[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Форумистон » Умумий » Ижодистон » Hikoya (O'zimiz hikoyalar yozamiz!)
Hikoya
SpecialOneСана: Шанба, 22-Дек-2012, 10:11 | Изох # 576
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 167
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 29
Холати: Хозир йўқ
Shaxsiy voqea, hikoya, she'r va monologlar....

* * *
'Oq lolalar....'
U qachonlardir örgangan oddiy
qog'oz salfetkadan yasaladigan kichkina, chiroyli, oppoq lolalarni yasay boshladi. Hech kim
tushunmadi kimga va nimaga!
Odatda bunaqa gulni restoran, kafelarda tanishlarga yoki
ofitsianka qizlarga ularning hursandchiligi uchun qoldirib ketishi uning odati edi. Ammo,
hozir u dasturxon atrofida emasdi.
Gullarni yasab bölgach
velosipedni oldida, köchaga haydab chiqdi. Qolganlar ortidan hayron qarab qolishdi....
Bekatga borib, hayajondan
töxtab qoldi. Nima deyishni, nima
qilishni hayolidan ötqazgunicha
avtobus kelib qoldi. Qiz esa ösha
avtobusga ötirdi. U esa keyingi
bekatgacha avtobus ketidan quvdi. Hayolida: - 'Yo hozir, yoki keyingi safargacha yana afsus va kutishlar' - derdi. Axir, birinchi
marta sevganiga gul tutishi edi....
Keyingi bekatda töxtagan avtobus oldida velosipedini
qoldirib, haydovchidan ikki
daqiqa kutishini iltimos qildi va
odamlar orasidan qizni topib, uning oldiga bordi va gullarni unga tutqazdi.
Qiz: - 'Nega?' - deya oldi xolos.
U: - 'Shunchaki'.
Qiz gullarni olmadi, uyaldi.
U: - 'Oling, bölmasa shuncha odam
uyiga kech qoladi' - dedi.
Qiz va butun avtobus kulib yubordi....
Qiz gullarni oldi.... U ortiga qaytdi
va hayron qoldirib ketgan döstlariga bölgan voqeani aytib
berdi. Hamma hayratdan va
kinolardagidek ilk gul taqdimidan
qarsak chalib uni olqishlashdi....
Axir, u muhabbatini öz qöllari bilan yasalgan gullar orqali
ifodaladi, bu albatta, tahsinga loyiq edi! U baxtini boyligi
evaziga emas, öz qöllari bilan
qurishni boshladi....
(Muallif: Bekzod Xo'janazarov)

Добавлено (22-Дек-2012, 09:02)
---------------------------------------------
* * *
Xiyonat....
O'ttiz yoshlardagi oilali erkakdan
sörashibdi:
-'Xotiningizga xiyonat
qilganmisiz? Yoki, hech
bölmaganda shunaqa fikr
hayolingizdan ötganmi?'
U kishi javob beribdi:
-'Yoshligimda, avval qiziqib,
keyinchalik esa örganib qolib
sigaret cheka boshladim. Boshida
kamroq edi, uydagilar uncha
bunchada sezib qolishmas,
keyinchalik har doim yashirib
chekishga, xidi qolgan kiyimlarni
tozalashga, sigaret chekishimni
fosh qiladigan dalillar, guvohlarni
yöqotishga tirishardim. Bu
rostdanda qiyin va ahmoqona
edi. Tashlashga esa irodam
yetmasdi....
Bularni barini sir saqlash,
yaqinlarim xabar topishi va
mening uyatda qolishimdan
tahlikada yashash, ög'rilik
qilayotgan odamdek, qörquvda
yurish, öz vijdoning oldida doim
boshing egikligi, gunoh
ekanligini bilish va özni tiya
olmaslik, örgangan köngilning
ishlari, bari, hamma-hammasi
ezgu niyatlarga intilgan kishi
uchun juda og'ir....
Endi, tasavvur qiling,
kichkinagina, jonsiz, aslida
unchalik qörqinchli bölmagan
narsa uchun qancha umrim
qiynoqda ötdi!? Jonli, ongli,
uning ustiga pokiza bir ayolni
aldab, söng uning közlariga
qanday qarayman, avval ham
aytganimdek, bu ezgu niyatlarga
intilgan inson uchun, bir umr
tahlikada yashash, öz vijdoni
oldida yuzi shuvut bölishdanda
og'irroq azob yöq.
Mayli, bu kichkinagina sigaret
chekishni yashirishdagi qiynoq
ulg'aygunimchadir, lekin,
xiyonatning azobi abadiyku....
Yetar, ösmirlik davrimda nisbatan
osonroq azoblarga chidaganim,
bularnida yenga olmay qiynaldim,
butun umrlik azoblarga qanday
chidayman!!!'
Muallif: Bekzod Xo'janazarov.

Добавлено (22-Дек-2012, 09:04)
---------------------------------------------
* * *
('Qordek oppoq beg'uborim' - deganlarim bor,
Qorga qarashga ham qörqaman endi....)

Bugun, qor yog'di oppoq, qalin, mayin. Sog'inibman, sog'inchimdan közim namlandi. Xotiralarni qözg'agim kelmadi, shekilli, sovuqdandir deb özimni aldab qutuldim.... Tongda turib oppoq, beg'ubor qorni körib qalbim shodlandi, hursand böldim-u, lekin, sovuqqotdim, avvallari bunaqa bölmasdi, hozir esa, iliq mehring yetishmasdi.... Oyoqlarim ostida qorni toptab ketyapman-u, öz-özimdan uyaldim, yuzim qizardi, xuddi, hamma meni ayblayotgandek qadamimni tezlatdim, kechiriming sörardim.... Manzilimga yetguncha parcha-parcha qor raqsga tushar, öynardi, yuzim, qöllarimga qönardi, kulguchlarim körsatdim, kechirding deb öylardim....
Lahzalarga ulanib, kun ham botdi, kech tushdi, qordan qörqib, uyalib köchaga ham chiqmadim, beg'ubor qorni bosib, toptab ham ötolmadim....
Qorning ham özgacha, isi bor isming bilan, yoding bilan, qor erisin yerlardan, gul kötarib boraman, qabring boshida turib, har kun, qorni kutib qaytaman....
'Qordek oppoq beg'uborim' - deganlarim bor,
Qorga qarashga ham qörqaman endi....

Добавлено (22-Дек-2012, 09:08)
---------------------------------------------
* * *
(Öz-özimga noma....)
'Mashxur adibga rafiqasi tomonidan yozilgan noma'dan
(adashmasam Zarifa Saidnosirova
ijodlaridan) ta'sirlanib yozilgan....

...Bilaman, chekyapsan.... Qiya
ochiq eshikdan, g'ira-shira nur
aralash, achimsiq sigaret tutuni
oqib chiqyapti. Ahyon, ahyonda
qog'oz varog'ining zarda bilan
yirtilgan va qattiq g'ijimlangani
eshitiladi....
Yozayapsan, yozayapsan-u yana
öxshamayapti. Sigaretingni
chuqur-chuqur tortasan. Yana bir
oppoq qog'ozning yuzi chaplangani yetmagandek,
burda-burda bölib ketdi.... Yana
yozishda, faqatgina sening uchun 'tik turib yona oladigan'
sigaretingni chekishda davom
etasan.... Afsuski, dilga yaqini, muxarrirlar aytgandek 'pichoqqa
ilinadigan' hech narsa yöq, jondan bölak....
Dam olishga chorlasam unamaysan, qasding bor, alamingni qalamingdan
olayapsan!...
Darding ne döstim!? Hayotning sinovimi!? Yöq! Aslida, darding
shu sinovga bardosh bera olmayotganingda!... Iching töla nafrat, yuraging böm-böshdek göyo, na sevgidan, na mexrdan
asar ham yöqdek nazdingda.... Bu
ham yolg'on, bilaman, qalbing mexrga töla, sevging barhayot,
faqat, qizg'anma uni! Yöq, qizg'anish ham deya olmayman.
Ishqingga zorlarni devona etma....
Yana sigaretingni yoqasan, yana
achimsiq xid xonadan suzib chiqyapti.... Yozyapsan,
yoqmayapti, ertalabgacha axlat
chelagi ortiq chiday olmaydigan
ahvolga tushadi....
Yozganingdan foyda yöq, özing aytganingdek, nafrat faqat johillikka olib keladi....
Tun, tutun, qalam va sening qasding. Chekyapsan, yozyapsan, nafrating qalamni qaysidir
yöllardan yurg'izayapti-yu, lekin, bularning birortasida ham ma'no yöq....

Добавлено (22-Дек-2012, 09:11)
---------------------------------------------
* * *
Sörar eding: 'Baxtlimisan?
Rozimisan hayotingdan?'
Turar edim indamasdan,
Baxtni aytib berganmiding....

Mexring yog'ar közlaringdan,
Körsat deding, sevganmisan?
Yana lolman, bilmam qaydan,
Sen sevgingni aytganmiding....

Ishonaman senga rostdan,
Aslo dema: 'Bular nedan?'
Boqib ma'yus, senga derman,
Sen ishonchni tutganmiding....

Qanday aytay, baxtimkusan!
Mexrim tushgan sevgimkusan!
Közda qotgan ishonchkusan!
Bular menga tuyg'ulardan
omonatdir,
Tilda aytish bu men uchun xiyonatdir....

(Muallif: Bekzod Xo'janazarov.)


Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Anv@rbek - Якшанба, 13-Янв-2013, 01:00
 
LoadingСана: Шанба, 22-Дек-2012, 20:10 | Изох # 577
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
No jiddiy Afsus.
Bog'cha.
- Ko'z munchog'imni uzib yubordin! Muncha qo'polsan?
- Kechirasan man bilmi qoldim-ku? Mana bu donasi yerga tushib ketti.
- Voy bitta kottasi boridi, ushanisi ko'z tegishidan asrardi.
- Maxpu bu oddiy plasmasaku? Bir qo'shnimiz uyda yasar edi. Ko'z tegishidan Xudo asridi. Bu taqinchoq emas!
- Bu xudoni ko'zi bo'sa kerede Diyola. U mani ko'rmi qosa, shu manga qaridi.
Bu bog'chadagi shirin qizaloqlar suxbatiga shu gruxdagi Jamolxon qo'shildi. - Bilasanmi Xudo qando, -- ichiga bilmdonlligi sig'may o'zi bergan savolga o'zi javob berdi - u koootta! Bilasanmi xudo sani oyindanam, adendanam kotta!
- Sani opendanam kotta xudo! -- Maxfuza bilmdonli qildi.
Bolalarcha baxslashuv doimgidek Zinnura opaning tushlikdagi uyquga chaqirig'i bilan to'xtadi. Bolalar beg'ubor bo'lishadi. Uyqudan uyg'onganlarida boyagi araz-xafalik yo'q edi. Kechgacha birga o'ynashdi. Qo'g'irchoqlarini qizg'anishmadi. Soat 4:35 odatiy ketma-ketlikda onalar bazi bolalarni otalar olib ketishadi.

Добавлено (22-Дек-2012, 18:46)
---------------------------------------------
Shu sababdan bolalarni bog'cha xovlisidagi taxta kursilarga ketma-ketlikda o'tkazib qo'yishadi. - Maxfuza oyin keldilar kiyim xaltangni qoldirib ketma. -- Zinnura opa uzoqdan qizini kutib turgan tengdoshiga jilmayib qo'ydi. Bu Maxfuzani opachasi. Ko'pincha u keladi bog'chaga. O'ziga oro berishni juda boplaydi. Qishin-yozin sochlarini yoyib yuradi. Asosan tor shim, koftada yoki sport kiymida yuradi. Maxfuza opachasiga qo'lini uzatdi. Bir-ikki qadam tashlagandan so'ng, to'xtab bolalar yoniga qaytishti. Maxfuzadan opachasi "qaysi biri Diyora" deb so'radi. Singil sezilar sezilmas bolalar orasidan dugonasini ko'rsatti. Zinnura opa salom-alik qilgan bo'lib savol berdi. Nima bo'layotkaniga qiziqti. -Tinchlikmi Maxfuza nima bo'ldi?
- Zinnura qarab turmisizmi? Mambu qiz Maxpuni ko'zmunchog'ini uzib, op qo'yipti.
- Yo'g'ey op qo'ymagan?! Maxfuza nima bo'ldi? Diyora qani ko'zmunchoq?
- Ey xali bexavarmisiz? Atilab uzvogan. Asalimga ko'z tegsin digande?
- Ko'z teymidi, hudo asrasin. U oddiy toshku?

Добавлено (22-Дек-2012, 19:06)
---------------------------------------------
Kimda xozir usha? Manda chiroyli pushti rang selikon broslet bor ushani sovg'a qilaman.
- O'yincholada, ichida, man omadim Ziyuyapa.
- Ana Diyora omagan. -- Zinnura opa gangib qolgan Diyorani qo'lidan qattiq ushlab oldilar. Bu bilan "qo'rqma, men seni xafa qildirib qo'ymayman"degan bo'ldilar.
- Manga qaren, siz bolarizni yonini omen! Bugun bo'masa ertaga oladi!
- Kechirasizu Diyora singlizni eng yaqin dugonasini bo'ladi. Kelib-kelib... Maxfuza asalim ertaga sanga rosa chiroyli brosletik sovg'a qilaman. Hop?! Hafa bo'ma.
- Kerakmas! Kim dib o'ylavos. Birovdan qogan brosletiz!
- Yangisini beraman. Mana, mana buni yengisidan.
- Voy bu Sayyodni "Faxirli Inson" brosletiku? Dugonalarimda ko'rudim. Qon topshirish akciyasidami, ushatda berishkan.
- Ana shunaqa! Siz bormaganmisiz?
- Voy man qondan qo'rqaman? Lekin bir martta varrak uchirganilada borganidim. Manga rossa yoqqan. Hamma mashxurla bilan fotoga tushkanman. Yana qochon yeg'ilasila? Mashxurla keladimi? Usha forummi, po'rumga qanaqa qo'shilsa bo'ladi?
Zinnura opani ensasi qotib keti. " sandan nima foyda? Rasmga tushkin kesa ana konsertga bor, to'yxonalarga qatna! O'zbeni nimasi ko'p? To'yi ko'p. Bor ana?!" deb o'yladiyu? Ensali jilmayib Anvar degan forumdoshini raqamini yozib berdi. Maxfuzani sudragancha opachasi tez-tez yurib uzoqlashdi. Afsus bekor qattim gapirdim, endi uchrashuvga chaqirishmidi deb o'yladi. "Hammasi sani axmoqona ko'zmunchog'in dib."
Fazliddin...

Добавлено (22-Дек-2012, 19:10)
---------------------------------------------
Bu Hikoyada 4 ta forumdoshni yordami bor.


Faqat 3 ta shart!
 
Zinnura_KСана: Шанба, 22-Дек-2012, 20:46 | Изох # 578
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Fazliddinaka))) aaaaaajooooyibbbbb! Eng zo'r xaqiqat mana wu deeee !

erka farishta....(m)....
 
LoadingСана: Шанба, 22-Дек-2012, 23:05 | Изох # 579
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Parvina Zuxraxon Qoraqosh ga katta raxmat va Zinnura etmagani uchun alohida raxmat

Faqat 3 ta shart!
 
MirzoxidСана: Якшанба, 23-Дек-2012, 02:59 | Изох # 580
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
cool e qoyile forumdowlani hayoti zo'r chiqibdi biggrin lol

...
 
komol_76Сана: Якшанба, 23-Дек-2012, 03:07 | Изох # 581
Форум рахбариятидан
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 195
Тақдирланишлар: 5
Хурмат даражаси: 782
Холати: Хозир йўқ
Bu nimasi tushunmadim? Yangi chatlar paydo bo'lyaptimi? SpecialOne yomg'itdan keyingi qo'zoqorinday yangi mavzular ochichni bas qiling, iltimos... Hamma ijod namunalarizzi OQ LOLALAR mavzusida davom ettirsayizam bo'lardi. LS izga javob bermaganimdan ham tushunsangiz bo'lardi... Yaponlarda kiahini ranjitmaslik uchun "YO'Q" so'zi ishlatilmaskan, biza yapondan kammasmizku...

нима ёзсела ёзуврила, ўчирмиман.. (лекин провокаторлар жазоланади, ҳақорат, камситиш ва мазах қилишга йўл йўқ!!! шахсий муносабатлар форумдан ташқарида!!!!)
 
SpecialOneСана: Якшанба, 23-Дек-2012, 04:41 | Изох # 582
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 167
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 29
Холати: Хозир йўқ
* * *
2004-yil. 9-sinf qizning hikoyasi....
(Hayotda körgan, guvohi bölgan voqealarim asosida....)
-Oyi, nima qilyapsiz? Kech böldiku uxlamaysizmi? Soat ham uchdan ötibdi, hozir tong otadi. Uxlay qoling, özizni qiynamang, ertaga kun yorug'ida birgalashib tugatib qöyamiz.
-Qizim, sen uxlayver, men hozir bir pasda shuni tugataman-u uxlayman. Ertalabga nonimiz qolmgan, shuni tugatsak ertalab azonda topshirib, puliga ikkita yangi kelgan 'buxanka' non olib kelasan, höp qizim.
Singling och uxlab qoldi-da....
-Yöq, oyi nega, kechqurun hammamiz yaxshi ovqatlandik-ku!
-Kartoshka, piyozdan qilingan yarim kosa shörva nima ham bölardi. Öqishingiz kerak, hali yaxshi inson bölasizlar, katta odam bölsanglar dasturxonimiz yana tökin böladi, ha qizim?
Singling och uxlab qolgani yaxshi bölmadi-da, uxlaganinglardan söng ikki, uch marta uyg'onib oyi non bormi, ozgina non bering deb söradi....
-(Nima deyarimni bilmay qoldim, oilada uch kishimiz, oyim, men va singlim. U hali maktabga ham chiqmagan, aqli yetmaydi-da hali, oyimdan köp narsa söraydi, bilmaydi-da biz hamma kabi emasmiz. Dadamning özga yurtga ishlagani ketib qaytib kelmaganini, oyimning tunlari uxlamasdan tön qavib chiqishlarini, bizni öylab siqilishlarini bilmaydi-da....
Bög'zimga öt qadaldi, oyim ohirgi ber necha kundan beri tuzukroq tuz ham totmasdan, uxlamasdan pul topish uchun harakat qilyaptilar, qani edi qölimdan kelsa yordam bera olsam....
Ötgan kuni yig'lab ötirgan ekanlar, qöllariga nina kirib ketibdi, bu birinchi marta emasdi, qöllari qavarib ketgan bu azoblardan. Aslida, bizni öylab siqiladilar, shu uchun yig'laydilar, garchi, dadang kelsalar hammasi yaxshi bölib ketadi deb bizni ovutsalarda, özlarini özlari aldayotganliklarini biladilar, biz ham bilamiz dadam endi kelmaydilar, ötgan besh yil ichida u yerlarda yangi oilali bölib ketibdilar. Ey Hudo, tezroq men ham ulg'ayib oyimning og'irini yengil qilay....)
-Singling yosh hali, uni hafa qilma, u senga eng mehribon inson böladi, sizlar ham anchadan beri yaxshi ovqat yemadinglar, ertalab yaxshi nonushta qilib beraman, uxlay qol endi qizim.....
-(Ertalabki vaziyatni bir umr yodimdan chiqara olmayman, oyim ösha ötirgan joylarida, qöllarida nima, tizzalari ustida tönning yeng qismi, bir bölakkina öchay deb qolgan sham yorug'ida közlari ochiq bir nuqtaga tikilib ötirgandilar, yugurib bordim, qöllari muzdek, etim jimirlab ketdi....
Oxirgi ayta olgan sözim shu böldi....)
-Oyi, oyijon, közizni oching. Men tez katta qiz bölaman, faqat, iltimos bizni tashlab ketmang....
2004-yil. 28-noyabr.
(...Oilasidan uzoqda huzurini körib yurgan erkaklar uylarida nima yoki kim kam ekanligi haqida, yo bölmasa, maktab yoshidagi beg'ubor, sodda qizlari oyimga oson bölsin, hadeb daftarga pul sörayvermay deb, eski daftarlaridagi bösh varoqlardan öziga daftar yasayotganida daftardagi mayda simcha jajji barmoqlariga kirib qanchalik azob berganligi haqida bilarmikanlar!? Shu jarohat rivojlanib, asorati ösmir qizlariga bir ayb bölayotganligi haqida öylarmikinlar!?)
 
GULI_NURСана: Якшанба, 23-Дек-2012, 08:59 | Изох # 583
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 794
Холати: Хозир йўқ
Qoyil
hands
 
LoadingСана: Душанба, 24-Дек-2012, 22:42 | Изох # 584
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Yolg'iz yo'lovchi.
"Tinchlik" metro bekatida tumonat odam. Odatda bu vaqtda ish kunida ham yo'lovchi bo'lmasti. Uning ustiga kechasi. Taymer 10 daqiqani sanab bo'ldi. Tablo o'chtiyamki poyezd yo'q. Ustunlarga suyangan odamlar chuqur uf tortib qo'yishadi. Be toqat bo'lib tanelga quduqdan suv qidirganek tikilishadi. Metro ishchlari, hafsizlik xizmati hodimlari hafli chegaradan o'tib ketkan yo'lovchilarni tartibga keltirib ulgurishmaydi. Bekat navbatchisi turli qo'ng'iroq chalib maxsus signal beradi. Bekat markazi bo'ylab Hafiza qadam tashlab yurib boradi. Odam kamroq joyda, taxminan vagon eshigiga ro'boro kelib to'xtadi. Boshida urfda bo'lmagan qora ro'mol, egnida etagi kalta palto, kalta yubkani qora kalgotka ustidan kiyib olgan, oyog'iga qo'polroq yungli etik kiyib olgan. U poyezd izlariga qarab o'yga toldi. Birdan orqaga tisariladi. Birovga urulib ketishdan cho'chib ortiga yon veriga o'girildi. Unga birov axamiyat bermadi. Bilinar-bilinmas, ro'molini tartibga keltirib oldi.

Добавлено (24-Дек-2012, 20:28)
---------------------------------------------
U o'zini poyezd tagiga tashlash maqsadida metroga tushgan. Qani endi poyezd kelmasaydi. U o'zini tashlamasa. Yo'q bu dunyo g'amlari uni ezib bo'ldi. Qo'rqmaydi. O'lim eng to'g'ri qaror. Odamlar orasida u begona. Hozir o'zini poyezd tagiga tashlaydiyu dunyo g'amlaridan qutiladi. Ayibdor kim ekani muxumi emas, u o'zini qurbon qiladi. Xaqiqatni qancha suv yuzasiga qalqib chiqishiga urunmasin be foyda. Hovoga yetolmadi. Suv yuzasiga olib chiqishni istagan haqiqati bilan birga yosh joni nobut bo'ladi. Bu dunyodan izsiz ketadi. Birov uni eslamaydi. Hech kimga kerakmas. Hozir o'zini tashlaydiyu, usha be qaror Axmadni yoniga uchadi. Uni kuzatadi. Ko'ksiga urib dod solishidan roxat oladi. Lekin qanday qilib? Ruxi qanday qilib roxatlanadi? Odam o'lgach his-tug'ular ham o'lsa kerak? Agar his-hayajondan maxrum bo'lsa unda, ota-onamni ham sog'inmaymanmi? Hafiza yana ortiga bir qadam qo'ydi. Qo'rqdi, birov be extiyor turtib yuborsa tushib ketishdan cho'chidi. Hayolida kimdur uni turtib yubordi.

Добавлено (24-Дек-2012, 20:44)
---------------------------------------------
Bu o'g'il bola edi. Axmad edi. Odamlarga najot istab qo'l uzatdi, biror odam hozirgidek uni payqashmadi. Hammaga poyezd kerak, uyiga shoshiladi. Oilasi yoniga, farzandlari quchog'iga boradi. Hech kim sevgani kutib turganida qandaydur begona qizni qutqarishni xayoliga keltirmaydi. Hayolan yo'lga qulayabtiyu po'yez kelmayaptimikan degan xavotirda tanelga qaradi. Yo'q qaytib chiqishga ulguradi. Poyez kelib uni urib ketti. Yo'q!!! Hamma shu tarafga qaradi. Hanifani ro'parasida turgan Zarif hijolatdan dovdirab qoldi. Hanifadan uzoqlashdi. Bekatda sezilarli g'ing'ir-g'ing'ir boshlandi. Biror odam nima gap deb kelishga botinolmadi. Hizmatdagi hodimlaram bir zumgina ularga qarab qo'ydilarda ish-ishlariga chalg'ib ketishti. Bekat ustunlari oralab sadolanib turgan ovoz, haloyiqqa singib ketti. Qorong'u yo'lakdan aldamchi shamol esib turibti. Havo aylanish tizimidan bir maromdan mator shovqini eshitiladi. Bazan poyezndi uzoqdagi tovushini eslatadi.

Добавлено (24-Дек-2012, 20:56)
---------------------------------------------
Shundanmi yoki betoqat odamlar qaytadan yo'lga ko'z tashlashdan charchashmaydi. Hafiza hayoli va hayoti oraliqlarida o'zini anglab ulgurmay Zarif unga yaqinlashdi. Sinfdoshini bu holda uchratishni ayniqsa u kutmagan edi. Lekin u bolalikda edi. Bugungi kun... Zarif sinfdoshlar bilan maktabni yakunlaganlarini 5 yiligiga Hafizani taklif qildi. Taklif qildiyu do'st-dugonalari qanday qabul qilishar ekan? Bormimman desa.. Zarif sinfdoshini borishini istadi. Hanifa nimadan uyaldi? Naxotki xali-xamon kiborligi qolmagan bo'lsa? Avvalgidek bizni mensimaydi? Meni, hech bo'lmasa men uchun, meni hurmatim uchun bormaydimi? Meni mensiyotkani yo'q. Men kuyib gapiryabman, u bo'lsa yer chizib turibti. Jilmayishi sohta. Hafiza Zarifni oldida boshini eggancha jim turar, hayol va hayot oraliqlarida gangib qolgandi. Kutilmaganda bunday taklif, to bora yo'qlikka, zulmatga qulayotkanida najot qo'li. Aslida shular edi uning suyanchi. Ular har safar unga qo'l cho'zgan edilar. U vaqtlarda Hafiza qanday edi?

Добавлено (24-Дек-2012, 21:42)
---------------------------------------------
O'ziga to'q oila qizi, yegani chet elniki, kiygani chet elniki, atrofida faqat chiroyli qizlar bo'lardi. Go'zallikda tengi yo'q qo'g'irchoqlar. O'qishi zo'r edi, aqli uncha-muncha tengqo'rlaridan yaxshi ishlardi. Faqat bu ko'z-ko'z uchun edi xalos. Tavallud kunida hammani uyiga chaqirib to'kin dasturxon yozardi. Faqat shu 9 yil ichida sinfdoshlar uning ota-onasini faqat suratda ko'rishgan edi. Bazi sinfdoshlar uni ota-onasi o'lgan deb ham o'ylar edilar. Kichik sinflarda uncha-muncha gaplashib turar edi. Yuqori sinfga kelib Zarifdan boshqasi bilan gaplashmasti. Sinfdoshlar, dugonani keragi yo'q ediku? Ularga muxtojligini sezmagandi. Nega bugun nechchi yildan biyon yonimda deb bilgan ota-onasini mexri uni ovutmayabti? Qo'llari muzlab bormoqda. Uni maxkam tutib iliq munosabat ulashishga qodir yaqini yo'q. Ilojsiz qoldimi? Shu fursatda nima uni majbur qildi? Nima uni ongiga o'zini o'ldirish g'oyasi berdi? Nima uchun minglab odamlar orasida yolg'iz qoldi? U inkor etadimi yoki uni inkor etishadim? Ota-onasini ko'rmaganiga yillar bo'lib ketti. Ularga kerakmasmi? Axmadni teshlab ketkanichi? Uni tashlab ketaverishadi. Hafizaga endi shunday tuyilar? Hammasidan to'yib o'zini o'ldirmoqchi. Kuchi yetarmikan? Iymoni komilmi? Bu ishi iymondanmi? Iymon? Aqli yetkani qora ro'mol o'rash bo'ldi. Balki buni xam qaysidur kino, serialda ko'rgan bo'lsa kerak. Shu savollar atrofida o'ralashib qolgan Hafiza Zarifni ko'zlariga qaradi. Bu dunyoda bir dona odam ko'zida samimiyat ko'rishni istardi. Ayni damda haqiqiy suyanchiqqa zorligi uni so'lardi. Bekat markazida turib ikki yo'lni tanlash imkoniyati berildi. O'ziga-o'zi savol bilan yuzlandi. O'lish bu ro'yxatda endi yo'q.


Faqat 3 ta shart!
 
MirzoxidСана: Сешанба, 25-Дек-2012, 02:35 | Изох # 585
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
uuuffff bash yana wu holat Loadin janoblari odamni wunday qiynateriw ekanda (xazil) xikoyani ichiga kiribketibman essiz oxirida to'stdn stop chiqdi
qoyil davomi bormi hands specool thumb thumbup


...
 
LoadingСана: Сешанба, 25-Дек-2012, 09:10 | Изох # 586
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Qaysi yo'lni tanlaydi? Mag'rur bo'lib avvalgidek yashaydimi? Qo'lidan kelarmikan? Axmad hech bo'lmasa u tashlab ketmaganida edi. Horijga ota-onasining yoniga borsami? Kimni uyida yashaydi otasinimi? Onasini uyidami? Bu xaqida o'ylashni istamaydi. Hayotdan to'yishiga qisman ular ham sababchi. "Bola-chaqa senlarni kelajaging uchun yuribmiz" deb aytishardi. Tarbiyachi? Buvam erkak bo'lib osh-ovqatimga usti boshimga qarardi. Ozmi ko'pmi menga dalda berardi. Usiz kimga kerakman? Axmadga. Uyam endi aqli kirdi. Boyligim uchun yurardi. Unga endi boylikdan ko'ra baxt kerak. Oyoqqa turib olib... Shunday xayotda yashayversinmi? Hor bo'lib yolg'iz yashash.
Oddiy inson bo'lib yashab ko'rsa bo'lmaydimi? Mana qo'l cho'zib yur deb turibti. Balki endi yetar o'zini kuchli qilib ko'rsatib yashash. Oldin shuni hohlardi. Doim o'zini hohlaganini qilardi. Bugun odamlar orasida bo'lishni istab turibti. Nega bu hohshiga o'zi qarshilik qiladi?
Nima qilish kerak? Qaysi yo'lni tanlasin
Zarif kutib o'tirmadi, vagon eshigi ochilgan zaxoti Hafizani sudrab olib ketti. Axir xar bir odam hato qiladi. Kechiriladi. Hato qildimi? Jazo muqarrar. Alloh gunoxkor bandalarini jaxannam o'tida kuyishini iroda etib, gunoxi yonib bitkach farishtalarga amr etar ekan. Yuvintirib poklab jannatga kirishiga ruxsat berilar ekan. Peshonasida qayerdan kelgani haqida tamg'asi bo'lar ekan. Hafiza do'slari yoniga qaytdi. Ammo! Uning xam tamg'asi bor! Yo'q bu tamg'a uning ichida. Nomi afsus. Afsuski shuncha yil yolg'iz yo'lovchi bo'lganidan. Buni u va yaratgan biladi. Do'slari davrasida quvonib o'tirgan kezlarida endi "Yolg'iz yolovchi" emasligidan quvonadi. Yuzida quvonch bilan ichidagi dog'ni ko'zlarini yoshiga yashiradi. Bilganicha tavba qiladi va "oxiratdagi tamg'adan Alloh saqlasin!" deya duo qiladi.


Faqat 3 ta shart!
 
Anv@rbekСана: Якшанба, 06-Янв-2013, 02:01 | Изох # 587
Иштирокчи
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 128
Тақдирланишлар: 7
Хурмат даражаси: 1436
Холати: Хозир йўқ
Muallifning iltimosiga binoan, ushbu mavzu chat gaplardan tozalandi va ochildi.
Taklif va talab inobatga olinganidan keyin, o'zaro xurmat va ishonch tushunchalariga e'tiborlik va jiddiylik bilan qarashilarni so'rab qolaman.
Special One marxamat, ijodingizni davom ettirishingiz mumkin.



 
GiyosСана: Сешанба, 08-Янв-2013, 21:26 | Изох # 588
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
DO'LLI, TIRIK KO'MILAYOTGAN IT...

Ko'chada yomg'ir sharros quymoqda. Yomg'irda qolib ketdim. Panaroq joy ham topa olmadim. Yoz yomg'iri bo'lgani uchun kuchli yo'g'ib hamma yo'gimni jiqqa ho'l qilib tashladi. O'zi uydan chiqayotganimda onam: "Ozgina shoshmay tur. Yomg'ir yog'adi hozir. Keyin borasan" degalariga ahamiyat ham bermasdan chiqib ketgandim. Yoshim endi 7 ga to'layotgandi. Eshikdan chiqib 500 metr yurmasimdan yomg'ir quyib yubordi. Uyga qaytishga erindim, "yomg'ir tezda tinar" deb yo'lda davom etaverdim. Men amakimnikiga ketayotgandim. Uyligi uzoq emas, qo'shni ko'chada turishadi. Ularnikiga borgunimcha yuvib, quritilmagan kiyimni kiygandek bo'lib qolgandim. Yetib borib eshikni taqillatdim. Ha deganda, hech kim chiqmadi. 1 daqiqalar chamasi, amakim yomg'irpo'shni ko'tarib chiqib keldilar va usti boshimga qarab, indamasdan ichakariga olib kirib ketdilar. Ularni o'g'illari yo'q edi. 2 ta men qatori qizlari bor edi. Kelinoyim ichkari xonadan chiqdilar, salom berdim. Amakim meni yomg'irda kelganim uchun koyigan bo'ldilar. Keyin kelinoyimga qarab, menga kiyim olib chiqishlari tayinladilar. Kelinoyim sal chunarsiz qarab turgan edilar, amakim "bo'laveradi hozirga" deb aytdilar. Men hech narsaga tushunmadim. Keyin menga "ustingdagilarni yech, kelinoying hozir quritib beradi, bo'lmasa shammollab qolasan" deb ustimdagilarni yechishga yordam berdilar. Kelinoyim esa bu paytgacha boshqa kiyim olib chiqib, ustimdagi kiyimlarni olib ketdilar. Menga ustimdagi kiyimlar yoqmayotgan edi. Na iloj. 10 daqiqalardan keyin yomg'ir tindi....
Ichkaridan kelinoyim kiyimlarimni dazmollab quritib olib chiqib berdilar. Qizlar kiyimini tezda yechib, o'zimni kiyimimni kiyib oldim. Amakim menga ketdik deb tashqariga yurdilar. Men orqalaridan ergashdim. Ular menga: "Jiyan kel, avval menga qarashib yubor. Boya yomg'ir yog'masdan oldin hashakni panaga yig'ib qo'ygandim. Ushani joyiga qaytarib qo'yaylik" dedilar. Menga bitta kichik payshaha berdilar. O'zlari ham boshqasini olib, ishga kirishdilar. 15 daqiqada ishni bitirdik.
Keyin amakimga yuzlandim: "Men keta qolay. Uyga qaytgim kelyapti" dedim. Ular menga ma'noli qaradilar. Qarab turib: "O'zi nega kelganding" dedilar. Men aslida ularnikiga kuchuk bolasini olib ketgani kelgandim. Yaqindagi kuchukligi "To'rtko'z" bolalagandi. Ushanda 1 ta bolasini menga va'da qilgandilar. Shuni etdim. Haa dib qo'ydilar. Keyin kuchukchalarni chaqirdilar. Kelishmadi. Menga o'zing chaqirib, tutib olib ket deb o'z ishlari bilan mashg'ul bo'ldilar. 6 ta bolalagandi. Hozir 2 ta qolibdi. Qora va oq ranglisi. Menga qorasi ko'proq yoqayapti. Bo'ynida qo'ng'iroqchasi ham bor ekan. Lekin unisini olishimga ruhsat berishmadi. Oq kuchuk bolani chaqirdim, lipilab yugirib keldi. Ko'tarib olib, endi xayr dimoqchidim, uzoqroqdan To'rtko'zni g'irillagan ovozini eshitdim. Keyin men tomonga qarab yugurib kelayotganini ko'rdim. Qochdim. . . Ulgurdim. Eshikdan vaqtida chiqib yopib qo'ydim. Kuchuk bola qo'limda. Amallab olib ketdim. Yo'lda charchab qo'yib qo'ydim. O'zi yurarmikan desam, o'tirib olib, joyidan jilmadi. Yana ko'tarib uyga olib bordim.
Uyga olib keldim. Uncha kirishib ketmadi. Uyni bir chetida o'tirdi. Oldiga idishda suv qo'ydim. Keyin bir burda non tashadim. Yemadiyam, ichadiyam. Bekorga ovora bo'lganim qoldi. Ikkita akam bor. Ular unga uy yasashdi. Ushatga bog'lab qo'ydik. Bog'laganimiz unga yoqmadi. G'inshidi. Na iloj chidaydi endi. Shunday qilib asta sekin yangi sharoitga o'rgana boshladi.
Endi yangi kuchukda, qiziq. Ko'chaga chiqayotganda birga yetaklab chiqardim. Zo'r edi. Oldinlari ham kuchugimiz bo'lardi. Lekin unda man kichkina bo'ganimga uncha qaray olmasdim. Bir marta esimda juda kichkina edim. Do'ndiq degan kuchugimiz bo'lardi. Hoziram elas elas eslayman. Adam zanjirini qo'limga berib qo'ydilar. Ko'chada turibman. Endi u ham uyda turaverib zerikkanku, aylangani tortqilaydida. Qani to'xtatishga kuchim yetsa. Adam uyga kirib ketganlar. Hech to'xtata olmayman. Kuchim yetmaydi. Oxiri yig'lab yubordim. Adamni chaqirdim. Qochib ketadi deb baqiraman. Lekin qarashmaydida hech kim. Meni yiqitib ketib qoldi... Keyinro qaytib keldi. Men qaydan bilay uni qaytib kelishini. Uydan qochib ketayapti deb o'ylabmanda. Mana endi Doliga qarayapman. Ha aytgande. Unga Doli deb nom qo'ygandik. Shunchaki, chiroylida. Qatga borsam Doli bilan boradigan bo'ldim. Boshida zanjiri bilan sudrab yurdim. Keyinchalik 1 - 2 yildan keyin yechib yuborsa o'zi birga ergashib yuradigan bo'ldi. Uni akkilashi chiroyli edi. Birinchi marta eshitganimda rosa hursand bo'lgandim. Rosa zo'r kuchuk bo'lgandi.
Bir marta akalarim uzoqroq joydagi qarindoshimizikiga borishayotgandi. Birga olib ketishdi. Uyam ergashib ketaveribdi. Yarim soatlardan keyin bir o'zi qaytib keldi. Keyinroq, kechki payt akalarim kelishdi. Dolini so'rashdi. Uyda dedim. Uyam anqayib qayerdandur chiqib qoldi. Keyin aytib berishdi. Yo'lda mashinani tagida qolib ketibdi. O'rtasida. Keyin yo'q bo'lib qolibdi. Usha payt u uyga qaytgan ekan. Kuchuk soppa sog'. Bundan keyinam 1 marta mashinani o'rtasida qolib ketgandi. Shundan keyin mashina yo'lga chiqmaydigan, mashinadan uzoqroq yuradigan bo'ldi. Bir xillarida jahlim chiqganida oyoq ostidan chiqsa huddi u aybdordek urib yuborardim. Gap eshitsam u aybdordek gap ham eshitardi. Odamni rosa tushunardi. Aytgan buyruqlarni hammasini qilardi. Shungami bir xillarida ko'chaga chiqmoqchi bo'lganida ba'zida chaqirsam birga yurmasdi. Qattiqroq baqirib chaqirganimdan keyin chiqardi. Shunda ham hohlamay borardi. To'g'ri bir xillarida uzoq bog'lanib qolgan bo'lganda yechib yuborganimda uchib chiqardi. Endi sharoitga qarabde.
Lekin baribir zo'r kuchuk. Unaqasi hech qayerda yo'q edi men uchun. U uydaglardan ko'proq onamga bog'lanib qolgan edi. Onam maktabda ishlaganlari uchun, birga maktabga ketar edi. Men maktabni bitirdimam, u bitirmadi. Deyarli har kuni borar edi. Oxirgi paytlar bog'lamay ham qo'ydik. Erkinlik tarafdori bo'lib. Maktabda kimdir onamni qidirishsa Do'lini mo'jjal olib borishardi. U onam kirib ketgan xona eshigini oldida poylab turgan bo'lardi. Onamsiz uyga qaytmasdi. U bu joylarni aylanib yurganida onam uyga ketib qolsalar mabodo, kechki paytgacha usha yerda poylab turardi. Keyin qaytib kelardi. Bir xillarida o'qituvchilar "uyga ketdi, senam ket" diyishganda ketardi. Ko'p hollarda onam ketishlaridan avval, uni chaqirardilar. Ja bo'lmasa hushtak chalardilar. Qayerda bo'lsa ham tezda yetib kelardi. Qoyil qolmasdan iloj yo'q. Kunlar, oylar, yillar o'taverdi. Bu orada xarbiy xizmatga borib keldim. Usha yerda ham kuchugimni so'rardim. Akam ham xizmatga borganda so'rardi. Yaqin edida.
2010 yil 16 yilga to'ldi. Bir kun bilardim, Kuchigimdan ayrilishimni, lekin qanday qlib buni bilmasdim. Aytishardi. Yahshi kuchuklar o'ligini egasiga ko'rsatmaydi deb. Ko'chada o'zi chet joyga borib, o'lim topadi deb. Meni Do'lligim ham yahshi kuchukmidi? Bilmadim. Fevral oylari sovuq keldi... Do'lli kasal bo'lib qoldi(((
Bundan oldin ham it boqganimizda uzoq yashamagandi. U hozir 16 yil yashadi. 1994 yil yozda tug’ilgan bo’lsa, 2010 yil feval oyi. Bir necha yil oldin bitta kichkina kuchukcha olib kelgandi akam. Katta bo’ladigan deb. Do’lli arazlab yurdi. Hafa bo’lib. Keyin kichkina kuchukni berib yubordik. Do’lli hozirda Qanaqadir yo’talardi. Vetenarga tanishga telefon qilsam, 16 yil yashabdi. Qarigan deb qo’ya qoldi. To’g’rirog’i tuzatolmayman deya olmadi. Sovuq. Inida yotgisi ham kelmadi. O’rniga yerto’laga tushib yotardi. Ertalab u yerdan qaytib chiqardi. Zinalari baland bo’lsa ham qiynalib chiqaverardi. Ozgina kun o’tgandan keyin orqa oyoqlari yahshi yura olmay qoldi. Iniga yana ko’rpachalar tashlab, issiq qilib berdim. Boshqa iloji yo’q, yotdi. Ozgina sudralib yuradi, keyin yana kirib yotadi. Yotali hirillashga o’tdi. Kun isiy boshladi. Inidan chiqib qaytib kirmadi. Bitta yashikka jiyanlarim matolarni tashlab qo’yishgan ekan. Usha yerga yotib oldi. Keyin qaytib tura olmadi. Tagiga yana ko’rpalardan solib qo’ydik. Kechasi ustini ham yopib qo’ydik. Yoniga suv qo’ydik. Ichmadi. Ovqatini ham yemadi. Faqat kelgan odamga termulib yotardi. Boshini silaganimda ko’zini pirpiratib qo’yardi. Nima kasal ekanini ham bilmasdik. O’zi ham rostan ham qarigandi. Yoshligidagi sho’xliklari tugagandi. Qora rangli tuklariga oq tushgandi. Hozirgi yotishi esa daxshat edi. To’g’risi o’limini poylayotgan edik. Ertalab uyg’onib, yuzni yuvmasdanam unga qarardik. Tirik, hayriyat. Usha gaplar esimga tushdi. Yahshi it uydan uzoqda, egasini ko’ziga ko’rinmidigan joyda o’ladi. Lekin bu yura olmayapti. Onam ham shu gapni etdilar. Keyin manga itni maktab hovlisini chekkasi qo’yib kelishimni, shunda o’sha yerda o’lishini, bo’lmasa uyda o’lmasligini aytdilar. Men qanaqa qilib o’z kuchugimni, 16 yil birga yashagan kuchugimni ko’chaga tashlab kelaman. Ko’rganlar aytmaydimi deb hazilomus qilib javob berdim. Ko’p bora aytdilar, men unamadim. Do’lli yashikda yotaverdi. Na o’lmadi. Na tuzalib ketmadi. Og’ziga suv quyib turdik. Sho’rva ichirib turdik. O’zi yemaydi, ichmaydi. Faqat ma’nosiz tikilib yotardi. Bir necha kun o’tib (mart oylari), kun yana salqinlay boshladi. Men vaqtli uhladim. Kechasi bir uyg’ondim. Onam hali uyg’oq ekanlar. Do’llini ahvolini so’radim. Aytishlaricha akam unga sovuq qotmasin deb aroq ichiribdilar. Ensam qotib, yana uhladim. Ertalab tursam, adam: Do’lli o’libdi deb qoldilar. Onam ham adamni fikrlarini ma’qulladilar. Borib qaradim. Yashikda qimirlamay yotibdi. Yashikni surib ko’rdim. Qimirlamadi. Avvalari surib ko’rganimda ko’zini ochardi. Qotib yotibdi hozir. Achindim. Ko’chaga ham chiqa olmadi. O’ligini ham berkita olmadi deb. Men bilardim. Do’lli yahshi kuchuk edi. Faqat u yura olmay, ko’chaga chiqa olmadi. Shuncha kun tuzalishini kutib yashadi. Afsus chiday olmadi... Uni ko’mishim kerak edi. O’qishga ketishga hali ancha vaqtim bor. Ko’mgani olib ketaman dedim. Yerto’ladan, ketmon va belkurakni olib chiqdim. Hayvonlarni pastga, yani uyimizdan pastroqda joylashgan suv bo’yiga, do’ngliklarga, hech kim yashamaydigan ovloq joyga ko’mardik. Nomini negadir past deb atardik. Avvalari ham o’lgan kuchuklarmizni usha yerga ko’mgandik. U paytda akalarim ko’mishgan. Men kichikina bo’ganim uchun. Endi menga qolibdi. Do’llini yashigi bilan olib ketishga qaror qildim. Ustiga qop yopib olib ketaman dedim. Va qo’limga qop oldim. Yonimga 2 ta jiyanlarim kelishdi. Ular qarab turishibdi. Qopni asta yopdim. Jiyanlarim: Voy ko’zini ochib yumdi deyishdi. Men ko’rmadim. Ularga shunday tuyilgan deb o’yladim. Chunki o’zim qarab turibman. Ular yosh bola bo’lsa. Ko’ziga har narsa ko’rinaveradida. Har holda yahshi ko’rgan kuchigi edi. Keyin aravaga yashikni ortib pastga ketdim. Yashikni aravadan tushirib, yerni kavlay boshladim. 1 metr qazidim. Yonlarini yashik sig’adigan darajada kengaytirdim. Endi ko’msam bo’ladi. Yashikni chuqurga tushurdim. Iya qadrdon Do’lligim bilan xayrlashish qolibdiku. Qaytib olib ustidagi qopni asta ochdim, bir uchi Do’llini boshini silab o’tdi. Shu payt Do’lli ko’zini ochib yumdi. Aniq ko’rdim. Ko’krak qafasiga qaradim. Nafas olayapti. Hayron qoldim. U o’lmagan ekan. U tirik ekan. Men tirik itni ko’mishimga oz qolibdi. Yahshiyam xayirlashay debman. Bo’lmasa uni tiriklay ko’mib yuborgan bo’lar ekanman. Qanaqasiga tirik. Axir menga o’lgan deyishgandiku. Haya. Unga kecha aroq ichirishgan. Ushani ta’sirida qotib uhlagan. Ex. Jiyanlari ham boya aniq ko’rishgan ekan. Endi nima qilaman. Adamga telefon qilaman. –Allo, ada. Do’lli o’lmagan ekanku. Mana nafas olayapti. Meni aldabsizlar. Nega bilmaysiz. Siz aytdingizku. Hop. Hozir onamga ham telefon qilaman. – Allo. Ona. Do’lli tirik ekanku. Nega menga uni o’libdi dedinglar. Hop qoldirib kelaman shu yerga. Sizlar atilatan kelishib, Do’llini ko’chaga olib chiqishim rejasini qilgansizlar. (Oxirgi gapimni hazilomus, kulib gapirdim). Mayli. Hali o’qishdan qaytib xabar olaman. Do’llini yashigi bilan chekkaroqqa qo’ydim. Yomg’ir tomchilay boshladi. Do’lli, mendan rozi bo’l deb pichirlab uyga qaytdim... kun bo’yi hayolib pastda qolgan Do’llida bo’ldi. Darslarim tugashi bilan uyga tezlik bilan qaytib keldim. Adam ham uyda ekanlar. Onam pastga Do’llidan xabar olgani ketibdilar. Men ham kiyimlarimni almashtirib, usha yerga otlandim. Uydan 100 metr uyrmasimdan onam qaytayotgan ekanlar. Qo’llarida ketmon. Savol nazari bilan qaradim. Ular: O’libdi. Ushlab ko’rdim. Sovugan. Keyin toshdek qotgan. Yashiksiz ko’mdim, dedilar. Chuqur ho’rsinib qo’ydim. Onam o’z qadrdon itlarini ko’mibdilar deb o’yladim. Do’lli yahshi it. Chunki u uydan tashqarida o’ldi. Bunga u erishdi. Undan faxrlansam arzidi. Qoyil qoldim... Bir necha oydan keyin u ko’milgan joydan yo’lim o’tdi. Yana ho’rsinib, uni eslab qo’ydim. Doim uyga kelganimda u bo’lardi. Hozir yo’q. Undan uyda yerni beton qilayotganda, qotmasdan yurganda qolgan izlari turibdi. Va rasmlari. Bir necha marta yo’lim tushardi. 2012 yoz oylarda yana yo’lim tushdi. Pastni endi sotib, xususiylashtirib olishigandi. Do’ngliklarni traktorda tekislab tashlashibdi. Tep tekis yer bo’lib qolgan. Usha yerlarni aylandim. Shu atrofga Do’llini ko’mgandik. Mana shu joylar edi. Lekin do’nglik yo’q. Do’llini birorta suyagni ham topa olmadim. Onamga bir kun: Boshqa kuchuk olib kelaymi deb so’radim. Onam: Yo’q, boshqa kuchuk boqmaymiz. Bizda faqat Do’lli bor edi. Boshqasi bo’lmadi, deb javob berdilar. Menga ham shu ma’qul edi. U borida ham boshqa kuchuk olib kelganimizda hafa bo’lgandi. O’lgandan keyin hafa bo’lmasligi uchun ham boqmaymiz...
Bu 2009 yil yoz oylarida eshikdan uyga kirmoqchi bo'lib qarab turgan rasmi. (Moy Mirga joylagandim usha payt. Mana hozir ham turibdi.)


Tamom.

Mualif: Giyos


Sog' salomatlik...
 
LoadingСана: Чоршанба, 09-Янв-2013, 11:58 | Изох # 589
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
P.S VOY ashal! Ashal?
Hich qachon kuchugim bo'magan. Lekin bolaligimni eslatvordi.

Manga yoqti!


Faqat 3 ta shart!
 
xasan_uzСана: Шанба, 12-Янв-2013, 23:28 | Изох # 590
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 5
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 302
Холати: Хозир йўқ
16-dekabr.
soat chamasi 15:20 lar. xauo sovuq. bolalr uyi kiraverishidagi eshik yonida chaqaloq yig'isi eshitilardi.

bolalar uyi raxbari bu ovozni eshitdiyu tez ko'chaga yugurdi. bu xol ancha tanish, xattoki o'rganib ketgan mudira opaga, bu safargisi ancha og'ir botdi. chaqoloqlar 1 ta emas 2 ta edi.
xali oyiga yetmagan murg'ak go'daklarni ko'rdiyu ko'zlari to'la yosh bilan ularni birin ketin bag'riga bosarkan, chaqnab turgan ko'zlari ustidagi qorni ko'rib dodladi,....
chaqaloqlarni xonasiga olip kelishdi. ustidagi jiqqa xo'l bo'lip ketgan, yupin o'ralgan oq yo'rgaklardan tez ajratishdida, ustiga issiqroq kiyim kiydira ketishdi. ular qizaloqlar ekan. bu orada ikkalasining xam o'ralgan matosi orasidan bir parcha qog'oz ya'ni xat oyoq ostiga tushdi. xatni olib o'qisharkan, u yerdagi ayolu erkak yig'lab yubordi.
xatda shunday yozilgandi: fotima zuxralar meni kechiringlar, dadalaring sizlarni oldirip tashlashimni xoxlagandi, men buni xoxlamadim, chunki dadalaringni oilasiga va bizga o'g'il farzand kerak. sizlardan oldingi qancha opalaring nobud bo'lganini bilsanglar edi. agar yana qiz tuqqanimni eshitishsa menga kun berishmaydi. meni qo'limdan xech narsa kelmaydi. ota onam o'lip ketishgan. uydan xaydashsa qaerga boraman axir? sizlarni judayam yaxshi ko'raman.
iltimos bolalarimni kim topib olgan bo'lsa xam ularga yaxshi qaranglar. ular egizaklar, chap yuzida xoli bori fotima. kam yig'laydigan va yuvosh bu zuxra.
iltimos bolalajon larim meni kechiringlar.. onangiz.....!
oradan oylar o'tdi, qizaloqlar asta sekin o'sib borayapti. xatto jajji ovozlarida oyi oyijon deb gapirishni o'rganishdi.
Oradan oylar o'tdi, qizaloqlar asta sekin o'sib borayapti. xatto jajji ovozlarida oyi oyijon deb gapirishni o'rganishdi.
qizaloqlar ulg'ayib borarkan, mudira opa barcha bolalar singari ularga xam mexr, tarbiya va bilim berishni o'z qo'liga oldi.
oradan 2 yil o'tgach ular xam xali yosh bo'lishlariga qaramay xarflarni tanidi va bilimga chanqoq bo'la bo'shlashdi.
xattoki zuxra bugun oyisiga atab she'r yozibdi.

bolalar uyida ularni xamma yaxshi ko'radi. faqat o'g'il bolalar bilan zuxra yoki fotima urushsa ikkalasi xam birga yig'lar, xattoki fotima kasal bo'lsa zuxra , zuxra kasal bo'lsa fotima xam albatta kasal bolaverardi. (egizak bo'lish xam qiyin. o'zimdan kelib chiqib).
bugun 16-dekabr. ularni tug'ulgan kuni. (ular shu kuni topilgan).
xamma bolalar va tarbiyachilar yig'ilgan. to'rt ustidagi shamni birgalikda o'chirdilar.
va mudira opa zuxra onasiga yozgan maktubni, ya'ni sherni xammani ko'z o'ngida o'qiy boshladi.
"oyijon! biz sizni sogindik, qachon kelasiz? xar doyim sizni sog'insak, mudira onamiz siz yozib tashlab ketgan xatni o'sha xatni o'qib beradilar. kecha sizni foti tushida ko'ripti, oppoq kiyimda, farishtaga o'xsharkansiz."
shu joyigacha lablari qaltirab, ko'zlari to'la yosh bilan, mudira yordamchi opaga xatni tutqazdi. va o'zi yugurib ularni yoniga bordida ularni maxkam bag'riga bosdi.
yordamchi opa sherni o'qib berarkan, o'xirga yetib yetmay yig'idan o'zini tiyolmadi.
"mexr to;la ko'zlaringiz xis etamiz,
ayting qachn kelasizu ,
biz ketamiz?.
so'ksangiz xam , ursangiz xam mayli edi.
oyijonim xamon sizni kutamiz.''

Bo'ldi yozmiman...... ko'zlarim shishib ketti axir.
nima ...? qiz tugish yoki qiz farzand ko'rish gunohmi?
eee odamlar tirnoqqa zoruuuu.
axir bir paytlar onamiz xam qiz bo'lgan.


Qo'shiq, ko'chirish uchun :Yahyobek-Shu oy qizlar

Shu yerda eshitish:

Добавлено (12-Янв-2013, 22:28)
---------------------------------------------
Loading, Giyos, yaqindan yordam bergani uchun raxmat...!


Meni yig'lab sog'inma, Meni sog'insang yig'la. Ismim aytib uyg'onma, ismimni aytib uxla !!!
 
LoadingСана: Шанба, 12-Янв-2013, 23:50 | Изох # 591
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Цитата (xasan_uz)
Loading, Giyos, yaqindan yordam bergani uchun raxmat...!


Xasan Sizga raxmat ukam... Xammamizni qo'limizdan kemidi bunqa yozishla.

Davom eting....


Faqat 3 ta shart!
 
SpecialOneСана: Якшанба, 13-Янв-2013, 00:04 | Изох # 592
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 167
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 29
Холати: Хозир йўқ
(Telefon suhbati....)
-Salom, shumtaka qalaysan?
-Salom tog'a, qachon kelasiz? Oyim sizni
sog'inyaptilar. Ayniqsa, bobom
juda sog'inibdilar....
-Obbo, zumrasha, sen buni qayoqdan bila qolding?
-Bobom, siz yöqligizdan beri, har kun, meni sizni ismiz bilan chaqiradigan bölib qoldilar....

Добавлено (06-Янв-2013, 23:44)
---------------------------------------------
...Bir qiz, yolg'iz turar dengiz böyida,
Mayin ifor öynar, uning böynida,
Kimda hayol, kimda yuragi uning,
Intiq nigoh botar kuzning qöyniga....

Добавлено (08-Янв-2013, 23:23)
---------------------------------------------
Qizaloq….
-'Salom, qizaloq, mana bu quticha senga, bahtli kunlaringda taqasan' - Metroda ketayotib umr yöldoshimning uzugini unga öxshagan jajji qizaloqqa berdim, va shu sözlarni aytdim.
Uning vafot etganiga ham mana 3 yil bölibdi, hali hamon yodimda. Shu kun ham, uning qabri oldidan uyga qaytayotgan edim.
Yahshiyamki, undan yodgorlik bölib ög'limiz qolgan, u xuddi onasining özi, mehribon, hammaga yahshilik qilish haqida öylaydi. Oradan yillar ötdi, ög'lim ulg'aydi, öqishni bitirdi, rahmatli onasi ham ilm-fan odami edi, ayniqsa, adabiyot, she'riyatni juda yahshi tushunardi, uni yoqtirib qolishimga ham mana shu xislati sabab bölgan.
Umr yöldoshimning vafotidan söng, boshqa turmush qura olmadim, unga öxshaganini uchratmadim ham.
Ög'lim, ishini özi öqigan joyida olib qoldi, öz sohasida olim bölmoqchi, onasining orzulari izidan ketdi.
Ösha öquv yurtidagi bir talaba qizga köngil qöyibdi, yoshi yigirma beshdan oshganida uylantirish taraddudiga kirishdik.
Nikoh arafasida, qizning bir gapi hayron qoldirdi, u ög'limga uning uchun nikoh uzugi olishini hohlamapti. Aytishicha, unga jajjiligidan bahtli kunlarida hizmat qilgan uzugini taqarkan.
Kulguli vaziyat edi, yosh sevishganlarning adabiyot vakillari bölganligi uchun tög'ri tushundim.
Köngil dunyosining odamlari nelarni hayol qilishmaydi-a! Bu hayrat uzoqqa chözilmadi, oradan bir necha kundan söng, ularning nikoh töyida hayratim yanada oshdi, u qizcha ulg'ayib mening oilamga kelin bölib tushayotgan ekan. Bu rishtani esa umr yöldoshimga sovg'a qilgan nikoh uzugim bog'layapti. Dunyo naqadar keng va naqadar tor.
Nikoh kechasi kelinimni tabriklagani borganimda, u qizning nigohlari hayratdan yonardi. Ha, ular juda bahtli edi, ulardek juftlik menga bundan yigirma olti yillar oldingi bahtdan sarmast odamlarni eslatdi.
Öshanda ham ularning qölida, mana shu sevishganlarning qölidagidek nikoh uzuklari bor edi.
Ex, mening mehribon muhabbatim, farishtam vafotingdan keyin ham odamlarni bahtli qilish bilan yashayapsan....

Muallif: Bekzod Xo'janazarov.

Добавлено (10-Янв-2013, 22:44)
---------------------------------------------
(Odnoklassnikidagilar uchun maxsus)))
Yuzma-yuz....
Faqat sas-sadosiz suhbat....
Uning profilini qidirasan, ismi, yoshi, yashash manzili va nihoyat rasmi orqali topasan.
Uni körishga intilasan, afsuski unda:
'Информация доступна только для друзей. Это закрытый профиль.' - deb yozilgan....
Ötgan kunlar, bahtli damlar birma bir nigohing chegarasidan ötadi. Eng ayanchlisi, xotirang qa'ridan birdan - 'Böldi, endi begonasizlar', degan gap ongingda paydo böladi. Yuraging olovda qoladi. Yana qalbing tilkalanadi.
Uning yopiq profiliga soatlab mung ila tikilasan.
Na hayotda na virtual olamda unga yaqinlasha olasan.
Bu juda og'ir....
Uning ismini öqiysan, lekin, öziga ayta olmaysan, chaqira olmaysan....
Rasmini körasan, u har doimgidek gözal, lekin, yaqinlasha olmaysan, özini hayotda köra olmaysan....
Uning yoshi özgaribdi, tanishganingda 18 yashar edi, hozir, 23 da.
Besh yil, qachon, qanday ötib ketdi, umr ötayapti, vaqt ötayapti, dardingga esa davo yöq.
Ba'zida vaqt ham tuyg'ular bilan bog'liq yaralarni tuzata olmas ekan....
Oldingda ikki yöl bor: birinchisi -
'Добавить в друзья' -
Aslo.... Endi, begonalarsiz! Hech qachon körishish mumkin emas. Döstlikdan, sevgidan asar ham qolmagan. Shunday qoldirasan. Qörqasan, unutganini rostdan bilib qolishdan. Yaqinlashish ilojsiz....
Ikkinchisi -
'Заблокировать пользователя' -
Qanday??? Yuragingni bir parchasini uzib, özingdan yiroqqa tashlay olasanmi!?
Öz holicha qoldirishni ma'qul körasan, har dam, har onda uning qaytishidan umidvorsan.
Unutish ham ilojsiz....
Bu og'ir, juda og'ir....
Yana, ilojsiz mungli nigohlar bilan, ismini öqib, suratiga termulib vaqt ötayotganini anglaysan, oldingdagi ikki yöldan birini ham tanlay olmaysan....
Yana ilojsiz....

Добавлено (12-Янв-2013, 23:04)
---------------------------------------------
P.S. Boshida tema chat bölmasin uchun, komment qoldirmela dudim.
Hozir bilsam, agar, orada hech kim komment qoldirmasdan, faqat, bir kishi davom etaversa u 1 ta komment hisobiga ötarkan! Bu degani, faqat 1-sahifa davom etaveradi va haddan ortiq uzunlashib, mobilniy versiyada ochilishi qiyinlashadi!
Shu sababli, hikoya, she'rlar haqida fikrilani qoldirila. Hech bölmasa, yoqmasa sökib qöyila))

 
xasan_uzСана: Якшанба, 13-Янв-2013, 00:24 | Изох # 593
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 5
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 302
Холати: Хозир йўқ
Цитата (Loading)
Xasan Sizga raxmat ukam... Xammamizni qo'limizdan kemidi bunqa yozishla.

raxmat oka!!


Meni yig'lab sog'inma, Meni sog'insang yig'la. Ismim aytib uyg'onma, ismimni aytib uxla !!!
 
M@$terСана: Якшанба, 13-Янв-2013, 00:38 | Изох # 594
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 335
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 205
Холати: Хозир йўқ
Ijodkor uchun, ijod qiliwi uchun, tanqid va maqtov juda zarur, nasrda yozganlarizdan ko'ra nazmda yozganlariz ma'noliroq. Odno haqida yozganizdan hech bir ma'no topolmadim wuni hazil tariqasida yozganizda yaxwi chiqarmidi?

Добавлено (12-Янв-2013, 23:38)
---------------------------------------------
Dastlab yozilganlari a'lo darajada lekin oxiridagi 4tasi to'g'risi uncha yoqmadi.

 
GiyosСана: Якшанба, 13-Янв-2013, 00:49 | Изох # 595
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Цитата (xasan_uz)
Loading, Giyos, yaqindan yordam bergani uchun raxmat...!

Xusan, yahshi. muhumi maqsadizni chiqarib bera oldiz. Bu og'riqli mavzu. Rahmat.


Sog' salomatlik...
 
ShukronаСана: Якшанба, 13-Янв-2013, 00:55 | Изох # 596
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 586
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Voy XASAN MANI YEG'LATDIZU.
 
БОБОСана: Якшанба, 13-Янв-2013, 00:59 | Изох # 597
ФанФорум рахбари
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 630
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 1607
Холати: Хозир йўқ
Хасанбой жиян койил,кузларимдан ёш хеч тухтамаяпти.
Жиянимга респект,молодец.Номига проспект куярдим.
Айтганча С.Петербургда ХАСАНСКАЯ кучаси бор ишонмаганлар
картадан куришинглар мумкин.Ижодизга омад жиян!
 
Zinnura_KСана: Якшанба, 13-Янв-2013, 01:53 | Изох # 598
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Xasanaka judayam Zo'r..!

Добавлено (13-Янв-2013, 00:53)
---------------------------------------------
Xasanaka judayam Zo'r..!


erka farishta....(m)....
 
MirzoxidСана: Якшанба, 13-Янв-2013, 01:54 | Изох # 599
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
Yoziwga so'z ojiz raxmad...uzur

...
 
oybekСана: Якшанба, 13-Янв-2013, 09:34 | Изох # 600
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 213
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 851
Холати: Хозир йўқ
Xasanbek faqat ijoddan to'xtamang.....qoyil.....

 
Форумистон » Умумий » Ижодистон » Hikoya (O'zimiz hikoyalar yozamiz!)
Поиск: