[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
  • Страница 2 из 2
  • «
  • 1
  • 2
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Форумистон » Умумий » Ижодистон » O'zimiz qilgan tarjimalar.... (Tarjimalar....)
O'zimiz qilgan tarjimalar....
AbbosbekСана: Сешанба, 30-Апр-2013, 23:01 | Изох # 26
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
G'iyosaka Tarjimaga gap yöq, mayda imlolargacha yozibsiz zör. . . yahoo

1000 marta yordam ber baribir
unutishadi. Bir marta pand ber, bir
umr eslab yurishadi. .
 
RaVsHaNBeKСана: Сешанба, 30-Апр-2013, 23:05 | Изох # 27
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 193
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
Manga telefinda kirish qo'ng'irog'o yoqdi) ko'pro

+99893 942 32 32
 
GiyosСана: Пайшанба, 02-Май-2013, 01:50 | Изох # 28
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
AYRILIQ.

Sokin, iliq yoz oqshomi edi. Yo’lni chekkasida ikki juftlik ketmoqda, ular bir birlarini qo’llarini ushlab olishgan. Chiroqlar yorug’i, ahyon ahyon o’tayotgan mashinalarni past ovozi, yonlaridan to’xtamay o’tib ketishi, yengil yozgi shamol... Ular birga, ular sevishishadi...
To’satdan, bir lahzada ikki mashina to’qnashib ketdi... Portlash... Qiz alaqanday og’riqni seza boshladi va hushidan ketdi, yigit siniq parchalaridan o’zini zo’rg’a olib qochdi, u kam jarohatlandi.
Shifoxona... Bu jonsiz va e’tibor berilmaydigan shifoxona qattiq devorlari... Palata. Kravat. Unda qiz suyak sinishi va qon yoqotish tashxisi bilan yotibdi. Uni yaqinida yigit o’tiribdi, u qizdan bir daqiqaga bo’lsa ham uzoqlashmayapti. Palataga navbatdagi xabar olgani, hamshira kirib keldi.U yigitni o’ziga chaqirdi va chiqib ketishdi.

- U axir yashaydi a? ( yigitning charchagandan shishgan va qizirgan ko’zlaridan yosh oqdi)
- Biz imkoniyatimiz boricha harakat qilamiz, lekin o’ziz ham hammasini tushunib turibsiz...
- Iltimos, men sizdan o’tinib so’rayman, uni o’lib ketishiga qo’ymang, meni undan boshqa hech kimim yo’q.
- Biz bor kuchimizni ishga solamiz, juda ham qayg’udaman...
-
Yigit ko’z yoshlarini artdi va palataga hamshira bilan birga qaytdi. Qiz sezmoqda, nimadir yaxshi emas... Har holda o’zi tushunib turibdi, uning tuzalib ketishi xaqiqatdan yiroq, u ulardan so’radi:

- Aytingchi, men yashab ketamana, sizlar menga sog’ayib ketishimga yordam berasizlara? To’g’rimi?
- Albatta, azizam, biz hamma imkoniyatlarimizni qilamiz (dedi hamshira va ko’zlarini undan olib qochdi)

Yigit bilan qiz ikkalasi yolg’iz qolganda, qiz unga aytdi:
- Menga va’da ber, senga hech nima bo’lmaydi, sen baxtli bo’lishing shart! Men shuni hohlayman!
- Nega sen bunday gapirayapsan?! Sen, mening baxtimsan! Men sensiz yashay olmayman!
- Va’da ber! Sen axir o’zing ham, hammasini tushunib turibsan! Men bilishni hohlayman! Men seni baxtli bo’lishing aniq bo’lishini hohlayman! Hattoki mensiz bo’lsa ham! Bunga va’da ber, men uchun! (baqirdi qiz va uning ko’zlaridan yosh tomchiladi)
- ... Yaxshi, men harakat qilaman, lekin buni senga va’da berish qo’limdan kelmaydi (u ham yig’ladi)

Kech tushdi. Qiz uhladi, yigit esa uni kravati yonida mudrab o’tiribdi... Qiz tush ko’rdi, uni tushiga onasi kirdi va osmondan unga gapirdi:

- Qizginam mening, ertaga kechki payt men seni o’zim bilan olib ketaman. Biz boshqa dunyoga, yovuzlik, og’riq, xiyonat yo’q joyga uchamiz. U yerda senga tinch bo’ladi.
- Oyijon?! Qanday?! Qayerga? Lekin... lekin men ketishni hohlamayman.... Men ... Men uni sevman... Men usiz yashay olmayman.
- Men seni ogohlantirgani keldim, tayyor tur. U bilan so’ngi kuningni o’tkaz... men ketishim kerak (u o’grildi va uchdi, uni orqasda esa oq qanot ko’rinib turardi).

Ertalab, har doimgidek, hamshira keldi. Taxlil javoblarida hech qanday yaxshi xabar olib kelmadi. Yigit va qiz birga qolishdi. Qiz yigitga bugun o’lishini aytdi... Yigit ishonmadi, unga baqirdi, unga hammasi yaxshi bo’lishini aytdi, lekin qiz unga dedi:
- Iltimos, kel so’ngi kunni birga o’tkazaylik. Men sen bilan bir oz bo’lsa ham birga bo’lishni istayman.
-
Yigit jim. Uning yuragi beo’xshov urardi, u yorilay deyrdi, ruhi tanasidan chiqib ketayotgandek, ko’z yoshlari daryo bo’lib oqardi, u qiz uchun nima qilishini bilmasdi.

- Kel shunchaki birga bo’lamiz, yaxshi kunlarimizni eslaymiz, o’zimizning baxtimizni eslaymiz. Men seni quyosh botguncha ko’rib qolmoqchiman, men sendan bo’sa olishni hohlayman. Kel, kunni birga o’tkazaylik.
- Yaxshi, sevgilim. Lekin men sensiz yashay olmayman, meni hayotim sensan. Men sensiz o’lib qolaman...
- Bunday dema, sen baxtli bo’lishing shart, sen va’da ber menga. Kel shunchali birga bo’lamiz. Kel yig’lamaylik, men bilaman, bu juda qiyin, lekin oxirgi kunimizni biz quvonchli o’tkazaylik...
- Albatta.. sevgilim... yagonam..

Kun bo’yi ular birga bo’lishdi, qo’llarini bir birlaridan ayirmadilar, quvonchli onlarini hammasini esladilar... Yigit o’zini qizsiz bir soniyaga bo’lsa ham tasavvur qila olmasdi.... Lekin... Mana quyosh botmoqda. Ular uchun so’ngi quyosh botishi. Ikkalasini ko’zidan yosh oqmoqda...
- Men seni yoqotishni hohlamayman, sevgilim.
- Men tushunaman, lekin qanday, balki, kerak, shunday bo’lishi kerak.
- Men uchun sensiz juda og’ir. Juda. Men seni hech qachon unutmayman.
- Sevgilim, men doimo sen bilan yonma yon bo’laman. Men doimo senga yordam berib turaman. Meni senga bo’lgan sevgim abadiy! Buni eslab qol!

Ular baravar yig’lashdi. Ular bir birlarini ko’zlariga qarab turishardi va hech nima qila olishmasdi, nimagaki bilishadi, bu dunyoda, ular yonma yon bo’lishi uchun so’ngi daqiqalar...

- Sevgilim, menga o’lish qo’rqinchilik emas, nimagaki men bilaman, sevgi bu nimaligini! Men sen uchun yashadim! Men seni hech qachon aldamaganman.
- Sevgilim, menga qo’rqinchilik.
- Qo’rqma. Men sen bilan birga bo’laman...

To’sattan uni pulsi to’xtadi. U o’z tanasidan uchib chiqa boshladi. U, yigit uni tanasini o’ziga mahkam quchoqlab olganini ko’rdi...

(Ruschadan Giyos tarjimasi)


Sog' salomatlik...
 
Sardor_BСана: Пайшанба, 02-Май-2013, 15:46 | Изох # 29
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1161
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 178
Холати: Хозир йўқ
Браво.......

Sayyod.com
 
GiyosСана: Жума-муборак кун!, 03-Май-2013, 00:48 | Изох # 30
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Bir oilaning, bir necha yil birga yashashiga qaramay, farzandi yo’q ekan. Ular o’zlarini hecham yolg’iz his qilishmasdi, nimagaki ular nemes ovcharka kuchukkasini boqib olishgandi. Ular uni yoqtirishardi va tashvishlantirmasdi, uni o’z og’illaridek ko’rishardi. Kuchuk ulg’aydi va katta bo’ldi, chiroyli, aqlli it va ko’p bora egalarini dushmandan qutqardi, sadoqatli, to’g’ri, egalarini sevadi va himoya qiladi. Yetti yil o’tgandan so’ng, yani itni boqib olishgandan, ular oilasida uzoq kutgan o’g’il tug’ildi. Er-xotin juda baxtli edi, ko’p vaqtlarini chaqaloq bilan o’tkazishar edi, kuchukka esa deyarli bir tomchi ham e’tibor qaratishmasdi. Kuchuk o’zini keraksiz deb his qilardi va egalarini chaqaloqdan rashk qilardi. Bir kun ular uhlayotgan chaqaloqni uyda qoldirib, o’zlari uy ishlari bilan mashg’ul bo’lishdi. Ular chaqaloqdan xabar olgani kirmoqchi bo’lganlarida, chaqaloqni xonasidan it chiqib keldi. Itni og’zida qon izlari va u mamnunlik bilan dumini likilatib turardi. Chaqaloqni otasi juda yomon taxmin qildi, devorda osig’liq miltiqni oldi va shu joyni o’zida itni otib o’ldirdi. Shundan so’ng chaqaloqni xonasiga shoshib kirdi va yerda, bolasini belanchagini yonida, kallasi uzib tashlangan, katta ilonni ko’rdi. “Men o’zimning sodiq itimni o’ldirdim!” dedi erkak, ko’zidan yosh oqa boshladi.
Bir xillarida biz odamlarga adolatsiz hukm chiqaramiz! Hammasidan battari, biz o’ylamaganlarimizni qilamiz, hattoki sababini ham bilmaymiz, ular to’g’ri qilganmi, yoki boshqachami. Bizga hammasi baribir, ular nima haqida o’ylaydi, nimani his qiladi, bular bizni to’lqinlantirmaydi. Va biz fikrimiz qanday bo’lishini bilmaymiz, balki, o’zimizni shoshqaloqligimiz tufaylimi... Kech qolgan bo’lamiz. Afsuslanishdan nima foyda? Yoqotganlarimiz qaytmaydiku? Balki, kelajakda bu xatoni qaytarmaslik uchun afsuslanarmiz? So’ngi afsus o’zingga dushman deb bekorga aytishmaydiku. Yoki boshqalarga, mening xatoyim o’rnak bo’lsin deb, qilgan xato va afsusimizni hammaga aytarmiz, yozarmiz. Shoshish kerakmas, oldin kuchki ishonch hosil qilish kerak... Ishonchsizlik va shoshqaloqlik, insonga ko’p afsuslar olib keladi.

(Ruschadan Giyos tarjimasi)


Sog' salomatlik...
 
AbbosbekСана: Жума-муборак кун!, 03-Май-2013, 11:30 | Изох # 31
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
Juda xam Xikoya yoqdi G'iyosaka. .

1000 marta yordam ber baribir
unutishadi. Bir marta pand ber, bir
umr eslab yurishadi. .
 
Sardor_BСана: Жума-муборак кун!, 03-Май-2013, 19:29 | Изох # 32
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1161
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 178
Холати: Хозир йўқ
еееееееее карсагилар ешитикмебди....браво

Sayyod.com
 
GiyosСана: Душанба, 06-Май-2013, 01:13 | Изох # 33
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
- Qanjiq! – dedi mast ona besh yoshli qiziga, nimagaki qizi uning pomadasi bilan oq qog’ozga yurakchani rasmini chizgan ekan. Shundan so’ng ona qizini qattiq urdi va itarib yubordi. Qizaloq yiqildi. Onaning kayfi tarqab, uzr so’raganida, endi kech bo’lgan edi. Shundan so’ng uni darhol tuman shifoxonasiga olib bordi. So’ngi bor ona, qizidan eshitgan gapi, “Oyijon, men sizni yaxshi ko’raman!” bo’ldi.
(Ruschadan Giyos tarjimasi)

Добавлено (06-Май-2013, 00:13)
---------------------------------------------
Yigit har tunda, uhlashidan avval sevgan qiziga xat yozardi: MEN SENI SEVAMAN!!! Bir kuni kechasi qizni telefoniga SMS keldi, lekin qiz: “Ufff, har tunda bir hil SMS o’qishdan charchadim” dedi va SMS ni o’qimay, yotib uhladi. Ertalab tongda yigitning onasi qo’ng’iroq qildi va aytdi: “U o’ldi...”. qizni qo’lidan telefon tushib ketdi. Telefonni olib, SMSni ochdi: “Qadirdonim... men uyinga yaqinlashib qolgandim... avtoxalokatga uchradim... og’ir ahvoldaman... nafasni qiynalib olayapman... menimcha... men o’laman... mening so’nggi tilagim, seni bir bor ko’rish... iltimos tezroq kel...”.
Yaqinlaringizni qadrlang.

(Ruschadan Giyos tarjimasi)


Sog' salomatlik...
 
AbbosbekСана: Душанба, 06-Май-2013, 01:13 | Изох # 34
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
Juda xam yoqdi, hozir odnada stsda öqib tasirlangandim. .

1000 marta yordam ber baribir
unutishadi. Bir marta pand ber, bir
umr eslab yurishadi. .
 
M@$terСана: Сешанба, 11-Июн-2013, 11:15 | Изох # 35
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 335
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 205
Холати: Хозир йўқ
Костас Валетас  (Греция)ОРДЕН
ҲикояУ қўлида ниманидир ушлаб турганини сезди, кафтини очса: орден экан…Эшикни тақиллатишганда, у соқолини қиртишларди.
- Ким у?
- Саройдан!
- Қаердан?..
Эшикни очгунча, ҳазиллашаётган ким экан, деб ўйлади. Остонада миршаб турарди. У мовий боғичли  – саройга таклифномани топширди.
Бу ғаройиб ҳодиса ҳақида тезроқ дўстларига хабар бермоқ истагида телефонга ёпишди.
Бироқ, саройга ташриф буюриш учун костюм керак эди. Бу ҳақда таклифномада аниқ қилиб “Кийим-бош – маросимга мос костюм” деб кўрсатилганди.
Костюм излаб бир кунини йўқотди. Эрталаб етти яримда такси ушлаб Ф. исмли танишиникига костюм учун жўнади. Танишининг костюми унга қопдек осилиб қолди. Тикувчига қўнғироқ қилди. Аввал биттасига… иккинчисига… учинчисига… Аммо ким ҳам бир кечада костюмни унинг эгнига мос келтириб, бичиб беришга кўнарди?
Ниҳоят биттаси кўнди. Албатта икки баравар ҳақ эвазига. Бу тикувчи ўз касбининг устаси ҳисобланарди. Шу сабаб, унга ортиқча чойчақа беришга мажбур бўлди.
Ўн бешта кам ўн бирда у аллақачон саройда турарди. Таклифномада “Сизни соат 11 да ташриф этишингизни сўрардик” деб аниқ ёзиб қўйилганди.
Эгнидаги юқорида тарихи айтиб ўтилган-костюм ўз касбининг устаси ҳисобланган тикувчи қанча уннамасин телба-тескари осилиб турарди.
Такаббур малай уни катта залга бошлаб киргач, напалеонча учбурчак қалпоқ кийган ўта жиддий расмий шахс (маросимлар министримикан?!) унга яқинлашиб:
- Шу ерда кутинг, сизни чақиришади, — деб маълум қилди.
(Яхшиям уйдан чиқаётганда уззу-кун эшик олдида қўққайиб турадиган қоровул уни кўрмай қолди: билинтирмай ўтиб кетишга ва тезда такси тутишга муваффақ бўлди. Агар унинг ясаниб олганини кўрганида борми, нима деб ўйларди, худо билади?)
У диванда ўтирган юзи таниш кекса бир жаноб ёнига чўкди.
- Кечирасиз, сиз… сиз профессор Тамвакадис эмасмисиз?
- Хўш, эҳтимол мендирман, — деб тўнғиллади чол, — аммо ҳозир ўрниям, вақтиям эмас. Гапириш керакмас, бўлмасам чақириб қолишса эшитмай қолишимиз мумкин.
- Сиз ҳам тақдирланишгами?
- Нима, сиз ҳамми? Шундай ёшингизда – я…
- Ҳа, мен бор-йўғи олтмиш иккидаман, холос – деди у мағрур оҳангда овозини баландлатиб – профессорнинг қулоғи оғирроқ эканини эшитган эди. Ўша заҳоти профессор бармоғини лабига босиб шивирлади:
- Жим-м… Менимча бошлашди. Жим ўтириб қулоқ солинг!…
У ўрнидан туриб зални бироз айланган бўлди. Залда ўн бештача одам бор эди – уларнинг энг ёши ўзи экан. Ҳамма жим ўтириб кутар, ҳамманинг эгнидаги костюми худди уникидай шилвираб осилиб турарди.
У ойна олдига келди ва кўнгли кўтарилди: ҳарқалай унинг костюми бошқаларникидан дурустроқ эди. Кейин у подшоҳликнинг ашаддий душмани ҳисобланган ёзувчи Н.К.ни кўриб қолди. У бу ерга нега келдийкан? Унга қараб юрган эди, ёзувчи жуббанамо кенг иштон кийиб олган соқолдорнинг орқасига бекиниб олди. “Майли, — деди у ўзича, зални шошмасдан назардан ўтказаркан, — шундай бўлганиям яхши.” У яна ойна олдига келди. Бу сафар нима учундир ўзига ёқмади.
- Сизни чақиришяпти, эшитяпсизми, сизни чақиришяпти! – профессор Тамвакадис унинг қўлига ёпишди. – Боринг, боринг!
У ёп-ёруғ, узун йўлак бўйлаб учбурчак ғаройиб қалпоқ кийиб олган ўта жиддий расмий шахс (маросимлар министримикан?!) ортидан кета бошлади. Улар янаям каттароқ, сон-саноқсиз чироқлар билан ёритилган, дабдабали безатилган залга киришди. У тўрда шоҳсупага ўхшаш нарсани, шоҳсупанинг атрофида жуда кўп расмий кишилар ўтирганини кўрди. Оёқлари қалтираб, қаёққа юришни билмай тўхтаб қолди. Қаёққа юрсам экан? Ўзини йўқотиб атрофга олазарак боқди.
- Бу ёққа, — уни енгилгина туртишди.
У шоҳсупага яқинлашди. Боши зил тошдек оғирлашди. Олдинга яна бир-икки қадам ташлади-ю… Шоҳсупада унинг асари турарди!.. Унинг қўлини сиқишди. У ҳам иложи борича такаллуфона қисишга ҳаракат қилди.
- Табриклаймиз, — арши аълодан айтилгандай бир садо жаранглади.
- Ташаккуримни қабул қилгайсиз, — деб ғўлдиради у, уялганидан сўзлар томоғига тиқилиб.
Ниҳоят у яна йўлакка чиқди. Тўхтади. Чўнтагидан ғижим рўмолчасини олиб терга ғарқ юзини артди. Кейин қўлида ниманидир ушлаб турганини сезди, кафтини очса: орден экан.Янги Грециянинг Фидий*си деб ном қозонган ҳайкалтарош Ф.Л. ҳеч нарсага қарамай кимсасиз кўчага югуриб чиқди.
Унинг юзида аянчли табассум жилваланарди.* Фидий — қадимги юнон ҳайкалтароши ва меъмори.Хуршид Даврон таржимаси
 
P.S.Man o'zim  rus tiliga  no'noqman shu sabab o'zimga yoqgan Hikoyalarni kiritmoqchiman Agar qarshiliklar bo'lmasa.
 
GiyosСана: Пайшанба, 11-Июл-2013, 22:20 | Изох # 36
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Цитата (M@$ter)
P.S.Man o'zim  rus tiliga  no'noqman shu sabab o'zimga yoqgan Hikoyalarni kiritmoqchiman Agar qarshiliklar bo'lmasa.

Bu o'zimiz qilgan tarjimalar bo'lgani uchun, bu yerga qo'ya olmaysiz. Siz Qiziqarli (mashhur) hikoyalar mavzusiga qo'yasiz. Usha mavzu mos hisoblanadi.




Yigit: Men seni sevmayman... Bo’ldi, seni tashlab ketaman... (ketish uchun yurdi)
Qiz: Bilasanmi...
Yigit: (Qayrildi) Nima?
Qiz: Qachondir sen meni yonimga qaytmoqchi bo’lsang, ketganingdan keyin, shunda men hohlamayman... Meni olib qolmoqchi bo’lganingda, sen hozir menga aytayotgan so’zlaringni aytaman. ..
Yigit: Men qaytmayman... (ketdi)

7 YIL O’TDI... Yigit qizni unutmadi...

Yigit: (eshik qo’ng’irog’ini bosdi)
Bolakay: (eshik ochib) Sizga kim kerak?
Yigit: Bolakay, bu yerda Lena yashaydimi?
Bolakay: Ha. Oyijon, siz uchun kelishibdi... (deb chaqirdi)
Qiz: (kelib) Hmm... siz nimadir hohlaysizmi?
Yigit: (kulib qo’yib) Yo’q, men uyda adashibman... (ketish uchun yurdi)
Qiz: (qarab turdi... esladi) Sasha bu senmisan?
Yigit: (o’grildi)
Qiz: (o’zini so’zlarini esladi) Sen ishonmaganimiding... men senga ushanda aytganimda...
Yigit: (jim, ozgina kulib qo’ydi)
Qiz: Balki ichkariga kirarsan>
Yigit: Yo’q... kechirasan... men ketaman....
Qiz: Mayli. (Eshikni yopdi)
Yigit: (qizning domini so’ngi qavatiga chiqdi) unga xat yozdi (sakradi)

YANGILIKLAR: Kecha № 8 chi domning 9 qavatidan 25 yoshli yigit sakradi. Uning yonidan xat topildi. Biz bu xat kimga atalganini bilmayapmiz. Hozirda biz shu xat kimga atalganini qidirayapmiz.

Militsiya: (eshik qo’ng’irog’ini bosdi)
Qiz: (eshikni ochdi) Sizga nima foydam tegadi?
Militsiya: (Gapirib berdi) xatni berdi (ketdi)
Qiz: (shokda) xatni ochdi (o’qiy boshladi) XAT:

Sevgilim.. kechir... men seni, o’zingdan ham ortiq sevardim... Men sendan ketayotganimda hamma aytganlarim yolg’on edi... Men OITS (SPID) bilan kasallangan ekanimni bilganimdan keyin... menga qon quyishganligi omadsiz bo’ldi... Men seni ushlab turishni hohlamasdim, keyin esa, seni qanday ekaningni ko’rishni hohladim... Senda hammasi a’lo ekanini ko’rganimdan so’ng... Men bilardim, meni vazifam seni baxtli qilish ekanini, men bilardim, bu yerda men qiladigan hech nima yo’q ekanini. Seni sevaman! Xayr! Sasha... Baxtli bo’l!

Qiz: (bo’ynidan yoshi dumalab tushdi)
O’g’li: Oyijon nima bo’ldi?
Qiz: Hech nima, shunchaki otangdan xat: U bizni yaxshi ko’rishini yozibdi...
O’g’li: Unda, ular qachon qaytadilar?
Qiz: Endi u qaytmaydi, endi u, uzoqlarda dam olmoqda...
O’g’li: ... mayli otam tinch dam olsin, biz bu yerda birga yashaymiz... (kulib qo’ydi)
Qiz: (Kulib qo’ydi... quchoqlab) Ha o’g’lim...

O’z yarimingizni bilishni o’rganing, siz bilan qanday yashamoqda... Siz u uchun yaxshi bo’lishi uchun qarorlar chiqarmang... Sizning yarimingiz uchun, uning yarimini birga bo’lishidir. Asosiysi birga bo’lishi. Siz unga bardoshini sinamoqchi bo’lmasligingiz kerak. Har qanday to’siqlardan birga o’tishingiz kerak. Seving, ishoning, qadrlang, asosiysi o’z sevgan insoningiz uchun og’riqli hech narsa qilmang....

Shahsiy fikr. Ba’zida bunday holatlarda qaror chiqarishga shoshmaslik kerak. Kimnidir sizga bog’liq hayotini, uzib tashlab ketish juda og’ir. Asosan sizga emas, unga og’ir bo’ladi. Chunki unda siz ketayotganiz sababini bilmaydi. Sizga ham osonmas. O’ziz hohlamagan ishni qilishga majbur bo’lasiz. Lekin bundam boshqa yo’li ham bo’lishi kerak edi. Boshqa yo’l bilan tushuntirsa bo’lar edi. Eng oliy ne’mat, hayotni uvol qilish ham katta xato. Nima bo’lganda ham birga yashasa bo’lardi. Hech bo’lmasa uzoqroqda... Bir haftada bir marta, uzoqroqdan bo’lsa ham ko’rishib... Kasal degani bu endi u odam emas deganimasku... Shoshish kerakmas. O’ylash kerak. Obdon o’ylash kerak. Bu kimnidir xayoti. Meniki yoki siznikimas. Har kim o’z hayoti uchun javob beradi. Shuning uchun har bir qadamingizni o’ylab bosishingiz zarur. Qoqilmang.

Добавлено (26-Июн-2013, 00:15)
---------------------------------------------
Ko’z yoshgacha... O’qinglar... U yerda sen qandaysan mening hayotim? Bizda tun. Soat ikki, meni esa hali uyqim kelmadi. Sen u yerda bizning qizimizni uchratdingmi? Ishonaman, sening uyqing kelmayotgan bo’lsa uchratding. Meni boshimda alaqachon soch qolmagan, bizning mushuk endi o’tmishga ketib qoldi, men 90 yoshga yaqinlashib qoldim, hayot meni atayin ushlab turibdi. Mana, meni qariyalar uyiga majbur qilib, olib ketmoqchi bo’lishdi. Men taslim bo’lmadim, sen menga oldinga qarab yurishni o’rgatganding, men sensiz sindim. Meni qo’lim choyni ushlay olmay qoldi, o’rnimdan turishga ikki marotabalab qiynalmoqdaman. Sen, meni hayotimni ushla, zerikma, men ham bir kun u yerga boraman. Sening rasming, mening javonim ustida... to’yimizdagi birinchi chiroyli vals... sening gulzordagi guling so’lib qoldi, yashasam, yana ekaman. Dorilar tomog’imdan o’tmayapti, voleryanka hidi butun uyni tutib ketgan. Mening hayotim, endi menga og’riqsiz, stol atrofida yolg’iz ovqatlanayapman. Sen menga, o’zingni oxirgi og’ir tuningda, kuchli bo’l degansan. Men qachonki qabrga kirayotganimda, sen bilan ikki marotabalab uchrashishni hohlayman. Mening qadrli kampirim, sensiz og’ir, majolim yo’q. Mana mening, mana sening yostig’ing. Tezda boraman. Xayrli tun!

PS. Sevgi, yoshlardamas, har kimda bo’ladi. Qariyalarda eng kuchli sevgi bo’ladi. Chunki necha yillab, bir yostiqqa bosh qo’yib, og’ir va yengil kunlarda birga bo’lib, umr kechirgan hamrohi bo’ladi. Ular bir birlariga suyanib qolganlarida, birortalari yiqilsalar... Ularni avvalgidek suyab turadigan hech kim topilmaydi. Topilgani ham avvalgidek bo’lmaydi... Otaxon va onaxonlarimizni asraylik... Ularga qo’ldan kelgancha yordam beraylik. Yolg’iz qolishganda, yolg’iz qo’ymaylik...
(ruschadan Giyos Gapparov tarjimasi)

Добавлено (11-Июл-2013, 21:20)
---------------------------------------------
Menda mana bunday hikoya bor...

Mening onamda faqatgina bir donagina ko’zi bor. Men ularni yomon ko’raman. Chunki ularning bunday holatlarini meni uyaltiradi. Haligi uchun, oila uchun bir burda non topish uchun ishlaydilar. Ular maktabda oshpaz bo’lib ishladilar. Bir kun, men boshlang’ich sinfda o’qayotganimda, onam mening oldimga hol ahvol so’rash uchun keldilar. Ko’rdimu, yer meni oyoqlarim ostidan ketib qolgandek bo’ldi. Ular qanday qilib buni qildilar? Menga shunchalar uyatli bo’ldiki... Men o’zimni shunday tutdimki, ularni ko’rmaganlikka oldim. Men ularga nafrat bilan qaradim va u yerdan chopib chiqib ketdim. Ertasi kuni mening sinfdosh do’stim aytdi: “Ee, ha sening onang, ma’lum bo’lishicha, bir ko’zli ekanku”....
Yer yorilsayu, yerni tagiga kirib ketsam. Men hohlardimki, onam qayergadir yoqolib qolsa. Shuningdek, o’tgan kuni, ularni uchratganimda, aytdim: “Sizni yaxshisi o’ldirib qo’ya qolganim yaxshi, nimagaki siz meni kulguli holatga qo’yayapsiz!”
Onam menga hech qanday javob qaytarmadi....
Deyarli men bu haqida o’ylamadim, nima deyapman, chunki men o’ta jahldor edim. Menga ularni hislari qiziqtirmas edi. Men, ular uyda bo’lmasliklarini hohlardim.
Men juda ko’p ishladim va o’qish uchun Singapurga ketdim... Keyin uylandim. O’zimga uy sotib oldim. Asta sekin bolalarim tug’ilishdi va men hayotimdan mamnun edim.
Bir kuni onam menikiga keldi. Necha yillardan beri ular meni ko’rmaganlar va nevaralarini bilmasdilar. Ular eshik oldiga kelganlarida, meni bolalarim ularga qarab kulishayotgandi. Ular mening uyimga kelishga va bolalarimni qo’rqitishga qanday jur’at qildilar? Men ularga baqirdim: “KET BU YERDAN!” Onam esa bosiqlik bilan javob qaytardilar: “Kechir meni. Noto’g’ri manzilga kelganga o’xshayman” va shu gapdan keyin mening ko’zimdan asta g’oyib bo’ldilar.
Bir kuni menga maktabdoshlarimdan, bitiruvchilar yig’ilayotgamiz haqida maktub keldi.
Men xotinimga bahona sifatida, ish bilan ketayapman deb aytdim.
Bitiruvchilar bilan uchrashuvdan keyin, men qiziqishim tufayli o’zimni eski uyimga bordim.. Qo’shnim aytdiki, meni onam olamdan o’tibdi. Men mutloqo yig’lamadim. Qo’shnim, menga onam qoldirgan maktubni berdi.
“ Mening eng yaxshi ko’rgan o’g’ilginam, men doimo sen haqingda o’ylayman. Men juda afsusdaman, Singapurga borganim va bolalaringni qo’rqitganim uchun. Sen bitiruvchilar kechasiga kelayotganining eshitishim bilan, men juda quvondim. Lekin men bilmayman, seni ko’rish uchun, yotog’imdan turishga madorim yetarmikan. Men juda afsusdaman, negaki sen meni deb, ko’p uyalarding.
Bilasanmi, mening bolaginam, sen kichkinaligingda, sen bilan baxtsiz hodisa ro’y bergan edi va sen o’z ko’zingni yoqotganding. Men seni bu ahvolda, onang sifatida, bir ko’z bilan katta bo’lishingga qarab tura olmasdim.
Shuning uchun men senga o’z ko’zimni berdim.
Va hozir shunchalar hohlardimki, o’ylardimki, sen meni bilan birga, shu ko’zlar bilan ko’rishingni.
Hamisha seni sevib qoluvchi onang...”

(Ruschadan Giyos Gapparov tarjimasi)


Sog' salomatlik...
 
MirzoxidСана: Жума-муборак кун!, 12-Июл-2013, 03:34 | Изох # 37
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
К,анчалар берахимлик, бола у'з онасиданам жирканадими... шунга айтишадида
онани ку'нгли болада болани ку'нгли далада...
Ота оналаримизни к,адрига йетайлик...


...
 
Форумистон » Умумий » Ижодистон » O'zimiz qilgan tarjimalar.... (Tarjimalar....)
  • Страница 2 из 2
  • «
  • 1
  • 2
Поиск: