[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
  • Страница 1 из 5
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • »
Модератор форума: komol_76, Anv@rbek, Giyos, SarVario  
Форумистон » Спорт ва Соғлиқ » Саломатлик » Foydali maslahatlar..... (Bu yerda oilamizga va salomatligimizga kerakli maslahatlar.)
Foydali maslahatlar.....
oybekСана: Сешанба, 11-Июн-2013, 12:10 | Изох # 1
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 213
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 851
Холати: Хозир йўқ
Naushnikning zarari.....
Kundalik hayotimizda har bir buyumning o’z o’rni bor. Ba’zilari hayotimiz uchun zarur, boshqalari esa hayotimiz, sog’lig’imiz uchun zararli buyumlardir. Texnika kundan-kunga rivojlanib, biz uchun qulay bo’lgan yangidan-yangi buyumlar ixtiro qilinyapti. Shular jumlasidan kompyuter, uyali telefon, player, naushniklarni misol qilib olishimiz mumkin. Xo’sh, bu buyumlar bizning hayotimizda qanchalik muhim ro’l o’ynaydi? Bugungi kunimizni uyali telefonsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Katta-yu kichikda telefon. Hatto maktab o’quvchilarida ham Kompyuter, uyali telefondan uzoq vaqt tinimsiz foydalanilganda, uning inson hayoti uchun zararli tomonlar haqida ko’p marotaba so’z yurutildi. Lekin uyali telefon naushnigining ham zararli ekanligini bilasizmi?
Naushnik uyali telefondan kelayotgan radiatsiyani kamaytirar ekan. Lekin bu moslamadan noto’g’ri foydalanish oqibatida esa eshitish organlariga zarar yetadi. Odam qulog’i sog’lom bo’lganida 10-15 detsibel tovushlarni payqay oladi. Aslida barglar to’kilayotganda 20, sekin ovoz bilan so’zlashganda 20-30, soat chiqqillashida 30, suhbat jarayonida 30-35 detsibel tovush hosil bo’ladi. Uyali telefon naushnigida esa 120 detsibel tovush hosil bo’ladi. Bunday baland tovush nafaqat eshitish organiga, balki asab tizimlariga ham yomon ta’sir ko’rsatadi.

90 detsibeldan baland bo’lgan tovush eshitish, asab tizimida joylashgan tolalarga yomon ta’sir ko’rsatadi. Bu asab tolalari 30 mingtani tashkil etib, juda baland tovushda 25 foizi halok bo’ladi. Tolalarning yarmidan ko’pi halok bo’lsa, inson kar bo’lib qolishi ham mumkin. Uyali telefon naushnigi orqali musiqa eshitishga mukkasidan ketgan bolalar avvaliga yaxshi eshitmayotganligini sezmasligi mumkin. Ularga baland ohangda gapirmasangiz eshitmaydi, suhbat jarayonida esa bitta gapni bir necha bor takrorlashingizga to’g’ri keladi. Agar siz shunday holatni sezsangiz dar hol quloq doktoriga murojat qilishingiz kerak.

Добавлено (11-Июн-2013, 10:45)
-------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------- ---------------
==============================================================================
==============================================================================
............................................................................................................................................ ................
Kim qaysi tomoni bilan o’ylaydi.Inson organizmining bynday faoliyati uning turli hulq-atvor shakllarida namoyon bo’ladi . Bunday hulq-atvor reaktsiyalari chap va o’ng turlardan tashkil topadi. Demak, siz bir nechta mashq bajarib o’zingizda qaysi turdagi reaktsiya ustunligini aniqlashingiz mumkin. Qo’g’oz va qalam tayyorlab, xar bir mashqdan keyingi natijani « O’ng » bo’lsa - « O’ », « Chap » bo’lsa - « Ch » deb belgilab boring.
Birinchi mashq.

Qo’llaringizni oldinga cho’zib, barmoqlaringizni chalkashtiring. Endi qarang, bosh barmoqlaringiz qaysi biri ustida turibdi – o’ngmi, chapmi?
Ikkinchi mashq.

  • Ko’rsatkich barmoqlaringizni birlashtirib, nishonga olayotgandek oldinga cho’zing. Biror nuqtani nishonga olib bir ko’zingizni yuming. Endi qaysi bir barmog’ingiz nishonni aniq olganini belgilang.
  • Uchinchi mashq.

    Bu « Napaleon turishi » deb ataladi. Qo’llaringizni ko’ksingizda chalkashtiring, Qaysi qo’lingiz ustida turgan bo’lsa, belgilab qo’ying.
  • To’rtinchi mashq.

    Biroz qarsak chaling. Endi esa qaysi qo’lingiz ustida ekaniga e’tibor bering. Natijani qo’g’ozga yozing.

  • Birinchi mashq sizning tafakkuringiz mantiqqa yoki hissiyotga moyilligini bildiradi.Ikkinchi mashq qattiqqo’llik va jahldorlikni, uchinchi mashq soddalika yokii takabburlikka moyillikni, to’rtinchi harakterdagi qat’iylik va qat’iyatsizlikni anglatadi.Test natijalari quyidagicha :
  • O’ O’ O’ O’

    Umumqabul qilingan fikrga ergashish, eski qonun va aqidalarga moyillik, hulq – atvordagi barqarorlik.
  •  O’ O’ O’ Ch

    Ishonchsiz konvertavizm, kuchsiz temperament. Jur’atsizlik.


  • O’ O’ Ch O’

    Hushomad, qat’iylik, yumor hissi, faollik, serharakatlik, temperamentlik, «artistlik ». Bu kuchli harakter kuchsiz turlarni qabul qilmaydi. U bilan muloqotda yumor va qat’iylik zarur.

  • O’ O’ Ch Ch

    Kamyob va mustaqil harakter turi. Yumor hissi, hushomad , yumshoqlik va «artistlik ». Harakterida qat’iylik va jur’atsizlik o’rtasida biroz qarama – qarshilik bor . Aloqa o’rnatish darajasi yuqori, ammo moshlashish juda sekin.
    O’ Ch O’ O’

    Ishbilarmon harakter, tahliliy fikr va yumshoq harakter. Ko’proq bu tur ayollarda uchraydi. « Ishbilarmon ayol » ramzi. Moslashishi sekin, ehtiyotkor. Bunday odamlar yuzma – yuz jangga kirishishadi. Ularda sabr, hisob – kitob ustun turadi. Munosabatlar rivoji sust, biroz sovuq.
    O’ Ch O’ Ch

    Kuchsiz harakter, juda kam uchraydi. Himoyasiz va kuchsiz. Turli ta’sirlarga beruluvchan. Faqat ayollarda uchraydi.
    O’ Ch Ch O’

    Yangi taassurotlarga o’ch va ziddiyatlar yuzaga kelishidan qochuvhchi. Biroz beqarorlik, o’ziga hos yumshoqlik. Hissiyotlari sekin, jiddiy. Oddiy va muloqotda ko’pincha tortinchoq. Yangi hulq – atvorga o’tishga moyil. Ko’pincha ayollarda uchraydi.
    O’ Ch Ch Ch

    Beqaror va erkin harakter. Asosiy hususiyati - tahliliy fikr yuritish. Kam uchraydi.
  • Ch O’ O’ O’

    Turli sharoitlarga juda yaxshi moslashuvchan ko’p uchraydigan harakter. Hissiyotli va qat’iyatsiz. Begona ta’sirga yuqori beriluvchanlik. Boshqacha harakterlar bilan oson aloqaga kiradi. Erkaklarda hissiyotlari past, flegmatiklikka moyillik kuzatiladi.
  • Ch O’ O’ Ch

    Kuchsiz qat’iyat, yumshoqlik, asta – sekin ta’sirga beriluvchan, soddalik. O’ziga o’ta e’tibor talab qiladi - « kichik malika » tipi.
  • Ch O’ Ch O’

    Eng kuchli harakter egasi. Fikriga ta’sir o’tkazish qiyin. Qat’iylik ko’rsatishga qodir. Ammo, bur narsa ba’zan ikkinchi darajali maqsadlar uchun jon kuydirishga olib keladi. Kuchli shahs, harakatchan, qiyinchilikni yengishga qobiliyatli. Birovlarning nuqtai nazariga yetarli e’tibor bermaydigan, biroz konservator. Bunday odamlar qaramlikni (ma’naviy va moddiy) yomon ko’radilar.
  • Ch O’ Ch Ch

    Kuchli va erkin harakter. Fikriga ta’sir o’tkazish qiyin. Asosiy hususiyati – yuzaki yumshoqlik va hissiyot bilan o’ralgan ichki g’azab. O’zaro ta’sir tez, o’zaro tushunish sekin.
  • Ch Ch O’O’

    Do’stlik va oddiylik. Qiziqishlari biroz tarqoq.
  • Ch Ch O’ Ch

    Asosiy hususiyati: soddadillik, yumshoqlik, ishonuvchanlik. Bu juda kam uchraydigan harakter (ayollarda 1%, erkaklarda umuman uchramaydi ).
  • Ch Ch Ch O’

    Hissiyotlilik va jur’atlilik (asosiy hususiyati), serharakat, biroz besaranjomlik. Bu narsa o’ylanmagan, tez qaror qilingan, hissiyotga asoslangan ishlarga olib keladi. Ular bilan muloqotda « tormozlovchi mehanizmlar » zarur.
  • Ch Ch Ch Ch

    Narsalarga yangicha nazar tashlovchi qobiliyat sohibi (antikonsevatizm), kuchli hissiyot, o’ziga hoslik, hudbinlik, o’jarlik, himoyalanganlik, ba’zan o’ta indamas. «Ko’zni qamashtiruvchi » tabassum qilishga qodir.

    Добавлено (11-Июн-2013, 11:10)
    ---------------------------------------------
    =================================================================================
    =================================================================================
    =================================================================================
    =================================================================================
    Telefonda qanday suhbatlashasiz?
    Insonning fe’l –atvorini, ayni damdagi kayfiyatini bir qaraganda bilish qiyindek tuyuladi. Rostdan ham shunday. Oramizda shunday odamlar borki, ularning fe’li –saviyasini, ma’naviy dunyosini , harakterini yurish – turishidan, gaplaridan, gapirish ohangidan bilib olish nihoyatda mushkul. Ammo, vaziyat taqozo etganda biz ular bilan muloqot qilishimiz, zarur bo’lganda ichki dunyosini ochishimiz kerak bo’ladi. Ho’sh, bunday vaziyatlarda nima qilishimiz lozim?
    Xar doim birinchi bo’lib beriladigan maslahat bu – kuzatishdir.Agar yaxshilab kuzatib tursangiz, xar qanday insonning ayni damdagi kayfiyatini uning imo – ishoralaridan ham bilib olasiz. Masalan, telefon orqali gaplashayotgan odamga bir oz e’tibor bering. Uning imo - ishoralari ayni vaqtdagi kayfiyatini va suhbatdoshiga bo’lgan munosabatini bildirishi mumkin.
    1 – ko’rinishi.Telefon go’shagini qulog’iga qistirib olib, oldidagi qog’ozga qalam yoki ruchka bilan rasm chizayotgan odamga gaplashilayotgan mavzuning umuman qizig’I yo’q. U hayolan butunlay boshqa tomonlarda yuribdi. Hatto ayrimlar suhbatdoshini umuman eshitmayotgan chiqadi. Bunday holatni majlis yoki yig’inlarda ko’rish mumkin.
    2 – ko’rinish.Telefonda gaplashayotgan odam sigareta chekib turgan bo’lsa va gaplashayotgan mavzu uni qiziqtirsa, u sigaretasini og’zidan oladi. Shuningdek go’shakni qulog’iga mahkamroq tutadi. Agar jahli chiqsa sigaretani yana tutashtishni boshlaydi yoki chekib bo’lmasa ham uni kuldonga qattiq botirib o’chiradi,
    3 – ko’rinish.Qizlar o’zlari yoqtirgan yigit bilan gaplashayotganlarida tinmay ko’zguga qaraydilar. Ba’zilari esa qo’llari bilan yuz ko’zlarini tez-tez berkitib, silab turadilar. Engiltabiat qizlatga yigiti qo’ng’iroq qilganda, ular pardoz qilishlari mumkin. Shu bilan birga ular sochalarini tarashlari, lablariga moybo’yoq surishlari ham ehtimoldan holi emas,
    4 – ko’rinish.Telefonda gaplashayotgan odam suhbatdan mamnun bo’lsa, stulda chayqalishi mumkin Bu uning o’ziga ishonishidan, muammolar bo’lsa, bemalol hal eta olishidan ham darak beradi.
    5 – ko’rinish.Gaplashayotganda stol tortmalarini ochib – yopaverish, nimalarnidir qidirishga harakat qilish insonning nimanidir o’ylayotgani, muammoning echimini topishga harakat qilayotganini ko’rsatadi. Bunday holatga hato qilib qo’ygan va boshlig’ining bunga javobini kutayotgan hodimlar ham tez – tez tushib turadilar.
    6 – ko’rinish.Telefonda gaplashayotgan odamning birdaniga o’rnidan turib ketishi biror yaxshi yoki yomon habarni eshitganidan darak beradi. Agar telefonda gaplashayotgan odam o’tirgan joyidan sekin turib, u yoqdan bu yoqqa yuraversa, demak, suhbat uning joniga tekkanini va u suhbatdoshi bilan tezroq hayrlashish istagida ekanligini bilish mumkin.
    7 – ko’rinish.Agar ayol kishi yerga o’tirib yoki palosga yotish gaplashayotgan bo’lsa, bilaveringki, u dugonasining diydiyolarini eshitayotgan bo’ladi. Agar go’shakni qo’li bilan berkitib, bir nimalarnidir pichirlayotgan bo’lsa, demak, unga o’zining shaxsiy hayoti haqidagi « qaynoqqina » habarlarni yetkazayotgan yoki uchinchi dugonasining ohirgi « sarguzasht » ini so’zlayotgan bo’ladi.
    8 – ko’rinish.Erkaklar oshna – og’aynilari, yaqinlari bilan gaplashayotganlarida odatda qattiq gapiradilar, kuladilar. Notanish ayollar bilan esa sekinroq va muloyimroq gaplashishga harakat qiladilar. Shunga qarab ular aynan ayol kishi bilan gaplashayotganlarini bilib olish mumkin. Ishi yurishmay turgan erkaklar telefon apparatini ko’tarib olib, u honadan bu honaga o’tib yurib gaplashadilar. Agar ishlari yana bitmaydigandek bo’lsa go’shakni « qars » etkazib qo’yib qo’yadilar.



    Изохни тахрирлади (ўзгартирди) oybek - Сешанба, 11-Июн-2013, 12:14
  •  
    БОБОСана: Сешанба, 11-Июн-2013, 12:18 | Изох # 2
    ФанФорум рахбари
    Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
    Изохлар: 630
    Тақдирланишлар: 4
    Хурмат даражаси: 1607
    Холати: Хозир йўқ
    Ойбек жуда яхши мавзу булибди.Билмаганинг элда куп дейишган.
    Узимизга керакли маслахатларни билиб борамиз ва бошкалар билан
    булишамиз.
     
    oybekСана: Сешанба, 11-Июн-2013, 12:28 | Изох # 3
    Иштирокчи
    Гурух: Форум аъзоси
    Изохлар: 213
    Тақдирланишлар: 0
    Хурмат даражаси: 851
    Холати: Хозир йўқ
    Raxmat Ozod aka.....
    ===============================
    Televizor Kamroq Ko’rishga 7 Ta Sabab
    Ko’pchiligimiz televizorlarsiz hayotimizni tassavur qila olmaymiz. Soatlab televizor qarshisida o’tirib, sevimli kinolarimizni va dasturlarimizni tomosha qilamiz. Lekin televizor ko’rish qanchalik foydali va qanchalik zarar ekanligi haqida xech o’ylab ko’rganmisiz? Quyida sizlar uchun bu haqida o’zimizning xolisona fikrlar, siz ham o’zingizniki bilan o’rtoqlashing.Maslahatlar:
    • Televizor reklamalar bilan insonni manqurt qilib qo’yadi.Agarda siz reklama faqatgina aqlsiz va omi insonlarga ta’sir o’tkazadi holos, deb o’ylasangiz, siz yanglishasiz. Korporatsiyalar aynan ularning mahsulotlarini reklama orqali isete’molchiga sota olishlariga ko’zlari yetmaganda edi, trillionlab dollarlarini reklama yo’lida sarflamagan bo’lar edilar.
    • Televizor munosabatlarni buzadi.Televizor orqali ko’rayotganlaringizni barchasi haqiqat emasdir. Siz qayg’urayotgan qahramonlarni aslida, ofislarda o’tirib, senariylar yozayotgan insonlar tomonidan o’ylab topiladi. To’qima qahramonlarni o’ylab o’tirgandan, siz yaxshisi atrofingizni kim o’rab turgani bilan qiziqing. Kuningizni yaqin insonlaringiz bilan o’tkazing, ularga e’tiboringizni ajrating. Hech qachon unutmangki, siz ularga va ular sizga muhtojdirlar.
    • Televizor psixik quvvatingizni o’g’irlaydi. Toki televizoringiz yoqiq ekan, sizning hayolingiz uning changalida asirdadir. Bu shuni bildiradiki, sizning psixologik energiyangiz unga qaratilgan va siz uni boshqara olmaysiz.
    • Televizor pul turadi. Siz o’ylaysizki, Televizor sizga arzonga tushmoqda. U holda bir hisoblab ko’ring, elektr quvvatiga, DVD qurulmalariga, kabel televideniyalariga qancha pul sarflamoqdasiz?
    • Televizor sizning ongingizga ta’sir o’tkazadi. Televizor hayotni soddalashtiradi. Agarda sizni butun bir davlat yoki bir uyushgan jinoyatchilar guruhi quvlab kelishayotgan bo’lsalar ham, shu voqea so’ngida sizni Bahtli Nihoya kutib turibdi, deya ishontira oladi. Bu sizni har tomonlama fikrlashingizni sustlashtiradi. Sizga haqiqiy hayotda uchraydigan muammolar osonlikcha o’z yechimini topa oladigan tuyuladi. Siz har hil holatlardan qanday qilib chiqib ketish yo’lini o’ylashga ham dangasalik qilib qolasiz va standart holatlarda ham yechim topa olmaysiz.
    • Televizor sog’ligingizga ham ta’sir ko’rsatadi. Uning qarshisida zuoq o’tirish, nafaqat sizning ko’z nuringizga ta’sir qiladi, balki figurangiz buzilishiga ham sabab bo’ladi. Divan, televizor va yegulik – bu uchlik semirishga keng yo’l ochuvchi holatdir.

    • Televizor ko’rish uchun qancha vaqtingizni sarflaysiz? Unga ketkazgan vaqtingizni boshqa biror bir foydali narsaga sarflasangizchi? Masalan, o’zingiz yoqtirgan ishga, kitob o’qishga, yoki d’ostlaringiz bilan ko’rishishga. Dunyoda shunchalar qiziq narsalar ko’pki, ular millionlab tele dasturlar va kinolardan qiziqdir.


     
    ledyСана: Сешанба, 11-Июн-2013, 13:44 | Изох # 4
    Сайтимиз қадрли мухлиси
    Гурух: VIP
    Изохлар: 2050
    Тақдирланишлар: 0
    Хурмат даражаси: 1169
    Холати: Хозир йўқ
    Зур мавзу уйлабсиз. Лекин Телефонда сузлашишнинг 3-булимига кушилмайман. мен эрим телефон килсаям бу ишни килишим мумкин angel Янги маълумотларни кутиб коламиз.

     
    oybekСана: Сешанба, 11-Июн-2013, 13:55 | Изох # 5
    Иштирокчи
    Гурух: Форум аъзоси
    Изохлар: 213
    Тақдирланишлар: 0
    Хурмат даражаси: 851
    Холати: Хозир йўқ
    raxmat fikrlar uchun.....
    ==================================================================================
    ==================================================================================
    ==================================================================================
    Klaviaturaga Qaramasdan Yozishning 5 qoidasi.....
    Mana, necha yillardan buyon kompyuterdan foydalanasiz. Lekin hamon klaviaturadan ko’zingizni uzmaysiz. Balki bu sizning profitsionallik darajangizga sizga sezilmagan holatda putir yetkazayotgandir, nima dedingiz? Keling bugun biz bilan harakat qilib, o’zingizni malakangizni oshiring. Ishonamiz, buni siz uddalaysiz. Quydagi qoidalarga amal qilib, o’zingizni rivojlantiring!Klaviaturaga qaramasdan yozish:
    • 1Klaviaturaga qaramang. Klaviaturadan foydalanishda sizning ko’rish qobiliyatingiz emas, balki barmoqlaringiz ishlashi kerak. Bunda mushaklaringizning xotirasi ishga tushishi lozim. Agar barmoqlaringiz klavishlarning joylashuvini to’gri eslab qola olsa, ishingiz yanada yengil kechadi. Agar harflar joylashuvini eslab qolishingiz qiyin bo’lsa, va bu vaqt o’tisihi bilan ham iziga tushmasa unda, bir kichik xiyladan foydalanishingiz maslahat beriladi. O’zi yopishadigan qog’ozni oling (uni yopishgandan keyin ham olib tashlash oson bo’lsin) va hammasini klavishlaringiz yopishtirib chiqing. Shunda siz ularga qaramaslikka o’rganasiz yoki qog’oz harflarni yashirib tursa, baribir xech narsani ko’rolmaysiz.


    • 2Qo’llaringizni to’gri turing. O’ng qo’l barmoqlari – JKL: belgilariga joylashsa, chap qo’ldagi barmoqlar esa – ASDF harflariga to’gri kelsin. (Ko’rsatkich, o’rta, nomsiz va jimjiloq barmog’imgizdan foydalaning. ) Quyidagi rasmda har bitta barmoqqa vazifasiga qarab ranglar belgilangan.



    • 3Bosh barmoq o’z navbati bilan probel uchun xizmat qiladi. Barmoqlarning hammasi o’z harfini bossin. Bunga qat’iy rioya qiling.
    • 4O’zingizni qiynab, harflarni qayerda joylashib qolganini eslab qolishga harakat qilmang. Yaxshisi, siz qaysi barmoq haysi harf uchun xizmat qilishini eslab qoling. Ong osti faoliyatida xotirangizda harflar bilan barmoqlaringizni bog’lanishiga ahamiyat qarating, ko’z bilan ularni joylashuvini eslab qolishga harakat qilmang.
    • 5Yana bir maslahat, siz ishlatadigan klaviaturangizni almashtiring. Masalan, siz kirilda ish yuritsangiz, kiril harfsiz (rus alfavitisiz) bo’lgan klaviaturani xarid qiling. 2 haftada juda yaxshi o’rganib olasiz.


     
    NOZIСана: Сешанба, 11-Июн-2013, 16:07 | Изох # 6
    Сайтимиз қадрли мухлиси
    Гурух: ИЗОХЛАР МОДЕРАТОРИ!
    Изохлар: 2808
    Тақдирланишлар: 3
    Хурмат даражаси: 1157
    Холати: Хозир йўқ
    Айникса клавиатура билан боглик маълумотлар жуда ёкди)) Шу сузларни клавиатурага карамай тердим!!!!

     
    bek88Сана: Сешанба, 11-Июн-2013, 21:24 | Изох # 7
    Сайт ашаддий мухлиси
    Гурух: Форум аъзоси
    Изохлар: 1565
    Тақдирланишлар: 0
    Хурмат даражаси: 649
    Холати: Хозир йўқ
    Yaxshi mavzu. Keyinroq yana yozaman. Raxmat Oybek aka.

    Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
     
    oybekСана: Пайшанба, 13-Июн-2013, 10:19 | Изох # 8
    Иштирокчи
    Гурух: Форум аъзоси
    Изохлар: 213
    Тақдирланишлар: 0
    Хурмат даражаси: 851
    Холати: Хозир йўқ
    Sovuq Harorat Telefonlar Uchun Qanchalik Havfli?
    Quyida berilgan rasmda sizning mobil telefoningizga sovuq haroratning ta’siri qanchalik havfli va u qanday oqibatlarga olib kelishi haqida batafsil ko’rsatib berilgan.
    Rasmga izoh berib o’tsak:Chap tomonda berilgan telefonlar ro’yxati sovuq haroratga chidamsizligi va qaysi darajada telefoningizga zarar yetishi berilgan, o’ng tomonda esa bunday sovuq haroratda rasmdagi telefonlar umuman ishlamay qolishi ehtimoli ko’p.Yaxshi maslahat: sovuq haroratdan uy ichiga yoki issiq joyga kirganingizda darrov mobil telefoningizdan foydalanmang. Uni biroz isinib olishini kuting.

    Добавлено (12-Июн-2013, 07:55)
    ---------------------------------------------
    ===================================================================================
    ===================================================================================
    ===================================================================================
    Och Qoringa Nima YeMAgan Ma’qul?

    Qornimiz och qolsa, ko’zimizga xech narsa ko’rinmaydi. Faqat yeyish haqida o’ylaymiz. Ammo och qolgan vaqtimiz hamma narsani ham yeyaverish yaxshimikan? Qaysi mahsulotlarni yeb, qaysisini yemagan ma’qul?
    Quyidagilar och qoringa yeyilishi tavsiya ETILMAYDI:
    Banan: bananning tarkibida magniy moddasi yuqori darajada bo’lganlilgi tufayli uni och qoringa yemaslik kerak. Sababi, bu meva oshqozonning buzlishiga sabab bo’ladi, magniy-kaltsiy moddalarining balansi buziladi. Oqibatda yurak faoliyatiga zarar keltiradi.
    Apelsin: bu mevani och qoringa yesangiz oshqozoningiz gaz va kislotaga to’lishi tabiiy.
    Sovuq ichimliklar: bunday ichimlik ichak va oshqozon faolilyatini buzadi, uni zararlaydi. Oqibatda jiddiy kasalliklar kelib chiqadi.
    Yogurt: och qoringa yogurt yeyilishi yogurtning ijobiy hususiyatlarini yo’qolishiga sabab bo’ladi. Yogurt ovqatdan 2 soatdan keyin yeyish tavsiya etiladi, yoki uyqudan oldin ichish kerak. O’shandagina uninng ozuqaviyligi oshadi.
    Xurmo: xurmoni och qoringa yeyish pectin va kislotani oshishiga sabab bo’ladi, oshqozondan chiqadigan suyuqlik quyuqlashadi va oqibatda oshqozonda toshlar paydo bo’ladi.
    Pomidor: pomidor ham xurmo kabi oshqozonga tosh yig’adi.
    Shakar: shakar juda tez hazm bo’ladi. Shakar bo’sh oshqozonga ya’ni och qoringa kirganda organizmni tetiklashtiruvchi qon tarkibidagi insulinni yetarli darajada bo’lishini ta’minlay olmaydi. Bu esa ko’z kasalliklarini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, shakar kislota ishlab chiqarish xususiyatiga ham ega.
    Sarimsoq: och qoringa iste’mol qilingan sarimsoq o’zidan alletsin moddasini ishlab chiqaradi . bu esa oshqozon va ichak devorlarini shikastlaydi. Bu esa gastro spazma kasalligini keltirib chiqaradi.Juda och qolib ketgan taqdiringizda ham biror foydali ozuqa yeyishga harakat qiling. Esingizdan chiqmasin, och qoringga hamma narsani ham yeyish mumkin emas!

    Добавлено (13-Июн-2013, 09:06)
    ---------------------------------------------
    Sinab Ko'ring: Anorni Po'stidan Ajratishning Oson Yo'li .....
    Uni yeyish yaxshiyu, shu donachalarini po
    stidan ajratish biroz mashaqqatli ishda.
    Sizni bilmadimu, men uchun bu mashaqqatli ishlardan biri, sababi, qo'llaringiz qip-qizil bo'lib ketishi va kamiga uning rangi qo'limga enib qolishi jahlimni chiqaradi. Ammo uni yeyish juda yoqadi. Sababi anor qon ko'payishida va sovuq kunlarda organizmda vitaminlarni joyiga keltirishda hamda shammolashni bartaraf qilishda ko'maklashadida
    .Bugun sizlarning e'tiboringizga Anor donachalrini po'stidan ajratishning oson yo'llaridan birini taqdim etmoqchiman. Ishonaman bu samarali chiqadi. Sinab ko'rishni unutmang!










    Добавлено (13-Июн-2013, 09:19)
    ---------------------------------------------
    ===================================================================================
    ===================================================================================
    ===================================================================================

    Yoqtirgan Mevangizni Ayting, Kimligingizni Aytamiz…

    Quyida berilgan mevalardan o’zingizga yoqadiganini tanlang va tarifini oq’ing. Bu ma’lumotlar sizning xarakteringizni izohlaydi.

    Apelsin mevasini yaxshi ko’radiganlar kuchli sabr egalari va ular erkinlikni yoqtiradigan odamlardir. Shoshilmasdsn puxta ish qilish ularga xos narsa. Qiyinchilikdan also qo’rqishmaydi. Do’stlariga nisbatan, kirishuvchan, ishonchli va halol insonlardir

    Banan mevasini xush ko’radiganlar tabiatan rahmdil va qalbi issiq odamlardir. Bu turdagi odamlarga o’ziga bo’lgan ishonch biroz yetishmay turadi. Adolatsizlikka chiday olishmaydi. Bunday odamlar insonlarning nafqat tashqi ko’rinishiga qarab xurmat qiladi, balki ularning ichki dunyosini ham qadrlashadi.

    Ananas mevasini yoqtiradiganlar tez qaror qabul qilib, tezda amalga oshirishga kirishadi. O’zgarishlarga tezda ko’nikadi, ayniqsa bu o’zgarishlar ularning qiziqqan sohalari bo’yicha bo’lsa, juda tez ko’nikishadi. Tashkiliy ishlarda ham faol. To’gri so’z va ochiq ko’ngil.

    Nok mevasining shinavandalari agar o’zlari chin dildan hohlashsa, har qanday muammoni xech bir qiyinchiliklarsiz hal qilishlari mumkin. Ba’zida boshlagan ishlarini oxiriga yetkaza olishmaydi. Hokimlikni xush ko’rishadi. Biroz notinch va hissiyotga beriluvchan insonlardir.

    Olxo’rini yoqtiruvchilar boshlariga tushgan qiyinchiliklarda ko’pincha boshqalardan o’pkalashadi. Ularga nisbatan qilingan tanqidga umuman chiday olishmaydi. Ular ba’zan shunday orzularni qilishadiki, u hamma vaqt ham ushalavermaydigan orzular bo’lib, lekin ularda doim bu holat ijobiy kechadi. Ularni tabiatan biroz melanxolog bo’lib, ozgina ijodkorligi ham bor odamlardir.

    Kivi mevasini yaxshi ko’radiganlar bir so’z bilan aytganda juda ham optimist odamlardir. Ular bilan har doim hamma anrsa qiziq, juda quvnoq odamlardir. Ular bilan xech ham zerikishni his qilmaysiz. O’zlariga bo’lgan ishonch yuqori, har qanday tavakkalchilikka tayyor turishadi. Ularni g’oyalar ombori desa ham bo’ladi, turfa xil g’oyalar aynan undan chiqadi.

    Olmani xush ko’ruvchilar ekstravagant (aybni boshqalardan qidiradi), ochiq yuzli, sezgir va tas’irchan odamlardir. O’zini boshqarishda biroz qiynalishadi ammo jamoada yetakchi lider bo’la oladi. Tezda qaror qabul qilish xususiyatiga ega. Yoqimtoylik va jozibalilik bularga hos holat. Sayohatlarni yoqtirishadi. Boshqalarga nisbatan kelajakka ishonchi katta odamlardir.

    Uzum mevasini yoqtiradiganlar tezda hayajonlanishadi, yolg’izlikda o’zlarini yaxshi his qilishadi. Juda kirishuvchan, mashxurlik va salobat ularga hos. Hayotning har bir kunidan lazzatlanib yashashadi. Yoshiga qaramasdan kutilmagan sovg’alarni yoqtirishadi, har bir kutilmagan maroqli voqealarga bolalarcha hursand bo’lishadi.

    Tarvuzni xush ko’ruvchilar hayotdan xech ham nolishmaydi. Ular har doim hamma narsaning yaxshi tomonini o’ylashadi. Ular maslahat berishni yaxshi ko’rishadi, odamlarni to’gri yo’lga yurishga ko’maklashadi. Ular odatlarini o’zgartirishga qiynalishadi. Ishda ko’p narsalarga erishishida o’jarliklari halaqit berishadi.

    Mandarin mevasini yaxshi ko’ruvchilar uzoqni o’ylamay fikrlaydigan va boshqalarga nisbatan ko’pincha ga’razli munosabatda bo’ladigan odamlardir. G’ururli, do’stlari bilan yaxshi munosabatga kirishadigan, dilkash insonlardir.

    Qulupnay yoqtiradiganlar quvnoq, bag’rikeng, odamlar bilan til topishib ketishi juda oson odamlardir. Ular kiborlilikni va chiroyli narsalarni yaxshi ko’rishadi. Ular o’zlarini his tuyg’ulariga ishonishadi va shunga qarab ish qilishadi.

    O’rik mevasining muhlislari esa erkinlikni xush ko’ruvchilar va mehribon odamlardir. Ular erkinlikka erishish uchun kuchli zarba berishga ham tayyordirlar. Atrofdagilarning ichonchini osongina qozonadilar. Ularga ijodkorlik hosdir, she’r va hikoyalar yozishga qiziqishadi. Muloqatga kirishuvchan va ochiq ko’ngildirlar. Tez tez sirli ko’rinadilar, yuragidagi gaplarni faqat yaqinlarigagina aytadi.

    Gilosni yaxshi ko’radiganlar uchun hayot hamma vaqt ham shirin bo’lavermaydi. Hayot baland pastliklardan iboratdir. Ularning tasavvuri keng va kuchlidir. Ular ishonchli hamkorlardir. Ular uchun eng qiyin narsa – bu his tuyg’ulari bilan yolg’iz qolishdir. Shuning uchun ular doim yaqinlari davrasiga shoshiladilar.

    Qovunni xush ko’ruvchilar botir insonlardir. Ular azaldan ichkilikni xush ko’rishmaydi, boshqalarning fikriga tezda qo’shilib ham ketmaydi. Shuning uchun ham ulardan ko’pincha boshliqlar chiqadi. Ular katta maqsadlar qo’yishadi va unga osongina erishishadi. Ular bag’ri keng va mard insonlardir. Sayohatlar joni dili.

    Shaftoli mevasiningshinavandalari diqqat markazda bo’lishni yoqtirishadi. Ular ochiqko’ngil va bega’rz odamlardir. Ularning do’stlarining soni doimo juda ko’p. ularning hazillashayotganlarini va jiddiy gapirayotganlarini farqiga boorish qiyin. Mustaqil va orzumand odamlardir. Ular ideal va ishonchli yor bo’lad oladilar.




    Изохни тахрирлади (ўзгартирди) oybek - Пайшанба, 13-Июн-2013, 10:22
     
    Bek8111Сана: Пайшанба, 13-Июн-2013, 10:52 | Изох # 9
    Sayyod.comда пропискада!
    Гурух: Ma'mur
    Изохлар: 3615
    Тақдирланишлар: 2
    Хурмат даражаси: 688
    Холати: Хозир йўқ
    Койил Ойбек ака. Мен 2 кишини текшириб курдим биринчиси узим. Туппа тугри чикди.  smile

    Хаётда шунчаки яшаш мухим эмас, кимгадир керакли булиб яшаш мухимрокдир!
     
    oybekСана: Пайшанба, 13-Июн-2013, 11:29 | Изох # 10
    Иштирокчи
    Гурух: Форум аъзоси
    Изохлар: 213
    Тақдирланишлар: 0
    Хурмат даражаси: 851
    Холати: Хозир йўқ
    Цитата (Bek8111)
    Койил Ойбек ака. Мен 2 кишини текшириб курдим биринчиси узим. Туппа тугри чикди.
    qaysi mevani yaxshi kurarkansiz Begzod aka.....????? snap


     
    Bek8111Сана: Пайшанба, 13-Июн-2013, 11:33 | Изох # 11
    Sayyod.comда пропискада!
    Гурух: Ma'mur
    Изохлар: 3615
    Тақдирланишлар: 2
    Хурмат даражаси: 688
    Холати: Хозир йўқ
    :D oybek, Ойбек ака  Олма ва ковун хамда тарвуз!

    Хаётда шунчаки яшаш мухим эмас, кимгадир керакли булиб яшаш мухимрокдир!

    Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Bek8111 - Пайшанба, 13-Июн-2013, 11:34
     
    oybekСана: Пайшанба, 13-Июн-2013, 11:37 | Изох # 12
    Иштирокчи
    Гурух: Форум аъзоси
    Изохлар: 213
    Тақдирланишлар: 0
    Хурмат даражаси: 851
    Холати: Хозир йўқ
    Цитата (Bek8111)
    Олма ва ковун хамда тарвуз!
    tri v odnom ekanda.........................


     
    Zaychik777Сана: Пайшанба, 13-Июн-2013, 17:24 | Изох # 13
    Рўйхатда
    Гурух: Янги аъзо
    Изохлар: 78
    Тақдирланишлар: 0
    Хурмат даражаси: 61
    Холати: Хозир йўқ
    rahmat mandayam yaqin javob chiqdi mevalardan

     
    NOZIСана: Пайшанба, 13-Июн-2013, 21:33 | Изох # 14
    Сайтимиз қадрли мухлиси
    Гурух: ИЗОХЛАР МОДЕРАТОРИ!
    Изохлар: 2808
    Тақдирланишлар: 3
    Хурмат даражаси: 1157
    Холати: Хозир йўқ
    Мандаям олма, ковун , 3-си эса шафтоли))

     
    oybekСана: Пайшанба, 13-Июн-2013, 22:18 | Изох # 15
    Иштирокчи
    Гурух: Форум аъзоси
    Изохлар: 213
    Тақдирланишлар: 0
    Хурмат даражаси: 851
    Холати: Хозир йўқ
    Manda apelsin,nok va qovun.....)))))

     
    bek88Сана: Пайшанба, 13-Июн-2013, 23:57 | Изох # 16
    Сайт ашаддий мухлиси
    Гурух: Форум аъзоси
    Изохлар: 1565
    Тақдирланишлар: 0
    Хурмат даражаси: 649
    Холати: Хозир йўқ
    Telifonlar uchun raxmat.

    Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
     
    oybekСана: Жума-муборак кун!, 14-Июн-2013, 00:13 | Изох # 17
    Иштирокчи
    Гурух: Форум аъзоси
    Изохлар: 213
    Тақдирланишлар: 0
    Хурмат даражаси: 851
    Холати: Хозир йўқ
    arzimaydi Bekjon.....sizlarda maslahatlar bo'lsa xam bemalol.....

     
    Dinora_Golden_GirlСана: Жума-муборак кун!, 14-Июн-2013, 08:37 | Изох # 18
    Sayyod.comда пропискада!
    Гурух: Форум аъзоси
    Изохлар: 4486
    Тақдирланишлар: 2
    Хурмат даражаси: 908
    Холати: Хозир йўқ
    Nega malina yoooooooooo'.....???

    Manga qulupnay, qovun, shaftoli yoqadi....

    Добавлено (14-Июн-2013, 07:37)
    ---------------------------------------------
    Banan va kivi ham yoqadi.... (endi ko'ribmanda...)

    Lekin man LIMONni ko'rmayapman...


    Fikrim satrimda oshkor!)
     
    FC_PAXTAKORСана: Жума-муборак кун!, 14-Июн-2013, 10:09 | Изох # 19
    Sayyod.com мухлиси
    Гурух: Форум аъзоси
    Изохлар: 528
    Тақдирланишлар: 2
    Хурмат даражаси: 1233
    Холати: Хозир йўқ
    Qoil mavzuga )

    nega malina yo?mush)))


    Omad
     
    AbbosbekСана: Жума-муборак кун!, 14-Июн-2013, 10:17 | Изох # 20
    Sayyod.com посбони!
    Гурух: Янги аъзо
    Изохлар: 3823
    Тақдирланишлар: 0
    Хурмат даражаси: 655
    Холати: Хозир йўқ
    Zör))) Menga yoqdi))) töppa tög'ri chiqdi

    1000 marta yordam ber baribir
    unutishadi. Bir marta pand ber, bir
    umr eslab yurishadi. .
     
    oybekСана: Шанба, 15-Июн-2013, 12:13 | Изох # 21
    Иштирокчи
    Гурух: Форум аъзоси
    Изохлар: 213
    Тақдирланишлар: 0
    Хурмат даражаси: 851
    Холати: Хозир йўқ
    Турмуш Ўртоғингизнинг Буржига Қараб Муомала Қилиш Сирлари.....
    Эркакларнинг кўнглига ошқозон орқали йўл топиш мумкин дейишади. Аммо унинг туғилган буржини билсангиз, бу йўлингиз анчайин қисқаради. Ана ундан сўнг «аёлим ичимдагини топади-я» деган мақтовларнинг охири бўлмайди.

    Қайсар ва қатъиятли
    Ҳамал (21.03-20.04) Билдим, кўрдим, ғолибман! Ҳамал буржидаги эркаклар айнан мана шундай феъл-атвор эгасидирлар. Уларнинг хаёлида қўлларидан келмайдиган ишнинг ўзи йўқ. Бундай етакчилик яхши, аммо қайсарликларию, шошқолоқликларини ҳам таъкидлаб утмасак бўлмайди. Агар турмуш ўртоғингиз қуй буржига мансуб бўлса, ҳеч қачон унинг ишончини йўқотманг. «Ишдаман» деб «бирров» дўкон айланмоқчи бўлсангиз ҳам, бу ҳақда уни албатта огоҳлантиринг. Чунки бу тоифа эркаклар яқин инсонларининг ишончига суянувчи бўлиб, озгина ўзгаришни сезсалар, дарров тўнларини тескари кийиб олишади. Ана ундан кейин ўзингиздан ўпкаланг.

    Узоқни кўзлайдиган..
    Савр (21.04-20.05) Ўйлаган ишингиздан бирор наф чиқишига кўзингиз етмаса, яхшиси бу ҳақда эрингизга гапириб ўтирманг. Чунки савр буржидаги эркаклар фойдаси бўлмаган ишга асло қўл уришмайди. Аммо уларнинг сабр-матонатига манаман деган аёл ҳам тан бериши турган гап. Бундай эркакларнинг кўнглига йўл топиш жуда осон. Қандай дейсизми, мазали таому, пишириқларни хозирлаб, "Бегим, атайин сиз учун тайёрладим, мазасига бир бахо беринг" денгда, кейин натижасини кўринг. Аммо такаллуф қилишни ошириб юборманг. Чунки савр буржи эркаклари ортиқча хушомадни ёқтиришмайди. Қош қўяман деб, кўз чиқариб юрманг тағин.

    Сирли ва ширин сўз шайдоси...
    Жавзо ( 21.05- 21.06) Агар жондан азиз суюклигингиз эгизаклар буржига мансуб бўлса, нима ҳам дердик "Худо қувват берсин". Жавзоларнинг феъл-атвори ўзгарувчан бўлиб, худди бир танада икки инсон яшаётгандек туюлади. Уларни бирор нарсага махлиё қилиш осон эмас. Сирли ва зеҳни ўткир бўлгани учун олдиндан нимани ўйлаётганини аниқ айтиб бўлмайди. Аммо нозик томонлари ҳам йўқ эмас. Улар чиройингизни кўз билан эмас, сўзингиз билан қадрлашади. Шу боис, ҳар замон бўлса-да "Дадаси, бахтимизга соғ бўлинг, ишда бўлсангиз уйимиз хувиллаб қолади-я" деб эркалаб туришни асло унутманг.

    Ўзгарувчан "об-ҳаво”...
    Саратон (22.06-22.07) Бир қарасангиз тўлиб-тошиб атрофингизда парвона-ю, гоҳида эса бор-йўқлигингизни ҳам пайқамайди. Афсуски, бу қисқичбақа буржи эркакларининг феъл-атворларидаги ўзига хос "фазилат". Агар буни ўзгартирман деб ўйласангиз, ўзингизни қийнайсиз, холос. Бундай эркакларга фақат ширин сўз билан муомила қилиш керак. Айтайлик, рўзғор учун бозорлик керакми, "Бу уйда мен эркакми сизми? демасдан "Дадаси, рузгорга ул-бул керак эди, ўзим олиб келай дейману, аммо шундоқ пахлавон эрим турганида менга йўл бўлсин дедим, тўғри қилибманми?!" десангиз сиздан-да оқила, доно, аъло рафика топилмайди. Аммо эрингизнинг олдида асло бошқа эркакни мақтаманг. Бундай эркакларнинг рашки жуда ёмон бўлади.

    Иззатталаб ва бошқарувчи..
    Асад (23.07-23.08) Турмушдаги асосий ролни унга топширинг, агар ижро махоратидан дарс бераман десангиз, уйингизни тополмай қоласиз. Чунки мазкур бурж эркаклари эътибор ва мақтовни жуда хуш кўрсалар-да, аммо аёл кишининг ақл ўргатишини хазм қилишолмайди. Улар ўзларини жуда ақлли ва кўп нарсани биладиган деб уйлашайди. Агар эрингиз ҳам шу буржнинг вакили бўлса, нотўғри гапини ҳам тўғри деб тураверинг. Арслон буржи эркаклари бошқарувни севишади. Шунинг учун ҳам қаерга борсангиз ва нима иш қилсангиз, албатта огоҳлантириб олдидан ўтишни унутманг.

    Гўзаллик шайдоси...
    Сунбула ( 24.08- 23.09) Бундай эркакларни нозик дидли ва ўта эътиборли десак, мутлако адашмаймиз. Бу бурждаги эркаклар атрофларида доимо гўзал нарсалар бўлишини исташади. Шунинг учун юзингиздаги пардоз, эгнингиздаги либос гўзал бўлсин. Эрингизни кўз ўнгида доимо ўзгариб турсангиз, сиздан бошқасига қайрилиб ҳам қарамайди. Бироқ бу тоифадаги эркаклар ортиқча мақтов ва олқишларни унчалик ҳам хушламайди. Бордию, эрим менга эътибор қилмайди деб ўйлаётган бўлсангиз, адашсиз, у шунчаки самимиятни ёқтиради. Аммо ўзига нисбатан жуда талабчан бўлгани боис, атрофдагиларидан ҳам шуни талаб қилади.

    Ғазабидан қўрқинг...
    Мезон ( 24.09- 23.10) Улар билан тил топишиш жуда осон. Сабаби, улар тинчликсевар бўлишади. Мабодо эрингиз мезон буржига мансуб бўлса, сабрини синайман деб овора бўлманг. Ҳар қандай вазиятдан шундай чиқиб кетадики, ўзингиз ҳам ҳайрон қоласиз. Аммо жахлини чиқарсангиз, манаман деган коялар ҳам силкиниб кетади. Бундай эркаклар оилапарвар бўлишса-да, уйдаги гап-сўзлардан кочиб, кўчадан ортмай қолишади. Чунки уларнниг феъл-атворида катта давралар ва қизиқарли сухбатларга мойиллик бор. Тушунган бўлсангиз, шундай йўл тутингки, сих ҳам, кабоб ҳам куймасин.

    Назоратни севувчи...
    Ақраб (24.10-22.11) Чинакам жангчи ва бошлаган ишини охирига етказмаса тинчимайдиган эркак. Унинг феъл-атворидаги бу афзаллик сизга анча қулайликлар яратади. Нима учун дерсиз? Масалан, кир ювиш машинасини ўзгартирмоқчисиз, аммо буни эрингизга қандай айтишни билмай бошингиз қотган. Шунда вазиятни унинг фойдасига караб буринг. "Хамом жиҳозларини янгилаш учун йиғаётган пулга кир ювиш машинасини ҳам қўшсак бўларди, ахир янги жихозлар орасида онамдан қолган мослама жуда хунуқ кўринса керак. айниқса ошна- оғайнинигиз кириб қўл-пўлини юваман деганида". Бу бурж эркаклари бундай таклифдан сўнг, алббатта вазиятни назоратсиз қолдиришмайди. Сабаби, уларда етакчилик ва бошқалардан ажралиб туриш хусусияти кучли.

    Самимият биринчи ўринда...
    Қавс (23.11-21.12) Эрингиз қавс буржига мансуб бўлса, муомилангизда сохталик бўлмаслиги керак. Улар доимо ўзларини ҳақ деб ўйлашади. Шунинг учун ҳам ҳар қандай ишда ўз фикрларида мустахкам туришади. Агар гапимни ўтказаман деб озгина овозингизни баландлатсангиз, томошани кутаверинг. Улар билан хушмуомала муносабатда булиш керак. Бундай эркакларда мақсад сари интилиш кучли бўлади. Айниқча маррага оз қолганини ҳис этишса, куч ғайратлари тўлиб тошади.

    Кутилмаган совғаларга ҳуши йўқ...
    Жадий (22.12-20.01) Кечки овқат тайёр эмас, хаммомда бир талай кир-чир, ўзингиз ҳам хавас қилгудек эмассиз. Бундай кутилмаган совғаларни мазкур бурж эркаклари умуман ёқтиришмайди. Улар учун тартиб-қоида биринчи ўринда туради. Лекин аёлнинг хазил-мутойиба қилишини яхши қабул қилишади. Демак, эрингиз шу буржнинг вакили бўлса, у билан яхши кайфиятда, очилиб-сочилиб гапиришни ўрганинг. Таомингиз хали тайёр эмасми? Вазиятни қўлга олинг, "Сизни хурсанд қиламан деб, янги таом бошлагандим, аммо узоқ тайёрланишини билмабман-да, яна озгина кутасизми", денг-да, ортидан кулиб қўйинг. Бундай ғамхўрликдан кейин, қани бир уришиб кўрсин-чи.

    Чекловни ёқтирмайди...
    Далв (21.01-20.02) Оила қургач ҳам мустақил бўлиб, сиз билан ҳам маслахатлашишни эп кўрмаса, билингки, сиз танлаган инсон далв буржининг вакили саналади. Ҳа, афсуски уларнинг мана шу феъли доимо бошларига бало бўлади. Лекин эрим шундай экан, деб хафа бўлманг, ковғалар ўз жуфтларига жуда содиқ бўлишади. Бироқ шуни хам унутмангки, бундай эркаклар учун сиз пиширган ёғлиқ паловдан кура, қизиқарли суҳбатингиз тўйимлироқдир. Уларни қандай бўлса шундайлигича қабул қилинг.

    Яхши суҳбатдош ва кўнгилчан...
    Ҳут (21.02-20.03) "Инсонни бахти уни тинглашларида" деган гап, айнан ҳут буржидаги эркакларга хосдир. Улардан яхши сухбатдош чиқади. Бордию эрингиз балиқ буржига мансуб бўлса, соатлаб сухбатлашсангиз ҳам бечора индамай чидайди. Камига тўйиб-тўйиб йиғлаб олишингиз учун шароит ҳам яратиб беради. Бироқ бундан унчалик ҳам хурсанд бўлманг. Уларнинг феъли жуда таъсирчан бўлгани боис, дуч келган одамга ҳам раҳми келаверади. Шу учун эрингизга доимо эътиборли бўлинг, йўқса унинг кўнгилчанлигидан «уддабурон аёллар» фойдаланиб қолишмасин тағин. А, лаббай.....

    Добавлено (15-Июн-2013, 11:13)
    ---------------------------------------------
    ===========================
    ===========================
    ===========================
    Ayollar Diqqatiga: Suyukli Bo’lish Sirlari!

    Ko’pchilik qizlarimiz turmushga chiqishni huddi manzilga yetib kelishdek tushunishadi, ya’ni turmush qurgach, ular o’ylashadiki, turmush o’rtog’i endi o’ziniki, o’ziga jaa qarash ham shart emas, shuning uchun ular o’zlariga qarashdan va o’z ustilarida ishlashdan to’xtab qoladi. Oqibatda esa erlarini qanday qilib o’tlab ketib qolganini bilmay qolishadi. Siz ham shunday holga tushishni istamasangiz, masalahatlarimiz quloq solib, ularga amal qiling.....

    Aslida erkaklar ko’zli bilan sevadi. Shu sababdan turmush o’rtog’ingizning ko’zlarini har kuni quvontirishingiz kerak. Bu borada esa quyidagi maslahatlarimiz sizga yordam beradi:.....

    Suyukli Bo’lish sirlari:.....
    1 Xatto uyda ham jozibali ko’rinishga harakat qiling. Kalta yubkani ko’chaga kiymasdan, turmush o’rtog’ingiz kelganida uni xushbichim ko’rinishda kutib oling. Keng, ustizda osilib turadigan kiyimlarni garderobingizdan uzoqlashtiring.
    2 Yuzingizga oro bering, uni parvarishlang. Lekin o’ta oshirib yubormang.
    3 Qomatingizga e’tiborli bo’ling, erim o’zimniki ekan deb semirib ketmang. Figura saqlashga intiling, bu degani yemay ichmay qo’ying degani emas.
    4 Shaxs sifatida shakllaning. O’zingizga xobbi toping, kitoblar o’qing, yangiliklardan bohabar bo’llib turing, meditatsiya, relaksatsiya va yoga bilan shug’ullaning.
    5 Imidjingiz bilan jiddiy shug’ullaning. Bir xil ko’rinishda uzoq vaqt yurmang, soch turmagingiz, sochingizninng rangi va kiyinish uslubingizni o’zgartirib turing, erkaklar yangilikka ishqiboz bo’lishadi.
    6 Kutilmagan sovg’alar qiling. Romantik kechki ovqatlarni tashkillashtiring, yotoqxonangizni xushbo’y hidlarga to’ldiring.
    7 Tirnoqni tagidan kir qidirmang. Ginachi bo’lmang. Uning ko’ziga doimo xushchaqchaq ko’rining.
    8 Xaqiqiy ayol bo’ling. O’zingizning ojiz tomoningizni juftingizga ko’rsatishdan qo’rqmang. Ba’zida to’yib yig’lab bering, ba’zida ozgina araz qiling, asosiysi me’yoridan shib ketmasin. Ha deb araz qilish ham yaxshi emas, aks holda ha araz qilish buning odatiku deb arazingizga e’tibor bermay qo’yadi.....


     
    T_SardorСана: Шанба, 15-Июн-2013, 16:04 | Изох # 22
    Sayyod.com мухлиси
    Гурух: Форум аъзоси
    Изохлар: 541
    Тақдирланишлар: 0
    Хурмат даражаси: 181
    Холати: Хозир йўқ
    Shaftoli...m))

    Добавлено (15-Июн-2013, 15:04)
    ---------------------------------------------
    Saraton...))


    O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin!!!
     
    Bek8111Сана: Шанба, 15-Июн-2013, 16:06 | Изох # 23
    Sayyod.comда пропискада!
    Гурух: Ma'mur
    Изохлар: 3615
    Тақдирланишлар: 2
    Хурмат даражаси: 688
    Холати: Хозир йўқ
    Ойбек ака!  Бу кетишда кучли психолог булиб кетишингиз аник! Кани эди буларни хамма хам укиса!

    Хаётда шунчаки яшаш мухим эмас, кимгадир керакли булиб яшаш мухимрокдир!

    Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Bek8111 - Шанба, 15-Июн-2013, 16:07
     
    T_SardorСана: Шанба, 15-Июн-2013, 16:12 | Изох # 24
    Sayyod.com мухлиси
    Гурух: Форум аъзоси
    Изохлар: 541
    Тақдирланишлар: 0
    Хурмат даражаси: 181
    Холати: Хозир йўқ
    Qoilman! Ajoyib mavzu...) hammasi töri chiqvottiya...)

    Добавлено (15-Июн-2013, 15:12)
    ---------------------------------------------
    Qoilman! Ajoyib mavzu...) hammasi töri chiqvottiya...)


    O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin!!!
     
    oybekСана: Душанба, 17-Июн-2013, 09:22 | Изох # 25
    Иштирокчи
    Гурух: Форум аъзоси
    Изохлар: 213
    Тақдирланишлар: 0
    Хурмат даражаси: 851
    Холати: Хозир йўқ
    Ko’p asabiylashish salomatlik uchun zarar. Ketgan va nobud bo’lgan asab tolalaringiz qayta tiklanmaydi. Shuning uchun hayotning har xil holatiga asabiylashish shart emas. O’zimizni nazorat qilib, to’gri yo’lga solsak hammasi yaxshi bo’ladi. Asab tolalaringnizni va sog’lig’ingnizni asarash uchun quyidagi tavsiyalarga rioya eting.....

    Tavsiyalar:
    Har kuni o’zingiz va atrofingizdagilarga “Bugun qanday yaxshi voqealar buldi-a?” deya savol bering. Ijobiy narsalarni eslash sira ortiqchalik qilmaydi.
    Sizning qo’lingnizda bo’lmagan yohud o’tib ketgan ishlar uchun asabiylashmang.
    O’zingizni hayotingiz bilan yashang, o’zganiki bilan emas. Birovlarning muammolaridan uzoq yuring.
    Mayda, ammo eng zarur muammolarni tezroq hal eting. Katta ishlarni qismlarga bo’lib oling.
    Eslashga arzugilik voqea-hodisalarni suratlarga, kundaligingizga muhrlang.
    Nohush holatlarni hazil-mutoyiba bilan yengib o’ting.
    Dilingizga og’ir botadigan gap aytishganida “Manzilda adashishdi”, deng-da, u haqda uniting.
    “Nimaiki bulmasin, bari yaxshilikka” maqoli doim yodingizda tursin.
    Kuchli psixologik jarayonga duch kelganda, tezda tinchlanish uchun qaynoq, achchiq qahva iching, raqsga tushing, uy yoki ishdan chiqib, toza havoda sayr qiling.....


     
    Форумистон » Спорт ва Соғлиқ » Саломатлик » Foydali maslahatlar..... (Bu yerda oilamizga va salomatligimizga kerakli maslahatlar.)
    • Страница 1 из 5
    • 1
    • 2
    • 3
    • 4
    • 5
    • »
    Поиск: