga sevgi izhor qildi. Siz realdagi sevgizdan voz kecharmidiz?

D: Umuman hayolga keltirib bo’lmaydigan savol bo’lib qoldi. Yo’q, yo’q, umuman yo’q.

A: Demak forumdagi bolalar umid qilishmasa ham bo’ladi. (kulgu)

D: Ha. (kulgu)

SHOU BIZNESGA OID SAVOLLAR.

GIYOS: Hozirgi paytda O’zbek shou biznesi qay ahvolda? Qanaqa ta’rif berasiz? Yutuq va kamchiliklari.

DILYA: To’g’risini etsam kamchilklari nimada? Qanaqadir yengilik yaratishmidide. Bor narsani o’zbekona qildim, milliycha qildim, chaynadim, pishirdim, qovurdim diydide. O’zini oqlab chiqib ketadi. Shu kamchiligi. Yutug’iga kelsak. Masalan shahsan manga Manzurani kliplari, imiji, ko’rinishi jihatdan, qo’shiqlari jihatdan yutuq deb hisoblayman. O’zini yo’nalishi bor qanaqadir. Nima desam ekan. Noz karashma. Bo’masam ochiq sochiqligi bilan emas o’zini alohida stili bilan ajralib turadi.

GIYOS: Demak siz Manzurani ijodiga qiziqasiz.

DILYA: To’g’risini etsam hich qaysini sana’tiga qiziqmiman. Lekin shu Manzuranikiga qiziqaman.



GIYOS: O’zbek kinolari haqida gapirib o’tsangiz.

DILYA: Bitta ko’rishli. Faqat eng ko’p ko’radiganim “Vatan” filmi. Juda ham yoqadi. Shu Zulfiqor Musoqovni haqiqiy rejissyor dib tan olaman. Keyin “Abdullajon”, “Hudoga shukur”, “Padar”, “Osmondagi bolalar 1,2” larni hammasini 2-3 martadan ko’rganmande. Oxirgi filmlari chiqgan “Qo’r’g’oshin”. U SSSR paytidagi bo’lgan voqealar yozilgan. Man hali uni ko’rmadim.

GIYOS: Oxirgi ko’rgan filmingiz.

DILYA: Oxirgi ko’rganim. Transformerlar 1,2 larini ko’rdim.



 
GiyosСана: Шанба, 20-Авг-2011, 03:02 | Изох # 2
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
USERLARDAN KELGAN SAVOLLAR

GIYOS: Birinchilardan bo’lib Parvina savol yuborganlar.
Qora yo’l ketidan hayotiz gullab ketadi. Oq yo’ldan borsangiz zulmatga duch kelasiz. Birinchi qadamingiz. (Shu savolni zo’rg’a birgalashib tushundik. Lekin baribir aniq tushunmadik. Man tushungancha yetkazib berdim. Javob siz uchun aniq bo’lmasligi mumkin.)

DILYA: Birinchi qora yo’ldan yuraman. Birinchi qiynalaman. Keyin baxtga erishaman. Shunaqa dib o’yliman.



GIYOS: Anvarshoxdan kelgan savol:
Bugungi kun shou biznesini nimaga o’xshatasiz. Majoziy ma’noda. Bitta element bilan.

DILYA: Bitta element bilan zooparkka o’xshataman.

ANV@RBEK: Aynan shu holatni oladigan bo’lsak kim qaysi hayvon?! (Kulgu)

DILYA: Hm. Sizlar etila. Man ushanga o’xshidi dib etiy.

Rayhon - Hameleon
Shahzoda – Limur
Jahongir Poziljonov – Echki
Sardor Rahimhon – Begemot
Alisher Fayz – Panda
Ozodbek - Qora Pantera
Shohruh rep - Yo’lbars
Shohruhhon – Pony
Ziyoda – Har holda tulki emaslar. Soddalar. (GIYOS: Hayvoni soddasi bo’lmaydi)
Nilufar Usmonova – To’tiqush
Manzura – Gepart

GIYOS: Anvarshoxni keyingi savollari.
Deylik Sayyod.uz FM radiosi faoliyat boshladi. Siz muharrirsiz (fantazyani ishga solamiz) userladan eshitirish, umuman efir uchun boshlovchlar tayinlashiz kerek, kimi qaysi temadagi efir soatiga munosib dip bilas? (8tadan kam bulmagan ucerni ish bilan ta'minlashiz kerak.

DILYA: Ertalabki bahoriy, hammani uyg’otadiganga Smileyga berardim efirni. Reklamaga shirali ovoz sohibasi loloshechkaga berardim. Loadingga kechki efirni berardim. Kuldirib hammani hursand qilishga. Almashtirib beriladigan yani Romantikaga aralashtirbroq qilib Parvina va GIYOS:ni. Sakinaga ritseptlar bo’limini berardim. Writer va NOZI ga chiroyli she’r o’qishni berardim. Yana yordamchim qilib SarVarioni olardim. (Kuladi)

ANV@RBEK: Ex Anvar, Anvar

GIYOS: Ex Anvarbek Hi Tech yangiliklar qatta qoldi, Rasmiy habarlar qatta qoldi, Hi tech maslahatxona qatta qoldi. Anvarbek hich kimga kerakmas. (Kulgu)



ANV@RBEK:: Bo’ldi man bosh olib ketaman. Ex tamom mana fotoapparatimni ham sizlarga topshirdim. (Kulgu) Sam prishel sam ushol (uchchalamiz Dumalab qoldik)

DILYA: Hafagarchilik yo’q dedimku. (Kulgu)

GIYOS: Keyingi savol Guliloladan kelibdi.
Agar mobodo forum user laridan biri sizga va'da beradiyu, ammo bajarolmasa qanday ish tutasiz? Ya'ni O'CH olasizmi???



DILYA: Qanaqa ma’noda. Yomonmi yoki hazil ma’nodami?

GIYOS: Umumande. Masalande sizga va’da berdide bajarmadi.

DILYA: Anvarbek siz manga va’da bergandiz. (Stolga must bilan urdi)

ANV@RBEK: Garriy Poter

DILYA: Qani usha. O’ch oliymi?

ANV@RBEK: Aynan usha so’ragan qismiz manda qirilgan ekan. Ushanga Bu oxirgisi emas.

DILYA: Undan keyin ham so’ragandim.



ANV@RBEK: Oxirgi 7 chisi bor.

DILYA: Yo’q. Uni sizdan so’ramagan edim. Sizdan man Sulton Alini konsertini so’ragan edim. Ilojisini qilib beraman digan ediz.

ANV@RBEK: Ha Uni qilib beraman.

GIYOS: Shahsiy gaplar bo’lmasib bu yerda. (Kulgu)
Nima qilardiz. O’ch olarmidiz.

DILYA: Yo’q o’ch olmasdim. Lekin eslatib qo’yardim. Va’da bergandizkuuuu dib.

GIYOS: Keyingi savol Loadingdan kelibdi. Loading sizga 10 ta savol beribdilar.
1. Boylik bilan nimani ko'p tenglashtiras?

DILYA: Boylik bilanmi? Botqoqlikni tenglashtirgan bo’lardim.

GIYOS: 2. Do'stlika 1 so'z bilan tarif bering.



DILYA: Ishonch.

GIYOS: 3. Mashxur inson bilan lyubovniy roman bo'lishini istaysizmi, istaganmisiz?

DILYA: (Stolga uch marta taqilatib) Tavba qildim.

GIYOS: 4. U kim? Qaysi yulduz.

DILYA: Tavba qildim.

GIYOS: 5. Qarama qarshi jins egasi bilan sodir bo'lgan eng kulguli voqiani aytib berin.

[img]http://foto.mail.ru/list/axborot/_myphoto/22#44[/img]

DILYA: Eng oxirgisi esimda bor. avtobusga chiqishni umuman yomon ko’raman. Lekin afsusli minishga ko’pincha to’g’ri keladi. Forumga telefonda kirib ketvomman. Tikka turib. Shu tormoz berdi. Shundo bitta bolani oldiga dumalab tushganman. U bola na turadi. Na manga yordam beradi. Jim turibdide shundo eshshe. (qattiq kuldik)

GIYOS: Eshshak (qattiq kuldik)

DILYA: Shunaqa qiziq holat bo’lgan.

GIYOS: 6. O'zizni biron jixozga o'xshatib berolismi?

DILYA: Jihozga. Kitobga o’xshataman.

GIYOS: 7. Forumdagi eng jiddiy kim?

DILYA: Anvarshox

GIYOS: 8. Forumdagi eng hazilkash, yoki kulguli user kim?



DILYA: Loading

GIYOS: 9. Bugungi hit parad uz yulduzlari?
(Savolda aniq kimligi ko’rsatilmabdi. Artistlar yoki forumdagilar??? )
GIYOS: Top 10 talikni tuzib bering.

DILYA: 1. Loading
2. GIYOS:
3. Anvarbek
4. Parvina
5. Loloshechka
6. Smiley
7. Sherzodbek
8. MR_ONLINE
9. Sakina
10. O’zimga

GIYOS: 10. Biron userni tariflab tasvirlab berin. Rangi, bo'yi, ko'proq kiyingan uslubi?

ANV@RBEK: Ular etsinlar biza topaylik. O’zimizga moslashtiraylik.

DILYA: (O’ylab turib). Salom (Tez). O’zi shunaqa doim tanimisizde. (Tez, yarkiy). Xo’sh qale. diydilar

GIYOS: (Anvarbekka qarab) Kim bu?

ANV@RBEK: O’g’il bolami?

DILYA: O’g’il bola.

GIYOS: Mr_Online

ANV@RBEK: Loading bunaqamas.

DILYA: Doim ko’rmiy o’tib ketasiz. Ko’rinmidigan odammizde. didilar yana.

ANV@RBEK: SarVario

DILYA: To’g’ri (kulgu)

ANV@RBEK: O’xshatishlari muofaqiyatli.

GIYOS: Yana savol berasizmi?

ANV@RBEK: Ha. Mani savolim nimadan iborat. Forumda o’zgacha sheva sohibasisiz. Yani o’ziz tushundiz. (kulgu)

DILYA: Keluti, Boropti, Kelopti, Balu, Qalu ...

ANV@RBEK: Uni yosh bolani tili deb ham bo’midi. Bu Toshkent shevasini .... yengilangan variyanti.

DILYA: Bilasizmi. 12 ta viloyat bo’lsa hammasini qo’shilgan holati.



Sog' salomatlik...
 
Anv@rbekСана: Душанба, 22-Авг-2011, 02:04 | Изох # 3
Иштирокчи
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 128
Тақдирланишлар: 7
Хурмат даражаси: 1436
Холати: Хозир йўқ
FORUM VA SAYT BO’YICHA

GIYOS: Sayyod.com saytiga kirib kelishingiz. Qatta birinchi ko’rganisiz, kim tavsiya qilgan?

DILYA: Hich kim tavsiya qilmagan, hich qatta ko’rmaganman.

GIYOS: Shundoq kirib ketgansiz. Yozib ko’rgansiz keyin kirib ketgansiz...

DILYA: Yo’q, yo’q. Shundoq basanoshkamni kiyganman, taq-tuq etib kirib kelganman. (kuladi)

GIYOS: Birinchi marta qatta ko’rgansiz?

DILYA: Bilasizmi o’zi aslida Alisher Rahmatullayev digan qo’shiqchi bor. Shu bolani qo’shig’ini qidirmoqchi bo’lganman. Shu qidirganimda chiqmagan. Jahlim chiqgan. Keyin qo’shiqni o’chirib faqat o’zini yozganimda Sayyod da qanaqadir intervyu berganakanla. Shundan kirib kelganman. Keyin yoqtirib qolganman. Qarasam forum yo’q ekan. Keyin Sayyod ga xat yozganman. Shu forum ochsez, hamma fan club yig’ilsa, o’zimizni do’stlar bo’lsa. Keyin Sayyod Ijobiy qabul qilganlar. Hudo holasa ochamiz diganlar. Bo’ldi. Shunaqa qib kirib kelganman.

GIYOS: Forumga kirib kelishingiz.

DILYA: Forumgami? Adashmasam man g’isht teruvchilardanman. (kulib hayajon bilan)

GIYOS: Man buni inkor etganim yo’qqq.



DILYA: Inkor etmang.

GIYOS: Inkor etganim yo’q hali. (kulgu)

DILYA: Forumga kirib kelganimdan keyin ba’zi bir sabbalarga ko’ra tanaffus qilganman. GIYOS: biladilar.

GIYOS: Siz savolimni kutingde, boshqaa savolga o’tib ketmasdan (Kulib)
Siz forum ochilgandan beri forumdasiz. Usha kirib kelgan paytiz bilan hozirgi paytdagi farqi. Yutuq va kamchiliklari.

DILYA: Yutug’i forumdoshlarimi juda ham inoq. Ko’z tegmasin (stolga 3 marta taqilatib qo’ydilar). Kamchiligi hali ko’zga ko’ringani yo’qku. Lekin manimcha vaqt o’tgan sari bundan ham yahshi mavzullar ochiladi digan umidaman. Yana shunaqa mavzular bor manga juda yoqadi. Deyarli shu Me_Online qo’shnim e’tibor berganlar qaysi biriga kirishimni. Ayniqsa man ko’proq kiradigan mavzular yoqadi.

GIYOS: Forum ochilganda kirib keyin bir oz muddat kirmay qolgansiz. 2- 3 oycha. Bunga nima sabab?

DILYA: To’g’ri. Hmm. To’g’risi e’tibor berganman. Userlar ochko yig’ish bo’yicha yni kim ko’proq sobsheniya yozib, ko’proq bal to’plashga qiziqib ketishgan. Keyin tinchkina dam olganman. Keyin GIYOS: janoblari qiziqishlari bilan yana qaytib kelganman.

GIYOS: Rahmat, rahmat ko’nglimni tog’dek ko’tardiz. (kulib)

GIYOS: Demak keyingi savolga o’tamiz. Boya manga yoqadigan mavzular bor didiz. Lekin uni aynan qaysi ekanini etmadiz.

DILYA: Rostini etsam yoqadi. Ikkinchisi baho berish Forumiston week stars, reyting ko’rish. Ayniqsa oxiri juda yoqdide disam, 3 ta nominatsiya oldim. Tojim qani Tojim. (kuladi)
(Shu payt Anvarbekni telefonlaridan Shahzodani to’rt qadam musiqasi jarangladi.)

GIYOS: Yoqtirmaydigan mavzulariz.

DILYA: Ko’pchiligiga kirmiman. Ushalar manga yoqmidi.

GIYOS: Nomi qaysi. Biza orqezdan yurmimizaku qaysinga kirmayaptilar dib.

DILYA: Ko’pligidan eslolmayapman hatto.

GIYOS: ko’pmi?

DILYA: Ko’p.

GIYOS: Siz forumda ochgan mavzulariz bor. Shular haqida etib o’tsangiz v unga forumdoshlarni munosabati.

DILYA: Man forumda ikkita mavzu ochganman. Bittasi KITOBLAR, Ikkinchisi Siz sevgan qo’shiq so’zlari.
Birinchi ochgan mavzuyim yani Siz sevgan qo’shiq so’zlari deyarli mashhur disam bo’ladi. Ko’pchilik yoqtirgan qo’shiq so’zlarini yozib borishmoqda. Kimni didi qanaqa ekanini ham bilib olsez bo’ladi. KITOBLAR mavzusiga shuni takidlashim lozimki FORUMISTONDA ko’pchilik kitob o’qishga qiziqmas ekan. Bilinib qoldi.



GIYOS: O’zingiz o’qigan kitoblarni etib o’tasizmi?

DILYA: Albatta. Oxirgi o’qiganim “Ikki eshik orasi” bo’ldi. Ikki kun bo’ldi o’qib bo’lganimga.

GIYOS: Yana qaysi kitoblarni o’qidiz.

DILYA: Bundan oldin Alvidoni o’qidim. Abdulla Qodiy yozgan “Obid Ketmon” asari.

GIYOS: Zo’r kitob, lekin o’qimaganman.
Yana qanaqa kitoblar o’qimoqchisiz?

DILYA: Kelajakdami?

GIYOS: Kelajakdamas, undan keyin.

DILYA: Undan keyin kim kitob sovg’a qilsa ushani o’qimoqchiman. To’g’risini etsam manga kitob sovg’a qilishsa usha yoqadi. Yani kitoblar yoqadi.

GIYOS: Mana siz forumga g’isht terganman dib kesatib o’tdiz. Nega siz moderator bo’lmadiz. GIYOS: bo’lib ketdi.

DILYA: Chunki man moderatorlikni eplay ham olmasdim. Keyin havas ham qilmaganman.

GIYOS: Agar moderator bo’lsangiz qanday o’zgarishlar olib kelar edingiz.

DILYA: Moderator bo’lmasdim. Ovozimni GIYOS:ga beraman dib yozib qo’yganman. E’tiborli bo’lish kerak (kesatib)

GIYOS: Bo’lsangiz qaysi userlarga blakirvoka (ban) bervorardiz.

DILYA: O’zimga (kulgu)

GIYOS: Nimaga aynan o’zizga.

DILYA: Chunki Forumiston huddi narkotikka o’xshashde. Bir kun kirmasam kasal bo’lib qolaman. Shunga o’xshash. Ban bersam kira olmasdim.

GIYOS: Yana qaysi userlar sizga yoqmidi.

DILYA: Nimaga man boshqalar haqida javob bermiy. Man o’zim haqimda javob beriy.

GIYOS: Qaysi userlar yoqvoti?

DILYA: Hamma yoqadi. Hamma teng.

GIYOS: Mana siz ismizni Feruza dib o’tdingiz. Ko’pchilik uchrashuvlarda Dilorom, Dilya deb o’zizni tanishtirasiz. Nima sababdan asl ismizni yashirasiz?

DILYA: Sababi hm, Dilya bilan hayotdagi Feruzani farqi bor.

GIYOS: Qanaqa farqi bor.

DILYA: Forumdagi Feruza juda ham sho’x. Hayotda yo’q. Juda ham jiddiy.

GIYOS: Ko’rinishiz bo’yicha jiddiyga o’xshavotganiz yo’q. (Kuldim)

DILYA: Bu aynan sizlar bilan bo’lganim uchun.

ANV@RBEK: A yaqinlik hissi.

GIYOS: Forum havosi hali ham esib turibdi dimoqchisiz.

DILYA: Hmm. Anvarbek to’ppa to’g’ri etdilar. Yaqinlik hissi bor.

GIYOS: Man forumda sizni oshxonangiz bor. Ushatda har hil ishtahani ochuvchi taomlar va pishiriqlar pishirib qo’yasiz va ularni hech kimga bermisiz DEGAN toshlar sizga otiladi. Aldoqchi degan! Shunga munosabatiz.



DILYA: Agar Ucellizni qo’yganizda sizga sms yozgandim. 4-5 saotlarda uchrashsak, hammaga narsa pishirib bermoqchidim dib.

GIYOS: Man aybdorman endi)))

GIYOS: Shu pishiriqlarni o’ziz pishirasizmi yoki kimdir pishirganini rasmga olib jo’natasizmi?

DILYA: O’z qo’larim bilan. Yana Loadingni bitta komentariyasida o’qib qoldim. Yani shu qo’yilgan rasmlar o’zini emas dib. Shu narsani so’ramoqchidim, lekin Loading javob bermadilar. (Anavrbek tushuntirib berdilar)

GIYOS: Shularni o’zim pishraman didiza? Kimdan o’rgangansiz?

DILYA: Oyijonimdan. Keyin TV da ko’rganimni shundoq ko’rib eslab qolib uyda qila olaman.

GIYOS: Hop mayli, forumchilarga qachon pishirib berasiz. Hamma shuni kutvoti.

DILYA: Bir yig’ilganda hammaga olib kelaman shekilli. Katta qilib.

GIYOS: Qachon?

DILYA: Vaqt va mablag’ bo’lganda.

GIYOS: Bu savolni hammaga berib kelmoqdaman. Bolalarga qaysi qizni yoqtirishingiz mumkin dib savol berdim. Aynan kimnidir etishdi. Endi sizga qaysi bolani yoqtirishiz mumkin dib savol beraman.

DILYA: Qanaqa ma’noda? Do’st sifatidami?

GIYOS: Qaysi user bolani yoqtirishingiz mumkin?

DILYA: Mumkinmasde.

GIYOS: Mumkindir.

DILYA: Mumkinmasde.

GIYOS: Mayli do’st sifatida qaysi birini yaqin olasiz.

DILYA: Do’st sifatida GIYOSni olishim mumkin.

GIYOS: Yana bir narsani etib o’tishimiz kerak. Varrak shouga uchrashuvga borgansiz.

DILYA: Borganman.

GIYOS: O’tda sizni mani shopirim (Nodirjon) bilan ko’rganlar bor. Aynan Titanikdagi bosh qahramonlardan biri siz edingiz.



DILYA: Bo’mgan gap!

ANV@RBEK: Bo’lgan!

GIYOS: Toxteng. Bizda fotosuratlar bor. (kulgu)

DILYA: Shoshmang(kulgu)

ANV@RBEK: Shu temada yana savolim bor. (kulgu)

GIYOS: To’xtab turing man savol bervommanku. Shu savolni beraman dib keldimku o’zi. (kulgu)

DILYA: Bering.

GIYOS: Berdimku savolni, mayli boshidan...

DILYA: Shoshmangde. O’tda Titanikda ikkita o’g’il bolalar bor edi.

GIYOS: To’xtang, to’xtang, To’xtang. Sizlar Titanik bo’lgansizlar keyin.

DILYA: Yo’q. Manmas. Ikkita bola bo’lgan. Keyin Sayyod fotografni olib kelgan. Qarang Titanikga o’xshab turishibdi disam. Siz chiqsez o’xshardi dib etudilar. Keyin yo’q man chiqmiman dib ketib qoludim. To’g’rimi?

GIYOS: Shu savolni man boshqatan beraman. Mana.... (kulgu)

DILYA: Man bo’lmaganmande

GIYOS: Toxteng siz manda fotosuratlar bor. Fotosuratlarni hali qo’yamiz. (kulgu)

ANV@RBEK: Yana bitta qiz ham bor.

DILYA: Ana yana bitta qiz ham bor divotila.

ANV@RBEK: Ey u umuman boshqa narsa. Sizga atalgan so’zlarim bor o’zi.

GIYOS: Davom etamiz endi. Mana siz Sayyod.uz fan club uchrashuvlari, loyihalarini hammasiga borasiz. Varrak shouga borganizda siz Titanikdagi qahramonlardan biri edingiz. Buni hamma ko’rgan. Fotosuratlar ham bor. Ikkinchi qahramon mani shopirim Nodirjon edi. Hamma uchrashuvga borganda ular sizlarni birga ko’p ko’rishadi. Birga mashinasida kevotganiz va ketvotganizni ham ko’rganlar bor. Oxirgi paytda ko’p mish mishlarga sabab bo’lmoqdasizlar. Buni qanday izohlaysiz.

DILYA: G’iybatchilar (Kulgu) G’iybatchilar (Kulgu). Advokatimni chaqiraman. (Kulgu)....

DILYA: Birinchidan man Varrak shouga borganda mani uni tanimasdim.

GIYOS: Keyin tanishgansizlar.

DILYA: Siz etganizde. Chunki sizni kursdoshiz bo’lgan.

ANV@RBEK: Aybdor tomon.

DILYA: O’ziz aybodsiz, o’ziz sababchisiz. Shuning uchun. To’g’ri lekin siz tanishtirib qo’ymgansiz. Tanishila dib. O’zimiza tanishib qolganmiz. Lekin hich qanaqaqangi yaqin aloqlar yo’q.

GIYOS: Nimaga oxirgi paytda sizlarni ko’p ko’rvomiza?

DILYA: Sluchaynost desa ham bo’ladi. Bu savolni keyin mangamas Nodirjonga berasizlar. (Kulgu)))

ANV@RBEK: A demak nimadir bor.

DILYA: Yo’q hich nima qiziq ekansizlarku.

ANV@RBEK: Yo’q. Nimadir bo’lishi mumkin.

DILYA: Yo’q bo’lishi ham mumkinmas. Yo’q.

GIYOS: Mana Nodirjondan so’rela didiz. Nima uchun Nodir forumga kirmidide....

DILYA: Mana moderatormish. E’tibor bersez kiradilar. Lekin kam.

GIYOS: Atigi 4 ta post bor.

DILYA: O’zlaridan so’rang.

GIYOS: Nimaga endi kirmayaptilar. Sizda tel va adreslari bormi?

DILYA: Telefonlari bor. Adreslari yo’q.

GIYOS: So’ramaganmisiz nima uchun kirmayapgnlarini?

DILYA: O’ziz bilasizku (Kulgu)

GIYOS: Demak orelada faqat do’stlik bor. Boshqa narsa yo’q.

DILYA: ha

GIYOS: Mana sizda tapalatipon digan g’alati pochtez bor edi. Nima sababdan shu pochtangiz yopilib ketdi?

DILYA: Spam kirdi. Keyin kiromiy qoldim.

GIYOS: Undan keyin sayyodni_oldiraman@mail.ru digan pochta ochdiz......

DILYA: Ochganman. Chunki forumiston yopiladi diganda. Unitib yubormaslik uchun ochganman.

GIYOS: Nima sababdan Sayyodni o’ldirmoqchisiz)))

DILYA: Forumiston yopiladi diganda juda ham hafa bo’lganman. Keyin shu Sayyodni o’ldirman digan pochta ochsam yani ochib berishdi. Etgancha bu pochtani manga Mr_Online qo’shnim ochib berganlar.

ANV@RBEK: Ko’plar shuni tushunishmaydi. Tajubda. Izohlab bersangiz.

DILYA: To’g’ri g’alati. O’qiganda nimaga dib so’rashadi. Bu forumiston yopilib ketgan taqdirda esda qolish uchun. Shunaqa pochta ochganman. To’g’rirog’i ochib berishgan.

GIYOS: Kim ochib bergan didiz.

DILYA: Qo’shnim Mr_Online.

GIYOS: Qo’shniz bilan munosabatlariz qanaqa?

DILYA: Ajoyib. (Kulgu)





Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Anv@rbek - Якшанба, 21-Авг-2011, 02:58
 
GiyosСана: Душанба, 22-Авг-2011, 02:04 | Изох # 4
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
GIYOS: Forumda hozirda sizdan qanday yangilik kutmoqdamiz?

DILYA: Bilmadimu. Hali tuzmadimu. Balki shahsiya hayotdan etishim mumkin. Yangi ritsept qo’ymoqchiman.

ANV@RBEK: Boya tort qachon qilib berishizni etmadiz.

DILYA: Parvina kelganlarida qilib berishim mumkin. Ular ham yesinlarde.

ANV@RBEK: Finansiviy tomonni bolalar bo’yniga qo’yamiz.

GIYOS: Ko’pchilik biladi. Varrak shou g’oyasi GIYOS: tomonidan chiqgan dib. Lekin man buni siz etganizni tan olib ketganman. Shu g’oya qayerdan kelib chiqgan?

DILYA: Ko’chada o’ris bolalar uchirishvotganakan. O’zbek bola so’ragandi bermadi. Keyin man o’zim olib beraman dib dib o’zizmga o’zim etdim. Keyin man mahallamda katta qilib tashkil qilmoqchidim, maktab, bog’cha bolalarni chaqirib. Keyin bu fikrni sizga etganman. Lekin bunaqa katta bo’ladi dib o’ylamagandim. Mashhur bo’lib ketadi dib o’ylamagandim.

GIYOS: Sizni mahallez uzoq bo’gani uchun man o’zimni mahallamda qivorganman.))))

DILYA: To’g’ri)))

GIYOS: O’zimni nomimga rasmilashtirvoganman. O’zimga qulay qivoganman)))

GIYOS: Nega bunaqa loyiha bo’lmayapti yana?

DILYA: Hozirda o’qishga tayyorlanvomman. Shuning uchun vaqtim kam.

ANV@RBEK: Omad tilab qolaman.

USERLARGA TA’RIF

GIYOS: Man sizga uerlarni etib o’taman. Siz uni yutiq va kamchiligini etib o’tasiz.

GIYOS: – Mehnatkash, o’zini yordamini ayamaydigan, har tomonlama havas qilsa arziydigan inson. Kamchiliklari, yo’qde, man ko’rmadim. Yutuqlari juda aktivlar, moderatorlar ichida eng aktivlar. Har bir userga e’tibor beradilar.

Shahzod – Adashmasam Turkiyada yashaydilar. Ularni oshpaz bo’lib ishlaysiza dib adashtirganman. Lekin uncha ma’lumotga ega emasman. Lekin Shahzodanni ashaddiy muhlisi ekanliklarin bilanaman. Kamchililari oxirgi paytda juda kam kirvotilar. Yutuqlari Shahzodani ashaddiy muhlislari. Hamma postlaridan ularni maqtaydilar.

Loading – NO COMMENT. Tarif yo’q. Yutuq kamchiliklari ham yo’q.)))))

Parvina – Bilasizmi nima. Rayhonni advokati hatto Parvina chalik himoya qila olmidi manimcha. Kamchiliklari ko’rinmadi. Yutuqlari juda aktivlar. Yakshanba kuni ko’rinmidilar faqat.

toxaclub – Toxaclub Toxaclub uncha gaplashmaganman. Kamchilikalri oxirgi bergan intervyularidan keyin yo’q bo’lib qolishlari va gap so’zlarni o’zlariga juda yaqin olishlari bo’lsa kerak. Yutuqlari svarovskiy toshlarini sotishlari bo’lsa kerak.))))) Forumdagi yutuqlari nechta mavzu ochgan bo’lsalar ham yopilib ketganda urish janjal qilib ketib qolmaganlar.

Anv@rbek – Anvarbek. Paxta qo’ymiman. Anvarbekni postlarini o’qib ko’proq ma’lumotlar olaman. Yutuqlari texnikani tuzata bilishlarida bo’lsa kerak. Hamma texnikani. Kamchiliklarini hali ko’rmadim.

unet – Adashmasam Koreada yashaydilar. Adashmasam o’g’illi bo’ldilar.
GIYOS: qachon?
DILYA: yaqinda.
GIYOS: ancha bo’lganku.
DILYA: Man lekin yaqinda o’qidim. Kimdir tabrikladi.
GIYOS: Toxaclub berib o’tdi., lekin man Ibroxim akadan so’raganimda ular buni rad etdilar. Farzandlik bo’lganlariga ancha bo’lgan.
DILYA: Demak yashirib yurganlar.
GIYOS: Yahshirib yurmaganlar. O’g’illarini rasmni MOY MIR ga qo’yib yurdilar ancha payt.
DILYA: Demak ikkinchi farzandlari bo’lgan.
GIYOS: Yo’q. Toxaclub u yerda adashgan.

Smiley – Vay shu nickni ko’rsam hursand bo’lib ketamande. Bahor kelib ketadi. Qish bo’lsa ham. Birinchi bo’lib agentda GIYOS:dan keyin Nigora bilan gaplashganman, Gaplashganda shu yaqin tutas, opamdek bo’lib qolgan. Hozir anchadan beri gaplashmiman. Agentda gaplashmiy qo’yganmiz. Chunki agentga kirmiy qo’yganman. Yutiqlari juda ham quvnoqlar, yana ko’k rang bilan yozadilar. Manga juda yoqadi. Ajralib turadilar. Kamchiliklari kam kiradilar. (Stolni urib qo’ydilar)

sherzod – Sherzod farmada ishlidlar. Bugalterlar. Yutuqlari Sherlarda aktivlar. Kamchiliklari hali birorta mavzu ochmaganlar. Mavzu oching portlash qiling (Mavzulari borku dib etmabman)

Jasmina – Misrlik qizimiz. Kamchiliklari anchadan beri kirmiy qo’ydilar. Yutuqlari bilasmi shu qizimiz manga har doim forumdasiz nima forumga palatka qurib olganmisiz diganlarida rosa kulgandim.

Gulilola – Chiroyli qiz dib manga tariflashgan.
GIYOS: Kim?
DILYA: Smiley
ANV@RBEK: Ular qatta ko’rgan ekanlar.
DILYA: ko’rgan bo’lsalar kerak. Chunki manga biza bir birimiz bilan rasm almashganmiza dib Gulilolanni etganlar. Chiroyli qiz dib etgandilar. Sochlari uzun qiz dib etgandilar.
GIYOS: Man tochniy intervyu olishim kerak (Kulguu)))))
DILYA: Man Gulilola bilan gaplashmaganim uchun kamchilik va yutuqlari haqida ma’lumot bera olmiman.

Sabrina – Kamchiliklari forumdan ketganliklari. Yutuqlari juda aktiv edilar. Chatda hamma bilan chiqishib ketar edilar. Qaytib keling ILTIMOS!

NOZI – Adashmasam turmushga chiqganlar. Oxirgi postlariga juda ham kulgim keldi. Admiral digan userni boplab... o’zi ularga shogird tushsam bo’larkan. Manam shunaqa bir ikkita gaplarni o’rganib olishim kerak.
ANV@RBEK: Mani himoya qilgandilar.
DILYA: Yutuqlari o’zlarini o’rinlari bor. qanaqadir hurmatlari bor. Kamchiliklari yo’q.

Mr_Online – Ooo’ qoshnijon. Tog’risini etsam shular bilan birinchi kelishlari bilan yahshi chiqishib ketganman. Qanaqadir begonasiramasdan. Qo’shni, qo’shnijon dib. Yutuqlari man bilan yahshi chiqishadilar. Kamchiliklari juda kam kirvotila. Umuman Online ekanlillarini oqlamayaptilar. MR_OFFLINE bo’lib qolganlar.

zolushka – Umuman kirmiy qo’ydilar. Ritseptlarga kirib u bu yozib turardilar. Bir kun ritseptlariga binoan qilgandim. Afsuski kuyib ketdi. Tan oliy.

writer – ooo’ Bu qizimiza yosh bo’lsihiga qaramasdan katta odamlarga hurmat bo’ladiku qanaqadir. Shunaqangi obro’ga egalar. Kamchiliklari yo’q. Yutiqlari she’r yozib turadilar. Manga yoqadi.

madina – Umuman kirmiy ketdilar. Qoralarini ham ko’rsatmiy qo’ydilar.

AL_VAKIL – Bilasizmi shu Al vakil bilan agantda drujbaga qabul qiganimizdan keyin to’g’risini etaman. Micrablok shunaqangi ko’p yozardilar. Oxiri udalit qivordim. Hafa bo’lmasinlar. Manga yoqmasdi. Keyin o’zlari ham kirmiy ketdilar. Shu bilan tamom vasalom.
GIYOS: Ketishlariga sabab nima ekan bilmisizmi?
DILYA: man oxirgi marta gaplashganimda ular etdilar man yig’gan sobsheniyalarim 0 bo’lib qolibdi. Hafa bo’ldim. Boshqatdan ochdim, yaqinda hammaga yetib olaman didilar.
GIYOS: qanaqasiga o’zlari moderator edilar.
DILYA: Bilmadim. Ma’sulyatsizlik manimcha

Venena_89 – Juda yahshi qiz. Varrak shouga birga borganmiz. Ko’ngli ochiq yahshi qiz. Lekin qanaqadir sikritiylar. Uncha yahhsi tanishmasmizku, lekin yahshi inson.

anvarshox – Yengi kegan userimiz. Navoiylik. Yutuqlari bizga qo’shilganliklari. Kamchiliklari yo’q. Yana bitta yutuqlari juda bosiqlar.

Miss_Ziyoshkabonu - Uchrashuvga kelganlar, adashmasam qizil ko’ylakda kelgandilar.

SarVario - O Sarvariio Mister intiligent. Bitta tarif bilan. Yutuqlari ajoyib post qoldiradilar. Kamchilklari oxirgi paytda kam kirvotilar.

QitmirN1 – manga Samarqanddan manga non olib kelaman digan edilar. Lekin olib kelmadilar.

Dilnoza – Juda ajoyib qiz. Yutuqlari ham shu. Kamchiliklari yo’q/

Dj-diza – Navoiylik. Kimoga tushganda tanishgan edik. Qo’shiq etarkanlar. Mana ularni yutiqlari.

Farruxbek – To’palonchi bola. Ular ham qaytib kelsalar yahshi bo’lardi. Lekin o’zlarini o’rinlarini bilsalar bo’lardi.

ABDOU_UZ – Bularni ko’p ko’ramanu, tarifga ne hojat.

Loloshechka – vayyy. Eng kichkina yoshgina userimzde shu qiz. Singlim, hammani singlisi desam ham bo’ladi. Eng yosh, 16 yosh adashmasam.

Zilola – Man ularni Varrak shouda ko’rganman. Keyin avtobusda yurganimda manda so’raganlar Siz varrak shouda bo’lganmidiz deb.

Sakina – man bilan ritseptda ritseptni boyitishga harakat qiladilar. Chatda ham yahshi post qoldiradilar.

Nodira_M – Juda ham yahshi qiz. Quvnoq. Do’st bo’lib qolganmiz. Oxirgi marta improga borganimizda. Kamchiliklari ko’rinmadi.

Aziza – Tanishishimiz ajoyib bo’lgan. Yutuqlari bizga qo’shilganlari, kamchiliklari hali ko’rmadim.

Sardorchik – Impro da tanishdim. Unchalik gaplashmadim.

Admiral – To’palonchi. Lekin hammaga san dib murojat qiladilar.

GIYOS: Yengi userlarga maslahatiz har holda qariroqsiz))

DILYA: G’isht terganlardan dib eting.

GIYOS: Forum qurilayotganda quruvchilarga suv tashib turgansiz.)))

DILYA: Ovqat qilib turgan ding. Chiroyli chiqadi))))

GIYOS: bakalshkada suv tashigansiz)))

DILYA: Yengi userlarga tilaklarim. Shu bizaga o’xshab qari bo’lib yuringlar. Forumiston gullab yashnashida o’zilarizni hissalarizni qo’shing.

GIYOS: Forumdoshlarga tilaklaringiz.

DILYA: Hich qachon do’stligimiz yoqolmasin. Umuman Forumiston yopilmasinu Shu qarib bolalarimiz ham nevaralarimiz ham shu forumda yursin.

ANV@RBEK: Kimgadir eta olmgan gaplariz bo’lsa...

DILYA: Shu Azizadan improga chaqirish uchun sms yozaman dib, adashib boshqa nomerga yozibman. Shunga kechirim so’riman.

_____________________________
Rasmlar Anv@arbek ijodlaridan!







____________________________

Dilya oq qog'ozga chizgan rasmlari



va ular keyingi ishtirokchiga savol qoldirib ketdilar.



Manda Feruza juda iliq ta'surot qoldirdi. Juda samimiy quvnoq. Hazil ko'taradigan. Yahshi do'st. Maqtayverishim mumkin. Lekin Kutib qolishdi.

Fikr mulohazalarnni bemalol bildirishiz mumkin. Fikr mulohazalarmana bu yerda bildiriladi.

RASMLARNI TAYORLASHDA YORDAM BERGAN ANV@RBEKKA RAHMAT!!!!


Sog' salomatlik...
 
Форумистон » ФанФорум » Фан-Форумчилар » DBS-3: Dilya (Shou bizness zoopark artistlar esa . . .?)
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск: