[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Форумистон » Умумий » Ижодистон » Monolog (O'zimizni monologlar.)
Monolog
NosirСана: Якшанба, 03-Июн-2012, 20:00 | Изох # 601
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 492
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 261
Холати: Хозир йўқ
aybim nima ??? oddiy suratkash bo'lganimmi ??? senga borim berardim, seni jondan sevardim, sen esa... uyim to'la seni rasmlaring, devorda bo'sh joy qolmagan xatto, ammo yuragimda bo'shliq bor, bunga esa sen sababchi...
bugun to'yxonada turibman arang, kelgan mexmonlarni suratga olib, o'ynadimi taqdir men bilan nayrang, qalbimga yolg'on umidlar solib... essiz senga sevgim essiz bu ishqim, bunday yashash ketti jonimga tegib, endi o'tiribsan afsus chekkanday, kuyovbola yonida boshingni egib...


Samimiyat va xush kayfiyat...
 
HushroyСана: Якшанба, 03-Июн-2012, 21:51 | Изох # 602
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 48
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 951
Холати: Хозир йўқ
Ижод намуналарингиз бир-биридан чиройли ва таъсирли!
Носиржон, тап-тайёр ижодкор экансиз, койил!
 
NosirСана: Сешанба, 05-Июн-2012, 10:48 | Изох # 603
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 492
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 261
Холати: Хозир йўқ
Ko'chada sani o'zgasi bilan ko'rdim, yana odatdagi bahonangni boshla endi : Sardor aka u mani qarindoshim... u mani kursdoshim... u mani... u mani...
charchadim... nima mani shunchalar sodda, go'l dib o'ylisanmi, sani kimliging shundoqqina ko'rinib turibdiku...
bo'ldi etar, o'zingni oqlashga topma bahona, aslida san manimas o'zingni aldab yuribsan... nima ?! sevgimiz xurmati ?! sanda o'zi bo'lganmi sevgi ???
man allaqachon sevgimni Muhabbat mozoriga ko'mib kelganman...


Samimiyat va xush kayfiyat...
 
Zinnura_KСана: Сешанба, 05-Июн-2012, 10:49 | Изох # 604
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Sardoraka qoilman zo'r hands

erka farishta....(m)....
 
FeruzaСана: Сешанба, 05-Июн-2012, 11:35 | Изох # 605
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 268
Холати: Хозир йўқ
Nosir
ajoyib olqishlar siz uchun. clap


 
LoadingСана: Жума-муборак кун!, 08-Июн-2012, 22:31 | Изох # 606
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Sizni sog'inaman.
Bilasiz buni. Tuyg'ular haqida gap ketmayabti. Siz yonimdan o'tib kettiz hisobi. Lekin ko'zguda boshqa uzimni topmayman. Men endi o'zga. Yuragim jaroxati evaziga siz menga tassavurimga sig'mas darajada yaxshiklarni berib kettingiz. Diydor qadar!!!
Kechiring man sal bo'rtirib yozdim. Forumda yozdim kechiring!


Faqat 3 ta shart!
 
Bobur_OСана: Шанба, 09-Июн-2012, 01:37 | Изох # 607
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 38
Холати: Хозир йўқ
Bugun seni sog'indim,doimgidek suratinga qarab...Sen meni o'ylamaysan chunku senga atalgan so'zlarim o'zim bilan qolgan va meni qiynaydi.Men sendan uzoqdaman lekin eng yaqingman,hayolimda...Sen bahtlisan Sog'inganing yoningda u sen bilan birga...Aslida ikki yurak bir birini to'ldiradi, Birinchi yurak yolg'iz, uchinchisi ortiqchadir. Hech kim uchinchi yurak bo'masin!

Добавлено (09-Июн-2012, 00:37)
---------------------------------------------
Bugun seni sog'indim,doimgidek suratinga qarab...Sen meni o'ylamaysan chunku senga atalgan so'zlarim o'zim bilan qolgan va meni qiynaydi.Men sendan uzoqdaman lekin eng yaqingman,hayolimda...Sen bahtlisan Sog'inganing yoningda u sen bilan birga...Aslida ikki yurak bir birini to'ldiradi, Birinchi yurak yolg'iz, uchinchisi ortiqchadir. Hech kim uchinchi yurak bo'masin!


SАYYODGА OMАD
 
LoadingСана: Шанба, 09-Июн-2012, 02:09 | Изох # 608
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Dilrabo yuzlaring ajib hiylasi, Feruza ko'zlaring nurli jilvasi. Esimda so'zlaring har birginasi, ishonsang hayolim qush bo'lib qoldi. Tunlari terganim edi chin yulduz, ko'ksimda bir olov o'chmaydi hanuz. Hasratim o'qiydi faqat sayyod.uz, sening kundoshing shu bo'lib qoldi.

Loading...Uyquyimdan ayrildim.

Hazil Sardor aka. TuT YA PRICHÖM dimen.


Faqat 3 ta shart!
 
NosirСана: Шанба, 09-Июн-2012, 08:57 | Изох # 609
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 492
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 261
Холати: Хозир йўқ
va nihoyat yoningga bormoqdaman uchib, bu damlarni ikkimiz qanchalar intizorlik bilan kuttik... taqdir bizni sinadi bir birimizdan ayirib, lekin biz bu sinovdan o'ta oldik sadoqat vafo birla, masofa qancha uzoq bo'lsa ko'ngil shuncha yaqin, muhabbatimiz yanada kuchli... men seni sevaman...
Orzularim aylanmasin armonlarga
berib qo'ymam seni aslo yomonlarga
meni kutgil va men albat uchib borgum
sen bor bo'lgan o'sha go'zal tomonlarga...


Samimiyat va xush kayfiyat...
 
RaVsHaNBeKСана: Шанба, 09-Июн-2012, 23:43 | Изох # 610
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 193
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
Bog'larda qizlar b-n
shodon yurasan,
Quru gaplani gapirib xarom
qilasan,
Bu ish gunoxligini
juda yaxshi bilasan,
Qaytar dunyo song xali afsus
qilasan.
Senga ishonadi
go'zal qizlar bechora,
Senchi yuraklarini
barbot etasan,
Senga bog'lanadi axir ular
tobora, Senchi alvido deb
kulib ketasan.Chimildiq
deb atalmish
joyga,Barcha sir asrorini
korib kirasan,Kelinning
oldida siring
yashirib,Xuddi farishtadek
kulib turasan.Toydan
song uchratsang eski
oynashing,Sinfdoshim
deya aldab
qoyasan,Savolim oilali
hotinli bolding,Ayt dostim
zinoga qachon
toyasan.Qizlar xursand
bolmang sherimni
oqib,Bularni yozmadim
shunchaki toqib,Sizlaram
yigitlardan qolishmaysiz
xech,Ozizcha ketyapsiz
zamonga boqib.Bilasiz
yigitlarimiz
bevafoligin,Kozlari
qomatizga
chanqoqligin,shundaxam
borasiz bog'larga
birga,shumasmikin
qizlarni
axmoqligin,Ishonib
qoyasiz bitta
nomardga,Keyin kech
boladi qaytmoqlik
ortga,Majburan borasiz
songra abortga,Bundan
tirik chiqqaniz yaxwi
tobutga.Sizgaxam sovchi
qoyar bilmay bitta
bechora,Surishtirmay
qiziqmay
otmirhingizni,Toyizda
ochilsa sirlariz
tobora,Qanday oqlay
olasiz
qilmishingizni.Nimaga
bilmaysiz tuwunmiman
sizga,Nima yetishmayapti
aytinglar bizga,Xatto
yigitlaram boshini
kotarolmay qoldi,Qizlarchi
oziga yomon nomlarni
oldi.Mayli bir kun toyarsiz
osha kayfu safoga,Lekin
kech bolmasmikin qaytish
u-n vafoga,Yoliqmang
deymanda xar xil
balolarga,Oldin oxshar
edingiz qizil lolalarga.21-
asr zamon bizning
qolimizda,Xoxlaganimizni
qildik yurgan
yolimizda,Adashgan kop
ekan yordam
beraylik,Ozbekmiz axir
ozbek b-b
qolaylik.Xardoimgide bu
sizlarga nasixat
emas,Shunchaki
kozlaringizni ochib qarang
bas,Xaqiqat tarafdaman
ozim xardoim,Sozimni
yakunleman kulib
muloyim!


+99893 942 32 32
 
GiyosСана: Якшанба, 10-Июн-2012, 01:09 | Изох # 611
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
MAKTABDAN QOLGAN POK TUYG’ULAR...

Maktab... Esga kelar birinchi sevgi… Ko’p sevgini birinchisi boshlanar shu dargohdan. 1 sinf. Yosh qalblar. Yuraklari juda ham yosh. Qon yuguradi ularda. Extiros... Yo’q ularda hali. Birinchi ko’rishda oshiq bo’ldi. Sevdi bolakay. Kunlar o’tdi, haftalar, oylar... lekin u oshiqligin ayon etmadi. Vaqtlar o’tdi... qizaloq ham beparvo emas... 2 sinf. Yangi o’quv yili. Uzoq ko’rishmagan yuraklar bir birini his etdi. Lekin indashmadi o’zlari. Kirishdi jonajon sinfga, bola sal kechroq. Barcha joylar band. Birgina joydan boshqa. U joyni qizaloq olib qo’ygandi. Bolakay keldi, o’tirdi. Qo’l berib ko’rishdi. Birinchi marta! Naqadar iliq, naqadar yumshoq... his qilmoqda bolakay. Bu endi har kun takror.... ikkalasi ham indamadi hislarini. Qo’rqishdi. Yo’q yoshlik qilishdi... 3 sinf. Yana uzoq kutilgan kun keldi. Bir birini yana ko’rishdi. Yana yonma yon o’tirishlar... 4-5 sinf shu tarzda... 6 sinf. Qizaloq endi qiz bo’ldi. Darsda birga o’tirishlar endi kamlik qila boshladi. Darsdan keyin qolib kutubxonada, qilishdi uyga vazifani. Vaqt esa ayovsiz jazolar ularni, ayab o’tirmas sira. Soatlarni ular uchun soniya qildi. Qalblar bir biriga hech to’ymas.... 7-8 o’tdi shu tarzda. 9 sinf. Endi ularni hamma “yoshlar” deb chaqirar. Ular bunday uyalar. Lekin hanuz bir biriga aytmagan sevgisini. Ayta olmagan. Qalblar sezar ammo. Bundan nima foyda bilmasa o’zi. Sir saqlangan sevgini deydi bo’ladi uzoq. Lekin bunga yurak ko’narmikan? Javobsiz sevgi yurakni qancha ushlab ham tura olardi. Bola har har kuni ertalab va’da beradi: “borib aytaman, dilimdagi barini to’kib solaman”.... lekin ayta olmaydi. Qo’rqadi rad javobdan. O’ylaydi: “qanidi u menga dilidagilarni aytsa”... Qiz esa... kutadi har kun. O’zi nima qilsin bechora. Qaysi yuz bilan ayta oladi? Bola rad etsachi? Keyin nima degan nom oladi. Faqat kutadi, kutadi, kutadi. Kunlar o’tdi izg’irin, Kuz barglarida sevgini o’ynatib, Qish qorlarida sevgini muzlatib, Bahor, ooo Bahor. Ex Bahor ham hech nima qilolmadi. Yordam bera olmadi. Qo’rqoq bola aytolmadi. Yoz keldi. Yoz ayriliq. Endi maktab tamom. Endi boshqa ko’rishishmaydi. Yo’llar ayro keldi. So’ngi oqshom ular birga. Keyin xayr. Yuzda tabasum, kulgu. Yurakchi, qalbchi? Ular yig’layapti. Yurak boshqa yashamayaman deyapti. Qizni ko’zida ko’rinar mittigina yosh... Aytadi: “sevinch yoshlari, biz maktabni tugatdik”. Aslidachi, alam yoshlari. Ular maktabni emas, sevgisini tugatishdi. Endi ko’rishsalar ham, bir bir ko’rishishadi. Yonma yon o’tirishlar endi yo’q. Kutubxona ular uchun yopiq. So’ngi marta bir biriga to’yib olish uchun “So’ngi oqshom”. Bu yana sevgini aytish uchun so’ngi imkon. Bola foydalana olarmikan? Aytishni uddalarmikan? Vaqt oz qolmoqda. Qulay fursat kutmoqda. Yo’q. Ayta olmayapti. Rad javobini olsachi? Yo’q. Bunday bo’lmaydi. Shuncha yil bir biriga o’rgangan. U ham ayrilishni istamaydi. Uni sevigisini qabul qiladi. Ishonchi komil. Chunki yuragi shunday demoqda. Ana qiz kelmoqda uni yoniga. Qizda ham shunday hayollar. Chunki bu so’ngi imkoniyat. Yuzi chadamasa ham etadi. Keyin afsuslanmaslik uchun. Bir biriga yaqinlashishdi. Ikkalasi ham taradudlandi so’z ochishga... afsus, ulgurishmadi. Boshqa sinfdoshlar kelib, ularni davraga olib ketishdi. Oqshom yakuniga yetayotgan ekan. So’ngi imkoniyat ham ketdi uchib. Vaqtlar o’tdi yana. Ko’chada ko’rib qolishlar bo’ladi ba’zan. Faqat bir og’iz so’z. Yahshimisan! Bo’ldi, undan boshqa so’z kelmadi boshga. Yurak esa, exx yurak. Umidsiz yurak u. Shuncha vaqt urdi, pishqirdi. Lekin natija bo’lmadi. Mana endi nima ham bo’lardi. Endi aytsachi? Shuncha vaqt ayta olmagan endi aytardimi? Qanday aytadi? Ko’chada turibmi? Yo’q. Endi ayta olishmaydi. Chunki kechikishdi. Yurakda kichik iz qoldi sevgidan... O’zlariga savol berishadi uyga borib. Nahotki bu sevgi edi? Nahotki biz uni uvol qildik. Yoki shunchaki qadrdonlikmidi? Shunchaki do’stlikmidi? Yoki shunchaki yaqinlikmidi? Buni qaysi biri to’g’ri javob? Bila olishmayapti. Bilgani ular ayrildi butunlay. Yillar o’tdi... yo’llari maktabdan kesishdi alohida. Xotiralar qo’zidi yana. Eslashdi usha paytlarni. Yurakda qolgan iz hozir chandiq. Chandiq yorilib, yara yangilandi. Dardini kimga aytishni bilmasdi ular. Yana usha savol keladi, “O’zi bu sevgimidi?”....


Sog' salomatlik...
 
IzhoraСана: Якшанба, 10-Июн-2012, 13:20 | Изох # 612
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 76
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 25
Холати: Хозир йўқ
Sevgi edi faqat u sevgini ular Izhor qiliwaolamagan SEVGI
 
LoadingСана: Якшанба, 10-Июн-2012, 21:48 | Изох # 613
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Giyos?!?

Faqat 3 ta shart!
 
Zinnura_KСана: Сешанба, 12-Июн-2012, 12:35 | Изох # 614
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Kutish....
Bu so'zni juda juda yomon ko'raman. Lekn seni.... lekn seni kutish ham maroqli ! Juda ko'p kuttirasan ... va men ham qancha kuttirishinga qaramasdan kutaman...
Ha kutaman, kutaveraman..
Yana qancha kuttirasan??? To'g'risi borgan sari charchab borvomman , kutishdan.. , umid bilan yo'linga termulishdan.. atrofdagilardan, ularni nigohlaridan, achinib qarashlaridan.. hullas charchadim.. Ba'zan hovo yetmi qoladi.. bu charchashlardan, ba'zida bo'g'zimga tiqiladi bu nafas... Juda issiq... juda ham.. Kuyib qolmasam bo'lgani.. Mayli nima bo'lganda ham kutaman..!
Oldimdan o'tuvchilar ko'p.. qarashadi kelarmikan db.. Asta qo'limni silkitdim bariga, sababi men seni kutaman,
Kutaveraman...
Goho o'zimga o'zm qarshi chiqaman, "KUTAMAN" deymanuuuu... Kutishni istamiyman.. Chunki toqatim toq bo'la boshlaydi.. Charchayman!
ex mayli.. endi ketaman..
Mana boshqa biri keldi.. endi ketishga majburman.. , u tomonga qadam bosidim.. majburan ketaman.. o'zim istamasamda tanamdagi alamzada "toqat" majburan bostirgan ilk qadam..
asta ho'rsinib..
vaqtimga achinib.. bosdim bu qadamni..
Shu dam... Shu dam... Ha bu sen))) "e Xudo o'zinga shukur" lablarim asta pichirladi... Lekn endi bir muammo, ahr mani ham kutishvotti... Endi nima qilaman??? Qanday orqamga burulib qaytib ketaman??? Atrofdagilarni ko'zlari manda...
e nima bo'sa bo'sn.. shuncha kuttim ku uni.. endi u keldi u bilan ketaman... O'yladim ichimda!
Oldimda kutayotkan "114 avtobus"ga qarab, "amaki uzur 1, 5 soatdan beri shu 12 tramvayni kutayotkandim, baribir manda prizno'y, kutkaniz uchun rahmat!!!" diyaqoldim... Sani qancha kuttima 12 tramvay... Shunaqayam kuttirasanmi??? Ha ming qisayam odammasandeee!


erka farishta....(m)....
 
ShahzodaСана: Сешанба, 12-Июн-2012, 13:15 | Изох # 615
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 4
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 107
Холати: Хозир йўқ
Негадир сени ЁДИМГА олмай
куйдим.
Аввалгидек сени ЭСИМГА
олмай куйдим. Худога шукур
УНУТА ОЛДИМ сени.
Хаётимдан ЧИКАРА ОЛДИМ
сени...
Энди хеч нарса! Сен хакингда
хеч нарса КИЗИК ЭМАС...
Хаётингдаги узгаришлар менга
АХАМИЯТСИЗ энди...
Ким билансан кайлардасан
энди ФАРКИ ЙУК менга...
Сенла боглик хеч нарсани
келмас ОЛГИМ ЁДИМГА...
ОВОЗИНГ хам энди тортмас
узига...
СУЗЛАРИНГ ХАМ ИССИТА
ОЛМАС ЭНДИ МЕНИ...
Кунгирок.... аммо
СУКУНАТ...ЖИМ ЖИТЛИК
ХУКУМРОН!
СЕЗАМАН... БИЛАМАН... бу
сенсан албат...
Аммо НАФАСИНГ ичинга
ютасан...
Булди энди узингни
КИЙНАЛГАНДЕК курсатма...
Хали хамон СЕВМАН деб
ЁЛГОНГА КУММА!!!
Сенку ЧИН ТУЙГУЛАРИМ УЙИН
КИЛГАН!
Сенку СЕВГИМ УСТИДАН
КУЛИБ КЕТГАН!
Ахир барини узинг килдинг
БАРБОД!
ЭНДИ НЕГА КУЗЛАРИНГДА
БУНДАЙИН ХОЛАТ?!
ХАТТОКИ ЁЗШ ТОМЧИЛАР
СЕНИ
КУЗИНГДАН...
Энди буларнинг ФОЙДАСИ
ЙУККУ билолсанг эди...
СЕВАМАН хамон деганинг
билан МАЪНОСИЗКУ бари...
Яна уша НИГОХ...
Яна уша СУЗЛАР...
КАЙТАДАН МЕНИ УЗИНГА
ЧОРЛАР...
ЯНА АЛДАНИШГА УНДАР...
Билмайсан...сезмайсан! Бари
бефойда!
Ахир юрагимда ЭНДИ УЗГА!
Урнингни эгаллади энди
УЗГАСИ!
Сеникидан фарклидир
СЕВГИСИ...
ЧИНДИР ТУЙГУСИ...
Биламан утган кунларни эслаб
ДИЛИНГ ОГРИНАР...
Айникса барини ортга кайтара
олмай АФСУСЛАР КИЙНАР....
Утган шунча ВАКТ орадан...
Утган ВАКТ барини уз жойига куйди...
Сен ташлаган ДАРД АЛАМДАН
олиб чикди У мени...
Сен ташлаган ЁЛГИЗЛИКДАН
хатто КУТКАРДИ мени...
Уртамизда йук энди хеч канда
РИШТА...
ЭНДИ УЗИНГНИ АЙБЛАГАНИНГ
БИЛАН ЙУКДИР ФОЙДАСИ....
Manga juda yoqdi so'zlari
xaqiqatdan xaqiqat gapla omad
Ответить
вчера 22:57
пРоСтАя Но БеСсЕрДеЧнАя
ДеВчОнКа
Энди менла боглик ОРЗЛАР
килма...
Яна кандайдир РИШТА
бошлайман дема...
Ишон СЕНИ СЕВАМАН дема...
Сенга булгаг НАФРАТИМНИ
ЯНАДА ОШИРМА...
Энди керакмас СУЗЛАРИНГ
менга...
Энди керакмас севгинг менга...
Майли ЁМОН КУР НАФРАТЛАН
МЕНДАН...
ФАКТ ТОПГАН БАХТИМНИ ЯНА
ЙУКОТИШИМГА САБАБЧИ
БУЛМА!!!
МЕНИ ХАЁТИМНИ ЗАХАРЛАМА...
куйди...
ХАЁТИМ УЗГАРДИ.
 
DilraboСана: Чоршанба, 13-Июн-2012, 01:00 | Изох # 616
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 627
Холати: Хозир йўқ
Hammalaringizning ijodlaringiz tahsinga loyiq.Ayrimlariga döstona fikrimni bildirib ketaman.Armani,ijodingizda köpincha ijodiy mavzularda yaxlitlikni kördim.Biroz ilhom bilan sirlawsangiz foydadan holi bölmaydi)...Nosir aka,monologingizdan hayotning isi ufurib turadi...Loading qöwni,beqaror tuyg'ularingiz haddan ziyoda erkin, ijod qilayotganingizda qalbingiz ming parchaga bölinib ketadigandek,nazarimda...dunyo ötkinchi...xullas,tuwundingiz...Giyos,maktab...qadrdon maskan nostalgiyasi haqida saytingizda batafsil öz fikrlarimni yozganman.Zinnura,tramvayni intiq kutayotgan waddod singlim,miyani qotirib-qotirib köproq ijod qilib turing.)) Shahzoda mag'rur qiz,sizning monologlaringizda goh jöwqinlikni körsam,goh og'riqli qalb nolalarini his qilaman...Bu hammasi döstona fikrlarim edi.Kimning ijodini tilga olmagan bölsam,Xudo xohlasa keyingi safar fikrlarimni aytib ötaman,inwaAlloh.Ijodlaringizga baraka!

Добавлено (12-Июн-2012, 23:54)
---------------------------------------------
Ravwanbek,sizga tawakkur! Yozganlaringizdan ibrat olsa arziydi.Wunday yoza oliwni uddalagan odam erinchoqlik qiliwi menimcha,uyat.Yanada köproq yoziw kerak bunaqa chiroyli ijod namunalaridan.Hordiq(sobiq Bekorchilik) köchasidan Ijodiston köchasiga köchib keling,iltimos))Omad!

Добавлено (13-Июн-2012, 00:00)
---------------------------------------------
Bobur,omad tilayman.Sizning yoziw uslubingiz ham ajoyib ekan.Nazarimda forumdowimiz Dadaxonning uslubiga biroz öxwawroq tuyuldi.Ijodingizni yana kuzatiw davomida öz döstona fikrlarimni qoldiraman Xudo xohlasa.


Nigohimda jamdir bu olam...
 
GiyosСана: Чоршанба, 13-Июн-2012, 01:51 | Изох # 617
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
BIZNI YO’LLARIMIZ BOSHQA EKAN...

Iltimos ko’zlaringni yoshlama. Nega yig’lamoqchi bo’layapsan? Men bunday bo’lishini hohlamagandimku. Afsus shunday bo’layapti. Nima ham qila olardim. Qara, meni ham ko’zlarim yoshlandi. Romolchang bilan artib qo’ymaysanmi? Seni deb yoshlandi. Biz endi ayrilayapmiz. Endi yo’llarimiz o’zgardi. Shu yergacha birga ekan. Men o’zga yo’ldan ketayapman. Sen ham boshqa yo’ldan ketishing kerak. Men endi boshqa bilan ketishim taqdirimda bor ekan. Bu yo’lga sen sig’mas ekansan. Mendan hafa emasmisan? Shuncha mani kutganingdan afsusda emasmisan? Oz bo’lsada mazmunli hayot kechirdikku. Kamlik qilishi mumkin. Lekin shuni hotirasi bilan yashasa anchaga yetadi. Ko’zlarimdagi yoshlarni artib qo’y... Ko’zim to’lib, ko’rmay qolayapti. So’ng marta seni to’yib to’yib ko’rib olay. Seni endi boshqa ko’rmaymanku. Meni kechra olasanmi? Senga bergan va’dalarimni bajara olmaganim uchun kechira olasanmi? Hozir oldingda turish menga noqulay bo'lyapti. Ko’zlaringga tik qarashga ham uyalayapman. Lekin so’ngi marta to’yib qaray olmasik.... juda og’ir. Sevgi izhorlarimizni hech qachon esdan chiqarmayman. Usha maktab paytidagi hotiralargacha eslayveraman. Sen esa esdan chiqar. O’zingni xotiralar bilan qiynaman. Men qiynoqqa arziman. Bu ham kam. Sen uchun kurasha olmadim. Harakat ham qila olmadim. Yo’llaringda hech qachon qoqilma. Baxtli bo’l... (Mana bu maktub senga, so’ngi so’zlarim bitilgan...)

“Hammon yodimda usha vaqtlar. Seni birinchi marta ko’rganim, sen bilan birinchi marta gaplashganlarim... unda hali bola edik. 1 sinfga endi qadam qo’ygandik. Vaqtlar o’tdi. Katta bo’ldik. Ulg’aydik. Maktabni tugatdik. So’ngi oqshom! Usha payt senga dilimdagi barcha gaplarni ayta oldim. Sevgimni ayta oldim. Hech narsadan qo’rqmadim. Seni rad javobingdan ham. Sen rad qilganing bilan baribir do’st bo’lib qolaverardikku. Sendan javob kutganimda, uyalib yerga qaraganding. Yuzlaring qizarib ketgandi. Gapira olmasligingni bilib, senga qo’limni cho’zdim. Qo’limni tutsang bu sevgimni qabul qilishing edi. Sen oz muddat o’ylab, keyin qo’lingni cho’zding. Bilasanmi? Shu payt men qanchalar hursand edim. Men qanchalar baxtli edim. Buni senga so’z bilan ifoda eta olmasdim. Olmayman. Esda qolarli “So’ngi oqshom” edi. Biz har kuni uchrashdik. Har soniya eslashdik. Vaqtlar ayovsiz yana o’tib ketdi. Bir birimizga yozmagan she’rlarimiz qolmadi. Bir birimizga atagan nomalarimiz qolmadi. Endi esa oila ostonasi boshlandi. Bilasan. Onamni juda yahshi ko’raman. Men ularga sen haqingda aytib berdim. Onam seni taniydilar. Men ularga seni borligincha aytib berdim. Sendan boshqasisiz yashay olmasligimgacha aytib berdim. Hamma hammasini. Sevishimgacha aytdim. Onamga buni aytish qiyin edi. Lekin sevganim kuchi bilan aytdim. Onam kulib qo’ydilar. Lekin hech narsa demadilar. Men o’rtada qoldim. Ertasi kuni yana shu haqida gap ochdim. Onam meni ko’zlarimga diqqat bilan qarab: “O’g’lim. Men senga kecha indamadim. Bugun aytaman. Sen unga uylanmaysan. Chunki senga boshqa qiz topib qo’yganman. Ancha oldin topib qo’yganman. Dugonamni qizi. Ko’rasan. U senga yoqadi. Juda odobli, esli-hushli, o’qimishli qiz. Men yaqindagina ko’rib keldim. Undan boshqasini olmaysan. Bilasan, meni gapim gap”, dedilar. Ularni bu gaplarni aytib menga qarashlari yuragimgacha borib yetdi. Har bir gaplarini quloqlarim bilan emas, yuraklarim bilan eshitayotgandim. Har bir gaplari miyamga xotirlanmadi, to’g’ri yuragimda saqlandi. Ona rozi, xudo rozi. Onamga hech qachon qarshi chiqa olmaganman, chiqa olmayman ham. Ularni har bir gaplarini so’ziz, hech bir inkorsiz bajarganman. Lekin senga bergan va’dalarimchi? Sen meni kutganlaringchi? Qanchadan qanchasini meni deb rad etganlaringchi? Bularni xunini kim to’laydi endi? Seni oldingda men endi qanday odam bo’ldim? Aytishing mumkin: “Sevgi uchun kurashmayapsiz”, deb. Ayt, hohlaganingcha aytishing mumkin. Chidayman. Hamma hamma gaplaringga chidayman. Lekin sen bunaqa ayta olmaysan. Sen indamasdan ko’zlaringni yumasan halos. Huddi hech narsa bo’lmagandek. Keyinchi, keyin ich etingni yemirasan. Alam bo’g’zingga tiqilib, yig’lashga bermaydi. Faqat ko’zlaringdan bir tomchi yosh chiqadi. U ham uzoq turmaydi. Yuzingni yuqori haroratiga chiday olmay qurib, uchib ketadi. Sen ham meni tushunishingni so’rardim. Menga oson deb o’ylasana? Hech qachon. Sendagi azob menda ham bor. Sendan ming chandon ortiqroqdir balki. Sendan men ayrildim. Mendan esa sen ayrilmading. Men o’zim, seni ayirishga majbur bo’layapman. Bu bilasanmi, huddi o’zim hohlab nafas olishni to’xtatayotganga o’xshayman. Lekin baribir nafas olib yuboriladiku. Baribir sendan voz kechgim kelmayapti. Nima qilay? Kim menga yordam bera oladi? Meni kechir. Va’damni bajara olmadim.”.... (Maktubni hohlasang saqlab qo’y, meni untmoqchi bo’lsang tashlab yubor. Seni hohshing. Meni kechir...)

Audio mp3 ni ko'chirish uchun: Mana buni bosing va media ijod mavzusiga o'ting


Sog' salomatlik...
 
Zinnura_KСана: Чоршанба, 13-Июн-2012, 21:03 | Изох # 618
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
San gapir , man eshitaman....! Man gapirganimda eshitishing uchun ham.., gaplaringni
jimgina eshitaman... Ammo gaplaring qachon tugiydi..buni bilmadim, bilishni istardim.. asta gap boshladim.. San beparvo gapiraverding... Mayli nima ham derdim.. gapiraver... men ham har daqiqa qo'ng'iroq qilib gaplaringni eshitaveraman.. San gapir , man eshitaman..! Bu gaplaring miyyamga, tilimga, balkim.. balkim..dilimga ham yozilib yod bo'lib ketkan... Buni sanga farqi yo'q.. San doimgidek gaplaringni takrorlay verasan : "HISOBINGIZDA YETARLI MABLAG' MAVJUD EMAS, ILTIMOS
BALANSINGIZNI TO'LDIRING" ko'ynim uchun hech bo'lmasa biron martta boshqa gap gapir,
odammi hijolat qivurmasdan...


erka farishta....(m)....
 
GiyosСана: Чоршанба, 13-Июн-2012, 22:11 | Изох # 619
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Zinnura_K, man hozir kimdir bo'sa kerak dib o'ylabman. A bu avtomatga ekan)))

Sog' salomatlik...
 
LoadingСана: Чоршанба, 13-Июн-2012, 22:21 | Изох # 620
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Ёқотилган.
Соғиндим! Қоидаси шундай. Масофалар сабаби турлча. Лекин соғинч уша-уша. Нега бундай булади? Сабаби қоронғу. Йуқ, мен адашдим. Соғинч хар кимда турлича кечади аслида.
Мен сени соғинаман. Яширишни истамайман. Лекин иложсиз. Қандай билдирай сени қанчалар соғинаман? Балки, балки сенга соғинчимни кузларим айтар? Сени курган захотим хавода силкитилган қулларим бор соғинчимни хавога совурар? Ёки элтар сен тамон? Бир нарса аниқ дийдорлашув сабаби соғинч.


Faqat 3 ta shart!
 
Zaychik777Сана: Пайшанба, 14-Июн-2012, 00:01 | Изох # 621
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 78
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 61
Холати: Хозир йўқ
hammasi bir biridan go'zal satrlar

 
YoJiKСана: Жума-муборак кун!, 15-Июн-2012, 14:21 | Изох # 622
Рўйхатда
Гурух: VIP
Изохлар: 20
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1189
Холати: Хозир йўқ
I don't know I love him or not, but
my heart beats faster much faster
when I think about him. And I get
used to open his photo in my mobile
and look,look,look...It's scares me,
frightens me, cus I don' wanna my heart to be broken or hurt. And when
i find myself thinking about him
again, I'm trying to stop me. Try not
to think of him!


В мире много всего вредного...вот Я, например!
 
DadaxonСана: Жума-муборак кун!, 15-Июн-2012, 17:51 | Изох # 623
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
Sen menga bevaqt kelgan ajalmiding, yurakka sanchilgan xanjar. Lablarimdan tabasumni olib, közlarga yosh bölding. Ex qaydan uchratganman seni, qaydanam öshal kun kördi közlarim. Bir körishda bormikan sevgi, yöqsa bu qanday tuyg'u. Qancha oylar ötdi, kuz, qish ketdi. Taqdirmi shu, seni körmoq yana nasib etdi. Ösh közlar, qora sochlar, qalbda ösha tanish tuyg'ular yana bong urmoqda. Qancha chopdim ortingdan, qanday edim, qanday axvolim bugun dastingdan. Ösha kun, ming yöq önminglab lanat bölsin. Nega kördim, nega sevdim, nega?
 
LoadingСана: Шанба, 23-Июн-2012, 10:39 | Изох # 624
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Siz meni eslarsiz? Men esa sizni unutmadim. Unutishga ne xojat? Sizdan yomon gap eshitmadim. Doim kulib turasiz. Yuzingizga termulish na qadar zavqli. Sababini bilmaymanu, negadur hech ko'zimga qarolmaysiz. Bazan so'rar edingiz. Nega kulasiz? deb. Jahlingiz chiqqan bo'lsa kechirasiz. Nima qilay? Sizdan samimiyat taralib turadi. O'zim bilmagan holda sizga maxliyo bo'lib qolsam? Sizga kichik tarif bersam maylinmi? Uyalardim to'risi. Bazan extirosimni po'lat zanjir bilan kishanlab qo'yardim. Yo'q! Yo'q! Shoshmen? Hato o'ylayabsiz? Ehtiros degani buzuqlik degani emasku? Qisqasi, sizni qo'lingizdan bir bor ushlashni juda istardim. Istardimu, juda qo'rqardim. Siz juda noziksiz. Qiyoslashni imkoni yo'q. Tarifga esa til ojiz. Huddi qo'lim tekkan zaxoti erib ketadigandeksiz. Eng nozik ipak matodan ham, noziksiz. Sochingiz... Yo'q qizg'onib kettim.

Добавлено (23-Июн-2012, 09:39)
---------------------------------------------
O' o' o' o' axmoliging aldama meni!!! Tentakliging bekitib qo'ygin! Bekinib ol qisqasi qoreni o'chir! Voy yana qo'ng'iroq! Yoqolgin dedim! Bosib qo'y anovi "bekor" tugmani! Yig'lama voy axmoq, voy chidomiman! Jonimdan to'ydirding o'vv ming'i eshshak! O'ynashma vilkada so'yib qo'yaman! Yana jim qisqasi, umuman jim bo'l! Yonimda nafas omagin hatto!

Tipo takoy adabiy monolog.


Faqat 3 ta shart!
 
nusrat8182Сана: Шанба, 23-Июн-2012, 10:43 | Изох # 625
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 320
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 328
Холати: Хозир йўқ
Loading qoilman,bo'larkanu tushunarli manaloglar ham.

Kutmoq va umid qilmoq kerak...
 
Форумистон » Умумий » Ижодистон » Monolog (O'zimizni monologlar.)
Поиск: