[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Форумистон » Умумий » Ижодистон » Hikoya (O'zimiz hikoyalar yozamiz!)
Hikoya
FC_PAXTAKORСана: Сешанба, 29-Янв-2013, 12:35 | Изох # 651
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
Bunisi hayotiy shekilli smile

Omad
 
LoadingСана: Сешанба, 29-Янв-2013, 12:49 | Изох # 652
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
P.S Mohinur zakaz qilishimizni kutmen. O'ziz bilib-bilib yozib qoldiraverin.
lol

Добавлено (29-Янв-2013, 11:39)
---------------------------------------------
Etkancha Bu xikoyani qisqa vaqt ichida o'qib chiqaman. Xozir Muxabbat opani mavzulari bilan bandman.

Добавлено (29-Янв-2013, 11:49)
---------------------------------------------
Hop ikkinchi kursga o'ttiz? Imkon bo'sa qaxramonlarni tasvirlab berin. Surati qanaqa. Joy, manzil, bino, jixozlarni qisqa to'wtalishlar berin. Agar bular fikrizni bo'lsa xech xam kerak emas.


Faqat 3 ta shart!
 
Nilufar_93Сана: Сешанба, 29-Янв-2013, 19:27 | Изох # 653
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 270
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 237
Холати: Хозир йўқ
Bu voqea 2011-yilning yoz oylarida Kamola ismli qizning hayotida yuz bergan.
XXI-asr inson o'z hayotini internetsiz taasavvur qilish qiyin.Yer yuzida yashayotgan insonlarning aksariyatini hayoti internet bilan qorishib ketgan.
Hikoyamni aynan internet bilan bog'layotganim bejizga emas.Chunki hikoya qilinayotgan bu qiz ham "O'rgimchak to'ri"ning bir asirasi.
Tabiatan xushchaqchaq,mehribon bu qiz ota-onasining tilab olgan, yakka-yu yolg'iz farzandi. Kamola judayam kichik vaznda(800gramm) yetti oyligida, tug'ilgan.Shu sababli doktorlar uni yashab ketishiga ko'zi yetmasdi.Ammo,Allohning marxamati,volidasining irodasi bilan Kamola bir parcha go'shtdan shiringina qizaloq qiyofasiga keldi.Shu zaylda kunlar ketidan oylar,oylar ketidan yillar karvoni o'tardi. Bu orada Kamola kollej bitiruvchisi ham bo'ldi.Kollejda ko'p qizlar unga havas xattoki, xasad ham qilishardi.Chunki u juda chiroyli,aqlli qiz edi.Ustozlari boshqa qizlarga uni namuna qilib ko'rsatishsa ,o'sha zaxoti qizlarni ensasi qotardi.
Kamolani ko'zlarida qandaydir joziba,so'zlarida esa samimiylik mavjlanardi.Shu uch yil mobaynida unga son mingta sevgi maktublar yo'llashdi.U hech birini yirtib uloqtirmadi.Har birini hech ikkilanmay o'qirdi.Har maktubda har xil dil izxorlar,ammo hech biri qizning qalbida illiqlik uyg'otmasdi.
Kamolaning hayotida yana bir tong otdi.Xonaning deraza tomonidan kelayotgan ovozdan cho'chib uyg'onib ketdi.O'rnidan turib yostig'i ostida turgan telefoniga qaradi soat 8:45.Yugurib borib deraza oynasini ochib,dugonasiga yuzlandi
--Nargiz hozi kutib tur.uxlab qomande.dugonajooon!
Qovog'idan naq qor yog'voriy digan Nargiz jaxldor ovozda
--Yo' yo' yo' hich hijolat bo'meng Malikam.yettinchi osmonda uchib yurganizda halal bervordim.Bu diman oq eshedagi shahzadimizni DAN hodimlari yo'lda ushlab qogandirde.Axir shahar ko'chalarida eshe aravada yurish mumkinmas.Yoki shahzodamiz buniyam bilmidilami? A?nima disiz?
--ufff yana boshlamagin.hozi 10minutda chiqaman.hop?
--hop hop!bugun imtixon bor.ko'pro pul ovogin
--hmmm(bilaman.
(davomi bor.)


Haqiqat havoga o'xshaydi,nafas olib turasizu,o'zini ko'rmaysiz.
 
MirzoxidСана: Сешанба, 29-Янв-2013, 20:54 | Изох # 654
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
Davomi qachon?

...
 
Mohinur_UСана: Сешанба, 29-Янв-2013, 23:52 | Изох # 655
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
Davomi) Gulini (ismini qizqartirib GULI derdim) tasvirlab bersam, bo'ylari uzungina, ozg'in,
yuzi dumoloq, oppoqina, ko'zi kattagina qoshlari qora sal tutashgan, sochi qop qora uzun edi. Yengilgina pardoz qilib moddani orqasidan quvmas, o'ziga yarashgan kiyimni kiyardi. Uni sevuvchilar ko'p, ln Jasur akasidan boshqasi uni ko'ziga ko'rinmas, qishloqdagilar xam bilar oilalari ham qarshimasdi. Men xam xunukmasdim (o'zimni tasvirlash shartmasov menimcha) yoqtirganim yo'q hech kim yoqmasdi. 2 dugonamizdan birontamizga bir yigit gapirsa 2 lamiz xam gapirardik bir birimizga himoyachi edik. Meni uydagilarim bilan xam Guli tanishib oldi Sessiyalarni tugatib kanikulga ketdik. Rostini aytsam 3 oy ichida kursdoshlarimni sog'indim birinchi kursdanoq huddi biz bir oiladek bo'b ketgandik. Guruhimiz shiori ham "HAMMA BIR KISHI UCHUN, BIR KISHI HAMMA UCHUN" edi. Yani baho olishdami, yoki oraliq yakuniylarda bir birimizga yordam berardik. Abedlanishhmiz xam birga, yotoxonada xam ko'pincha hammamiz birga kechki ovqatni yeyirdik. Bir so'z bilan aytsam, eng ahil yo'nalish biz edik ko'plar havas qilardi. 2 kursga o'tdik
endi ancha Tosh.ga ko'nikib qolgandik. Endh darsalarni tashamagan holda qiziqishlarimiz bo'yicha ham nimadirlar qilardik. Kimdir til o'rgansa, kimdirlar tadbirlarga qatnashardi. Oltin davrimizda xam aylanishlar, kinoga parkga va kafelarga borishni kanda qilmasdik. Oktabr oylarda akam qizchali bo'ldi uraaa men xam amma bo'lgandim jiyanim 7 oylik tug'ulgandi ln juda shirin edi. Guli xam men xam amma bo'ldim deb xursandchligimga sherik bo'ldi. Jiyanim ismi Kumush edi. Stpendiyamni 3 oyligini bitta qilib berish kerak edi yani kantrakni to'lash kechikib ketgandi. Dekabrda stpendiya olib Kumushimga ko'yakcha olib bermorchidim ln menga nasib qilmadi va armonimga aylandi. Dekabr oylarda Kumushim Farishta bo'lib ketgandi olamdan o'tganidan so'ng 3 kun o'tib stpendiya berildi... Yig'imni to'tatolmasdim.... Yana kunlar o'taverdi yangi yil keldi eski yilda qolsin armonim dedim ln unday bo'lmadi vaqt davo ekan... Gulnoz bilan tug'ulgan kunimiz bir oyga farq qilardi. 28 fevral Gulnozniki, 28 chi mart meniki edi. Gulnozni tug'ulgan kunida usti havorang kitobga o'xshaydigan, daftar sovg'a qildim. O'sha daftar har doim Gulini sumkasida yurardi.U xotira daftari edi. Bahor juda chiroyli faslda yasharish o'zgarish uyg'onish fasli meni eng sevgan faslim edi. Guliniki Qish edi hazilashib, O'zingga o'xshagan faslni yoqtirasanda derdim. Meni tug'ulgan kunimda Samarqandga aylanishga ketdik unutilmas kun bo'ldi.
Gulnoz menga pushti juda chiroyli karmon sovg'a qildi.
2 kursimiz xam o'tib 3 kursga o'tdik. 3 oy yozni hech kim bekor o'tkazmabdi hamma qiziqishlari bilan shug'ullanibdi Xotiralarim ...meni qiynaydigan xotiralar... 3 kursni ham boshladik Kuz! Bu fasl xam o'ziga xos fasl edi. Bir kuni 2 paramiz dars nimagadir bo'lmadi. Hamma o'z ishi bilan mashg'ull edi. Kimdir telini o'ynasa kimdir gaplashib o'tirardi. Guli bn men kanspik qilardi. Guli yozishdan to'xtab:
-Mohishka anavu 1 kursimizdan beri gapirardigan, 3 kursda o'qiydigan Ulug'bek borku....
- xo'sh nima qilipti unga ne eslab qolding? uyg'onmagan mehring endi uyg'ondimi? Dedim kesatib
- u bola oldin yoqmasdi endi esa...
- Nima endi esa? O'ylab gapire gapingni nima u faqat senga gapirganmi? Qancha qizga gapirgan chiroyiga oshiq bo'lma Jasur akangchi?
- e xazilashdim u menga yoqmaydi voyey bitta gapirsam o'nta bo'b qaytadiya deb kulvordi
- e xaziling xam bor bo'lsin.
bu mavzu to'tadi. Boshqa narsalardan gaplashdik.
Gulini xolasini uyi bor edi o'sha yerga juda serqatnov bo'b qolgandi. O'qishdan chiqib ketardi va kechki payt qaytardi. Bazi vaqtlari o'sha yerda qolardi. Oldin xam borardi ln bu darajadamasdi. Muncha ser qatnovlik sababini So'ramoqchidim ln hadeb ishlariga aralashishni o'zimga ep ko'rmadim. Bir kuni bir dugonam aytib qoldi
- Gulini Ulug'bekni moshinasiga o'tirayotganini ko'rib qoldim
- aniqmi? juda xayron qolgandim.
-ha.
Gulidan so'ragandim:
-meni tinch qo'yishini so'radim 5 minutmi gaplashdik dedi. Kn indamadim. Noyab boshlarda juda xam Guli o'zgarib qolgandi. G'amgin yurardi. Tinchlikmi desam uydagi muomolar derdi. 2, 3 kundan keyin yana o'sha xushchaqchaq xoliga qaytdi.(balkim menga shunday tuyulgandir) Qish keldi. Gulini sevgan fasli. Chunki u qorni juda yaxshi ko'rardi. Gulida shubxali o'zgarishlar ko'ngli aynishlar....
Shubxalanib so'radim:
-tinchlikmi
- haligi... oshqozonimda yara bor ekan. Xolamnikiga tez qatnashimni sababi shu edi. davolanayotgandim senga aytmadim xavotir olma deb.
-ha sog' bo'lsang bo'ldi.
Dugonam xaqida o'ylagan xayolimdan uyalib ketdim.
2 xaftadan keyin uyga ketar kunim keldi.
Guli boshqacha xayirlashdi yig'lavordi. Kulvordim
- urushga ketayapmanmi qaytaman ertaga tentakvoy
- xa deb jilmaydi. Men uchun 2 armonim kutib turganini bilmagandim (davomi bor)
 
MirzoxidСана: Чоршанба, 30-Янв-2013, 01:28 | Изох # 656
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
snack davomiy hikoyala kopayyapdida

...
 
MirzoxidСана: Чоршанба, 30-Янв-2013, 16:26 | Изох # 657
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
Oq lolalarni davomi bormi

...
 
Mohinur_UСана: Жума-муборак кун!, 01-Фев-2013, 01:56 | Изох # 658
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
Shanba kuni uyga ketdim Yakshanba kuni uylarni yig'ishtirganimizdan so'ng ayajonim jizzali non yopib berdilar Gulini yoqtirgan noni edi. Abeddan kn chamasi 2 larda yo'lga tushdim exx uydan juda ketish qiyinda. Har ketayotganimda ko'zimda yoshim chiqadi. Tamog'imga nimadir tiqiladi. Xullas soat 4 larda yotoxonaga yetib bordim. Yotoxona darvosidan kirar ekanman. Tumonat odam, milisa lar butun yotoxonagi talabalar ko'chada. xayron qoldim. Odamlar orasidan asta o'tib taqiqlangan joyga qarasam bir odamni jonsiz tanasi. Boshqacha bo'lib ketdim. Odamni yuziga oppoq latta yopib qo'ygan tagida esa yuqa mato borligi bilinib turar edi. Juda achinarli hol tavba kim ekan qanday olamdan o'tibdi degan xayol keldi. Kun juda sovuq edi. Bir chetda guruhimiz turardi qizlar yig'lagan bolar tinmay segeret chekardi uxxx tortardi. Salomlashdimda:
- bechoraya oltin darvida olamdan o'tibdiya.
Kim ekan? Ha aytgancha Guli qani yana xolasnikiga ketdimi? Hech kim indamasdi. G'alati bo'b o'rinsiz bergan savolimdan xijolat bo'lib qoldimda Uzr xayolarizdan chalg'itdim mayli men xonaga kiray deb 2 qadam yurgandim:
-Vooooooooy bolamaaaaa nimalar qilib qo'yding. Qanday darding bor edi menga aytsang bo'lmasmidi.
Onaizor shunaqangi baqirardiki, yigit zotidan xam ko'zidan yoshi beextiyor chiqib ketardi. Meni xam ko'zimga yosh keldi. Orqamga qaradim. Qaradimu Gulini onasi. Yo'q yo'q dushman xayolarim meni aldamanglar bo'lishi mumkun emas. Yugurib bordim
xato Dugonalarim xam Milisalar xam sezmay qoldi. Choyshabni ochdim. Guli uxlardi. Sovuqdan lablari ko'kargandi...
Shunaqangi baqirdim yo'o'o'o'o'q Guliiii... men yana bir eng yaqinimdan ayrildim.... Tez yordam mashinasi keldi. Xalim xolani (Gulini onasini ismi) o'gli tutib qoldi Meni dugonalarim ushlab qoldi. Gulini tez yordamda olib ketishdi. Gulini yerdan olganda tagidagi mato izg'irin shamolga motam raqisiga tushardi go'ya... U yog'i esimda yo'q ko'zimni ochsam xonadaman yotibman. Hech kim bn gaplashmasdim ovqat xam yegim kelmasdi faqat yig'lardim. Tez tez xushimdan ketardim xamshira esa meni o'zimga keltirardi. 2 kundan keyin qor yog'di maydalab kn esa kattalashdi. O'sha kuni o'qishga bordim. Umuman kalamga dars kirmasdi. O'ylardim nega unday qildi jonidan nima qasdi bor edi? Savollar savolar tinchlik bermasdi.
Kechik payt Gulini xonasiga bordim. Bir dartarimni olish uchun. Kitob daftarlarni ko'rayotib,
kundaligiga ko'zim tushdi. Balkim savollarim javobini toparman deb xonamga chiqdim va Kundalikni ochdim kundalikni birinchi betida Guli bn meni rasmim bor edi....
Davomi bor.

Добавлено (31-Янв-2013, 23:45)
---------------------------------------------
3 yil ichida uni yaqin dugonasiman deb o'ylabman ln uni dardini bilmagan ekanman. Kundalikda ichki kechinmalari yozilgan ekan. Hammasini o'qimadim kundalikni varaqladim varaqladim.... 3 KURS deb qizil harflar bn yozilgan joyda to'xtab o'sha joydan o'qishni boshladim....

2 Sentabr 22:47
Mana kuz boshlanganiga 2 kun bo'ldi! Kuz o'zigacha jozibali fasil deb o'ylayman to'g'rimi kundalikim. Kundalikim Ibrohimni o'qishda ko'rdim bugun. oldinlari yoqmasdi hech. negadir unga nisbatan fikrim o'zgardi. Bugun menga:
-Gulnoza nega meni qiynaysiz to'g'ri qizlar bilan yurganman ln sizni boshqachasiz sizni chindan yoqtirib qolgaman dedi. Ismimni bunchalar chiroyli aytmasa jilmayishi o'ziga yarashadiki uni ko'zlari mehirdan porlab turardi.... Mayli kundalikim uxlayman ertaga erta turushim kerak.

Men juda xam qiziqardim va kundalikni varaqladim o'limi sirini bilish istardim.

31 oktabr 00:55
yana xolamnikiga ketdim deb Mohini aldadim men qanday aytaman Ibrohimni sevib qolganimni sevgisini qabul qilganimni. Jasur akaga keyinchalik tushuntirarman.
Kundalikim bugun Ibrohim bn uchrashdim mashinasida ketayotgandik. Juda xam katta to'yxonani oldidan o'tdik va birdan to'xtab qaradi qarasam. Kelin kiyov oppoq libosda qip qizil gilamdan yurib borardi qizil gilamga oq atir gul barglari sochilgan kelin dugonalari juda xam go'zal qora libosda, kiyov jo'ralar xam qora kastum shimda.
Yor yor sadolari ostida to'yxonaga kirib ketardi. Jilmayib qarab turgan Ibrohim men qarab Gulim menga turmushga chiqishga rozimisan deb qo'limga uzuk taqdilar. Hushimdan ketay dedim. Ertaga onas bn uchrashgani oborar ekan. Mohishkaga qanday aytaman nima deyman meni tushunarmikan Ibrohimni aldaydi deb o'ylaydi. Unashtirilaylik kn natog'ri o'ylaganini tushunadi. Mayli kundalikim ertagangi kunimga tayyorgarlik ko'ray.

31 oktabr 8:40
Xayrli kun kundalikim men tayyorman sochimni jingalak qildim o'zim yoqtirgan pushti ko'ylagimni kiydim. Onasiga yoqarmikanman voy xayajondaman mayli kundalikim ketdim o'qishga.

Nega men tushunmadim Gulini agar Ibrohimni aytgan vaqti urushmaganimda menga xam aytarmidi.
Yig'lavordim ko'z yoshlarimni artib yana o'qishga chog'landim.

1 noyabr
kundalikim yig'idan o'zimni to'xtataolmayapman. Yo'q onasiga yoqmadim emas...
Kecha o'qishdan Ibrohim olib ketdi bir dugonam ko'rib qoldi.. . Moshinaga o'tirganimda Ibroxim: -voooy Gulim buncha chiroylisana dedilar uyalib ketdim.
Ketayotganimizda Tushuntirish berdilar:- restaranga joy buyurtma bermoqchidim ln onam
-uyga olib kelsang ukalaring bo'ladi gulnozaga noqulay bo'lishi mumkun restaran shovqin ana dom boru bosh shu yoqqa olib kelaqol bafurja gaplashamiz dedilar. Onam yetib kelgan bo'salar xam kerak.
Domga kirdik 2 qavatga ko'tarildik eshikni ochdilar. Chiroqni yoqdilar
-voy onam yo'qku tinchlikmikana. Sen mehmon xonaga o'taver men xozir.
Mehmon xonaga o'tdim shinamgina ekan. Xonada divan kireslo telvizor bor ekan o'rtada stol ustul. stol did bilan bezatilgandi. Stulga omonatgina o'tirdim. Nargi xonadan
ovoz keldi:
-ona tinchlikmi? Nima bo'ldi. Gulnoz kelgandi.
-Ha xolamnikiga ketdizmi? Tinchlikmi? -Xa xa tushunarli.
-Xo'p xo'p aytaman tushuntiraman mayli keyinroq gaplasharmiz. Mehmonxonaga kirib: -onam uzr so'ravordilar xolamnikiga ketibdilar xolam negadir shoshilinch chaqiribdi.
-Mayli unda ketaqolaylik dedim
-xo'p ketamiz xozir biroz o'tiraylik.
Yonimga kelib oxista bag'riga bosdi. Xech bunday qilmasdi turib ketdim
-qo'rqma gulim menga ishon....
Unga qattiq ishonvoribman uyat uyat kundalikim endi nima qilaman xayotim barbod bo'ladi. Ular tinchlantirishga tushdilar
-Gulim meni kechir menga ishon san sharmanda bo'lmaysan....
Juda xam charchadim men uxladim kundalikim...

Ko'zimdagi yosh hech tinmasdi. soat 2 lar edi . Dugonalarim chiroq yonishiga qaramay uxlab yotardi.
Juda xam ko'p vaqt yozmagan ekan.

16 dekabr
salom kundalikim. Senga juda ko'p vaqt yozmadim. Bugun yakshanba qish xam keldi bir marta qor yog'madida. Mohi uyga ketdi. Uni juda xam yaxshi ko'ramanki mendan nafratlansa kerak men axmoqdan. Kundalikim xayotim barbod bo'ldi. Jasur aka bn umuman gaplashmay qo'ydilar ular meni o'zgarganimni aytdilar Ibrohim akani u kun ko'rgandim men xomlador ekanman. Endi nima qilamana Ibrohim akaga aytgandim ular menga:
- sen chiroylisan bazi bir boshqa qizlarga o'xshab bolar bn gaplashmasdin men esa xoxlagan qizim bn gaplashaolardim. Ortog'larim bn garrov o'ynadim garrov sharti "qancha vaqt o'tsa xam, sipirli ichimliklarsiz, va majburlashlarsiz" o'zimniki qilishim kerak edi. Ustimdan yozmoqchi bo'lsang maslaxat bermayman o'zinga qiyin bo'ladi mana bu diskda o'z xoxshing bn... agar xoxlasang ko'rishib turamiz diskni beraymi... Jilmaydilar tarsaki tushurib yubordim.
-Xudoga soldim. Yig'lab ketdim.
-Xa xa aytgancha onam sen xaqingda umuman bilmaydilar...
Kundalikim nimalar qilib qo'ydima. Meni o'qishga jo'natgan oilamni yuzini yerga qaratdim "qizlar toshkentda o'qimasin yomon bo'b ketadi" degan qishloqdoshlarimni gapiga isbot bo'ldim

Добавлено (01-Фев-2013, 00:56)
---------------------------------------------
(davomi) Meni kechir bolajonim
seni erkalay olmagan, kulgingni eshitolmagan yuzingni ko'rolmagan. Olam yuzini ko'rsatmagan onangni kechir kechir bolam.
Onajon kechiring siz xam...
Alvido kundalikim.
M O H I N U R G A
dugonajon sen xam kechir men arzimasam xam. sen kelganinda bu yorug' olamni tark etgan bo'laman. Bilaman sen bu kundalikni o'qiysan. Ibrohimga indama faqat... Xonamdagi shkafni tortmasida qutim bor kaliti yostig'im tagida. Uni och va u yerdagi uzugni unga qaytar. Oxirgi iltimosim shu. Dugonajonim men uchun xam baxtli bo'lgin seni juda xam yaxshi ko'raman. Bu sirlarni onam xam bilmasin mendan battar nafratlanmasin. Xudoni o'zi kechirsin meni. Odam daraxtga o'xshar ekan barglari esa xar bir kunimizga. Daraxt va odam o'rtasida farq juda ko'p ln bir farqi Daraxtni bargi vaqti kelganda yana chiqadi ln odam kuni qaytmas ekan. Men xato qildim va o'zim va bolamni joniga xiyonat qilayapman. Bolam xuddi menga nola qilayotgandek meni xayotimga zomin bo'lmang deb.
Alvido Mohinur 5 :25.

Daftar usti ko'z yosh dog'lari bo'b qolgandi. Uzoq yig'ladim.

Dugonajon senga aytsam, men xam Ibrohimni yoqtirardim ln aytaolmasdim chunki u xech kimni yoqtirmasdi aldanib qolishdan qo'rqardim. Uning to'riga sen ilinding nega aynan sen. seni xudoni o'zi kechirsiz farishtam deb pichirladim. Tong otdi ko'zimda yosh qolmagandi. O'qishga tayyorlandim. Ko'zlarim ishib ketgan O'qishga ketar chog'imda Gulini xonasiga kirdim va aytgan joyidan uzugni oldim. Birinchi para tugagandan so'ng. Ibrohimni nomerini topib tel qildim:
- alo
-alo asalomu alaykum.
- volekum kim bu?
-men Gulini dugonasi Mohinurman sizda gapim bor ko'rishaylik.
-xo'p qayerda?
O'qish yonidagi parkka kelolasizmi
- xa borolaman.
-unda 15 minutda boraman deb telni qo'ydim. Keyingi paralarga javob olib. Yo'lga tushdim. Piyoda ketdim Xayol surib borardim. Nega xayot bunchalar beshavqata? Shu birgina savolimga javob topolmasdim. 20 minutda o'sha aytgan joyimda bo'ldim. Tel qildim va ularni topdim. O'rindiqda o'tirardi. Borganimdan o'rnidan turdi
-Qandaysan Mohi
- yaxshi.
-o'tir
o'tirdim. Biroz oraga sukunat cho'kdi.
-vaqtim yo'qroq deb sumkamdan uzugini berdim
-oling omnatizni. Ibroximni ko'zidan yosh chiqdi.
Meni kechir Mohi. Men axmoq ekanman bir umr vijdon azobida qoldim. Rostini aytsam meni yoqtirganim bor... E xudo uni yoqtirgani bor ekan degan xayol o'tdi. . .
-unga xatto gapiraolmayman. Uni birinchi bor unvga xujjat topshirayotganimda ko'rgandim. O'sha kundan xayolimni og'irladi. Men o'ziga to'q oiladanman. ln xujjat topshirgan kunimiz ertasiga bir kafega ishga kirdim. Bunga xam qoniqmay moykada xam ishladim. Xullas ishlagan pulimni yig'dim va fotoaparat sotib oldim. Imtixonga kelgan kunidan boshlab uni rasmga oldim. Kn uyigacha kuzatib bordim. Sog'inganimda uni ko'rgani borardim rasmga tushurardim. U xam talaba bo'ldi xursand edim yoqtirgan yoq ekan surtishtirib bildim. uni oshiqlari bor ln ulardan men ximoya qilib yurardim. To'g'ri men ko'p qizlar bn gaplashdim sevganimni o'sha qizlardan qidirardim qancha dillarni o'g'ritdima. Ln dugonangni aldaganimdan afsusdaman... Ag. . .
-bo'ldi yetar boshqa eshitishni istamayman deb gapini bo'ldim. nima afsuslansayiz Guli qaytarmidi? Men emas xudo kechirsin sizni. Men ketdim deb o'rnimdan turib endi ketmoqchi edim
- to'xta xa afsuslanishdan foyda yo'q. Meni g'oyibona sevib yurgan insoni bir ko'r u xammadan chiroyi yonidagi setkani qo'limga tutqazdi
chiroylimish? Deb xayolimda gapirdim alam qilib ketdi. Birinchi muxxabatim sevgilisini rasmini ko'rish menga juda og'ir edi. Nima menga maqtanayaptimi? Deb xayol qildi. Bir oz xayol surib qoldim. Ibrohimni tamoq qirishi xayolimni chalg'ijtvordi. Setkaga qaradim ichi to'la rasm edi. Rasmlarni ko'rib baqirvoray dedim. Axir men! U yerda kanikulgi vaqtlarimdagi rasmlar xam bor edi. Bo'lishi mumkun emas yig'lavordim.
-Meni kechir...
Gapirmadim yugurib yig'lagancha ketib qoldim. Taqdir bunchalar beshavqata? TAMOM

 
M@$terСана: Жума-муборак кун!, 01-Фев-2013, 11:57 | Изох # 659
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 335
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 205
Холати: Хозир йўқ
Qoyil juda ta'sirli va ma'noli.
 
GULI_NURСана: Жума-муборак кун!, 01-Фев-2013, 12:27 | Изох # 660
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 794
Холати: Хозир йўқ
Mohinur_U qoyil manga yoqdi. Omad!!!
hands
 
MirzoxidСана: Жума-муборак кун!, 01-Фев-2013, 12:33 | Изох # 661
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
Цитата (Mohinur_U)
TAMOM
wunisi yoqmadi


...
 
Mohinur_UСана: Шанба, 02-Фев-2013, 00:07 | Изох # 662
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
Gulinur, Master o'qiganlarizdan xursandman.
 
Zinnura_KСана: Шанба, 02-Фев-2013, 00:17 | Изох # 663
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
MohiNur opa, ijodizga omad..! hands

erka farishta....(m)....
 
Mohinur_UСана: Шанба, 02-Фев-2013, 00:20 | Изох # 664
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
Mirzoxid Tamomni nimasi yoqmadi Haqiqatdan tugadi. Axir qaxramonim ismi Mohinur 3 kurs qish fasli . Men xam 3 kursman xozir qish fasli. Bahor fasli kelmadi xali. qanday hikoyani davom etiraman. O'qiganizdan kn fikr qiling. Nima Mohinur Ibrohim sevsa xam 3 yil dugonasidan ustun emasku. Ibrohimni sevgisi chin deb o'ylagani un taqdirdan xafa bo'lib yig'lab chiqib ketadi. Baribir Ibrohimni sevgisini qabul qilaolmaydi. Uni kechiraolmaydi CHUNKI MOHINURNI QO'LIDA DARD TO'LA GULINI KUNDALIKI BOR. Vaqti kelganda Mohinur o'z yo'lidan Ibrohim o'z yo'lidan ketadi taqdirlar qo'shilmagan bu kunday ravshanku. Menimcha o'qiydigan odam xulosani o'zi chiqarish kerak.

Добавлено (01-Фев-2013, 23:20)
---------------------------------------------
Zinnura raxmat biggrin

 
MirzoxidСана: Шанба, 02-Фев-2013, 00:32 | Изох # 665
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
Mohinur_U, LSda yozdim sababini

...
 
Umar_chikСана: Шанба, 02-Фев-2013, 09:13 | Изох # 666
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 38
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 199
Холати: Хозир йўқ
Rostan zo'r hikoya ekan

Добавлено (02-Фев-2013, 08:13)
---------------------------------------------
Masjid darvozasidan maktab kiyimida chamasi olti, yetti yoshlardagi bolakay kirib kelib, so’l tomondagi o’tirg’ichda suhbatlashib o’tirgan nuroniylarga salom berdi: "Assalom-u alaykum.” Qariyalar hayron bo’lishib: "Vaalaykum assalom, katta yigit bo’ling, keling bolam, kimni izlab keldingiz? Bolakay: "Hudoni….” Nomozxon chollar hayrat aralash bir-birlariga qarab, jim qolishdi. Bolakay davom etdi: "Qayerda o’tiribdilar? Iltimosim bor edi….” Qariyalar orasidan bir odam turib, bolakayning oldiga kelib, cho’kkaladi-da: "O’g’lim kim sizga bu haqida aytib berdi? Kimning o’g’lisiz?” Bolakay biyron tili bilan so’zladi: "Ahmad domlaning, buvim aytgandilar, bu yer Hudoning uyi ekan, kecha yana aytdilar, u kishi har diyonatli bandasining tilagini bajararkan. Men ham u kishining bandasi ekanman, hali gunoh ish qilmagan ekanman, yaxshi bola bo’lganim uchun men ham diyonatli ekanman, u kishidan so’raydigan juda muhim iltimosim bor….” Amaki o’ylanib qoldi, Ahmad domla, kim ekan u, hali jajji bo’lsa ham, yaxshi tarbiya olibdi bolasi. Keyin, bolakayga yuzlanib: "Yuring, hozir birga tahorat olamiz, keyin Hudodan iltimosingizni so’raymiz.” Bolakay ho’p degandek boshini qimirlatdi, va amakining ketidan ergashib, xuddi bir narsaga ulgurmay qolayotgandek shoshib-shoshib yuz qo’llarini yuvdi.Keyin masjid ichkarisiga kirib, peshin nomoziga tayyorlanishdi. Amaki unga: "O’glim, hozir hamma duoga qo’l ochganda siz ham qo’l ochib Hudodan iltimosingizni so’rang.” Bolakay yana ho’p degandek boshini qimirlatib, qator- qator odamlar orasidan Hudo kim ekan deb izladi. Nomoz so’ngida hamma duoga qo’l ochib duo qilishni boshladi. Bolakay ham qo’llarini qovushtirib: "Buvim aytdilar, meni yoshimdagilar farishta bo’larkan, nima so’rasam berarkansiz, o’zimga kerakmas, dadamlarga yordam bering, oyimni asrab qola olmayotgan ekanlar. Aytishlaricha, oyimni faqatgina sizning yordamingiz qutqarar ekan. Mashinachalarimni, mayli, rasmli kitoblarimni ham oling, faqat bittagina oyimni olmang, koptok olaman deb ohirgi qordan beri yig’ayotgan pulim bor, uniyam beraman….Singlimni bog’chadan olib uyga qaytishim kerak, uniyam, meniyam oyimlarni oldilariga kiritishmayapti, sog’indik, ayniqsa singlim, kechasi ‘oyi’ deb yig’lab chiqadi, menku kattaman, o’gil bolaman, chidayman. Hech bo’lmasa oyim singlim bilan qolsin. Iltimos…. Omin, Olloh-u Akbar” – dedi-da yugurib ko’chaga chiqib ketdi. Amaki, bolakayning gaplaridan ta’sirlanibmi, yoki bugun peshindan keyin chiqarilishi kerak bo’lgan matematika o’qituvchisi Ahmadning xotini vafotini eslabmi ko’zidan yosh sizdi….


YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...
 
БОБОСана: Шанба, 02-Фев-2013, 09:20 | Изох # 667
ФанФорум рахбари
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 630
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 1607
Холати: Хозир йўқ
Цитата (Mirzoxid)
Цитата (Mohinur_U)
TAMOM
wunisi yoqmadi

Мирзохид шунга ухшаш постларингиз купайиб кетяпти.Бу билан
бошка укувчиларга халал беряпсиз.Ёкмаса пост колдириш шарт эмас.
Мени хам мавзудан четлашишга мажбур киляпсиз.УЗР!
Mohinur_U, Хикоя жуда ажойиб,гап булиши мумкин эмас.
Янги ижод намуналариздан кутиб коламиз.
 
Umar_chikСана: Шанба, 02-Фев-2013, 10:02 | Изох # 668
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 38
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 199
Холати: Хозир йўқ
Manimcha u yerda yani,TAMOM ''shunisi yoqmadi'' degan joyi Hikoya zo'r faqat TAMOM bub qogani yaxshi bumadi, degan maqsadda aytilgan man shunaqa tushundim

YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...
 
Mohinur_UСана: Шанба, 02-Фев-2013, 11:06 | Изох # 669
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
Umar_chik hikoyayiz juda xam zo'r. Sizni hikoyangizdan o'zimga yarasha xulosa chiqardim.
Meni hikoyamga keladigan bo'lsak sal teparoqda TAMOM so'ziga fikrimni bildirgaman smile
 
Dinora_Golden_GirlСана: Шанба, 02-Фев-2013, 11:46 | Изох # 670
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Mohinur! Ijodizga omad davomli va mazmunli hikoyalar tilab qolamiz !

Fikrim satrimda oshkor!)
 
Umar_chikСана: Шанба, 02-Фев-2013, 11:46 | Изох # 671
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 38
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 199
Холати: Хозир йўқ
Rahmat. Man sizi fikrlarizi o'qib chiqdim i tushundim. Anu Tamom haqidagi gaplarim Ozod tog'a ga aytudim. Lekin baribir siziki manga juda yoqti qoyil

YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...
 
SpecialOneСана: Шанба, 02-Фев-2013, 12:49 | Изох # 672
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 167
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 29
Холати: Хозир йўқ
Umar_chik uyaltiraymi!??))
nima deyishniyam bilmay qoldim....
 
LoadingСана: Шанба, 02-Фев-2013, 12:56 | Изох # 673
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Mohinur kechagi suxbat ... deb qovushmagan bo'lsada lekin uncha-muncha ijodiy fikr almashdik. Kecha etkanimdek qalamiz yaxshi. Tasavvur va tasvirlashiz kuchli. Men uchun. Qolganlar aynan nimasi yoqqanini yozishmapti. Demak sevgi uch burchagi tasvirlangan hikoyezdan men nimalar olim? Shu xaqida.

Hikoyalarda inson hayotida yuz beruvchi voqiyalardan ortiq hech narsa yozib bo'lmaydi. Ortiqcha kiritilgan voqiyalar, "homxayol, fantastika" deb nom oladi. Etmoqchi bo'lganim. Guli va Mohinurning, umuman dugonalarning tanishuvi. IBROXIMning pinxona sevgisi, uning g'ayri oddiy odatlar. Aynan yaqin dugona deb tanlab olib, undan sirini qizg'angani. Bularni juda yaxshi yoritib bergansiz. Dilrabo nickli Sokina manga bir maslaxatni ko'p beradilar. "Hikoyaga yuzaki yondoshmang, zero u ijodkorning ichki dunyosini ochib qo'yadi".
Yana detallar xaqida.
Inson va daraxt.
Jajji jiyanchaning olamdan o'tishi, amma bo'lib... Shu joyda men bir nimani o'qidim. Aslida Gulnoz bu jiyanchaga kim? Umuman begona. Lekin yaqinlikni qarang, odamiylikni qarang. "men xam amma bo'ldim" deb osmonga sakradi. biggrin
"Toshkentga o'qishga ketib. . ." afsus ular deyarli yo'q lekin shu "deyarlisi" qolganlariga yopishtirilvotti.

Shu xikoyani o'qib bazi epizotlariga qo'shimchalar kiritgim keldi.
Misol: Dilnoza uzuk taqib yurgandi. Dugonasini oldiga kelganda uni yechib qo'ydi. "Zarni sevmasa ayol, qiziq mas unda xayot" Etibor berdim. Uning qo'lida boshqacha uzuk izi bor edi. Shubxalarimni bir dugonam bugun uni Ibroximni mashinasida ko'rgani shubxalantirdi. . . . . . Uyog'i siz yozgan joylar.

Iltimos, tanqid emas.
Siz mobil aparatida yozasiz bilishimcha. Mendayam shunday. Lekin o'zizni xurmat qiling va imkon qadar so'zni qisqartirmay yozin. biggrin

Добавлено (02-Фев-2013, 11:56)
---------------------------------------------
Navbat jiyanim Nilufarni hikoyasiga keldi. So'ng UmarBoyChikning ibratli hikoyalariga.


Faqat 3 ta shart!
 
MirzoxidСана: Шанба, 02-Фев-2013, 13:47 | Изох # 674
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
Цитата (БОБО)
Мирзохид шунга ухшаш постларингиз купайиб кетяпти.Бу билан бошка укувчиларга халал беряпсиз.Ёкмаса пост колдириш шарт эмас.
Мени хам мавзудан четлашишга мажбур киляпсиз.УЗР!
Uzur men xayotiy xikoya deb tushundim bowqacha fikir bildirishdan ochig'i o'zimni tiydim sababi bu yerda  Mohinur nomi keltirilgandi     Bu xolatdan Mohinurdanam uzur so'riman yana bir gap maxtab zo'r chiqibdi qoil deyishga tilim bormadi bu yerda ichimdagi gaplarimni yozdim deb aytgandila o'ylab ko'rin bu gap kimga yoqarkin kimdur ichidagi dardini yozsayu kimdur zo'r chiqibdi desa qandey botadi odamga (men buni oddiy xikoyamas odamni o'zini dardi deb tuwundim )uzur xikoya o'qiganimda rial xayotga aralawtirvoraman


...
 
oybekСана: Шанба, 02-Фев-2013, 13:58 | Изох # 675
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 213
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 851
Холати: Хозир йўқ
UMARBEK TASANNO............

 
Форумистон » Умумий » Ижодистон » Hikoya (O'zimiz hikoyalar yozamiz!)
Поиск: