[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Форумистон » Умумий » Ижодистон » Hikoya (O'zimiz hikoyalar yozamiz!)
Hikoya
LoadingСана: Жума-муборак кун!, 21-Сен-2012, 08:40 | Изох # 551
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Giyos hikoya monologizni nomi nime bunaqaligi endi yetib keldi.

. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
Bir taqdir.
2
Tashqaridan erkak kishini ovozi eshitildi. Devordagi soatga qaradim. Salkam to'rtni ko'rsatib turibti. Oyoq tovushini eshitib bir qadam orqaga chekindim. Ko'zim otilib chiqqudek bo'lib eshikka tikildim. Tango ingichka karton quti ko'targancha honaga kirib keldi. Men eshik ortidan birov kirarmikan deb kutib turdim. Tango meni ko'riboq kulguchli yuzi jiddiy bo'lib qoldi. Bir muddat shunday turib qoldik. Keyin honani uning kulgu ovozi to'ldirdi. Endi men kulgu sababini chunolmay hayron jilmayib turibman. "Tinchlimi, nimadan bunchalik qo'rqib kettiz?" dedi kulgudan o'zini bosolmay. Oradan besh daqiqa o'tsaxamki kulgu to'xtamadi. U tinmay uzur so'rab, nozik barmoqlari bilan og'zini to'sishga, biroz bo'lsada o'zini qo'lga olishga urundi. Sochlarini barmoqlari bilan taramlab o'zini biroz tartibga keltirgan bo'ldi.
Devordagi sir.
Uzun sochini nozik qo'llari taramlar ekan, soniyalar ichida shu sochlarni men silasam edi degan hayol mendan o'tdi. Uning bodomni eslatuvchi ko'zlaridan tomchilagan yoshini artgim keldi. Uning ko'nglini ko'targan kulguga faqat men sababchi bo'lishni istadim... Xona birdan jim bo'lib qoldi. Men ham u qarab turgan devorga yuzlandim. Devorda boya men etibor bermagan surat osig'lik turardi. Bashang kiyingan, sochlari hafsala bilan taralgan, 25 yoshlar atrofidagi yigit suratiga qarab Tangoni ko'zi yoshlanishga ulgurdi. Sohta jilmayib meni yana dasturxonga taklif qildi. Honani esa yoqimli pitsa hidi to'ldirib bo'lgandi.
Yengil tamaddi qilib bo'lgach suxbat yanada qizidi. Devordagi surat uning yagona o'g'lini surati ekan. Bu suratga tushganida 18 yoshga to'lgan kuni ekan. Odam odamni ko'rganida dardini dasturxon qilavermaydi. Ayniqsa begona insonga. Lekin Tango meni tanidi. Kuzatgan. Menga ishonib ichida tosh bo'lib yotgan dardlarini aytishga ikkilanmadi. Balki u meni ichki dunyoyimni bilgisi kelgandur? Hayotining tunu-kunida birdek hushomad qilishlari, hohishlarini qondirguncha mexribon bo'lishlaridan charchagandur extimol. Balki Tango allaqochonlar sevgi faqat to'shakda, sevgi sotiladigan matox degan fikrda qotib qolgandur? Yana kim biladi deysiz? Extimol har safar xaqiqiy insonni uchratim deb o'ylar. Men shu oylar davomida bir hulosani yozib qo'ydim. Balki uning, va u kabilarni baxtsizligiga buzuqliklari sabab bo'lsa kerak? Salqin coladan simirib shu hayollarga berildim. O'tkirroq biror nima taklif qilmadi. Tomog'im qurib ketkanidanmi, yoki tungi klubda ichkanimni kayfi tarqadimi, dadillik yoqoldi. U esa sobiq erini maqtashni boshladi...

P.S o'zgartirish kiritilmadi.

Добавлено (21-Сен-2012, 07:40)
---------------------------------------------
-O'g'lim otasini g'irt o'zi. Erimam baland bo'yli kelishgan yigit bo'lgan. U bilan tanishganimizga bir oy o'tmay to'yimiz bo'lgan. Juda baxtli edik. Baxtiyor dunyoga kelgach o'zimni tugal baxtli hisoblay boshladim. Oilam, sevgan yorim, ko'zimiz quvonchi bo'lgan Baxtiyorim bor edi. Boylik esa meni hech qachon qiziqtirgan emas. -- Tangoni ko'zi yoshga limo-lim to'lib turibti. Shirin hotiralar ummoni ko'zida to'lqinlanib turgandek. Kiprik qoqsa ko'z yoshi qirg'oqlardan toshib qayg'uli yuzlarini yuvib o'tadi...


Faqat 3 ta shart!

Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Loading - Пайшанба, 20-Сен-2012, 22:32
 
DilraboСана: Жума-муборак кун!, 21-Сен-2012, 09:28 | Изох # 552
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 627
Холати: Хозир йўқ
Tungi klublarning "shafaqlar"ida adashganlarning hayoti haqida öqisam hayron qolardim.Odamga Alloh tanlovni öziga havola qilganku.Nega wunaqa yöllarni tanlawarkan.Javob ilmsizlikdan deb,javob bersak.Ilm olish un ham iroda kerak,odamda iroda kuchi ojiz bölsa,har qanday yöllarda qoqilib yiqilib qolib ketaveradi...Hikoyani ta'sirchan ruhda maromida yozapsiz,menimcha.Ijodingizga omad.

Добавлено (21-Сен-2012, 08:28)
---------------------------------------------
Wu hikoyalar mavzusi nihoyatda aralaw-quralaw bb ketayapti.Taklifim:muntazam hikoyalar yozib boriw niyati va imkoniyati bor forumdowlar alohida mavzu ochsalaringiz maqsadga muvofiq bölardi.Hamma bitta mavzuda ijodiy mehnatini aralawtiriwi wartmasku


Nigohimda jamdir bu olam...
 
LoadingСана: Якшанба, 23-Сен-2012, 20:05 | Изох # 553
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Bir taqtir
3
Endi men uning yuzida sayozgina ajinni payqadim. Xayotiy hikoyasida nima uchun boylikka urg'u berib o'tkani menga qiziq tuyildi.
- Ular xozir qayerda -- Savolim no o'rin bo'ldimi biroz jim turib javob berdi.
- Fronga ketgan. -- dedi salfetkaga yoshini artib. Biror nima demoqchidek taraddudlandi. Yengil tamoq qirib hikoyasini kelgan joyidan davom ettirdi. - Baxt biz tarif beradigan narsalarda emas ekan. Har insonni baxti o'zgacha bo'lar ekan. Mana sizga baxt xaqida gapirib o'tiribman. Men uchun baxt nimada ekanini sanab berdim. Lekin aslida baxt nima? Bilmayman, baxtli kunlar oldindami yoki usha o'tkan kunlar baxtli edimmi? Qo'pol hazil qildim. Baxtiyor o'lgandan keyin erim menga achchiq qilib tashlab ketkan...

Добавлено (22-Сен-2012, 19:32)
---------------------------------------------
- Nima, o'g'liz o'lganmi? -- odatga ko'ra o'tkanlarni rohmatiga olsin deb duo qildim.
- Ha avto xalokatda. Rulda baxtiyor o'tirgandi. Xaydiman dib qo'ymadi. Mashinani juda zo'r boshqarardi. Lekin usha kuni sezgan ekanman. Hech to'xtagim kelmadi. Uyimizga bir choraxa qolganda o'rin almashdik. Yashil chiroq yoqilib choraxaga kirganimiz esimda. Kasalxonda uyg'ondim. Baxtiyor qo'limni ushlab o'tiribti. Soppa-sog'. Manga qarab jilmaydi. Xaroratini sezmadim. Yuzimdan o'pib honadan chiqib ketti. Shifokorlar unga etibor bermay birnimalarni maslaxat qilishmoqda. O'g'limga adasini so'riman ovozim chiqmidi. Ichimdan bir yo'talib hushimga keldim. Men ko'rganim tush ekan. Komada ekanimni bilmagan edim. Baxtiyorim o'lganini, hushimga kelishimni erim kutib yurganini bilmagan edim. -- Tangoni kiprigida faqat bir tomchi yosh turibti. O'zini yoqotmay, ravon so'zlayabti. Men bilmadim. Nima uchun men Baxtiyorga begona bo'lib ko'z yosh to'kib o'tiribman. U esa baxtli xayotining fojiyali yakunini ko'zida faqat bir tomchi yosh bilan eslayabti...

Добавлено (23-Сен-2012, 19:05)
---------------------------------------------
Sababi nima ekan? Ko'nikishmi? Bemexirlik? Sevgan odamini tashlab ketkani uni hissiz qilib qo'yganmikan? Qaydan, balkim u Baxtiyorini qabri ustida yig'lamaslikka qasam ichkanmikan? Bir tomchi yosh, yoki uning ko'zida qolgan yosh shudur? - Sevgan inson suyuklisini hayotga qaytishini kutmasinmi? -- bu savolni berdimu uning "Baxtiyorim o'lganidan keyin erim menga achchiq qilib tashlab ketgan" deganini esladim. Hulosam uni javobi bilan bir vaqtda hayolimdan o'tdi.
- Afsuski siz etkanizdek bo'lmadi. Palatga olishgan kunidayoq u menga ajrashish qog'ozini sovg'a qildi. --Xuddi kinoga o'xshab ketadi. U o'ychan kulib qo'yganda ana shuni o'yladim. Aniqki bu dushmanlarni ishi emasmikin degan savol berdim. Tango bu savolni kutib o'tirgandek jonlandi...


Faqat 3 ta shart!
 
DilraboСана: Якшанба, 23-Сен-2012, 20:37 | Изох # 554
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 627
Холати: Хозир йўқ
Allohning sinovi,deb qabul qilgandir,ehtimol...

Nigohimda jamdir bu olam...
 
LoadingСана: Сешанба, 25-Сен-2012, 09:16 | Изох # 555
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
- Bilasizmi, dushmanin kimligini bilib yashagan yaxshi. Garchan doim unga mag'lub bo'lsang ham. Men dushmanlarim kimligini katta yoqotish evaziga bilib oldim. Moddiy boylik xaqida odamlar turlicha o'ylashadi. Kimda boru, kimda yo'q. Agar manan boy bo'lsa buning farqi bo'lmaydi. -- Uning gaplari chunarsiz. Ilmoqli tarflar kimga tegishli ekan? Menimcha u uyqusirayabti. - Chunolmadim. Dushman, moddiy boylik, nima demoqchisiz. Pul uchun sizga suyuqast uyishtirilganmi?
- Yo'q. Avto halotani aloqasi yo'q. Bu bir qulay fursat edi. -- Buyog'i juda qiziq. Qartaning orqa tarafida nima bor ekan? Tuni bilan uxlamaganimga asta uyqu bosib boryabti. Ruxsat so'rab yuvinish xonasiga chiqdim. Baxonada kichik xonanani tekshiruvdan o'tkazdim. Paytdan foydalanib Tango oshxonaga chiqib ketipti. Idishlarni taqir-tuquridan bilinib turibti. Oshoxonaga kirdim.

Добавлено (24-Сен-2012, 23:33)
---------------------------------------------
Oshxonaga kirdim. Chovgumda g'uvillab suv qaynab turibti. Mexmonxonadan buyer issiqroq ekan. Tango finjonda qaxva tayorlab sto'lga qo'ydi. Likopchada pishiriqlar keltirdi. Men burchak qilib yasalgan kursiga o'tirdim. U uyoq-buyoqni tezda tartibga keltirib, o'ziham kelib o'tirdi. Hayolimdan o'tkazganlarim shunchalik yoqimli ediki "yoshni nima axamiyati bor?" degan savolni o'zimga berdim. Uyga kelganingda muomila qilib kutib olsa, oshxonada kuyib-pishib xizmatini qilsa...

Добавлено (25-Сен-2012, 08:16)
---------------------------------------------
P.S Hikoya mavzusida yozilvotgan "Bir Taqdir" hikoyam Alohida mavzuda davom etiriladi.
Sabablar: 1-dan taqdim etmoqchi bo'lgan hikoyalarim bor. 2-dan Shukrona opani hikoyalarini davomi tayyor bo'libti. Shuni joylamoqchi ekanlar. 3-dan amaliyot shuni ko'rsatdiki doyimiy ravishda hikoya yozib boradigan ijodkorlar mavzusi alohida bo'lishi o'quvchilarga ham qulaylik yaratadi.
Etiroz bo'lsa shu mavzuda davom etirishim mumkin.

Shukrona opa ana endi arzi xolni yeg'ishtirib Hikoyezni davomini joylen.

Hamma ijodkorlarga ijodiy parvoz tilab Loading...


Faqat 3 ta shart!
 
DarkСана: Жума-муборак кун!, 28-Сен-2012, 02:36 | Изох # 556
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 159
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 612
Холати: Хозир йўқ
Assalamu alaykum...
Bugun onajonimni juda ham koproq sogindim, korgim keldi, mehr tola kozlariga boqib, bagrimga bosgim kelayotganini qanchalar hohlasam-da, uzoqdaman...

Bugun hayotda korgan, eshitganlarimdan kelib chiqqan holda hiyoka yozib kormoqchiman, inshaallah sizga manzur boladi degan umiddaman...

(hikoyaga nom quygim kelmadi...)
Millatim turk, oilaliman... turmushimizga 10 yil boldi, uyda hotinim va man... Ha, uylanganimga on yil bolgan bolsa ham farzand nasib bolmadi, har namozimda, kechalari uhlamay hudoga yolvorib undan avlod berishini surardim...
Qarndosh uruglar, yoru birodarlarni "Hotining tugmaydi... Boshqasiga uylangin... Befarzand otib ketasan ahir..." degan gaplardan toyib ketganimdan Istanbulga kochib keldik... Bir amallab ish ham topdim, ijaraga uy ham olgandik, baxtli edik, garchi farzandimiz bolmasa ham xotinimni sevar edim, u ham mani juda ham hurmat qilar va sevad edi...
yillar otaverarkan, ortda qolgan on yil qanday otganini ham bilmay qoldim... Qarndoshlarimni gaplari yetmaganday, hotinim ham "uylaning, bolalik boling" degan gaplarni gapiradigan boldi... nima qilay, sevardim uni, boshqani kozim kormasdi ahir... Yaxshi eslayman... Bir kun Meroj kechasi edi, tunda uhlamay, tilovatda boldim, namozimni oxirida joynamozga tikilib, biroz oylanib qoldim... ich ichimdan "Ey Allohim, nima bersang ber, ahir bitta avlod bersang nima boladi, qiynalib ketdikku", deb tangriga yolvorgan edim... Hudoyim karami keng zot, bir hafta otmay hotinimning bir yarim oylik homilasi borligini bilib juda ham hursand boldim... Hotinim ham hursand edi...
Oylar otdi, tugilmagan bolaga hamma kerakli ust va oyoq kiyimlarini olib qoygandik... mana, biz kutgan kun ham keldi, OGIL tugildi... Bizdan baxtli odam yoq edi goyo... Qavmi qarindoshlar hursand, yoru birodarlarimiz hursand bolishdi. Ismini Yusuf qoydik, Yusuf alayhissalom kabi chiroyli aqlli bolsin deb... Oradan ikki oy otdi, hursandchiligimiz kopga bormadi... bolakay har kuni yeglayverardi, nima qilsak ham yeglab hatto kechalari uxlamasdan yeglab chiqardi...
Bundan qorqib, doktorlarga murojaat qildik, ular bolani tekshiruvdan otkazib, bir ikkita dorilarni yozib berishdi, dorilarni ichsa ham tinmay yeglayverardi... bolani kotarib bir nuroniy otaxonni oldiga olib bordim. Tabib, Qur'on suralaridan bir nechtasini oqib dam solib qoydi... Yoq, foydasi bolmadi, hamma har hil ishni qil deyishar... har birini aytilganidan ham ziyoda qilsak ham bola yeglayverardi... Bir kun bir uzoqroq tanishim bolani monastir(hristianlarning ibodat qiladigan dargohi)ga olib borib, rohibga korsatishni tavsiya qildi... Hamma ishni qildim, endi musulmon bolib turib monastirga oboramanmi?! oyga chongib qoldim... Bolaga yaxshi bolar degan maqsadda bolani kotarib monastirga ham olib bordim...
Olib borishga bordim, lekin boshida bolani rohibni qoliga bergim kelmadi... nachora, foydasi bob qolar... rohib bolakayni qoliga olib, birozdan qaytib berib, bolani chorraha ortasiga (+ shaklidagi 4 yolning ortasiga) yarim tun soat 12:00da tashlab qoyib uzoqdan qarab turasiz, bolani topib olgan kishiga pul berib rozi qilib bolani olasiz, keyin yegisi qoladi dedi...
Monastirdan chiqar ekanman, qanday qilib bu ishni qilaman degan hayolga botdim... Rostdan ham yegisi qolar... Bir yolini toparman.... Izlab-izlab 4 yolning ortasida gulzori bor chorrahani topdim... arang bolani quyib, uzim uzoqdan qarab turdim... BOla tinmay yeglar, yolda esa deyarli hechkim yoq edi... 2 soat otib bir ospirin yigit bolani kotarib uyoq buyoqqa qarab, bolakayni ota onasini izlay boshladi... Yugurib oldiga bordim, huddi yuqolib qolgan bolamni topib berding deganday unga pul berdim, rozimisiz dib suradim, ha roziman deb aytdi... bolakay uxlab qolgandi...
Tunda uxlamaganim uchun soat 11:00larda uygondim, qarasam hotinib bola bn ovora, u hali ham yeglayverardi... Rohibni aytganlari tasir qilmagan edi...
shu ketishda bola ikkiga, uchga, tortga va besh yoshga ham toldi... bolakay katta bolar ekan, uni kuzatib borar edim, bir onasini bir mani uradigan boldi, jirkib bizdan qochib ketadiganday qarar edi...
Yillar otdi, maktabga berdik, maktabda ham kop topolonlar qildi, ikkitamas, uchtamas, tortinchi maktabga kochib otib shu maktabni arang bitirib oldi.
Bir kun ishdan uyga kelsam "Dada man uylanaman" deb turib oldi... Bittayu bitta farzand, nima qilibdi, uylantirsak balki yaxshi yolga yurar degan maqsadda uylantirdik... juda yaxshi toy boldi, hamma hursand boldi, toydan 2 oy otmay Yusuf oglim manga "Alohida uy olib beringlar, boshqa yerda yashagim kelyapti" deb topolon qilishni boshladi... "Bu uy joy, har bir buyumdan tortib hammasi sanga tegishli uglim" degan gaplarimga qaramay, boshqa uy olib berishimizni talab qildi. Olib ham berdik, uydan kochib ketayotib "mani hechkim kurgani kelmasin, agar uyimda sizlarni kursam oyoq qolingizni sintirib chiqaraman" deb doh qilib hotinini oldiga solib chiqib ketishdi...
Alam qildi, odamni asabi buzilgan sayin sogliq ham kotarmay qolar ekan... oyogim yurmay qoldi... bittayu bitta oglim deb, dunyolarga ishonmay uzim katta qilgan uglim bir yil otsa ham korgani kelmas edi... Bir kun onasi erta tongdan turib uglini kurgani borib kelay dedi, negadir konglim gash boldi, borma desam ozimni bolam, sogindim uni deb chiqib ketdi...
Ona bolani uyi tomon yaqinlashar ekan, yuragi tez-tez urar, kozlaridan yosh tomchilari sekin sekin oqa boshladi... soginch onaning yurak bagrini ezib yuborgan edi... Uyga kelgach, eshikni taqillatdi, eshikni kelini ochdi, hursand bolib ketdi, besh daqiqa otmay "onajon oglingiz kelmasdan chiqib keting, hozir urush boshlaydi" degan ediyamki eshik ochilib Yusuf kirib keldi...
Osha kuni uyda telefon jiringlab hotinimni markaziy shifoxonada ekanini, qollari singan, yuzlari kokarib ketgan holda yotganini eshitdimu, yuragim sanchiy boshladi... Nega ahir, jaxl ustida uglimga telefon qildim, goshakni Yusuf kotardi
-alo?! aaaloooo?! kim buuu?! deb baqirib ketdi Yusuf, jaxli chiqqan ota Yusufni bir yildan beri ovozini eshitmagan edi, kuzidan yoshlari tohtamay oqa boshladi...
-oglim.... ancha sukutdan keyin, -onang sanga nima qildi, nega uni dopposlading? Hudodan qurqmisanmi?...
-mani korgani kemalarin degan edim, yana bir marta kelsa oligini olib chiqishadi bu uydan, manga boshqa telefon qima, daf bol..., deb goshakni quyib quydi Yusuf...

hotinim uyga keldi, yaxshiyam qarndoshlarimiz bor ekan, ular ancha yordam berishdi, hotinim ancha ozgargan, oldingiday kulmaydi, gapirmaydi... oynaga tikilib otirgani otirgan... bu hayot sinovlari shunaqa ekandaa, deb qoyardi bazida... Bir qanrdoshimiz ziyoratga kelib, "Oglingiz Yusuf boshqa shaxarga kochib ketibdi" deb qoldi... Uni hunarlaridan zerikkanimdanmi, yo hotinimga rahmim kelganidanmi hafa bolmadim, "kegan bolsa yaxshi bolibdi, qayerda bolsa omon bolsin", deb quydim... oradan 2 yil otdi... hotinim yarim jinni yarim sog kabi edi, bazida ozi bilan uzi gaplawadigan, hamma otgan hayotimizni deraza oldida otirib bir odam bilan gaplawganday gaplawar edi... Soginch azobi uni yana qiynay boshladi... "Dadasi duo qiling, man Yusufni korib kelay" dedi... ruhsat bemayman deganim bilan uydan otilib chiqib ketdi... Azgina otirdim... ortidan boraman digan qaror qildim... yol olis mashinada kamida on ikki soatda yetib boradigan yol, keyin man ham yolga otlandim... Bir jiyanimni qongiroq qilib chaqirdim... mashinada kelib olib ketdi, hotinim mandan 2soat oldin ketgandi... Yuragim havotirda edi...
Yetib ham bordim, odamlardan surishtirib topib bordik. Qarasam 4 qavatli uyni 3chi qavatida yashar ekan... Jiyanim bilan bir amallab 3chi qavatgacha chiqib oldik, uy eshigi ochiq, devorlar qon, yerda kelin yuzlari kokarib ketgan holda yotardi... Jiyanib yugurib borib, kelinni kotardi, nima boldi degandi ham yuziga kutilmaganda qattiq musht tushdi. U zarbaning kuchi sabab hushidan ketdi... Yusuf oldimga yaqinlashib kelarkan, uni oldirgim kelar, qattiqroq ushlab uradigan birorbir buyum oxtarishni boshladim... Yusuf "Sanlarga kelma degandimmi?! Nega keldilaring aaa" deb otani ham uchinchi qavat zinasidan otirgan aravachasi bilan birga itarib yubordi...
Hushimga kelganimda, shifoxonada ekanman... Oldimda jiyanim boshini stolga qoyib uxlab qolgan, hammayogim qattiq ogrir edi... Hamshira kirib keldi, jiyanim ham uygondi, yaqinlashib sogligimni suragandan song, arang hotinim qani deb shivirladim... "amaki, u kuni Yusufni qoshnilari militsiyaga habar berib chaqirtirishgan ekan, vaqtida kelishdi, bomasa hammani oldiraman oldirishdan toymasdi..." dedi jiyanim...
Hotinim man yotgan shifoxona, boyni, orqa umurtqasi singan, boshi yorilgan, qattiq zarba sabab hushiga kelolmay reanimatsiyasida yotgan ekan, kelinim oldida, uglim Yusuf esa qamoqxonada... qayerda hato qildim, nega ikki iymonli, namozlarini tokiz qiladigan eru xotin farzandi bunday palit bolib yetishdi ekan degan savol berdim ozimga...

Esladim... "Ey Allohim, nima bersang ber, ahir bitta avlod bersang nima boladi, qiynalib ketdikku"....
Allohdan soralganda hayrli duo, hayrli niyat, boshini va oxirisini hayrini surash kerak ekan... Nima bersang ber deb bolmas ekan... deb tushinib yetdim...

ps: har kimga ilmli, ota onasini hurmat qiladigan, mard yigit farzandlar nasib qilsin...
yuqorida keltirib otganimday, har bir ishni sorashdan duo qilishdan oldin hayrli bolishi sorashni unutmaylik, har bir otirishimizni, har bir turishimizni, boshlagan ishimizni boshini va oxirini, bugungi kunimizniyu oxirimizni hayrli qilishini yaratgandan sorab qolaman...
uyqusirab yozganim sabab ayrim hatolarni korsangiz aybga buyurmaysiz...




Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Dark - Жума-муборак кун!, 28-Сен-2012, 03:22
 
ShukronаСана: Жума-муборак кун!, 28-Сен-2012, 08:33 | Изох # 557
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 586
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Dark manoli hikoya. Xamma narsa niyatga bog'liq. Niyatni, yaxshi yomon vaziyatni yaxshilikka yoyaylak.
 
LoadingСана: Жума-муборак кун!, 28-Сен-2012, 11:38 | Изох # 558
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
P.S AVAZ og'a juda ibratli bo'ldi bu hikoya. Man bu duoni qilganda nogiron farzand dunyoga kelsa kerak deb taxmin qilgandim. Keyingi ilk ta'surotim ota-ona yig'loqi boladan voz kechsalar kerak deb o'ylo'dim.
Nauzubillaxi min zalik.


Faqat 3 ta shart!
 
Sokin_QalbСана: Жума-муборак кун!, 28-Сен-2012, 13:00 | Изох # 559
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 177
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 35
Холати: Хозир йўқ
Mangayam hikoya yoqti! Hayotda wunga o'xwaw voqea ewitgandim 5ta qizdan keyn og'il ber dib so'rab ogan farzandi 6-ga o'g'il bo'ladiyu Odam bo'lib ulg'aymidi! Bunaqa farzandla Ota Ona uchun bu dunyoda azob! Niyati yaxwi qiliw kere farzand bösa böldimas solix farzand 8 muchali sog' farzand sörash kere Allohdan!

 
LoadingСана: Чоршанба, 03-Окт-2012, 20:48 | Изох # 560
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Afsus
Poshsha jaxil otiga mingan. Qizining yengiltak hayot sari ketishi uni shu holgacha olib keldi. Buning ustiga ko'chada kattayu kichikga kun bermay o'sgan o'g'lini singlisi bilan ishi yo'q. Poshsha no iloj yana eski plastinkasini aylantiradi. Zora shu safar Qaxramon singlisiga gapirsa. Zora qizi es-hushini yeg'ib olsa..
- Hoy baraka topkur aka bo'lib senam bir nima degin axir? Bu qiz yashshamagur nomusga o'ldiradiku bizni?
- Yana boshlandimi opa?! Ne tergivuras?!
- Qanaqa erkaksan o'zi?! Qara buni kiyinishini?!
- Opa pul o'ziniki holaganini kiysin! Kichkinaligida kiyardi, hoziram kiyursin. Erga teyganda, eri nima disa shuni kiyaveradi. Hammayam kiyib yuribtku shu kiyimmi?
- O'lib ket bo'masam! Sharmanda bitta sininga gapin o'tmasa. Ve hezalakmisan? Kichkinaligida kichkina edi. Endi odamlar gapiradi. Hech kim omi qari qiz bo'lib qosa o'zin boqasanmi?
- Ts eeey? Ezvorarkansiz borku? Boqaman o'zim. Muncha niyatiz so'vuq?!
Bu vaqtda o'qishdan qizini olgan ota telefonda o'z ishlarini hal qilish bilan bant. Qizni ko'zi telefonidan uzilmidi. Huddi telba odamdek o'ziga o'zi gapiradi. Kuladi, kimnidur koyib bergandek bo'ladi. Svetaforda to'xtagan mashina yonida Prado kelib to'xtadi. Haydovchisi qizni ko'zdan kechirishni boshladi. Qiz jilmayib yigitga qaradi. Telefonidan bo'shagan ota bu xoladan g'azablandi. Gapirishga gap topkunicha yashil chiroq yonib Prado yurib ketti. Otani ori kuchlilik qilib tezlikni oshirgancha Pradoni siqib yo'l chetida to'xtatdi.
- Tinchlimi oka!?
- Xa o'! O'g'il bola?! Ne qaravossan.
- Mumkinmasmi?!
- Yo'q albatta! Bu mani qizim?!
- Qizin bo'sa yeg'ishtirvol, ko'ynegini bo'sayam yechib avratlarini yopib qo'y! Moshineni ol dayus! -- yigit uzuq kutolmadi. Mashinasini orqaga olib yo'lida davom etti. Ota xaykal bo'lganicha "AFSUS" deyoldi halos.
Hikoyamiz ona bola suhbatiga qaytadi. Poshsha nima demasin aka singlisini yonini olaverdi. Nima desin. Singlisi qilib yurgan ishlari o'zining tanishlari bilan bir xil. Uning uchun bu oddiy holatga aylangan. Poshsha afsus chekdi bunday boqi beg'am farzand tarbiya qilganidan.
Loading...


Faqat 3 ta shart!
 
ShukronаСана: Чоршанба, 03-Окт-2012, 21:22 | Изох # 561
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 586
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
E bunaqa dayusla bo'lmaganda, qizlarimiz orli bo'lardi.
 
DilraboСана: Пайшанба, 04-Окт-2012, 00:29 | Изох # 562
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 627
Холати: Хозир йўқ
Assalomu alaykum.Jamiyatimizda afsuski bunaqa odamlar soni judayam köp.Hatto,qizlariga kalta yubka, mayka,wim sotib olib beradigan otalar bor.Dayuslar- jamiyatni kemiruvchi kalamuwlarga qiyoslanadi...NTT kanalida 21.05 da "JARLIK ISKANJASI:MAHDUDLIK YOHUD XUDBINLIK" nomli körsatuv duwanba kunidan buyon namoyish etilayotgan ekan.Men kecha va bugun tomosha qildim.Könglimdagi hamma gaplar aytildi.Körsatuv ijodkorlariga tashakkur!.Loading qöwni,shunaqa tarbiyaviy ahamiyatga ega hikoyalardan köproq yozib turing iloji bölsa.IJODINGIZGA BARAKA!

Nigohimda jamdir bu olam...
 
LoadingСана: Пайшанба, 04-Окт-2012, 23:17 | Изох # 563
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Afsus.
Habibulloh oylik olgan. Qiziga kiyim olib berishni lavz qilgani uchun chorsuning yuqori bozoriga olib bordi. Do'konlarni aylanib birinchi poyabzal olindi. Mushtari otasini yetaklab avvaldan tanlab qo'ygan kiyim do'konlariga yetakladi. Habibulloh bu taklifdan yengil tordi. Qiz bolaga qanday kiyim tanlashni bilmasa. Avvalgi kichkintoy Mushtari bo'lsa edi, shart-shart olib berardi. Hozir Mushtariy kollejni 2-kurs o'quvchisi. Onasi bo'lsa edi...
Habibulloh qizi ko'rsatgan do'konga kirib unga yuzlandi. Mushtariy boshini egib turardi. Ota qizining bu xarakatidan unchalik xayron bo'lmadi. Sababi qizi olib kirgan do'konlarda urfga aylangan kiyimlar sotilar ekan? Mushtariy huddi dugonalaridek kiyingisi kelgani uchun otasini boshlab kelgandi. Lekin u otasini juda yaxshi biladi. Qancha erkalanish bo'lsa boshqa mavzuda bo'ladi. Dugonlar bilan kechki sayr, har kungi rejada yo'q tug'ulgan kunlarga Habibulloh ruxsat bermaydi. Mushtarining bu boradagi javobixam faqat ota ruxsatiga borib taqaladi. Hullas bu kiyim-boshga ruxsat tegmadi. Bozor maydonida qiz otasiga dugonasidan o'rgangan gaplarni qaytardi. Habibulloh bu gaplar qizniki emasligini payqadi. "Qizim siz o'qishizni o'qin, dugonlarni gapini emas"deb tanbex berdi. Bozor "saygak"lari mijozlarni do'konga sudray boshladilar. Biri erkaklar do'koniga tortqilasa, boshqasi qizlar bo'limiga tortqilaydi. Tasodif bo'lib besh daqiqa oldin kirgan do'konlariga kirib qolishdi. Sotuvchi bu safar savolni qattiyroq berdi. Mushtariyning kiymidan bu mijoz uning mijozi bo'lishi mumkinligini bilgan ro'molli ayol suxbatni qisqa qilib ularni o'z do'koniga olib kirdi...
Kun qizib ketti. Bozorda nafas olib bo'lmaydi. Mushtarining kayfiyati yo'q. Bu qanaqasi o'yladi u? Kollejni ikkinchi kursida o'qiyabti. Lekin erki o'zida emas. Hech bo'lmasa tengdoshlari kiygan kiyimni kiyolmasa? Ichida birnima tiq ettib ketti. Vazminlikni saqlab otasidan adolat talab qildi.
- .. Agar oyijonim tirik bo'lganlarida sizni bu qattiq qo'lligingizdan hafa bo'lgan bo'lar edilar. -- Mushtari bu gaplar o'ziniki emasligini o'zi xam sezdi. Tanasini titroq bosib qaltirab qoldi.
- Qancha katta bo'lma baribir men uchun qizimsan! Onanga kelsak, u shunday odobli edi. Bir dona savolga bir dona javob berar edi. Yotoqxonadan tashqarida ro'molsiz yurmas edi. Albatta sizlar tug'ilganingizdan so'ng. Qizim sen tanlagan kiyimni... aytish uyat! -- Habibulloh kuni kecha do'stlari qizlaridan nolib gapirganlarini esladi. Qizlari ming'irlayverganidan keyin "tinch qo'ysin"deb zamonaviy kiyimga ruxsat berishibti. Habibulloh ularni bu qilmishlarini qattiq qoralagan edi. Hozir o'zi shu axvolda qoldi. Do'stlariga bunday deb turib o'zi ulardek yo'l tutishi mantiqsizlik bo'ladi. Ammo qanday qilsinki, "jonim qizim" deb katta qilgan qizi hafa bo'lib turgan bo'lsa. Bu unga o'g'irlik qiladi. Do'slarini qilgani to'g'rimikan? Habibulloh yechim izlab atrofga qaradi. Ko'zi do'konlardan biriga kirib ketayotgan ota va qizi tengi keladigan qizini ko'rib qoldi. Mushtariyni usha do'konga olib kirdi. Haligi qiz Mushtariy kiymoqchi bo'lgan fasondagi ko'ylakni kiyib ko'rdi. Kiyinish xonasidan chiqib kelganida dadasi uni ko'rib jilmayib qo'ydi. Qiz to'lachadan kelganidanmi, kiyim badaniga yopishib turardi. Dadasiga orqasini o'girib ko'ylak qandayligini so'radi. Mushtariy uyalib do'kondan chiqib ketti.
Mushtariy mashinada o'tirar ekan otasiga aytgan gapini o'yladi, tengoshini o'rniga o'zini qo'yib ko'rdi. Habibulloh o'z ishidan mamnun bo'lsada yuzidan buni bilib bo'lmas edi. Ota bola baravariga Afsus deb qo'yishdi.


Faqat 3 ta shart!
 
DarkСана: Чоршанба, 10-Окт-2012, 17:11 | Изох # 564
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 159
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 612
Холати: Хозир йўқ
Aziz, dostlari ichida eng quvnoq, har doim yaxshi kayfiyatda atrofidagilarini sevimli kishisi edi... kayfiyati har doim joyida... gapga usta, har doim suhbat uchun kerakli gaplarni topar, hatto bazan atrofidagilarni oziga ma's qilib qoyar edi...
bu inson qanday qilib doim yaxshi kayfiyatda yura oladi? biror kishi undan qanaqaligini sorasa "Super, hammasi yaxshi", deb javob berishadi... "Super...".
Aziz doim pozitiv va hayotga kulib boqadiganlardan edi...
yon atrofdagilardan biri siqilib yursa yoki kayfiyati bolmasa, Aziz u tanishi oldiga borar, bu ahvoldan qanday chiqib ketishni orgatar edi...
bir kun uni oldiga bordim... "tushinolmayapman, qanday qilib har doim bu kayfiyatda yurasan? qanday qilib hammasiga ulgura olasan? buni siri nimada?"
Aziz:
" har tong uyqudan turganimda ozimga ozim Aziz bugun ikki tanloving bor:
kayfiyatin quyosh kabi charaxlaydi, yoki yomon boladi... derdim...
Katfiyatimni quyosh kabi bolishini tanlardim. Boshimga bir yomon ish kelsa yana ikki tanlov turadi oldimda:
taslim bolib, ozimi ozim qiynab dod voy solmoq, yoki bu ishdan kerakli ibratni, darsni olmoq...
man boshimga kelgan har yomon ishdan ozimga ibrat olishni tanlaymay... biror kishi manga bir dardini, shikoyati bilan kelganida, yana ikki yolim boladi... shikoyatini qabul qilish yoki unga hayotning quvonchli taraflarini korsatish... man hayotning quvonchli taraflarini tushintiraman..."
yogeeee, deb ishonqaramadim... Shunchalik osonmi? Ha... deb javob berdi Aziz... Hayot tanlovlar, yollardan iboratdir... har boshga tushgan ishda tanlovlar, yollar boladi... san har ahvolda qanday harakat qilishini tanlaysan... ya'ni san hayotingda qanday yashashni tanlaysan...
Azizni gaplarini eshitib ta'sirlandim... uni, uzuuuun yillardan beri kormadim... ammo, hayotimning tahlikali yerlarida otirib qolish orniga, yana haqiqatga tik boqib, undan ibrat olib har bir qilgan harakatimda uni hotirlardim...
yillar otib, Azizning boshiga kutilmagan ishlar keldi... Uyiga ogirlikka kelgan ogrilar, uyda odam borligini korib qorqib, Azizni ilma teshik qilib otib ketishdi... operatsiya 18 soat davom etdi... bir necha haftalar oziga kelmay bir yerda yotib qoldi... hatto shifoxonadan uyga ruhsat berilganidan keyin ham qimir etmas edi...
man uni bu otgan ishdan olti oy songra kordim... qalaysan? deb soraganimda, "Super, hammasi yaxshi"... "hammasi yaxshi"... osha ogrilar bilan otgan voqeada nimalarni his qilding deb soradim... "yerda yotganda ikki yolim borligini tushindim... yo yashashni tanlashim, yoki o`limni... man yashash yolini tanladim"...
qorqmadingmi? hushingni yoqotmadingmi?
"Tez yordam mashinasida kelgan shifokorlar yaxshi insonlar edi... manga havotir olma tuzalib ketasan deb dalda berdilar... ammo shifoxona ostonasida kutib turgan shifokorlarning, bemorni ahvoli qanaqa degan savollariga hamshiralarning yuzidagi ifodani korib birinchi bor qorqdim... bu ifodalar manga, bu inson o`ldi, qaytib oyoqqa turmasligimni sozlar edi... bir nima qilmasam bir ozdan keyin o`lik bir inson bolishim aniq edi...."
nima qilding? qiziqib soradim...
toliqqina bir hamshira oldimga yaqinlashdi va nimaga bolsa ham alergiya bolganmisan deb baqirib soradi... ha, deb javob berdim... shifokorlar va hamshiralar jim bob qolishdi... chuqur bir nafas oldim va baqirdim: mani o`qdan alergiyam bor!...
shifokorlar va hamshiralar kulishni boshladilar... yana baqirdim... man yashashni tanladim... yashashni...
Aziz, faqatgina shifokorlarni ishini ustaligi uchungina emas, ozining irodali ekanligi uchun ham yashadi... bu yashagani manga yana dars boldi...
harkun, hayotimiz davomida baxt tola quvonchli onlarimiz bn yashashni va bu bizni haqqimiz ekanligini undan organdim... va hayot yolimizdan qanday yol tutish ozimizga bogliqligini anglab yetdim...
ps. bu hikoyani oqidilaring... endi oldingizda ikki yol bor...
1. oqiganlaringni unutish...
2. yoki ibrat oladigan yerlaridan foydalanish va shunga amal qilish...:D

uzimda kopincha shunday boladi... qaror qilish kerak bolgan paytda yaxshi yomonga ajratib keyin qaror qiladigan bolgandim...


 
bek_x6Сана: Чоршанба, 10-Окт-2012, 17:20 | Изох # 565
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 58
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 676
Холати: Хозир йўқ
raxmat kottakon Dark!
rosa xozirda manga kereli maslahatla, anchagina ibrat oldim, tashakkur


Vaqt o‘tadi va hayot ko‘rsatadi... Hammasi yaxshilikka bo‘lgan bo‘ladi :-)
 
LoadingСана: Пайшанба, 11-Окт-2012, 16:30 | Изох # 566
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
1.Yo'l.

Faqat 3 ta shart!
 
DilraboСана: Жума-муборак кун!, 12-Окт-2012, 12:05 | Изох # 567
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 627
Холати: Хозир йўқ
Assalomu alaykum. Juma muborak bölsin. Dark,inson matonati toshlardan qattiq,inson irodasi suvlardek shaffof...hikoyadan yaxshi taassurot oldim. Bu hikoyaning hajmi kichik bölsada,salobati bilan katta hajmdagi ma'no maslaksiz "asar"larni bir hamlada daf qila oladigan jihati bilan ham ta'sirlidir. Aynan,Odam avlodiga yuksak ong bilan tanlash imkoniyatini bergan Allohu taologa hamdu sanolar bölsin! Har doimgidek ajoyib,köproq yozib turing.Aytgancha,nimani öqiw yoki öqimaslik ham ongli tanlovlarimiz jumlasiga kiradi...IJODINGIZGA BARAKA!

Добавлено (12-Окт-2012, 11:05)
---------------------------------------------
Nomaqbul farzand haqidagisi ham ajoyib.Har kim niyatiga qarab ato qilganini olaveradi.Qazoi-qadardan boshqasi bu dunyoda yolg'on va ötkinchidir.Alhamdulilloh musulmonmiz,bu dunyoda fido bölishga arziydigan Iymonimizdan judo qilmasin,iloho.InshaALLOH,Jannatdan umidvormiz.Allohim, har bir bandaga Muhammad s.a.v ummatim, deyishlariga arzigulik farzandlar ato qilsin.Barcha yaxshiliklar Allohdan!


Nigohimda jamdir bu olam...
 
fer_shonСана: Жума-муборак кун!, 12-Окт-2012, 12:07 | Изох # 568
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 9
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 530
Холати: Хозир йўқ
Quote (Dilrabo)
Barcha yaxshiliklar Allohdan!

shuningdek barcha sinovlar ham albatta!!!
 
DilraboСана: Жума-муборак кун!, 12-Окт-2012, 13:11 | Изох # 569
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 627
Холати: Хозир йўқ
Loading qöshni,hikoya uchun rahmat. Avratlarini bekitishni istamagan yarimyalong'ochlarga,aynan ayollar avrati doirasidagi Qur'oni karimning bir qancha oyatu-suralarining qadri qanchalik ekan? Agar "zamonaviy"likka da'vo qilishsa,ayni muddao Allohning kitobi qiyomatgacha "moda"dan qolmaydi!Musulmon farzandlari böla turib, Allohning yöliga- kitobiga,farzlariga,... iymon keltirmaganlar,Muhammad s.a.v amal sunnatlariga itoat etmaganlar,ota-ona aka-uka yoki turmush örtoqlariga itoat etishlari gumon... Afsuski,Allohning buyurganlarini,Muhammad s.a.v ning muborak hayotlarini öz nafsiy jihatlari uchun özgartirib körsatayotgan gumrohlar ham yetarli...Ana endi, yarimyalang'ochlarga foydasi bölarmikan,degan maqsadda: zamonamiz donolaridan Tursunoy Sodiqovaning qiz-ayollarga,yigitlarga atalgan pand-nasihatlarini e'tirof etmasdan ilojimiz yöq,ammo inobatga olish-chi?... Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ayollar masalasidagi hikmatli ilmu saboqlari ular uchun qiziqtirmasdir,ehtimol? O'tkir Hoshimovning achchiqqina bitiklari ham ta'sir qilishiga shubham bor va hakoza...Insofu-iymonimizdan judo qilmasin,ilohim... . Bu fikrlarim hikoyangizni öqish barobarida Juma kundaligi uchun bitilgan öy-kechinmali mulohazalarim edi...IJODINGIZGA BARAKA.

Добавлено (12-Окт-2012, 12:11)
---------------------------------------------
Albatta Feruza,bu dunyoning yolg'on va ötkinchiligiga ishora-Allohimning sinovidir.Biz Allohdanmiz va Allohga qaytamiz.Bizga esa faqatgina IYMON imiz hamroh bölishi mumkin,xolos.JUMA MUBORAK! biggrin


Nigohimda jamdir bu olam...
 
LoadingСана: Жума-муборак кун!, 07-Дек-2012, 01:11 | Изох # 570
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Yarim tun, honam ichkarisidan eshik yopiq. Yotibmanu uyqu kelavermadi. Uzoq-uzoqlardan mashina shovqini eshitiladi. Ha desa tinmagach shamol esyabti degan hulosa beradi. G'isht devorlar bazan bir silkinib oladi-yu, zil qilib osib qo'yilgan faner shift qarsillab ketadi. Hozir qulaydi deb qochishga chog'landimu, jimib qolganini bilib "huh" torttim. Soat nechchi bilmayman. Mashinalar yurmay qo'ydi. Uzoq jivir-jivirdan kimdurni ingragani, azon, yana allaqanday ovozlar qulloqqa chalinadi. Tobora kam harakat bo'lib boryabman. "taq-taq-taq" eshikmi?! Kim bo'ldi. Oyim-Adam eshikni taqillatadigan odatlari yo'q ediku? Endi umuman be xarakat yotibman, qilt etsam krovat g'ichillab ketti. Yuragim tamom bo'ldi. "taq-taq-taq-taq" ey xudo ko'proq taqillatyabti!? Ha bunaqa qo'rqishimda tonga yetib borolmiman. Shu o'y bilan tong otib qoldi. Hovliga chaqdim, qarasam, eshigimga paket osib qo'yilgan. Ichida meni hujaljarimi?

Faqat 3 ta shart!

Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Loading - Жума-муборак кун!, 07-Дек-2012, 01:47
 
MirzoxidСана: Жума-муборак кун!, 07-Дек-2012, 04:45 | Изох # 571
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
Loading, hikoya zzo'r yozilibdi davomi bormi oxirisiga tuwunmadim

...
 
SardorchikСана: Жума-муборак кун!, 07-Дек-2012, 08:36 | Изох # 572
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 54
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 130
Холати: Хозир йўқ
loadin davomi qachon?
hujaljarimi? Degan joyizga tshunmadim

Добавлено (07-Дек-2012, 07:36)
---------------------------------------------
loadin davomi qachon?
hujaljarimi? Degan joyizga tshunmadim

 
LoadingСана: Жума-муборак кун!, 07-Дек-2012, 10:42 | Изох # 573
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Shu o'y bilan tong otib qoldi. Hovliga chiqdim, qarasam, eshigimga paket osib qo'yilgan. Nima borligiga qiziqtim. Ichida meni hujatlarimmi? Uzoq uyqu qochmagan ko'zlarim paketga tikilib qoldi. Hayol surib qoldim. Tunda bo'lgan voqiyani eslasam bir kulgim keladi, bir jaxlim chiqadi. Ey o'g'il bola! Yurakdan rosa borakande?! Tunda esgan shabadada paket tebrangan, ichidagi guvohnoma bir maromda eshikka urulib taraqlagan. Ey quyon yurak! Uyat ey!
Tamom!


Faqat 3 ta shart!
 
SardorchikСана: Жума-муборак кун!, 07-Дек-2012, 14:00 | Изох # 574
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 54
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 130
Холати: Хозир йўқ
e gap yo'q zo'r chiqibti
 
MirzoxidСана: Шанба, 08-Дек-2012, 02:10 | Изох # 575
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
lol lol lol lol lol

...
 
Форумистон » Умумий » Ижодистон » Hikoya (O'zimiz hikoyalar yozamiz!)
Поиск: