Бош сахифа » 2010 » Декабрь » 26 » Суйганим хижобга қарши. Якшанба: мухлис минбари.
07:46
Суйганим хижобга қарши. Якшанба: мухлис минбари.

Hurmatli sayt ijodkorlari,man sizlaga ozgina uzimi boshimdan utkizgan voqeani suzlab bermoqchiman,man hozir yevropadaman,davlat stipendiyasi orqali kelganman,bizi uqishda hamma qizla uta zamonaviylashib ketishgan,man ham shu jumladan...

ammo baribir uzbekligimi yuqotmaganman va qalbimda iymonim va ollohga chin dildan etiqodim bor! ammo man vatanimdan olisdaligimda hayotimda bir inson uchradiki,u manga haqiqiy hayotni kursatdi,hayotdagi vaqtinchalik vaqtichogliklaru barcha yengil hayotga aloqador bulgan hamma narsa utkinchi va keraksiz ekanini,olloh uchun tugri yashashni urgatdi! buni qnaqa tushunish uzingizga havola,man butunlay uzgardim,qalbimda vatanim soginchi,tezroq uzbekistonga qaytsam va ota onammi bagrida hammasi ...muhimi muslimaligimcha qolib shunaqa yashashga intilayotgan edim,uqishimmi tugatgach hijobga kirib muslima uy bekasi bulmoqchi edi,ammo....

boshqa bir inson-u manga uylanmoqchi bulgan yigit-manga etdiki,agar man hijobga kirsam mandan kechishini va yana bir  qancha gapla...  bu gaplani hatto yozib ham bulmidi,negak hijobdagila hammasi (uning gapicha)quporuvchi,hammasi vatan dushmani ekanla!! hijobdagila vahobiyla ekanla!!! bu gapim uchun u mani shu darajada haqorat qildiki...

axir uzbek yigitlarimiz uz juftu-halollini,singgillarini yopiq kiyinib uzini nomahramdan berkitib yurishini istashardiku,ammo bu kishi esa mani zamonaviy bulib,ochiq yurishim kerakligini,etdi....

man bu voqeadan keyin unga shunaqangi tushuntirishla berdimki,oxiri u uzr suradi,ammo haligacha baribir uni iymoni usha usha...man bu yigit haqida uzim kerakli qarorni qabul qildim,ammo....man bir gapni aytmoqchiman barala-man vatandan olisdaman, uzbekistonimmi juda-juda soginganman, uni hech qaysi dunyoni chiroyli shaharlariga alishmiman,ammo bu hijobga kiraman deganim bu vatanimga xoinlik qilman deganim emas!!!!

mayli bu yozganlarimmi uqiganla mani boshqacha tuishunsinla ,ammo man iymonim vijdonim pok holda ollohga ibodat qilaman xolos... uzbek yigitlarimizga etmoqchimanki iltimos  etiqodingizni yuqotmang...

hurmatli Sayyod,agar maqul topsiz,bosish ruxsat etilsa bunaqa maqolala buni nashr etarsiz saytizda,man etmoqchi bulganlarimmi qisqacha etdim xolos...negaki mani qiynadi bu mavzu?? ismim va e-mail adresimi bermangla iltimos! oldindan raxmat



Эслатиб ўтамиз, хар якшанба мухлислар куни бўлиб ўз муаммо ёки кўнгил кечинмалари билан бўлишиб кенг омма билан хал қилишга имкониятингиз бор.  sardor@sayyod.com почтасига иложи бўлса кирилл харфларида нома битишингиз мумкин.

Бўлим: Muhlis Minbari | Кўрилган: 14082 | Чоп этди: Sayyod | Теглар: Yakshanba-Muhlis minbari

Нравится
Барча изохлар: 541 2 »
1 KrasavchiK   (26-Дек-2010 09:17) [Материал]
Chumadim bu qizga !? Nima siz behijob yursiz kimligizzi unutib qo'yasmi yoki Alloh borligi va unga etiqodiz yo'qoladimi kechirasizu odam qatta va qay ahvolda bo'lishizdan qatiy nazar o'zligini va etiqodini saqlab qola oladi ! shunaqa ekan shuncha voht hijobsiz yurgansiz bundan keyin ham yura olasiz ! Demoqchi bo'ganim kim qanchalik etiqod qvotti tepada yaratganni o'zi ko'rib turibdi hozircha esa siz eriz etganini qilib yashin !

2 robiya   (26-Дек-2010 09:31) [Материал]
xa albatta judaxam tug'ri yo'l ammo u yigitni qilig'i o'tib tushibdi axir sizni hijobga kirishingiz albatta ungaham u dunyoda yahshiligi borku ... sizga maslahatim yuragingiz aytganini bajaring chunkiy siz xozir ikki yo'l orasida turibsiz va ALLOH sizga nazarini solgankiy sizga shunday onlar xadya qilinmoqda (hijobga kirish onlari) bunday OLLOHning nazari har kimga ham tushavermaydi alloh buyuk zot ... u yigit ham inshaalloh o'z so'zlagan xatosini tushunib yetadi axir xech qaysi erkak xoxlamaydiku --ayoliga xar qanday erkak yomon ko'z bilan qarashini hijob esa bunday nomaqulchilikdan faxshlardan xamda zinolardan saqlaydi inshaalloh (albatta shayton xar yerda nozirdur undan juda xam ehtiyot bulish lozim ) xullas meni aytmoqchi bulganlarim shu .... raxmat

3 Amir   (26-Дек-2010 10:56) [Материал]
Eeee malades qiz ekansiz. Allohga haqiqiy iymon bilan, toza vijdon bilan faqat uzining roziligi uchun ibodat qiladigan qizga kerak bo'lsa ko'rmasdan uylanardim. CHunki aniq bilamanki Allohning amridagi inson haqiqat ustidadir, ana usha inson haq yo'ldadir. Man umrimni davomini adashgan, zalolatdagi qiz bilan utkazishdan Allohdan panoh surayman. Shu yerda yana bitta gapki Shu qiz usha evropada turib hidoyatni topibdi, iymonini saqlab qolibdi, uzimizda turib, zamon, zamonaviylik deyayotganlarning gaplari bahonadan boshqa narsa emasligi oydinlashadi. Usha bahonalar utmaydigan kunni o'ylab kurish vaqti kelmadimikan?

4 Baron   (26-Дек-2010 11:20) [Материал]
Ассаламу Алекум хош 1чидан Аллох сузи котта хариф билан бошланади кейин ман чота чунмадим сизга ким имон нималигини чунтирдиюю ким сиз хижобга киришизга карши англамадиму ман сизга этаман Тошкенга яани Узбекистонга кайтинг бизда Имон эгалари Иншааллох куп топилади агар хижобга кирмасэз катта гунох булади буникуп узбек кизларига тушунтириш кийин чунки бет котиб кетган европа давлатлари Хижобга карши чунки улар Ислом дини уларни босиб олишдан РУХОНИЛАРИ жуда куркишгани бойис Ислом деса РЕРРОРНИ рукач килишни урганволишган СМИ деган бало оркали бутун Европа Америка халкларига булмагур ЛОФ сузлашади WikiLeaks Джулиан Ассанж жаноблари уларни асил башарасини очвоттилар Аллохга шукур хуллас гаппи лундаси исломда туриб Сиротал Мустаким йулидан адашманг! ХИЖОБ СИЗНИ ЯАНАДА ГУЗАЛ КИЛИБ СИРЛИГИНГИЗНИ БУНДАДНДА ЗИЁДА КИЛАДИ ИНША АЛЛОХ

5 Dilmurod   (26-Дек-2010 11:32) [Материал]
ALLOH qalbizdegi Iymonizzi munavvar aylasin. O'zi rozi bo'ladigan bandalar qatorida Qilsin barchamizani. Amin.

6 DAVID BECK   (26-Дек-2010 11:34) [Материал]
eeee ollohim qani edi menga shunaqa qiz uchrasa.Haqiqiy imoni bor qiz ekan.
Odalma qanaqa oylashsa , oylayversin lekin siz oz yolizdan qaytmang.Bu omonat dunyo. U yigitga ham ollohdan kuchli iymon berishini sorang.

7 BONU   (26-Дек-2010 11:35) [Материал]
Qoyil qoldim sizga. Alloh rozi bo'sin! Iymoniz, insofiz bundanam mustaxkam bo'sin!

8 lola   (26-Дек-2010 11:48) [Материал]
bu juda qiyin masala..

9 vvv   (26-Дек-2010 12:41) [Материал]
синглим узизни хаётиздаги мухум мавзуни ктариб чикибсиз сизга бирдан бир маслахатим. Сизга оллохни узи хидоят бериб куйибди бу иймон лаззатини хамма хам лаззатидан бахраманд була олмайди сиз у болага тегсангиз сузсиз гунох килган буласиз нима десангиз хакикий муслима киз хеч качон мусулмонликни даво килмайдиган ДАЮСДЛАРГА ТУРМУШГА ЧИКМАЙДИ. сизга маслахатим хеч качон у даюс болага турмушга чикманг уткинчи алдов дунёга учманг хаккий абадий дунё ИНШААЛЛОХ ЖАНАТДА БУЛДАИ .

10 bomba   (26-Дек-2010 13:37) [Материал]
Salom sayyod va vatanidan olisda uz nomusi deb kurawayotgan mumina! siz aytgandek hamma ham unday yigitlardan emas... u yigit sliwkm sevelizovanni bob ketgan ekan shekilli uzbekligini unutib yuvoribdi... shirin suzga ilon ham inidan chiqadi... siz unga yotigi bilan tushuntiring... yuregida azgina iymoni bolsa tushunadi albatta... endi wunaqa yigitlarga kelsak, iltimosim dayus bob qolmanglar... uz juftini qizganmagan erke erkemas!!! bu mani fikrim!

11 Oddiymuhlis   (26-Дек-2010 13:59) [Материал]
Allohim sizga uzoq umr bersin, doimo iymoningiz bundanda mustahkam bo'lsin. U bolaga esa Alloh o'z jazosini beradi.

12 Jamila   (26-Дек-2010 13:59) [Материал]
Fikrlaringizni o'qib usha yigitga togrisi achindim... O'zbek yigitlariga hos bolgan oriyat qani? Nahot erkaklarimizda grur yoqolib ketayapti... bu juda achinarli. Yaxshisi bu yitdan ozingiz vos keching. Hijob... yopinchiq... bu ayollar uchun farz. Turmushga chiqish sunnat. Sunnatga amal qilish uchun farzdan vos kechilmaydi... Zamonaviy deganda nimani nazarda tutgan bolsa kalta yupka tor shim... jufti halolini koz koz qilish... uyat emasmi? Erkak degan nom hayf bu toifadagi yigitlarga... Sabr qiling Alloh sizga iymonli yigitni inom etadi. duo qilaman Allohni tanigan inson sizni baxtli qilsin . Ilohim bir birlaringizni jannatlarga etaklovchi juftlik bo'lingizlar. Usha yigitga ham Xudodan imon suraylik...

13 Shahnoza   (26-Дек-2010 15:43) [Материал]
Hozir ko'pchili ayolla qizla hijobni o'ziga niqob qip ovotti. to'g'ri hammasiyammas. Balki usha yigit ushandan qo'rqqandir. yana bilmadim. Ollohni o'zi kechirsin.

14 Umida   (26-Дек-2010 17:24) [Материал]
Salom Sayyod va sayt muhlislari.xatni o'qib fikrlarimi bildirmoqchiman. Manimcha,gap hijobda emas,hamma gap qalbda,tilda.hijob (buni ko'p marta etishgan OAVda) arab davlatlarida kiyiladgan kiyim.ob havo taqazo qilgani uchun shunaqa kiyinshadi.hijobsiz e'tiqod,toat ibodat qilish xisobga o'tmidi dip kim etti? Eng 1-navbatda shuni esda tutish kereki kimmi ibodati qabul kimmiki yo'q buni biza umuman gapirishga haqqimiz yo'q.iymoni bor ayol hijobda bo'masa ham chiroyli,bejirim,oddiy kiyinadi.ibodatni maqtanish uchun qilish keremas.faqat Allox va o'zimiz uchun!

15 saodat   (26-Дек-2010 17:29) [Материал]
mani fikrimcha ayol kishi eri nimani etsa qilishi kere,hijobga kir disa kiradi,kirma disa kirmasligi kere,lekin ula hali sizi eriz emasla,lekin bola doim sevganimga man xo'jayinchili qilaman db o'ylidi bu albata noto'ri,hayot qanaqa bo'ladi kim sizi eriz bo'ladi buni xich kim bilmidi,qizla doim sevganimga teyaman db o'ylashadi lekin buni faqat xudo biladi,odami hayoti 5minutdayam o'zgarib ketishi mumkun,asosiysi xama baxtli bo'siz omin

16 мунаввархон   (26-Дек-2010 17:57) [Материал]
Оллох йулида юрганлар Оллох сузидан чикмаслар Оллох буйругини килинг кам болмайсиз хакикий бахт шу.

17 Dilbaroy   (26-Дек-2010 18:41) [Материал]
Men ham ro'mol o'rashni xohliman lekin onam qarshila.Lekin qalbizdagi ixlosni yo'qetmen!

18 Ollohning bandasi   (26-Дек-2010 18:55) [Материал]
Olloh va va Uning Rasuliga iymon keltirgan odam o'z ahli ayolini avratlarini ochib yurishiga yo'l qo'ymaydi chunki Muhammad (S.A.V.) dayus jannatga kirmaydi hatto uning hidini ham hidlamaydi holbuki uning hidi 1000 yillik yo'ldan ham kelip turadi deb marhamat qilganlar

19 Dina   (26-Дек-2010 21:21) [Материал]
Kechirasizu lekin odam hijobda bo'masa ochiq kiyinib yurishi shart digani emas, hijobda yurmiy turubam tuzuk, yopiq kiyinib yursa bo'ladi, hammasi o'zizzi qo'lizda. siz o'ylavossizki boshimga ro'mol o'rab hijobli bo'b qolaman dib? yo', hijobli bo'lish uchun birinchidan dildan pok bo'lish kere, nomoz o'qish kere (o'zi uchun), a boshizda ro'mol bo'lishi shart dib bilmiman, usizham yopiq kiyinib yursa bo'ladi. lekin siz etgan yigitniyam gapini tushunvomman, prosto ko'p o'ranganla o'zi birovla ko'rsin dib o'ranadi, siz faqat o'zizzi bilib, hayotda qoidalariz bo'sa, nima mumkin nima mumkinmas, o'ziz etdizku bitta odam sizga ko'p narsani o'rgatdi dib. eng muhimi o'zizzi yaxshi tutsez, o'zizga ishonsez bo'ldi. omad tiliman!

20 davron   (26-Дек-2010 21:27) [Материал]
Синглим Сиз тугри мавзуни кутарибсиз. Бир-иккита хоинларни деб сизларни кора деб уйлашяпти. Уларнинг тушунчаси йукда. Улар хижоб ураганлари билан Уларда ватан мехри йукда. Яъни уз фикри йук. У йигитга Аллохдан Иймон тилаб коламиз. Уз аёлини кизгонмаган ва химоя килмаганлар Ватанни кандай химоя килади. Аллохга шукр бизда улар озчилик. Улар биздан кочиб озгина кийинчиликка кетишиб юборяпти. Ватанимиз Худо хохласа янада яхши булади. Тез ёнган олов тез учадику. Буни дунё хам куриб турибти. Биз аста секин сабр билан шу йулларга етиб келдик. Биз Мустакил булганимизда Жуда куп Давлатлар Уз гуллаганларини мактаганлар. Лекин уларнинг илдизида куч йук эди. Бизни илдизимиз бакувват. Аллохдан Хаммамизга тоза иймон ва сизга ухшаганлардан ибрат олсинлар.

21 BeXa   (26-Дек-2010 22:49) [Материал]
xa o`zbekistonnimizani biz xam juda juda sog`inganmiz! siz opacha olloh korsatgan yoldan adashmeng faqat qalbizga quloq soling!

22 Akrom   (26-Дек-2010 23:14) [Материал]
Singlim sizga avvalo Yaratgandi u'zi qalbingizni shu narsa burib quyibdi bu narsani eytiyot qiling.Endi yigitlarimizga kelsak ularni ayblamoqchi emasman.Bunga ota-ona oilada diniy ilimlarni berish kerak.Bilimsizlikni orqasidan U'zbekistonda kundan-kun dayus yigitlar ku'paymoqda.Xotinini, singlisini, qizini ku'chalarda ,tuylarda yarim yalang'och ochilib yuganiga ularni nomaxram erkaklardan qizg'anmay qolishgan.

23 Jamila   (27-Дек-2010 00:02) [Материал]
Sizni sozlaringizni uqib sizni qalbingizni ochilishiga sabab bolsan insondan Alloh rozi bo'lsin! Hijob... yopinchiq... Islomda 5 farz borligini hamma biladi ammo ayollar uchun Hijob bu far hisoblanadi... Turmushga chiqish sunnat, sunnatni bajarish uchun farzdan vos kechilmaydi. Siz sabr qiling Alloh mehribon va rahimli va karami keng zotdir U har bir bandani qalbini bilguvchi... Qolaversa niyatga kup narsa bogliq. Niyat qiling ilmli Yaratgani taniydiga insoni uchratasiz... Zamonaviy deganda usha yigit nimani tushunar ekan kalta yupka tor shimnimi? Uyat... or nomus qani? Onqi pas manqurtni gaplari-ku... Bu toifadagilar ertaga nima deb javob beradi? Siz togri yo'ldasiz...Ba'zan shunaqa erkaklarimiz borligidan uyalasan kishi...biz qayrga qarab ketayapmiz... Duo qilin usha yigitga ham Alloh insof beraman desa hechgap emas. Ilohim bir birlaringizni jannatlarga etaklovchi juftlik boladigan umr yuldosh uchrasin. Duo qilaman ammin!

24 b   (27-Дек-2010 01:19) [Материал]
krasavchik,san xudoni lanatiga uchrading shu suzlaring bilan! negaki hijob bu farz!

25 xurshida   (27-Дек-2010 01:22) [Материал]
Assalamu alekum. 1-2-ta odamlani commentini oqidim rosa hafa boldim. eri hijob kiy disa kiymaw kere kiy disa kiyiw kere. bu umuman notogri narsa. avvalom bor Alloh ozi quronda etib qoygan ayolla hijob orawi wart deb . agar ota ona qizi ni hijob orawiga qarwi bosa owa qiz iymoni bilan hijobga kiriwi kere chunki ota onasi qizini togri yoldan qaytarvotti. agarda eriyam hotiniga hijob orama rozimasman disa hotini owawi kere chunki eri ayolini togri yoldan yani islomiy yoldan qaytarvotti va ohiratdayam eri ayoli uchun javob beradiku. islomni chunmidigan insonla dayus bolib hotini ochu sochu kiyintirib qoygan ertaga ozi javobgarku . ayoli oziga qarab yopinib yursa avratlarini korsatmasdan nomahramlaga oxiratdayam erigayam ajru savobi kottaku nega wuni kopchili erkaklar chuniwmidi. lekin qiz bola islomda bosa orangan islommi chunadigan qiz bosa islomni chunadigan yigitga turmuwga chiqiwi kere . islomda bomagan er bilan islomda bogan hotin birga yaway olmidi. baxtsiz bop qoladi 2kaloviyam.

26 Birodar   (27-Дек-2010 08:43) [Материал]
Ассалому алайкум мусулмон ва муслималар!
Баъзи бир узини мусулмон ман дем исломдан хабари йукларни комментарияларини укиб жуда хафа булдим.
Хижоб яъни авратларни ёпиб юриш тугрисида хакикий Куръон ва суннатдан далиллар келтиришни лозим топдим.
Хижоб кийишни яъни авратларни ёпиб юришни Аллох таолонинг узи аёлларга буюрди ва фарз килди. Бу хар бир узини муъминаман деб жаннатдан умиди бор аёллар килиши керак булган амалдир. Калбимда булса булди дейиш билан иш битмайди. Амалда хам булиши керак. ёки сизларнинг калбингиз Пайгамбаримиз с.а.в нинг аёлларининг калбидан хам окми???
Ва яна шуни билингларки мусулмон инсон Аллохни фарзларини бажаради агар эри ёки ота онаси норози булса хам. чунки Аллохнинг буйруклари энг устун ва олий хисобланади, уни бажармаган осий катта гунохкор булади.
Хижоб Аллох таъолога ва Унинг пайгамбарига бўлган итоатни ифодалайди. Аллох таъоло Ўзига шунингдек, пайгамбарига итоат килишни барчамизга амр килди: «Аллох ва Унинг пайгамбари бир ишни хукм килган – буюрган вактида бирон мўъмин ва мўъмина учун(Аллохнинг хукмини кўйиб) ўз ишларидан ихтиёр килиш жоиз эмасдир. Ким Аллох ва Унинг пайгамбарига осий бўлса, бас, у очик йўлдан озиш билан озибди.» (Ахзоб сураси, 36-оят).
Аллох таъоло мархамат килиб айтадики: «Йўк, Парвардигорингизга касамки, то улар ўзларида чиккан келишмовчиликларда сизни хакам килмагунларича ва кейин сиз чикарган хукмдан дилларида хеч кандай танглик топмай, тўла таслим бўлмагунларича – бўйинсунмагунларича зинхор мўъмин бўла олмайдилар»(Нисо сураси, 65-оят).
Аллох таъоло аёлларга хижоб тутишни буюрди. Кодир ва Олий зот бўлган Аллох таъоло айтадики: «Мўъмина аёлларга хам айтинг, кўзларини (номахрам эркакларга тикишдан) тўссинлар ва авратларини (харомдан) сакласинлар! Хамда кўриниб тургандан бошка зеб-зийнатларини (яъни устиларидаги либосларидан бошка зеб-зийнатларини номахрамларга) кўрсатмасинлар ва кўкракларини рўмоллари билан тўссинлар!...». (Нур сураси, 31-оят). «Ўз уйларингизда баркарор бўлинглар (яъни бесабаб ўз уйларингиздан ташкарига чикманглар, магар бирон бир хожат учун чикканларингизда эса) илгариги динсизлик(даври)даги ясан-тусан каби ясан тусан килманглар!» (Ахзоб сураси, 33-оят).
Расулуллох Соллаллоху алайхи васаллам айтганлар: “Аёл авратдир». Бу эса аёлнинг мастура – ўранган бўлиши кераклигини англатади.
Аллох таъоло аёлнинг хижоб тутишини иффат рамзи деб белгилади. Аллох айтади: «Эй пайгамбар, жуфтларингизга, кизларингизга ва мўъминларнинг аёлларига айтинг, устларига ёпинчикларини ўрасинлар! Мана шу уларнинг (чўри эмас, балки озод аёллар эканликлари) танилиб, озорланмасликлари учун энг якин(воситадир)» (Ахзоб сураси, 59-оят).
Хижоб хатто калбида марази бор кишиларнинг хам шахватини ман килади. «Бас, сизлар (парда ортидан бирор номахрам эркакка жавоб килган пайтларингизда) майин-назокатли сўз килмангларки, у холда кўнглида мараз-нифок бўлган кимсалар тамаъ килиб колур. Яхши–тўгри сўзни сўзланглар»(Ахзоб сураси, 32-оят).
Расулуллох Соллаллоху алайхи васаллам айтганлар: «Аллох таъоло хаёли, кўздан яшириндир ва кўздан яширин(бўлишни)ёктиради. Шунингдек, Расулуллох Соллаллоху алайхи васаллам: «Аллох буюк ва кодир зотдир. У зот либосини ўз уйидан бошка ерда ечган аёлни ўз химоясидан махрум килади» – дея мархамат киладилар.
Аллох таъоло айтади: «Эй Одам болалари, Биз сизларга авратларингизни беркитадиган либосни хам, ясан – тусан(либосини) хам туширдик. (Хаммасидан) яхширок либос такво либосидир» (Аъроф сураси, 26- оят).
Аллох таъоло хижоб хакида сўз юритар экан, хусусан, мўъмина аёлларга карата хитоб килади: «Мўмина аёлларга айтинг» (Нур сураси, 31-оят),» «...ва мўъминларнинг аёлларига...» (Ахзоб сураси, 59-оят).
Бани Тамим авлодидан бўлган аёллар энсиз тор кийимларини кийган холларида Оиша (Аллох у кишидан рози бўлсин) онамизнинг хузурига келганларида у киши у аёлларга айтдиларки: «Агар сизлар иймонли аёллар бўлсангиз, бу либослар мўъмина аёлларнинг либоси эмас. Агар сизлар иймонсиз бўлсангиз, у холда бу либосларингиз билан хузурланиб юраверинглар».

Сизга маслахатим хич иккиланмасдан Алоох ва унинг расули буюрганини килинг ва икки дунё саодатига эришинг. Аллохни узи сизга муъмин солих куёв насиб килади Иншааллох!!!

Аллох хаммамизни тугри йулдан адаштирмасин, иймонда ва исломда пешкадамлардан килсин.


27 Rano   (27-Дек-2010 09:16) [Материал]
bilasizmi hijobda yursez yuregiz taskin topadi. birhil komentlani o'qib yaron qoldim. Mana siz konglimda bolsa boldi deb hijobga kirmasez bu katta gunoh junki hijob farz, biz Ollohni kitobidan o'zimizga yoqgan joyini olib yoqmagan joyini konglimizda bo'lsa bo'ldi deb chala bajara olmaymizku to'g'rimi?QALbizga qulq tuting yuregiz nima disa shuni qiling

28 odil   (27-Дек-2010 11:30) [Материал]
hammen aqillisan o'zincha!!!

29 malika   (27-Дек-2010 12:27) [Материал]
to'g
risi uyigitiyam tushunin u o'zgachafikirda ekan siz qando bo'sez shundo vevsin chin sevgi shunaqa

30 Muxlis   (27-Дек-2010 13:04) [Материал]
Assalomu alaykum, muhtaram sayt muxlislari,
Iltimos, musulmon Vatandoshlar oxirigacha o'qib chiqinglar!

Men ushbu iymonli qizning maqolasini o'qib chiqdim. Fikrlarimni bildirishdan oldin, u qizga Buyuk Ollohdan sabr tilab qolaman, iymon e'tiqodingizni bundan ham mustahkam bo'lishida yaratganni o'zi madadkor bo'lsin.
Avvalambor, qizga men ham qo'shilaman. O'zbekistonni dunyoda biron bir mamlakatga tenglashtirib bo'lmaydi, O'zbekistonning ma'naviy, moddiy boyligi, tarixi va qadriyatlari o'ziga xosdir, albatta, buni faqat shu Vatanda tug'ilib, uning sof tabiati bag'ridan- toza havosidan nafas olib, shirin shifoga to'la suvlaridan chanqog'ini bosgan odamgina biladi.
Ushbu qizning fikrlarini va unga nisbatan salbiy yoki ijobiy fikr bildirganlarni e'tiborga olib, quyida o'z fikr va mulohazalarimni bildirib o'tmoqchiman.

Ayol - bu iffatdir. Ayol - bu hayo, axloq-odob siymosidir. Ayol- u bizning yo Onamiz yoki opamiz yoki singlimiz yoki qizimizdir. Hayotda Parvardigor hamma narsani juft yaratdi. Shu kabi butun olamdagi aziz hisoblanmish insonning ham jufti bor, biri Erkak biri esa Ayol.
Erkak va ayolning farqli tomonlari bor albatta. Hammaga ma'lumki, erkak hayotda, oilada asosan u boshliqdir, ayol esa unga rafiqa, sirdosh va suyuklisidir.
Parvardigori olam, ushbu yer koinotidagi har bir narsaning o'z qadr qiymati o'z o'rnida bo'lishi va adolatli boshqarilishi uchun insonga bir qancha mas'uliyatlarni yukladi.
Biologiyada jismonan erkak Kuchli jins, Ayol esa - zaif jinsdir, insoniyatda jismonan bunday farq bo'lishini Yaratgan o'zi taqdir qilgan, tabiiyki.
Mas'uliyatning ko'pi erkakka yuklatildi. Erkak va ayolning farqli tomonlarini aytib o'tishda, ularni olia va oilaviy jihatlari va xususiyatlarini aytib o'tmoqchiman. Oilada erkak oila boshqaruvchisi bo'lsa, ayol esa u bilan har tomonlama ko'maklashuvchi, sevuvchi va sirdoshlashuvchisidir.
Tabiiy kelib chiqishdagi erkak va
Ayol chiroyi, go'zalligi, nafosati ko'rkamligi bilan ajralib turadi. Erkakdagi xususiyatlar esa, ayoldagi go'zallik, nafosat, ko'rkamlikdan bahramand bo'lishdir, qolaversa, bir-biri bilan nikohlangan erkak va ayol bir-biri bilan hayotda har tomonlama bahramand bo'ladilar. Har bir inson oilaning bir a'zosidir. Olloh tomonidan berilgan mas'uliyatlarni chin ixlos bilan qabul qilib, uning har bir inson tomonidan bajarilishini orzu qilib yashash ham -IYMONDIR. Erkakning mas'uliyati chiroy, nafosat, ko'rkamlik va go'zallik belgisi bo'lgan ayolni begona ko'zlar va qo'llardan asrashdir. Ayollarning "zamonaviy" deb ataladigan kiyinishlarga berilib ketishi esa hozirgi paytda ko'p hollarda ayolning hayo pardasini buzishga olib kelmoqda. Iltimos, ayolning hijobda kiyinishi - bu uning qoloqligi yoki aqli patligi deb tushunmang, balki, u o'zini hurmat qilayotgan ayoldir.
Hijobda bo'lib turib, behayo bo'layotgan ayollarga kelsak:
Hijob kiyib olib, behayolik qilayotgan ayolga qarata, ha hammasi ham shunday uzicha hijob kiyib olgan bu yog'i esa umuman boshqacha yoki buzuq deyish esa mutlaqo noto'g'ri. Tog'ri, hamma hijob kiygan ham yaxshi bolavermaydi, har xil maqsadda kiyganlar ham bor albatta. Lekin, hijob kiyib olib yomonlik qilayotgan ayollarni e'tiborga olib, POK IXLOS VA NIYYAT BILAN HIJOB KIYAMAN, O'ZIMNING ZIYNATIMNI BEGONA KO'Z VA QO'LLARDAN ASRAYMAN DEGAN AYOL YOKI QIZGA QARSHI CHIQISH VA YOKI UNI HAQORAT QILISH ESA UMUMAN INSON DEYA ATALUVCHI BUYUK OLLOHNING BANDASIGA TO'G'RI KELMAYDIGAN HARAKATDIR. BUNDAY QARSHI CHIQISHDAN OLLOHNING O'ZI ASRASIN. Albatta, bu bildirgan fikrlarim o'zini man musulmon erkak yoki musulmon ayol deb yuruvchilar uchundir.


31 Феруз   (27-Дек-2010 16:30) [Материал]
Газини босинг Шунча маслахатлар юрагиз кайсини хохласа

32 bratuha   (27-Дек-2010 17:03) [Материал]
Odil qo'e (baran) kallen bilan tiqilma. Birinchidan bu qiz qatta erga tegdi umuman tushunmadim vatanga qaetdim dibturib hozi erim bilan chettaman divotti mano 0. Ikkinchidan turmush ortogini etganini qil Islomdan chiq dimadimi boldi iemoni bor. 3dan manga bitta bola etdi divotti i osha bola qani oshanga erga tegish keregidi. 4dan oila tinchligi ham IBODATdur.

33 Muxlis   (27-Дек-2010 21:01) [Материал]
Boooshlandi: "San jannatga kirmisan, san esa kirasan. San xudoni la'natiga uchrading va h.k."

Ey insonlar, biz hal qilmaymiz kim qayerda bo'lishini, Alloh bilguvchi. O'zilani o'zila bilib yurila va olam guliston!


34 Sarvarchik   (27-Дек-2010 23:29) [Материал]
MAktubizi O'qib Chiqib Shundey Hulosaga KEldim...
Albatta Siz Juda ham Tog'ri Qaror qabul qilibsiz,Agar U Inson Sizi Hijobga kirishizi Hohlamasa U Sizi Qadrizga Ham Yetmeydi,Nahot shunaqa Yigitlar ham Chiqgan Bazilar Qaniydi Hotinim Hjobga Kirsa deydi,To'ri Inson Hijobga Kirgani Bilan Chin Muslima Bo'la Olmaydi,Ko'ryapmiz Hijobni Faqat Moda UChun O'rab TurganLaarni ham Hijobni Kiyib Olib Hatto Foxishlaik Qilyapturganlarni Ham..Alllohni o'zi Insof BErsin ..
Sizi Yutug'ingiz Shundaki Siz O'z Qalbizga Quloq solgan Holda Alloh Uchun Hijob O'ramoqchisiz..AlloH Sizdan Rozi Bo'lsin Buni Uchun.Qalbizdagi Iymoniz Butun Bo'lsin..Sizga Maslahatim TAnlagan Yo'lizdan Qaytmen..Alloh TAolO Bu Yo'lda BArdavon Qilsin..
BA'zialrni Esa Majbirlab O'ratib Qo'yishadi LekiN Qalbida Bo'masa Bu Befoyda....

35 Mashhur   (28-Дек-2010 18:19) [Материал]
Mavzi chindanam chigal ekan. Maslahat berish ham qiyin ekan. Qalbingiz nimani hohlasa o'shani qiling.

36 Nodira   (28-Дек-2010 20:42) [Материал]
Boshimda hijobim bolmasa ham qalbim iymon,nurga tola nomoz oqiyman roza tutaman shuni ozi yetarli deyish notogri.Katta gunohlar kichik gunohlardan boshlanadi.quronda ham yozib qoyilgan.Nur surasining 31 oyatida ayollarning faqat kafti bilan yuzidan tashqari hamma azolari avratdir deb yozib qoyilgan.Bazilar qizlariga singillariga majburlab romol oratishadi.uqiz esa uydan majbur romol orab chiqib tashqariga chiqqandan keyin romolini yechib tashlaydi.biz qizlarga ayollarga shu kerakmi? avvalo hijobni ollohdan qorqib uni yahshi korib turib orash kerak. Siz togri yoldan yuribsiz.Man ham sizni orningizda bolganimda hijobni yahshi korib turib undan qalbim siqilmasdan ollohdan qorqib oragan bolardim. Agarda olloni tanimasdan turib undan qorqmaganimda va aytgan buyruqlarini eshitmaganimda hech qachon birovlar oradesaham ota-onam majburlasa ham man hech qachon oramagan bolardim baribir yechib tashlardim . man olloh aytgani uchun ollohdan qorqib oragan bolardim.yigitizga kelsak sizi kimligizi bilmagan erkak erlikka arzimaydi.sizi tushunmas ekan boshqa momin qobil yigitga turmushga chiqing.yigitizi oldiga tarelka tola shirinlik qoying bu shirinliklarni yarmini qogozini ochib qoying qani ochilganini yarmikan yoki ochilmaganini yarmikan. Agarda ochilmagan shirinlikni olib yesa nimaga ochilgan shirinlikni yemaganini sababini sorang .qozon tola ovqatning qopqogini nima uchun yopib qoyiladi .unga pashsha yoki zararkunanda hasharot tushmasligi uchun chang yoki birov kelib qolini tiqvomasligi uchun shundaymi?.

37 Sulton   (29-Дек-2010 09:50) [Материал]
Umida: siz wu gapizzi yoziwdan oldin Qur'on yo'ki Hadisga qaren birinchi keyin yozin Olloh Taolo buyuradi ayolla o'ranib yuriwi kere ibodatga kese u o'zi uchun o'zini foydasiga agar o'qimasa uyam o'zini zarariga bo'ladi.

38 Amir   (29-Дек-2010 12:11) [Материал]
Nodira maladassss

39 kitaets   (29-Дек-2010 18:14) [Материал]
xamma aqilli! ! chin dildan ibodat qilila bo'ldi! kimladir aqillili qilib xijobsiz yursa bo'ladi dbti, yursa bo'ladi konechno keyin naryoda yuromidi o'zi xolagan joyida..QUR'ONdan saaal xabardor bo'lila..xullas bu qizi xijobga kirishiga sababchi bo'gan insonga raxmat. shirk keltirmalarin unaqa eey! oxiratini o'ylela saal!

40 Madina   (30-Дек-2010 01:01) [Материал]
assalomu aleykum. xijob bu farz! usha bola qarshi busa, tashlen ulani. chunki Allohning amriga qarshi boribdila. opajon, chin dildan xolavossakan, inshaAlloh Alloh yordam beradi, sizga sabr tiliman

41 sevda   (30-Дек-2010 13:28) [Материал]
hurmatli opajon. siz eng haq yo'ldasiz allohim ko'nglizni ochbd hch kkilanmasdan hijobga kirin va allohim qodr etganicha ibodat qlin. kim nima disa diyvursin hich kimi gapiga quloq solmen hamma o'zini qabirga tuwadi demak hamma qilgan iwlariga yarawa jazo va ajrni oladi. turmuw o'rtogizi qarwiliklariga kelsak allohim o'zi qalblarini ochsn lekn qarshlik ko'rsatvursala faqat wu holatda ulani etganlarini qlmasdan hatta ajrawiwg ham haqqqz bor bu haqiat

42 Muzaffar   (30-Дек-2010 17:54) [Материал]
Qoyil

43 la shak   (02-Янв-2011 11:02) [Материал]
shirk keltirmanglar brodarlar farz amalni qilmasa bo'laveradi deb

44 la shak   (02-Янв-2011 11:03) [Материал]
obbooooo la shak

45 la shak   (02-Янв-2011 11:05) [Материал]
shirk keltirmela

46 DILMUROD_UK   (03-Янв-2011 02:08) [Материал]
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barokatuh.

AZIZ MUSLIMA SINGLIM YOKI OPAM, SIZNI ALLOH QALBINGIZGA QURONDA ALLOH BUYURGANIDEK KIRGANINGIZNI O'QIB SIZNI DUNYODAGI ENG BAXTLI INSON EKANINGIZNI BILDIM. BILASIZ, ISLOM G'ARIBLIK BIILAN BOSHLANGA
N VA G'ARIBLIKKA QAYTADI (HADIS). G'ARIB INSONLAR BUZILGAN INSONLAR ORASIDA BUZILMI O'Z ETIQOD IYMONIDA MMUSTAHKAM TURGAN INSONLARDING. G'ARIBLARGA JANNAT BO'LSIN DEGANLAR HAZRAT MUHAMMAD SAV.

SIZGA DUO QILIB SO'RIMANKI, ALLOHIM O'ZI SIZGA O'ZINGIZ KABI IYMONLIK ETIQODLIK POK YIGITNI UCHRATSIN. HECH SIQILMANG, AXIR ALLOH KIM HAQIQIY IYMONDA EKANINI YAXSHI BILGUVCHI VA SEVGUVCHIDIR.

SIZGA MUSOFIRCHILIKDA ALLOHNI O'ZI SABR VA MUSTAHKAM IYMON BERSIN. OMIN.

BIZ ALLOHNIKIMIZ VA ALLOHGA QAYTGUVCHIDIRMIZ.


47 Xurshid   (03-Янв-2011 11:22) [Материал]
Singlim. o'sha arabcha xijobga kirish shart emas bizni momolarimiz ham taqvodor bo'lishgan va sizdada yaxshi bo'lishgan. Bizning ham milliy liboslarimiz kerakli joylari yopiq va bejirim tikilgan, ochiq sochiq emas siz o'sha milliy liboslarimizni kiyib taqvodor ayol bo'sayiz qanchadan-qancha ayollarga namuna bo'lar edingiz. Hullas ota-bobong qilgan ishni qil deb bekorga aytmaydi dono halqimiz

48 To'lqin   (03-Янв-2011 11:41) [Материал]
xozzir qizlani narmalnisi qomadi xamela aynivosla yalong'ochlashib ketdi qizlarimiz?

49 To'lqin   (03-Янв-2011 11:42) [Материал]
qizla buzilvotti

50 Everything will be OK   (03-Янв-2011 16:43) [Материал]
Узилача унака фатво бервормела "сан ширк келтирдин, хижоб урамасаям булади, хижоб урамасен аллоххи лаънатига учрисан" диб, у дунёда жовобини берасла хали этган фатвола ун!!! хаммаси яхши булади, факат сабр килиш кере булди. чунмаган нарсани вактга ташаб куйиш кере, ушанда хаммаси узидан узи хал буп кетади.

1-50 51-54
dth="100%" cellspacing="1" cellpadding="2" class="commTable">
Исмингиз *:
Email(шартмас):
Код *:

Диққат: Ёзиб қолдирилган изох дарров сайтга чиқмайди. Хар бир изох узоғи билан 24 соат ичида текширувдан ўтади. Мабодо бу вақт ўтгач хам сайтда изохингиз чиқмаган бўлса унда чиқарилмаганлик сабаблари қўйидагича бўлиши мумкин: 

Сайтимизда сўкиниш, хақорот, камситиш, мазах қилиш, салбий ва диний тарғибот, махалийчилик, миллатчилик, реклама ва қадр қимматни ерга ургувчи АЛОМАТЛАРИ БОР изохлар сайтга чиқмасданоқ ЎЧИРИЛАДИ!

Шунингдек миш-миш бўлиб кетишига сабабчи бўлгувчи тасдиқланмаган маълумотлар, тасдиқланмаган гап-сўзлар хам изохлардан ўчирилиши мумкин!

-Қолдирилаётган изох ўша мақоладан ташқаридаги мавзуда бўлса хам ўчирилиши мумкин. 

(батафсил манбаа)

Изохлар модератори NOZI, Шахло Қодирова ва Бекзод

YUQORIGA!