Бош сахифа » 2012 » Май » 27 » Отаси онамни севган экан...
04:48
Отаси онамни севган экан...

 Assalomu alaykum sayyod sayti boshqaruvchilari.
Meni Rasulov Jasur yoshim 25 da.
Iltimos shu hatimni saytizda chiqazib , boshqalarniham fikrini bilishda yordam qilinglar.
Oldindan raxmat..

Meni yoqtirgan qizim bor , u bilan bir yil oldin uchrashardik.
Hatto men unga uylanmohchiman, lekin bunga meni Ota - Onamham uning Ota -Onasiham qarshi. 
Avvaliga Onamham - Dadamham rozi bo'lishgan edi.
Ammo Onam va Holam sovchilikga borib kelganlaridan so'ng hamma g'alva boshlandi .
Borib kelishgan kundan boshlab , u qizni nominiham og'zinga olma deb Dadamham - Onamham menga qarshi chiqdi.
Nima bo'lganini umuman tushuntirishmadi,u qizga ikki dunyodaham rozi emasmandeb Onam qatty turib oldi.
 Ruhsoraga telefon qildim telefoni o'chirilgan , ikki hafta o'tdi darak yo'q undan.


Chidolmay uyiga bordim , ko'chada singlisi Rano uynab utirgan ekan.
Ranoni aytishicha Ruxsoramni majburlab qo'qonga holasinikiga junatib yuboribdi dadasi.
 Kegin Ruhsorani dugonasi Nigoradan surushtirib bir amalab Qoqonga Ruhsoramni holasinikiga  bordim.
Chaqirdim , Ruhsora chiqdi meni kurar kurmas keting qaytib kemen deb meni hayday boshladi.
 Agar nima bulganini tushuntirmasang men shu yerda turaveramandeb baqirgandim , kegin hammasini tushuntirdi.

Hullas voqia shunday bulgan ekan:
 Meni dadam va uni dadasi  dust bulgan ekan yoshligida.
 Uni Dadasi men onamni qattiq sevgan ekan , buni dadamham bilar ekan.
Ammo  Buvim dadamni onamga uylantirgan ekan , shu  sababli dadamni va uni dadasini urtasi buzilib ketgan ekan.
Buvim ogir ogrib yotib qolganda meni vasiyatim senga degani uchun majbur uylangan ekan.
Hullas shu sababli bizni ajratib yuborishmohchi, nima qilishgaham hayronman.

Bir o'gilman ota-onamni norozi qilmohchi emasman , mendan umidlari kop.
Ularni roziligini olish meni burchim , ammo men Ruhsoradan ayrilolmayabman.
Mana bir yil utdi har kecha uni uyiga boraman , ko'cha boshida utira utira qaytib ketaman.
Uni unutishga urindim , qo'limdan kelmayabdi.
Iltimos maslahat berilar , aqlimga umuman hechnima kelmayabdi.

Sayyod: Шу бир гал махмадоналик қилмасдан, сайт  фойдаланувчиларига сўз берсам.))


Эслатиб ўтамиз, хар якшанба мухлислар куни бўлиб, ўз муаммо ёки кўнгил кечинмалари билан бўлишиб, кенг омма билан хал қилишга имкониятингиз бор.  kamilovsardor@gmail.com почтасига иложи бўлса кирилл харфларида воқеа ёки муаммоингизни ёзиб юборишингиз ёки (+99890) 321-23-41 рақамига қўнғироқ қилишингиз мумкин.
Бўлим: Muhlis Minbari | Кўрилган: 7247 | Чоп этди: Sayyod | Теглар: Yakshanba-Muhlis minbari

Нравится
Барча изохлар: 39
1 ковга   (27-Май-2012 05:07) [Материал]
умуман кайтманглар севгиларинг учун курашиб 3 та дустни кайта топишишларига ёрдам берган буласизлар кейин узлари килган хатоларини тушуниб етадилар сизларни севгиларинг хакикат факат бу хакикатни котталарни тан олгилари келмайди холос буш келманглар китобида шундай ёзилган!!!

2 nusrat8182   (27-Май-2012 09:06) [Материал]
E ota-onezni aytganini qiling.Moboda u qizga uylansez oilada albatta janjal b-di.Shunaqa payt ota-onamni aytganini qilsam yaxshi bo'larmidi deb o'ylab qolasiz.

3 sardor   (27-Май-2012 09:41) [Материал]
"Misli Hotamdek bo'lub xayru saxovat aylasang, Ka'bai maqsudni ming bor ziyorat aylasang, To otang rozi emas, tavbang qabul bo'lmas sani..."
degan ekan bir avliyo. Mani ham fikrim shunday. Bu 5 kunlik dunyoda ota onasini rozi qilolmagan odam hayotdagi maghlub odamdir. Shu sababli ota onangizning roziligi degan masala siz uchun farzand sifatida birinchi darajali burchingizdir

4 milawka   (27-Май-2012 09:49) [Материал]
vaaaay yaxwi iw bumaptikuu sad

5 Oysha   (27-Май-2012 10:48) [Материал]
Ruxsora b.n adashikamiz. Maslaxat berishga yoshli qilamanu lekin Muhabbatiz u.n kurashin. Uyizdila b.n yaxshlab gaplashin. Foyda bermasa Ruxsorani otasi b.n gaplashin. Baxtli bölila

6 Sokin_Qalb   (27-Май-2012 11:02) [Материал]
Kotta yoshli Oto Onalagayam hayron qolaman! O'g'li yaxwi ko'rsa qizi yaxwi ko'rsa nega ajratiwadi! Yowlida o'tib ketgan iwlani dib qachonga4a yuz ko'rmas bo'lib, arazlab yuriwadi!!? Aqili insonlade iw körisa4i. Õg'li uchun qizi uchun ulani baxti uchun g'ururi arazi yig'iwtirisa bölardi! Jasur 1 yili wunaqa o'tg'izibsiz Ota Onezla bilgandir, tuwuntirin Oyizlaga Adezlaga yigit kiwisiz ulayam insonu!!! Bunaqa vaqt ötiwida qizi uzatvoriwadi, keyn taqdirakan disiz, harakat qilin! Faqat Ota onalani roziligi bn töy qilila!

7 Sokin_Qalb   (27-Май-2012 11:15) [Материал]
Adawmasam kino'ni nomi shabnamidi yozganizi o'qib 6wa kin6 esimga tuwti! Yana cho'lda adawib yurmela! )))

8 NIGOSH_UZ   (27-Май-2012 11:43) [Материал]
usha qiz bilan boshqa uchrashmen, bir umr ota onez qiynalib utishligini xoxlamasez. Xayotr davom etadi, sevgi utib ketadi, xali xayotizda eng baxtli inson bulishizga, va ota onalarilani yuzligisini yerga qaratmasligilaga umid qilaman. Siz erkak kishisiz, uzizzi qo'lga olib, ota onezlani etganini qilin, sevgi deb ota onani gapini bir pul qilish yaxshimas, uziz ota onezzi urnilarida buganizda, xuddi shunaqa qigan bulardiz. Xali albatta baxtli bulasiz.

9 Bek8111   (27-Май-2012 12:00) [Материал]
Ота-онанинг розилиги хам керак йигит. Битта кизни деб ота-онани норози килмаслик керак. Севги-севги дейсиз, аслида хакикий севги туйдан кейин булади. Одам факат хис-туйгулар билан яшамаслик керак. Хис-туйгларингиз хар доим булмаса хам керакли вактлари буйсуниши керак. Ота-онасини норози килиб турмуш курганларни купини кураяпмиз сал утмай ажрашаяпти, бошкалари хали хануз фарзандсиз. Ота-онанинг розилигида гап куп. Ота-онангизни рози килишга харакат килиб куринг. Кариндошлардан ёрдам суранг. Агар ушанда хам рози булмаса сиз рози булишингизга тугри келади. Маслахатим Ота-онангизни райига каранг. Улар уз фарзанини ёмон булсин дейишмайди хеч качон. Яна хам булса узингиз биласиз. Сизда хам акл бор факат хозирчалик севги пардаси тусиб турибди.

10 лейла   (27-Май-2012 12:44) [Материал]
мени фикрим эса у кизни нимадир килиб болсаям унутишиз керак.ахир ота онани розилиги 1 уринда.ва у кизга уйланган такдириздаям бахтиз тукис болмиди,чунки ота-онангизни халовати йуколади.ахир сиз ёшсиз бир амаллаб унутишиз осонро.катталарни бунака стрессга подвергать килиш тогрими?дунёда канчадан канча кизлар бор,бирортаси ёкиб колар.унутишни эса хар куни кучасига боришизни тухтатишдан бошланг.мияни бирор фойдали нарса бн чалгитинг.хадеб уйлайверманг.Русларда гап борку"Отпустить ситуацию"деган шунака киб куринг.балки ёрдам берар?яна билмадим чунки бу лично мани фикрим.

11 Xurshida   (27-Май-2012 13:33) [Материал]
TUGRI OTA-ONANI XAM ROZILIGINI OLIW KERAK. NO SIZ BOWQASIGA UYLANIB KUNGLIZ BULMASDAN, BIR QIZNI BAXTSIZ QILMASMIKINSIZ? WU XAQDAYAM UYLAB KURIW KERAK? NO UZIZI AYTGANIZI QILIB UWA QIZGAYAM UYLANSEZ UNDAYAM PROBLEMA BULIWI MUMKIN OTA-ONEZ YOQTIRMASDAN!!! SAYYODNI BIR XAQIQQTLI I CHIROYLI GAPLARI BOR "OTA-ONA AYBI UCHUN FARZAND JAVOB BERMAYDI" DEGAN EDILAR.

12 izzatbek   (27-Май-2012 13:34) [Материал]
бу акамиз кинодан кочиргами диман, галати вокия маслахат беришга йошмиз. Тогриси тушунмадим бу акамизни вокеасини.

13 Vasila   (27-Май-2012 13:49) [Материал]
Shabnam!

14 S!!!   (27-Май-2012 14:05) [Материал]
NIGOSH_UZ ёзган фикрларига кушиламан, яхши фикр билдириптила!

15 Safina   (27-Май-2012 14:11) [Материал]
Ota onezzi etganini qilin.sevgi utkinchi tuygu.1-urinda hayotda ota-ona. agar qudala chiqishishmasa silaga rasa qiyin buladi

16 Мухаммаджон   (27-Май-2012 16:45) [Материал]
"Шабнам" киносини цсенарийсини ёзиб бердизмиЮ нима бало, сал калла ишлатиб ёлгон гапирсам буларди, мен хозирга кадар яхши курган кизим каерда яшашини нима иш килишини биламан. Худди адашмаябман деб уйлайман, "Шабнам" филми узи у кино бумагур ишланганиди, кимдир мени хаётим деб тасвирлаганига уйлайми, Чулга жунатиб юборган экан бордим дейишни урнига Куконга деб узгартирибсиз. Бравоо

17 Мухаммаджон   (27-Май-2012 17:19) [Материал]
Яъна у дадалар бирга ошна экан, ну ты и придумал сказку, Узиз тасаввур кила оласизми шу холатга ишондизми

18 RaVsHaNBeK   (27-Май-2012 17:22) [Материал]
siz aytgan Shabnam kinosi. Kurashganlari befoydaku Dadaxon axir bu xayotku kinomas cry cry

19 RaVsHaNBeK   (27-Май-2012 17:29) [Материал]
Sevaman o'laman usiz yashomiman unaqa bunaqa, gaplani yig'ishtiring oka uydagilani gapiga kiring unuting o'sha qizizi sevgi muxabbat yo'narsa xozirgi zamonda (shaxsiy fikr ) shuni uchun ota -ona rozi xudo rozi o'zizi biror ishga chalg'iting xullas omadizzi bersin ......?

20 дили   (27-Май-2012 20:08) [Материал]
РАХМАТ google

21 дили   (27-Май-2012 20:20) [Материал]
ОТА-ОНАНИ РОЗИ ҚИЛИШ КЕРАК. ОТА РОЗИ ХУДО РОЗИ ОНА РОЗИ ХУДО РОЗИ.

22 Sevara   (27-Май-2012 20:34) [Материал]
Jasur gaplawb korsa boladiyu oradan uje ne4i yil otib ketgan faqat wu ginalani db bunaqa qlw keremasku?? uzligiyam oldin kimmidir qattu yaxwi korwganakanu szi ula 4uniwligi kere ula yow bolamasku xuddi xozi xammasi bowqatdan bowlanadigande?? idiotizm kakoyto qopol qb etganda

23 dee   (27-Май-2012 20:45) [Материал]
Sevgi dip ota onezzi norozi qip qoymen rostanam u otginci tuygu. Uni otasi onezni sevganakan nu taqdirmasakan, ln mana sevgilisisiz ham wu kungaca yawabtiku oilali bolib bir neca farzandlani otasi bolib, uwa siz sevib qogan qizni voyaga yetqiziwibti. Etmoqciman, hozir sizga mojet sinovdir bu...tori yolni tanlisiz dgan umiddaman.

24 Umida   (27-Май-2012 22:43) [Материал]
Xayotda ota-ona birinchi orinda turadi agar ular xoxlawmasa qanaqa qilib xayotizi bogliz u qiz bilan toy bir kunda otadi ketadi keyngi xayotcha koz kozga tuwiwi bor keyin sizam 2 ortada qolib ketas keyin wula db ozizi baxtsiz qibqoymen sevgi toygacha toydan kn muomolar kopaysa sevgiyam kozga korinmidi

25 Umida   (27-Май-2012 22:45) [Материал]
Sayyod okamiz aqillili qimasalaym galati bolarkan

26 NoNikName   (27-Май-2012 22:50) [Материал]
Канчадан канча севишганлар арзимаган бир кичкина сабаб бн етишолми колишади, а силарни ораларингда жуда катта етишолмаслик ун сабаб боракан, канчалик кийин бусаям энг тугри йул бир бирингларни унутиш sad

27 Unutolmaysan   (27-Май-2012 23:35) [Материал]
bu xatni o'qib "SHABNAM" filmi va undagi qiz va yigitning kechinmalari yodimga tushdi. Agar chin yurakdan sevsanggiz keginchalik "nima uchun o'shanda kurashmadim" demaslik uchun bir xarakat qilib ko'ring. agar o'sha qiz taqdiringgizga yozilgan bo'lsa xatto butun dunyo qarshi chiqsa xam erishasiz yoki aksincha yozilmagan bo'lsa xamma rozi va siz tomon bo'lsa xam erisholmaysiz. Bu taqdiri azal...... bu mening shaxsiy fikrim

28 Nur_Horazm   (28-Май-2012 10:34) [Материал]
Taqdirda nima yozilgan bo'lsa shu bo'ladi..!

29 Zakhra   (28-Май-2012 11:55) [Материал]
Chindan sevgan odam sevgisidan voz kecholmaydi, haqiqatdan ham sevsangiz sevgingizdan voz kechmang. Voz kechib boshqa birovga uylansangiz u bechora qizni ham baxtsiz qilasiz. Shunda nafaqat o'zingiz balki turmush o'rtoqlaringiz ham baxtsiz bo'ladi. Kattalar qilgan hatoga bolalar javob bermasligi kerak. Tushuntirishga harakat qiling, ota onalaringizdan kattaroq odam tushuntirsin, yosh bo'lib turib aql o'rgatma deb aytishlari mumkin, lekin kattaroq odam gapirsa quloq solishsa kerak. Bu holatda sizlarning aybingiz yo'q. Buni ota ona tushunishlari kerak. Nahotki ular sizlarni ham ular kabi qiynalib yashashingizni hoxlashsa. Axir ular ham o'zlarini ota onasidan norozi bolishgan bolishsa kerak. Nahotki sizlarni ham ulardan norozi bolishligingizni hoxlashsa. Qizni otasi sizni tushuniwi kerak axir u ham bu qiyinchiliklarni boshidan o'tkazganku. Ota onani rozi qilish kerak albatta bu hammamizning burchimiz, lekin ota ona ham unutmasligi kerak avvalambor hammamiz ollohni rozi qilishimiz kerak. Nahotki ikkita sevishgan qalbni ayirib, odamlarga azob berib, norozi qilib, bir nechta odamni baxtsiz qilib o'zlari Ollohni rozi qildik deb o'ylashsa. HAR BIR INSON AVVALAMBOR OLLOHNI ROZI QILISHI KERAK. Birovni baxtsiz qilib, azob berib, manimcha bunga eriwshib bo'lmaydi. O'tgan ish o'tib ketti bo'ldi endi qolganlarga baxt ulawib, xursand qilib, hayotdan zavq olib yashash kerak.....

30 SanjarBek   (28-Май-2012 12:15) [Материал]
Mani fikrimcha ota onani roziligi olinishi shart. Lekin bir tomondan ota onalarni tutgan yo'li ham noto'g'ri. Yigitni otasi qizni otasi bilan gaplashib olsa yomon bollmasdi. O'tgan ishga salovat, yoshlar baxtli bo'lishsin, deganday. Ammo ota ona rozi bo'lmasa yigitga qizni unutishdan boshqa iloj yoq

31 Kamola_5   (28-Май-2012 13:03) [Материал]
Voqealar xuddi Shabnam filmidek.Ulug'bek Qodirov va Gulchehra Eshonqulova

32 Мухаммаджон   (28-Май-2012 18:53) [Материал]
Энди бира тула Севган кизим билан "Титаник"да кетаётган вактимизда кема чукиб севган кизим сувда музлаб улиб колди деса таъзия билдирилар, шунака одамлар соддами ёки гулми ёхуд атайин киляпсизларми, шунча эркаклар бор уртада киз талашиб биронталар ошналар билан юз куришмас булганмисизлар, хуп гаплашмай куйди хам дейлик каерда яшашини бола чакасини нима иш килишини бошка ошналаридан билиб турадику ёки умуман хамма ошналаридан воз кечиб бошка шахарга кучиб кетган эканда, кейин турмушга чикадиган кизини ота онаси бемалол жунатиб юборарканмиш, менталитетимизга ушбу холатни тасаввур кила олдиларми, келиб бемалол куришарканмишу кариндоши индамасмишу, кетмайман деса киз куркиб кетибдикан, севса хурсанд булар 1 кун корни очсин кетади как миленкий. Так что вам все "спокой ночи малыши" до новых сказок. Эхх одамлар одамлар, битта ёш бола шунчасини лакиллатди утирибсизлар,кеча кинони куриб колгану мухокама килгиси келиб колган болани

33 Azizbek717   (29-Май-2012 03:04) [Материал]
agar bklsaiz inson ota-onasi o'lganda ham chidiydi o'ylab ko'rin ota-onayaaa siz uzog'i bilan 2yildan beri gaplawib kevotgan qizizni unutomismi??????? Siz unutolis manga iwoning (boshidan o'tqizgan Tabib eyvotti.)

34 o'shabola   (29-Май-2012 08:59) [Материал]
maslahat: SEVSEN KURASH! Qo'lindan kegan xamma narsani qil! Lekin sevginga erish! Ota onala kop rol o'ynaberishmasinde, bollaniyam azgina chunila!

35 Munojatxon   (29-Май-2012 16:59) [Материал]
Ota-Onangiz nimani xoxlasalar shuni qilin xar xolda ular farzandiga yomonliki ravo ko'rishmidi. Ota va Onani roziligi bilan bo'lgan xar ish barakali bo'ladi. Bu sevgiz o'tkinchi xavasxam bo'lishi mumkun.

36 biokim6979   (29-Май-2012 19:24) [Материал]
Ота-онани гапига кунмаётган экансиз бизни маслахатимизга кирасизми ?

37 yeah   (31-Май-2012 19:15) [Материал]
xamma aqlli ozicha buyoda. xich kimda yuregiga yoqadgan gap yo'. ozinda shunaqa situatsiya bolishi kallengayam kemidi bilagonla. koment chiqarilaaaa faqat

38 Maxsuda   (01-Июн-2012 01:42) [Материал]
Birinchidan gaplashib yurgan qizizi ota onasi kimligini surushtirishiz keragidi, ikkinchidan ota onani rozi qilish kere lekin bu dunyoda ulani xatolariga nimachun farzandlar javob berishadi, Ruxsoraxonam siz bn birga kurashmasdan nega xolasinikiga ketadi, sevishi bilganda kurashishni bilmidilami, rostanam bir birizga bugan muxabbatiz sof busa birga siz bn kurashish kere. Bu yolgon xayotda Olloxim bandalarni kop sinovlar bn sinarkan, bir kam dunyoda xammasiga baravariga qol etkazaman deb uzizi qiynamang, siz yigitsiz bir yil utdi har kecha uni uyiga boraman, ko'cha boshida utira utira qaytib ketaman dib yozibsiz. Bu ishizzi korib Ruxsora jim qoldilami, siz bn kurashmasa nimaga sizzi umidvor qiladila, sizzi qadriz yo'mi, sevgi dib uzizi yongan otga tashamasdan aql bn ish yuritsaiz bolarkan. Rostanam bu hikoyaiz judayam galati, Shabnam kinosini mahorat bn dublikat qivopsiz, qoyil, hamani ishontirdiz cool

39 QOQONUZ   (24-Авг-2012 13:46) [Материал]
ota onangizni rozi qiling qiz topiladi lekin ota ona topilmaydi

dth="100%" cellspacing="1" cellpadding="2" class="commTable">
Исмингиз *:
Email(шартмас):
Код *:

Диққат: Ёзиб қолдирилган изох дарров сайтга чиқмайди. Хар бир изох узоғи билан 24 соат ичида текширувдан ўтади. Мабодо бу вақт ўтгач хам сайтда изохингиз чиқмаган бўлса унда чиқарилмаганлик сабаблари қўйидагича бўлиши мумкин: 

Сайтимизда сўкиниш, хақорот, камситиш, мазах қилиш, салбий ва диний тарғибот, махалийчилик, миллатчилик, реклама ва қадр қимматни ерга ургувчи АЛОМАТЛАРИ БОР изохлар сайтга чиқмасданоқ ЎЧИРИЛАДИ!

Шунингдек миш-миш бўлиб кетишига сабабчи бўлгувчи тасдиқланмаган маълумотлар, тасдиқланмаган гап-сўзлар хам изохлардан ўчирилиши мумкин!

-Қолдирилаётган изох ўша мақоладан ташқаридаги мавзуда бўлса хам ўчирилиши мумкин. 

(батафсил манбаа)

Изохлар модератори NOZI, Шахло Қодирова ва Бекзод

YUQORIGA!