[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Форумистон » Умумий » Ижодистон » Hikoya (O'zimiz hikoyalar yozamiz!)
Hikoya
Zinnura_KСана: Пайшанба, 21-Фев-2013, 18:08 | Изох # 751
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Madinapa mani hayolimda anuuu bechara kelin haliyam Rouf ga qarab aaaaaaaaaaraaaayiiiib turibti facepalm

erka farishta....(m)....
 
GULI_NURСана: Пайшанба, 21-Фев-2013, 22:20 | Изох # 752
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 794
Холати: Хозир йўқ
Mooooohiiiiinuuuuur ooooopaaaaa

Добавлено (21-Фев-2013, 21:20)
---------------------------------------------
Mooooohiiiiinuuuuur ooooopaaaaa

 
Mohinur_UСана: Жума-муборак кун!, 22-Фев-2013, 20:39 | Изох # 753
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
Bu kafe qizlar bn yoqtirgan kafelarimizdan biri edi. U o'qishimizga uncha uzoq bo'lmagan joyda joylashgan. Darsdan so'ng tez tez kelardik. Kafe Shinamgina, tinch xam edi. Qizlar bn suxbatlashib ancha vaqtgacha qolib ketardik. Bu safar xam suxbat ancha qizidi.
Bir payt Guruximiz "yanglik makoni " deb laqab olgan Charos yangliklardan ayta ketdi.
-Qizlar eshitdilarizmi?
Nodir unashtirilibdi!
-Yo'gey devorishdi ko'plar
kimdir ustimdan issiq suv quyvorganday bo'ldi nega? nima uchun? Kim u qiz? Men taniymanmi nega uni tanladi? Savollar juda ko'p edi. Men kayfiyatim tushganini bildirmaslikka xarakat qilib, xuddi bu gaplarga beparvoday tutib, kola ichardim. Charos gapni davom etirdi.
-u qizni ismi Gavhar taniysizlar leksiyalarimizda qo'shilib o'tiradigan yo'nalishda o'qiydi. U meni xonadoshim. Nodir Gavharni Botirni to'yida ko'rib yoqtirib qolgan ekan.
Meni esa o'sha to'yda Nodir bn bo'lgan suxbatimiz yodimga tushdi. Yig'lavoray dedim Gavharni eslashga harakat qildim. Har doim sochini bitta qilib yuradigan, bug'doyrang, bo'yi o'rtacha, doim kulib turadigan qizni esladim qizlarga boshim og'riyotganini bahona qilib ketdim uyga borib rosa yig'ladim topgani qizi shu bo'ldimmi? Deb tinmay savol berardim bir xafta o'qishga bormadim. Ln ayamga sababini aytmadim. Chunki bu xabarni yolg'on bo'lishini istadim. Bir xaftadan keyin o'qishga bordim. Yolg'on deb o'ylaganim chin bo'b chiqdi Haqiqatdan Nodir unashtirilgan ekan. 2 paraga kirmay uyga ketdim. Borib ayamga xammasini aytib yig'ladim:
-ayajon keladigan sovchilarni biriga o'zlarizga maqul kelganiga rozi bo'laveringlar faqat tezroq men baxt nimaligin ko'rsatib qo'yaman. Men sevgimni bilgan ekan deb qo'liga bir parcha xat berdim boya birinchi parada Nodir berdi dedim. Xatda: "Mahliyo men unashtirildim. Menda ko'ngliz borligini bilaman ln oilamiz mos kelmaydi baxtli bo'ling!" ayajonim xatni mayda mayda qilib tashadi jaxlari chiqdi. Ln menga indamadilar
-mayli qizim ln o'ylab ko'r. Baxrom degan boladan sovchi kelayapti. o'ziga to'q oila bitta unvda o'qiysizlar ekan. 4 kurs ekan.
-Dadam nima deyaptilar?
-dadanga maqul keldi -unda uchrashishga roziman
-qizim axir? U bolani sevmaysanku
-iltimos ayajon....
- Xo'p qizim o'ylab ko'r mayli dam ol deb chiqib ketdilar
-men yig'lavordim ln alamim kelardi. Gavharga xasad qilardim ko'rasizlar meni xam baxtli bo'laman deb o'ylardim ln qarorimni oqibatini xech o'ylamasdim. Birinchi sevgim... Uxlab qolibman.
Ertalab tursam ayam:
-qizim kechik payt sovchilar tel qildi.....
-10 da uchrashuv ekan Nazira kelinoying bilan uchrashuvga chiqasan -xo'p dedim choy xam ichgim kelmadi ketdim. Tayyor bo'ldim va uchrashuvga Nazira kelinoyim bn ketdik
Nazira kelinoyim 2 amakimni eng katta kelini edi.
Uchrashuv joyga yetib borganimizda ular kelib bo'lgandi.
Bizni yolg'iz qoldirib kelinoyim va ulardan kelgan vakil naroqqa borib turdi.
-Qandaysiz Mahliyo
- yaxshi raxmat o'zizchi?
- men xam yaxshiman raxmat. Yana nimalardir dedi umuman qulog'imga kirmasdi.
Uyalganimdan emas gapirgim kelmaganidan jim o'tirdim. Yer ostidan ularga razm soldim.
Bo'ylar uzun, ln juda ozg'in ko'z atroflari salgina ko'kargan, (kasal bo'sa kerak) ln asabiy ekan qo'lini o'ynab, gapirganida xam tez-tez soatiga qarab qo'yar ekan. Uchrashuv tugab uyga bordim va ayajonimga roziman dedim bir xaftadan kn men xam unashtirildim. O'qishga bordim xuddi qasdimni olganday mag'rur edim. Qo'limdagi uzukni ko'rib xamma xayron qoldi. Kimga unashtirilganimni aytdim. 2 paraga kirmasdan endi ketmoqchidim. Nodir chaqirib qoldi:
-Mahliyo gapim bor sizga
-xo'p nima ekan beparvoday tutsam xam o'zimni xayajonlanib ketardim.
- soat 16 da uyimiz yaqindagi "UCHRASHUV" kafesida uchrashaylik.
-nega kelishim kerak
-iltimos
-o'ylab ko'raman
-mayli ln men sizni o'sha yerda kutaman. Uyga borib rosa o'ylandim nima demoqchi ekan deb xayajonlanib ketardim va nihoyat 16:00 bo'ldi kiyinib yetib borgunumcha 16:40 lar bo'ldi. Biz bu kafega ko'p kirardik oldinlar kofe ichib suxbatlashardik. Kafega kirsam oldingi joyimizga xayol surib Nodir o'tirardi. DAVOMI BOR.
 
GULI_NURСана: Жума-муборак кун!, 22-Фев-2013, 20:46 | Изох # 754
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 794
Холати: Хозир йўқ
Kutamiza...!!!
 
LoadingСана: Жума-муборак кун!, 22-Фев-2013, 22:31 | Изох # 755
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Mana bu xayotiy voqiyalar.
Qachongacha sen bo'lmasang toq o'taman degan savsatani yozamiza? Mohinur barakalloh.


Faqat 3 ta shart!
 
Mohinur_UСана: Шанба, 23-Фев-2013, 02:04 | Изох # 756
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
Men hayajonlanayotgan bo'lsam xam bildirmaslik uchun bamaylixotir yurib bordim. Shunchalik xayol surib o'tirgan ekanki, men borganimni xam sezmadi.
-kutib qolmadizmi?
- men tarafga qaradiyu o'rnilardan turib ketdi iya keling uzur sezmabman o'tiring men o'tirdim
-nima gapiz bor edi.
- bekor qilibsiz!
-nima deganiz bu
-nima buyurasizlar deb afitsianka qiz keldi.
-bizga 2 ta kofe sutlisidan. Bittasiga shakarni ko'poq soling
-xo'p deya ketdi.
Haliyam esidan bor ekan. Meni qandaqa kofe ishishim esida ekan voy tavba.
Nodir gapini davom etirdi.
-erka qizsiz bilaman, lekin shu erka qiz ortida ajoyib qiz bor. Ko'ngliz toza juda xam yaxshi qizsiz. Ko'ngil ekan Gavharni sevib qoldim xayot davom etadi
-to'g'ri hayot davom etadi. Men yaqinda bir oilani malikasi bo'laman.
-adashasiz agar Baxromga tegsayiz umuman baxtli bo'lmaysiz buyurtmamiz keldi.
tushunmadim bular nima deyapti. Bu bilan sen baxtsizsan umuman baxtli bo'lolmaysan demoqchimi? Jaxlim chiqib ketdi.
-Nodir hayotimga aralashmang men Baxromga tegaman gapimiz tugadi deb o'ylayman xayr.
-to'xtang Mahliyo
yuragim yig'lar yalinar to'xta biroz deb ln G'ururim yo'l qo'ymasdi umuman. Ko'zimdan achchiq yoshlar chiqdi. Qanchalik azobliya bir taraflama sevgi.
Men ularsiz xam baxtli bo'lishimni isbotlayman! Ko'z yoshlarimni artdim. Va to'y un o'sha kundan xarakatni boshlavordim Non sindirar, kichik to'y, sep berar, hammasi o'tib faqat katta to'y qolgandi.
Meni xursand deb o'ylaysizmi alam qilar edi.
To'y kuni xamma xursand mendan tashqari. men eng chiroyli oq ko'ylak kiydim. Havas qiladigan kelinchak bo'ldim. Kiyovlar keladigan vaqt bo'ldi. Zagsga borish uchun kursdosh dugonalarim xam kelgandi. Kursdosh Bolar kelolmagan qizlar xammasi baxt tilab yuborgandi shu o'rinda Nodir xam. Kiyovlar maxalamizni boshiga ko'tarib signal chalib kelishdi Kiyovlar bn bog'liq urf odatlar bo'lganidan so'ng men turgan xonaga kiyov kirdi oppoq kastum shimda edi menga xammani xavas kelardi. Men kiyov bn tashqariga chiqdim. Dadamga bosh urib, dadamni amakilarimni duosini olib yo'lga chiqdik. Zagsga bordik. Zagsdan kn xotira maydonini aylandik rasmga xam tushdik kn banketga bordik va to'yxonaga yo'l oldik. To'yxona juda shinam ekan juda ko'p odam bor edi. .... Mana kelinchak bo'lganimga xam 1 oy oldi baxt deb atalmish qasrni sevgimga qasd qilib qurdim. Xammasi yaxshi edi... Ammo afsus qasrimni dengiz tarafga qurgan ekanman. Xar to'lqinda qasrimga suv tegib yemirardi. O'ylarsiz ish qilmagani uchun deb men Nodirni sevib qolganimdan kn yoz oylari uy ishlarni, ovqat qilishni o'rganib olgandim.
Men kelinglik vazifasini bajarardim. Oilada farzandlardan 1 qayni opa va xo'jaynim edi. Xo'jaynim yoshlikida ko'p kasal bo'lgan ekan ko'p davolanardi. Rosti rahmim kelardi ukol ko'p olardi. Oyijonim ukol olganidan keyin dam olish kerak bezovta qilmang derdilar. Kelin bo'lganimga 2 oy bo'lganida 1 kunga oyijonim uyga borib kelishimga ruxsat berdilar. O'qishga bormayotgandim. Dadamni pullar o'qiyotgandi. Ayajonimni dadamni ko'rdim kelishim sababi bor edi chunki ukam chet davlatga o'qishga ketayotgandi xayrlashish uchun kelgandim. Lekin qololmadim uyda. Yana kelinlik uyga qaytdim. Uyga qaytsam.... Davomi bor
 
LoadingСана: Шанба, 23-Фев-2013, 09:36 | Изох # 757
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Nega endi baxtli bo'lolmas ekan? Shu o'rinda ota-onani ko'zi qayoqda degan savol hamon katta so'roq ostida. Shunga tegaman desa bervoruradimi?

Faqat 3 ta shart!
 
MirzoxidСана: Шанба, 23-Фев-2013, 13:30 | Изох # 758
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
Ota-ona shunchali beetiborsizlik qiladimi  salqda tag zotini suruwtiriw degan narsalar bor oila boyligiga uchib qo'yaqoldimi  lekin voqiya jiddiylashubdi davomini kutamiz!

...
 
LoadingСана: Шанба, 23-Фев-2013, 16:32 | Изох # 759
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
P.S etibor berin boylikdan ko'ra boshqa bebaxo jixatlar ko'zdan chetda qolgan.
Mohinur bu hikoyada bu taraflarini atayin yozmagan ko'rinasiz? Asosiy etiborni jizzakilik, qasoskorlik oqibati, va jiddiy tuyg'ular jiddiy muamolar keltirib chiqarishiga qaratmoqchilar. Extimol?


Faqat 3 ta shart!
 
MirzoxidСана: Шанба, 23-Фев-2013, 17:27 | Изох # 760
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
Tushundim

...
 
GULI_NURСана: Шанба, 23-Фев-2013, 20:22 | Изох # 761
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 794
Холати: Хозир йўқ
Mohinur opa davomini kutaman...!!!
 
Zinnura_KСана: Шанба, 23-Фев-2013, 20:30 | Изох # 762
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Madinapaaa bechara qizzi to'yhonani o'rtasida araytirib turg'izb qo'yb o'ziz qayolada yurbsiz????????????? Uyatmasmi? Wunaqa kuttiriw? Tezzz yozin davomini

erka farishta....(m)....
 
GiyosСана: Шанба, 23-Фев-2013, 23:12 | Изох # 763
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Men sevardimku!
2006 yil. Kuz fasli...
Bugun uhlab qolibmanku. Soat 7 bo’layapti. Ex darsga kech qoladigan bo’ldim. Endi qanday ulguraman. Oyim ham uyqg’otmabdilarku?! Endi yugurishim kerakmi? Choy ham tayyormas ekan. Yuzimni yuvib, tezda maktabga yugurishim kerak. Oyi qayerdasiz. Ko’ylagim dazmollanmagan edi. Kech qolayapman... Oshxonadan oyimni ovozlari keldi:
- Og’lim Jasurjon, qayerga kech qolayapsan?
- Oyi qayerga bo’lardi, maktabgada. Soat 8 bo’layaptiku.
- Voy bolamma, qanaqasiga 8 bo’ladi. Endi 7 bo’layaptiku.
- Nega? Ana ichkarida meni soatimni qarang, 10 daqiqa kam 8 bo’ldi.
- Soating 3 kundan beri to’xtab yotibdiku. Shu kungacha qaramadingmi? Ex sena.
- Rostanmi? Unda yahshi. Vaqtliroq borar ekanman.
- Oldin tovuqlaringga don berib yubor. Och qolib ketmasin.
- Hop, hop.

“Juda jonga tegdi shu tovuqlarim. So’yib yuborish kerak hammasini”. Bu gaplarni o’zimga o’zim pichirlab aytdim. O’zi asli tovuqlarni yoqtirmaymanmas. Shunchaki ortiqcha vaqtni oladida.
Yuvinib, choyni ichib, choy deganda faqat choy emas, non, tuxum, saryog’ ham bor. Shunchaki qisqartirgan holatda choy deb qo’ya qolaman. Yana boshqacha qilib etganda nonushta deyish mumkin. Qarang choyga nisbatan qancha uzun so’z. Manga qulay bo’lganini aytamanda. Choy ichib bo’lib, keyin maktabga yo’l oldim. 8 gacha hali 30 daqiqa bor. 10 daqiqada maktabga sekin yurib yetib olaman. Yana bir gap. Yana meni maktabga shoshirayotgan bir holat, bugun maktabga Feruza keladi. U 10 kundan beri kelmayotgan edi. Sababli. Ustozdan so’ragan. 10 kun oz vaqtkuya, lekin men uchun bu juda juda uzun kechdi. Har bir kun 1 oyga tengdek o’tdi. Juda ajoyib, odobli, samimiy, hushmuomila, chiroyli qizde. Yashirib o’tirmayman. Menga u yoqadi. Hozir 9 sinf bo’lsak, 1 sinfda birinchi marta ko’rgan bo’lsam, 9 yildan beri yahshi ko’raman. Sevman deb ayta olmayman. Lekin yahshi ko’rishimni tan olaman. Bugun keladi. Qayerga ketgani haqida keyin aytib o’taman. Mana shu gaplar bilan maktabimizga ham yetib keldim. 20 daqiqa kam 8 bo’libdi. Sinfga kirsam, hali hech kim kelmabdi ham. Uraa. Birinchi bo’lib kelibman. Doim birinchi bo’lib yurish menga yoqadida. Qaniydi hozir Feruza kelsakuya, men bilan gaplashib o’tirsa. Sinfdoshlarimizni hammasi 1 soatga kech qolib kelishmasa. Faqat ikkalamiz o’tirsak.... Shu hayollar bilan sumkamdan qog’oz olib, rasm chizishni boshladim. Rasm chizish ham meni yoqtirgan mashg’ulotim. Bekor qolsam, yoki zeriksam darrov rasm chizaman. Eshik ochilib, Abror kirib keldi. Meni eng yaqin dushmanim. Shuning uchun so’rashmaymiz ham. Ko’zimiz bir biriga tushganini o’zi 100 yilllik ko’rishishni o’rnini bosadi. Mana hozir ham bir qarab qo’ydida, keyin joyiga o’tirib, sumkasidan kitob olib o’qishni boshladi. Mendan 3 ta oldi partada o’tiradi. Men rasm chizsam u kitob o’qiydi. Faqat o’qiydi. Shu o’qiydiku, lekin uqimaydida. Bekorga o’qigani ketadi. Foydasiz o’qiydi. Bir marta bitta ustozimiz, buni fan olimpiyadasiga olib boribdilar. Nima emish, ko’p kitob o’qirkan. Ha ko’rdik. Faxrli 10 chi o’rinni olib keldi. O’zi 10 ta odam qatnashgandide. Ushanga 10 chi o’rinni olgan. Agar 100 ta odam qatnashgan bo’lganida, Abror FAXRLI 100 chi o’rinni olardi. Javob! Hoziram kitobini ochvolib, ovozini baland qilib o’qiyapti. Albatta menga yanada yoqmaslik va asabimga yanada ko’proq tegish uchun. Menga esa bu qiliqlarini ahamiyati yo’q. Chunki vaqti kelganda unga bundan ham battarroq zarbalar bera olaman. Hozir esa men hayolimni ortiqcha narsalarga qaratishni hohlamayman. Feruza kelishiga kayfiyatimni tushirib yuborsam, yahshi gaplasha olmayman. Yahshisi rasm chizganim maqulroq. Yana eshik ochilib Zari kirib keldi. Asli ismi Zarina, lekin biz uni qisqartirib Zari deb chaqiramiz. U meni eng yaqin sinfdoshim, do’stim, dugonam... Sinfda ko’p tortishuv qilgan paytlarim u boshqalardan ko’ra, ko’proq meni yonimni oladi. O’zi boshqa tumandan kelib o’qiydi. Kelib albatta birinchi men bilan so’rashdi. Keyin chizayotgan rasmimga qarab, yuzini burushtirdi. Keyin Abrorni yoniga borib o’tirdi. Kitobni birga o’qigani. Agar kitob bo’lmaganida uni yoniga borib o’tirmasdi. O’qishga juda qiziqadida. A’lochi qiz. Ko’p darslarimni undan ko’chiraman. Asta sekin darsga qolganlar ham yetib kela boshladi. Hozir Adabiyot darsi boshlanadi. O’qituvchimiz juda ham qattiqqo’l, kech qolganlarni umuman kirg’azmaydi. Hatto dars paytida pashsha ham uchib kirishiga ruhsat bermaydi. (Mabodo kirib qolsa ham butun sinf bilan haydatiradi ham). Hamma kirib bo’ldi hamki, lekin Feruza kelmadi. O’qituvchi ham kirdi. Tamom. Endi Feruzani 1 chi soatda ko’ra olmayman. Dars yo’qamadan keyin boshlandi. Sinfda 2 kishi yo’q. Hammani hayoli o’qituvchida. Meniki esa Feruzada. Har hil hayollarga borayapman. Doim vaqtida yetib kelardi. Nima bo’lgan ekan? Hayronman. Shu narsalarni o’ylab hayolot dengiziga sho’ng’ib ketdim. Rosa cho’mildim. Uyoqdan bu yoqqa suzdim. Suzayotganimda bunday qarasam ro’paramdan qayiqda adabiyot o’qituvchimiz men tomonga qarab kelayaptilar. Hayron qoldim. Ular qayiqni qayerdan olibdilar. Ularni ovozlari meni dengizdan sinfga qaytardi. “Sotvoldiyev, yana hayol surayapsanmi? Tur o’rningdan. “Shum bola”ni kim yozgan?” deb to’sattan aytib qoldilar. Men shoshib qoldim. Yonimda Feruza ham yo’q, aytib turishga. Zari ham uzoqroq o’tiribdi. Qolganlarni aytib berishidan umid yo’q. Feruza haligacha kelmadiya, nima bo’lganikan. (yana hayolga ketib qoldim. O’qituvchimiz: ““Shum bola”ni kim yozgan deb so’rayapman. Savolga tushunmadingmi?” deb baqirib qoldilar. Menam nima deyishni bilmasdan, “Ustoz men bilmadim, Shum bolani man yozmadim. Rosti, men yozmayman, faqat chizishim mumkin” deb yubordim. Butun sinf guuur etib kulib yubordi. Bitta jiddiy qaragan edim, hamma jim bo’ldi. Eng yaqin dushmanim Abror qo’lini ko’tarib, domlani ruhsati bilan o’rnidan turdida, “Ustoz, bu rostan ham yozmaydi. Faqat chizadi” deb gapni boshladi. Men hayronman, “Nega meni yonimni olib qoldi” deb. Abror gapini davomladi, “Mana hozir ham rasm chizib o’tiribdi, sizni kerakli gaplaringniz eshitish o’rniga” deb meni partamni yoniga kelib, tagidan boya chizib o’tirgan qizlarni rasmini ustozga olib borib berdi. Ustoz rasmni ko’rib: “Ooo, hali shunaqa rasmlar ham chizishni bilaman deng. Qoyil. Siz bilan darsni oxirida gaplashamiz. Savol javoblarimdan o’tsangiz, rasmizni qaytarib beraman, aksincha bo’lsa direktorni xonasiga birga boramiz. Tayyorlaning, omad tilayman” deb rasmni stollarini ustiga teskarisi qilib yopib qo’ydilar. Daftarimni o’rtasidan kichik varroq yirtib, Abror sotqinga “Hoy echki, men doskaga chiqganimda javoblarni aytib turmasang, mendan yahshilik kutmagin. Agar yana qovun tushursang .... (bir ikki og’iz so’kingan so’zlar ham yozdim)”. Xatni 4 bukalab, oldi partamdagilarga “Abrorga” deb berib yubordim. Xat 2 ta partadan o’tmasdan ustoz ko’rib qoldi va xatni olib qo’yib o’qidi. O’qib kulib qo’ydida, menga qarab: “Sotvoldiyev, endi nima qilamiz? Hamma yoq rasvoku!” dedi. Menam nima diyman: “Bilmadim ustoz, qiladigan hamma narsani qilib bo’ldikku. Hech narsa qolmadi” dedim. Shu payt eshik ochilib Farrux kirib keldi. Farrux meni yaqin do’stim, sinfdagi eng uyi yaqini shu. Uyini maktabni ichida desa ham bo’ladi. Lekin doim kech keladi. Shu qo’ng’iroq chalinganda uyg’onsa kerak. Lekin bahonani va paxtani joyida topib qo’yadi. Ustoz Farruxga ma’noli qarash qildi. Farrux “Ustoz, bugun qarindoshimiznikida to’y edi. Usha yerdan kelayapman. O’zi kelmoqchimasdim. Lekin sizni darsingizni o’tqazib yuborgim kelmadi. Ushanga keldim” dedi. Bu gapdan ustoz hursand bo’ldilar va unga kir ishorasini qildilar. Farrux menga bir qarab, keyin ustozga qarab: “Ustoz Jasurni onasi chaqirayotgandi, tashqarida kutib turibdilar. Qandaydir zarur ishlari bor ekanmi, aniq aytmadilar. Chiqarmasangiz bo’lmas ekan” dedi. Ustoz menga chiqib ketishimga ruhsat berdi. Farruxga qarasam, ma’noli kulib qo’ydi. Shoshib tashqariga chiqib ketdim. Tashqarida oyim ko’rinmasdilar. Hayron bo’ldim. Endi qaytib kirmoqchi edim, nariroqdan Feruza kelayotganini ko’rib qo’ldim. Hursandligimni tasavvur qilolmaysiz. Keliboq men bilan so’rashdi:
- Voy qalesan Jasur?
- Feruza keldingmi? Buncha qolib ketding?
- Qo’y so’rama?
- Nega kech qolding bugun?
- Hozir keldim Toshkentdan. O’zing nega tashqarida yuribsan?
- Farrux kech kelib, hozir kelib, meni tashqarida onam kutayotganini aytgandi. Lekin hech kim yo’q ekan.
- Uni kirg’azdilarmi?
- Ha. Chiroyli bahona va paxtadan bosgandi, ruhsat berib yubordilar. Balki menni ustozni qahrli savollaridan qutqargani ko’chaga chiqarib yuborgandir.
- Meni kirg’azarmikanlar?
- Bilmadim. Hohlasang borib ko’r.
- Yahshisi kirmay qo’ya qolaman. Baribir kirg’azmaydilar. Keyin men Farruxdek bahona qila olmayman. Yolg’on gapirayotganimni sezib qoladilar.
- Ha. Sen yolg’on gapira olmaysan.
- Hozir sen ichakariga qaytib kirib ketasanmi?
- Qaydam...
- Ozgina men bilan gaplashib o’tir. Seni juda sog’indim... Umuman barcha sinfdoshlarimni sog’indim. (bilmasdan meni sog’inishini aytib yubordi)
- Hop. Albatta gaplashib o’tiraman. (Uni oldida, u bilan yolg’iz gaplashib o’tirish, adabiyot ustoz va direktorni tanbehlaridan ustunroq). Menga Toshkent haqida gapirib ber.
- Bilasanmi? Toshkent juda kaaattaaa shahar. Chiroyli... (Feruzani dadasi Toshkentda yahshaydi. Feruza esa dadasini ko’rgani borib turadi. 3 oyda, 2 oyda 10 kunga. Endi nima desam ekan. Dadasi onasi bilan ajrashishgande. Dadasi boshqa turmush qurib ketdi. Onasi esa Feruza bilan qaytib keldi. O’rtada Feruza qiynalib qolib ketdi.)
- Ha. Men qachon borarkinman endi.
- Borib qolasan, uncha uzoqmasku. Ha aytgandek, dadamga menga manavi telefonni sovg’a qildilar. Qaragin. (Sumkasidan qo’liga qo’l telefonini olib menga ko’rsatdi.)
- Vau, zo’rku. Ishlaydimi?
- Ha, albatta. Endi dadam bilan gaplashib tursam bo’ladi. Ma ushlab ko’r.
- Zo’rakanku. Menam keyinchalik ishlab shunaqasidan olaman.
- Olsen, keyin gaplashardik.
- Ha. Darslarni aytib turarding, keyin ikki olmasdim.
- Ishlayotganingdan keyin olarkansanku, unda maktabni bitirgan bo’lasanku.
- Darvoqe. (Ikkalamiz kulib yubordik. Feruza kulganda juda chiroyli bo’lib ketadide. Uni kuldrish uchun har narsaga tayyorman. Rosa jinniliklar qilaman. Kulganda juda chiroyli bo’lib ketadida. Afsuski juda kam kuladi.

1 soat tugashi arafasida xonaga qaytib kirdim. Ustoz meni ko’rib: “Sotvoldiyev, kelmasang ham bo’lardi. Alaqachon bahoyingni jurnalga qo’yib bo’ldim. Mayli, sinfdoshlaringni iltimosiga binoan manavi qoralamalaringni direktorga topshirmayman. Lekin kelasi darsgacha menda turadi. Yana o’qib kelmasang, javob bera olmagan zahoting direkorni xonasida o’zingni ko’rasan. Kelasi darsda Mashrabni ijodidan biror g’azalni yodlab kelgin. Yana bir gap, “Shum bola” asarini G’afur G’ulom yozgan. Kinosini ko’rgansanku. Dars tamom. Tanaffusga chiqishingiz mumkin” deb sinfdan chiqib ketdilar. Yelkamdan 1 tonna piyoz tushgandek bo’ldi. Piyozni achchig’idan endi ko’zim yoshlana boshlayotgan edi. 2 soatga Feruza ham kirib keldi va yonimdagi stolga o’tirdi...
(Davomi bor, yaqin soatlar va kunlarda)


Sog' salomatlik...
 
MirzoxidСана: Якшанба, 24-Фев-2013, 01:08 | Изох # 764
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
Davomi bor bash wu kunlada wu so'z juda yoqitdide biggrin :bash:

...
 
GiyosСана: Якшанба, 24-Фев-2013, 02:50 | Изох # 765
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Цитата (Mirzoxid)
Davomi bor wu kunlada wu so'z juda yoqitdide :bash:

Bu so'zni forumda birinchilardan qo'llaganman))) MS 1 da)) Yana takrorlaymizda. Lekin bu uncha cho'zilmaydi, qisqaroq...




***
Kelasi dars kuniga Mashrabni ga’zalini yodlashim kerak. Qaysinisini yodlashni bilmadim ham. O’qib, o’qib eng osonini topdim. Keyin shunisi menga mosroq ekan. Xoxi inon, Xohi inonma deb boshlanar ekan. Shuni yodlashni boshladim. Qani endi shuni yodlay olsam. Bu miya qotib ketganku. Ichiga hech narsa kirmaydi. Kirish uchun ubu joyini yorib, usha yeridan shu she’rni, g’azalni qog’ozga yozib, keyin suvga aralashtirib quyish kerak. Faqat rasm chizishni biladi halos. Mayli ammallayman. Shu Abrorni oldida sharmanda bo’lmaslik uchun ham. U echkiga ko’rsatib qo’yaman. Meni hali yahshi tanimas ekan.
Adabiyot darsi kuni keldi. Hamma jim. Chunki men g’azal yodlash bilan ovoraman. Men dars qilayotgan paytim sinfda pashsha uchgani eshitilishi kerak. Ushani eshitib ilhomlanib yodlayman. O’z kam hollarda dars qilaman. Pashshani shovqiniga Abrorni chiyilagan ovozi ham qo’shilib turibdi. Uni yana bitta hamtovog’i bor. Nozim. Nozi dib chaqiramiz. Rostanam nozikde. Qizlarni kiyimini kiyg’azib qo’ysak, hech kim uni o’g’il bola demaydi. Harakatlari ham qanaqadir sekinroq, nozikroq. Ism qo’yishayotganda rostan ham kelajakda shunday bo’lishini bilib Nozi dib qoyishganmikan, yoki ismiga qarab shunday shakllanganmikan. Ishqilib shu ikkitasi doimo birga yurishadida. Hamtovoq diyishimga sabab, ular bitta idishdan ovqatlanishadi. Galma galdan uyidan ovqat olib kelishadi. Shu ikkalasi o’ziga olib kelsa bo’lmasmidi? Unda hamtovoq bo’la olmay qolishardi. Galma galdan olib kelishi to’g’ri ekan. Men gohida olib kelaman. O’zi shart ham emas. Yarimta nonga qornim to’yadi. Darsga qaytamiz. Ustoz eshikdan kirb keldi. Qo’lida bitta kitob, ustiga Mashrab degan yozuv yozilgan. Juda qattiq so’raydilar shekl. Ishqilib sharmanda bo’lmasam bo’ldi. Ana jurnalni ochayaptilar. Yo’qlama qiladilar, so’ng hujumni boshlaydilar. Mana hozir ular tankni ichida o’tiribdilar. Qo’llarida tankni yurg’azish qo’llanmasi. Va menga o’q uzish uchun qanday qilishni o’rganmoqdalar. Meni butunlay portlatib yubormoqchilar. Menda faqat bitta otmaydigan qurol bor. Uni qanday qilib ishlatishni ham bilmayman. Yahshisi turgan cho’nqirimni ichiga kirib berkinaman. Ana tank kelmoqda. Yashirin Jasur. Hozir portlab ketasaaaaaan.... Ustozni ovozlari hayolimdan yana sinfga qaytardi. Ustoz: “Sotvoldiyev, qani partani tagidan chiq. Ko’rinib turibsan baribirga ham. Oldingi gal bergan vazifam esimda turibdi. Qolaversa jurnalda ham familyangiz ko’rinib turibdi. Tayyormisan deb so’rab ham o’tirmayman. Alaqachon tayyor bo’lgan bo’lishing kerak edi. Marxamat, doskaga chiq” deb chaqirdilar. Rostan ham partani tagida ekanman. O’rnimdan turib qarasam, deyarli hamma sinfdagilar hingirlab kulishayotgan edi. Hammasiga birma bir o’qrayib qarab chiqib, keyin doskaga yo’l oldim. Bu safar dorga ketayotgan mahbusdek boshimni eggancha ketardim. Ustozni yon tomoniga turib ustozga tikilib turdim. Ustoz savol berdi:
- Mashrab nechanchi yillar yashagan ekan o’zi? (Bu savolni kutmagandim. Men faqat g’azal yodlagandim. Bilmayman deb ham ayta olmaymn)
- Mashrab.... Mashrab.... Mashrab... Mashrab....
- Ha, Mashrab!
- U yashagan paytlar g’azal yozgan.
- Nima qilibdi g’azal yozgan bo’lsa.
- G’azal yozib tirikchilik qilgande. Ishi bo’lmaganku.
- Tushunmadim? G’azal bilan qanday qilib tirikchilik qilsa bo’ladi? (Menga juda jahl bilan qaradi)
- Har doim yengi g’azal yozganda televidiniyaga bergan, u yerda o’qib chiqib, keyin pul olgan.
- Mashrab zamonida radio ham yo’q ediku, televizor qayerdan paydo bo’lgan ekan?
- Unda xalqni yig’ib, ularga aytib bergan. Keyin ular eshitganligi uchun pul to’plab berishgan.
- Shunaqa qilib tirikchilik qilsa bo’larkanmi? (Ustoz asabiylashib ketib, menga qattiq baqirdilar.)
- Mana siz ham Mashrabni g’azallarini orqasidan tirikchilik qilayapsizku, nega uni o’zi qila olmaydi. Oylik to’lashgan unga ham.
- Sotvoldiyev, Sotvoldiyev, Sotvoldiyev, Sotvoldiyev... (Har bir familyamni aytganda stolni bir urib qo’yadilar)
- Ha, Sotvoldiyev!
- Seni nima qilsa bo’ladiya? Shunaqa ham bo’lasanmi? Nima ahvol bu? Uyalmaysanmi shuncha sinfdoshlaring orasida, doskada qizarib turgani?
- Nega uyalishim kerak. O’g’rilik qilmayapmanku! Noto’g’ri yo’lga yurmayapman. Uyalmayman.
- Sen o’g’risan, vaqt o’g’risisan. Meni vaqtimni, sinfdoshlaringni vaqtini o’g’ilayapsan, qolaversa o’zingni ham vaqtingni o’g’rilayapsan. Men seni doskacha masxarabozlik qilgan deb chaqirmadim. Sendakalardan jamiyat uchun hech qanday foyda yo’q. Zararkunanda hashoratga o’xshaysanlar. Ertaga uylanganingdan keyin bu o’qishing bilan oila boqa olmaysan. Men senga aytayapman.
- Ustoz, men sizga aytdimku Mashrab g’azal orqali tirikchilik qilgan deb, siz ham shuni orqasidan oila boqayapsiz. To’g’ri javob beribmanku.
- Bu javob emas Sotvoldiyev. Bu maynavochchilik. Bor chiqib ket sinfdan. Ko’zimga ko’rinma. Keyingi darsga ota onangni olib kel. (Peshonalaridan ter oqishni boshladi)
- Otamnimi yoki onamnimi?
- Kelganini!
- Ustoz, men g’azal yodlagandim.
- Chiqib ket dedim.

Meni sinfdan badarg’a qildilar. Butun sinf jim bo’lib bizni duelimizni tinglashdi. Ularga Ustoz va shogird spektaklini qo’yib bergandik. Chekkaroqdagi o’rindiqlarni bittasini band qildim. O’yladim. Men vaqt o’g’risi emishman. O’zlari chaqirdilarku meni. Feruza yonimga kelib o’tirdi.
- Jasur, hafa bo’lma. U ustozimizni bilasanku.
- Hafamasman. Faqat ertaga onamni olib kelishim kerak. Dadam kelmaydilar, ishga ketadilar. Keladigan faqat onam. U endi meni rosa yomonlaydi. Kechagi rasmlarimni ham ko’rsatadi. Abrorga yozgan xatimni ham.
- Ex. Aytib turgandim senga, faqat eshitmadingda.
- Senda ayb yo’q. Meni o’zimda ayb. O’qimagandim. Rostan ham oilani ertaga qanday qilib boqaman.
- Har kimni taqdiri, nasibasi peshonasiga yozilgan deyishadiku. Seni nasibang ham bor.
- Rahmat, ovutadigan gaplaring uchun.
- G’azal yodlaganmiding o’zi?
- Ha. Xohi inon Xoxi inonmani yodlagandim.
- Voy, zo’rku. Aytib ber.
- Qo’ysangchi.
- Iltimooos. Hech eshitmaganmandee.
- Mayli. Faqat sen uchun. Faqat bir marta!

Feruzaga qarab, g’azalni o’qiy boshladim.

XOHI INON XOHI INONMA
Sensan sevarim, xohi inon, xohi inonma,
Qondur jigarim, xohi inon, xohi inonma.
G’am shomi firoqingda kabob etti falakni
Ohi saharim, xohi inon, xohi inonma.
Nogah sari zulfung sori bo’ldum sanga moyil,
Ey toji sarim, xohi inon, xohi inonma.
La’ling g’amidin ko’nglum erur g’uncha kibi qon,
Gulbargi tarim, xohi inon, xohi inonma.
Zahri g’ami hajring meni o’ldurg’ali yetti,
Ey labshakarim, xohi inon, xohi inonma.
Mashrab, bo’lubon ko’yinga chun barqi tajalli,
Qolmay asarim, xohi inon, xohi inonma.


Adashmasdan, tutilmasdan, juda chiroyli yodladim. O’zim ham hayronman qanday qilib uddaladim. Feruza chappak chalvordi.

Keyingi darsga onamni olib keldim. Aytadiganlarini aytishi. Juda katta majlis qilishdi. Men uchun zerikarli. Menga yoqgani Ustozni jon jahdi bilan tushuntirayotgan payti bo’ldi. Shu lavhani rasmga chizgim keldi. Eslab qoldim. Onam “sen bilan uyda gaplashaman” deb uyga ketdilar. Tamom dedim o’zimga o’zim. Sinfga kirib bordim. Qo’limga qog’oz va qalamni olib, ustozni boyagi vaziyatini chiza boshladim. Yonimga Xasan keldi. Qo’limga bitta yozuv yozilgan qog’oz tutqazdi. Olib o’qidim.

Shuncha sevib sevaman deb aytolmasang yuragim.
Qani aytchi senga meni bormi o'zi keragim?
Sevib yana inndamasdan mayus yerga boqarsan.
So'roqsiz sevib meni olovlarda yoqarsan.

Yuragim sevsang endi undan so'ragin shuni.
Sevgani bor yoki yo'q , yoshi nechchida uni.
Kim ko'rinsa chiroyli sevib qolavermagin.
Sevib yana o'zingni o'tga solavermagin.


Xasanni o’zi yozibdi. Shu she’riga atab, rasm chizib berishimni so’radi. Qog’ozni tepasida joy bor ekan. Hop dedim. Qanday qilib yo’q diya olaman. She’ri ham menga yoqdi. Nomini qo’ymagan ekan. Men qo’yib berdim. Ahmoq yurak deb. Hamma chiroyli ko’ringan qizlarni sevib qolaversa, unda odam qoladimi? Bundo bittasini qattiq sevsinde, ushani deb ursin faqat. Shoirman diydiku, lekin yurakni boshqara olmaydi. Shoir odam har tomondan yetuk bo’lishi kerak. Nafaqat qo’llarini, hislarini ham boshqara olishi kerak. Xasanchi? Yo’q, hech qayerini boshqara olmaydi. Har holda men rasm chizishni bilaman. Bunga qanaqa qilib rasm chizsam ekan. Ustozni ham rasmi qolib ketayapti. Ha. Zo’r fikr. Ustoz yurakka baqirib turgan holatlarini chizaman. Bir tomonda olovni. Va qizlarni. Yo’q, qizlarni chizmayman. Tavba qildim... Rasmni chizib berdim. Xasanga yoqdi. Qolganlarga ham. Abrordan tashqari.

(Davomi bor, yaqin soat va kunlarda)


Sog' salomatlik...
 
xasan_uzСана: Якшанба, 24-Фев-2013, 10:30 | Изох # 766
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 5
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 302
Холати: Хозир йўқ
xaaa mayli........ shunaqa edi))))


Meni yig'lab sog'inma, Meni sog'insang yig'la. Ismim aytib uyg'onma, ismimni aytib uxla !!!
 
MirzoxidСана: Якшанба, 24-Фев-2013, 12:54 | Изох # 767
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
biggrin artist

...
 
Dinora_Golden_GirlСана: Душанба, 25-Фев-2013, 01:47 | Изох # 768
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
DAVOMI... Nigora judayam chiroyli iliq sözlar bilan tabrikladi. Renat esa jilmaygancha: "Baxtli böl, bilaman, ishonaman qizalog'ing ham özingga öxshagan aqlli va gözal böladi" deya chiqib ketdi. Hech narsaga tushunmadim, karaxt ahvolda qoldim. Olimjon aka g'azabdan qöllarini musht qilib ötirardi. "Qizalog'ing" dedimi qanaqa "qizalog'im"? Renat nega unaqa dedi ich-ichimdan özimga-özim savol berardim. Töyda Renatni "qizalog'ing" degan gapini hech kim eshitmadi shekilli, shovqin bölib ketmadi xayriyat... Töy tugadi... Uyga qaytib borib aeroportga ketishga tayyorlandik. Ukalarim charchab uxlab qolibdi. Ularni quchoqlab öpdim. Har biriga garchi meni eshitmasa ham ota-onamizni avaylab, asrashini tayinlab duo qildim. Bir payt "Vaqt kam qoldi deb ulgurmaymiz, seni bemalol ötirishingni qara" deb Olimjon akani onasi hattoki oyimdan duo olishga ham ruxsat bermadi. Oyijonim bechora eshik yonigacha "qaynonangni xizmatini qil. Shirinsöz, mehribon, muloyim ayolga kelin bölyapsan shukur qil" deya tayinlardi. Eshikdan chiqayotib dadajonimga qaradim. Ma'yus közlari bilan tikilib turardi. Özimni dadajonim bag'riga otdim, oyoqlariga yiqildim, ketmayman meni olib qoling deb yalindim. Oyoqlarini mahkam quchib olgandim, kimdir dadamni mendan ajratib olib ketdi... Yuzlaridan öpib ham qololmadim...
Aeroportdamiz... Dadajonimning haydovchisi yonimga kelib telefon tashlab ketdi. Dadam bervoribdi.
Tungi soat 14:00 da Qarshi aeroportiga qöndik. Olimjon akani uylariga 20 minutda yetib bordik. Köp qariya kishilar duo bilan kutib olishdi. Katta va judayam salobatli chiroyli hovli... Hovlida Katta xonalarni yonida qurilgan u xonalardan kichikroq uycha bor ekan, katta it bor ekan, boshi körinib turardi. Oyisi va kelinoyim bizlarni derazasi katta judayam shinam xonaga kirgizib xonamizni tanishtirdi. Ular chiqib ketishdi... Xonaning burchagida chimildiq yasatilgan ekan. Borib stulga ötirdim.
- "Men charchadim, iltimos boshqa xonaga chiqsangiz, xonalaringiz köp ekanku!" - dedim Olimjon akaga.
- "Endi bu xona ikkalamizniki jonginam" u hirs bilan yaqinlashib kela boshladi. Butun vujudimgacha qattiq qaltiroq bosdi. Bor ovozimcha baqirdim. U esa qöli bilan og'zimni bekitishga urinar, qölini tishlab oldim. Onasi yugurib keldi.
- "Uyatsiz, behayo sharmanda" shunday deya yuzimga shapaloq tortib yubordi onasi. Stulga yiqilib tushdim. Bunday muomala kutmagandim. "Hoy megajin nega baqirasan, yoki katta xolangni uyidamisan? Tur örningdan hayvon". Nafas olishim qiyinlashib ketdi, közimdan yosh emas yomg'irlar tökilardi göyoki. Umrimda oyimdan ham, dadamdan ham kaltak yemaganman. Nega ularning xonadoniga endi kirib kelyapman, nima uchun ota-onamdan yemagan kaltakni ulardan yeyapman... Örnimdan turib kelinoyi deb pichirladim. Kelinoyim körinmasdi. Olimjon aka ham indamay turardi. Onasi Olimjon akaga chiqib ket ishorasini qildi, u chiqib ketdi. Qarshimda muloyim va shirinsöz qaynona emas, ösha topda bu ayolni "vahshiy ajdarho"dan farqi yöq edi. U gap boshladi.
- Ög'lim meni bittayu bitta suyanchig'im. U kasal. Uni xizmatini qilasan. Qarindoshlarimga körsatib qöyishim uchun 1 oy shu yerda meni xizmatimni qilasan. Keyin Toshkentga ketamiz. (har gapirganda titrab ketardim) xullas ög'lim birpasdan keyin kiradi, özingni taroziga solsang itimiz bilan birga yotasan (dahshatdan qotib qoldim) shunday deya chiqib ketdi. Tezroq aqlingni ishlat Umida... Nimadir qilishing kerak... Sen bunga loyiq emassan, sen bunaqa hayotni orzu qilmagansan... Lekin nima qilishni bilmayapman... Özimga özim pichirlardim... Közim derazaga tushdi... Fikrimdan quvonib ketdim. Bu jahannamdan qochaman... Sumkamni tez-tez tayyorladim, dadam bergan telefon va kiyimlarimni oldim. Tayyor böldim, endi bu uydan chiqib ketolsam böldi... Ey Xudo yölakchada kimningdir qadam tovushlari eshitilardi... Yuragim qörquvdan gupillab tez-tez urardi. Qadam tovushlari tobora yaqindan eshitila boshlardi...

Добавлено (25-Фев-2013, 00:47)
---------------------------------------------
DAVOMI... Nigora judayam chiroyli iliq sözlar bilan tabrikladi. Renat esa jilmaygancha: "Baxtli böl, bilaman, ishonaman qizalog'ing ham özingga öxshagan aqlli va gözal böladi" deya chiqib ketdi. Hech narsaga tushunmadim, karaxt ahvolda qoldim. Olimjon aka g'azabdan qöllarini musht qilib ötirardi. "Qizalog'ing" dedimi qanaqa "qizalog'im"? Renat nega unaqa dedi ich-ichimdan özimga-özim savol berardim. Töyda Renatni "qizalog'ing" degan gapini hech kim eshitmadi shekilli, shovqin bölib ketmadi xayriyat... Töy tugadi... Uyga qaytib borib aeroportga ketishga tayyorlandik. Ukalarim charchab uxlab qolibdi. Ularni quchoqlab öpdim. Har biriga garchi meni eshitmasa ham ota-onamizni avaylab, asrashini tayinlab duo qildim. Bir payt "Vaqt kam qoldi deb ulgurmaymiz, seni bemalol ötirishingni qara" deb Olimjon akani onasi hattoki oyimdan duo olishga ham ruxsat bermadi. Oyijonim bechora eshik yonigacha "qaynonangni xizmatini qil. Shirinsöz, mehribon, muloyim ayolga kelin bölyapsan shukur qil" deya tayinlardi. Eshikdan chiqayotib dadajonimga qaradim. Ma'yus közlari bilan tikilib turardi. Özimni dadajonim bag'riga otdim, oyoqlariga yiqildim, ketmayman meni olib qoling deb yalindim. Oyoqlarini mahkam quchib olgandim, kimdir dadamni mendan ajratib olib ketdi... Yuzlaridan öpib ham qololmadim...
Aeroportdamiz... Dadajonimning haydovchisi yonimga kelib telefon tashlab ketdi. Dadam bervoribdi.
Tungi soat 14:00 da Qarshi aeroportiga qöndik. Olimjon akani uylariga 20 minutda yetib bordik. Köp qariya kishilar duo bilan kutib olishdi. Katta va judayam salobatli chiroyli hovli... Hovlida Katta xonalarni yonida qurilgan u xonalardan kichikroq uycha bor ekan, katta it bor ekan, boshi körinib turardi. Oyisi va kelinoyim bizlarni derazasi katta judayam shinam xonaga kirgizib xonamizni tanishtirdi. Ular chiqib ketishdi... Xonaning burchagida chimildiq yasatilgan ekan. Borib stulga ötirdim.
- "Men charchadim, iltimos boshqa xonaga chiqsangiz, xonalaringiz köp ekanku!" - dedim Olimjon akaga.
- "Endi bu xona ikkalamizniki jonginam" u hirs bilan yaqinlashib kela boshladi. Butun vujudimgacha qattiq qaltiroq bosdi. Bor ovozimcha baqirdim. U esa qöli bilan og'zimni bekitishga urinar, qölini tishlab oldim. Onasi yugurib keldi.
- "Uyatsiz, behayo sharmanda" shunday deya yuzimga shapaloq tortib yubordi onasi. Stulga yiqilib tushdim. Bunday muomala kutmagandim. "Hoy megajin nega baqirasan, yoki katta xolangni uyidamisan? Tur örningdan hayvon". Nafas olishim qiyinlashib ketdi, közimdan yosh emas yomg'irlar tökilardi göyoki. Umrimda oyimdan ham, dadamdan ham kaltak yemaganman. Nega ularning xonadoniga endi kirib kelyapman, nima uchun ota-onamdan yemagan kaltakni ulardan yeyapman... Örnimdan turib kelinoyi deb pichirladim. Kelinoyim körinmasdi. Olimjon aka ham indamay turardi. Onasi Olimjon akaga chiqib ket ishorasini qildi, u chiqib ketdi. Qarshimda muloyim va shirinsöz qaynona emas, ösha topda bu ayolni "vahshiy ajdarho"dan farqi yöq edi. U gap boshladi.
- Ög'lim meni bittayu bitta suyanchig'im. U kasal. Uni xizmatini qilasan. Qarindoshlarimga körsatib qöyishim uchun 1 oy shu yerda meni xizmatimni qilasan. Keyin Toshkentga ketamiz. (har gapirganda titrab ketardim) xullas ög'lim birpasdan keyin kiradi, özingni taroziga solsang itimiz bilan birga yotasan (dahshatdan qotib qoldim) shunday deya chiqib ketdi. Tezroq aqlingni ishlat Umida... Nimadir qilishing kerak... Sen bunga loyiq emassan, sen bunaqa hayotni orzu qilmagansan... Lekin nima qilishni bilmayapman... Özimga özim pichirlardim... Közim derazaga tushdi... Fikrimdan quvonib ketdim. Bu jahannamdan qochaman... Sumkamni tez-tez tayyorladim, dadam bergan telefon va kiyimlarimni oldim. Tayyor böldim, endi bu uydan chiqib ketolsam böldi... Ey Xudo yölakchada kimningdir qadam tovushlari eshitilardi... Yuragim qörquvdan gupillab tez-tez urardi. Qadam tovushlari tobora yaqindan eshitila boshlardi...
DAVOMI bor...


Fikrim satrimda oshkor!)
 
MirzoxidСана: Душанба, 25-Фев-2013, 03:41 | Изох # 769
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
Yana eng qizig' joyida   bash

...
 
Zinnura_KСана: Душанба, 25-Фев-2013, 10:42 | Изох # 770
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Bu nohaqlik bash ((((((((((

erka farishta....(m)....
 
Mohinur_UСана: Душанба, 25-Фев-2013, 17:17 | Изох # 771
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
(davomi)
kelinlik uyim 2 qavatdan iborat bo'lib xovlimiz kichik edi va gullar ekilgandi. Uyimiz aylana shaklda qurulgan bo'lib 3 eshik, birinchi eshik oyijon, va dadajoni uylari, 2 eshik bizni uyimiz 3 eshik esa oshxona edi darvoza tarafda edi. O'sha yerda xammamiz birga ovqatlanardik. Uyga yetib kelib darvozani ochdim. Oshxonaga endi kirmoqchi edim lekin uydagi baqir chaqirlar.....
-seni esingni yebsan, xaliyam kech emas davolataylik qiynalasan to'g'ri lekin chidaysanda. Kelajakingni xam o'yla o'zing yoqtirgan Mahliyoga uylanding. Bu illatni tashayman deganding. Nima qachongacha sen unda narkamanligingni yashirasan?
-oyi nima qilay men Mahliyoni xam xayotini barbod qildim endi. Ln davolanish qo'limdan kelmaydi. Men daxshat ichida qolgandim nima dedilar narkaman? Xo'jaynim gapi meni xayollarimni to'zg'itib yubordi.
-oyi men Kelinizni qimorda yutqazib qo'ydim.
- a nima deding tentak bolaaa meni bundaqada o'ldirasanku nima qilamiz endi.
Eshikni ochdim-u xonaga kirdim. Oyijon xam xo'jaynim xam meni ko'rib jim bo'b qoldi men qaxr bn 2 lariga qaradimda tezda uyimizga kirib ketdim.
Yotoq xonaga kirib, nimalar bo'layotganini idrok qilolmasdim. Narkamanligini nega biz bilmadik. To'ydan oldingi kunlarni esladim. Dadam yoniga chaqirib
-oppoq qizim, biz seni majburlamaymiz turmushga chiq deb. O'ylab ko'r qo'shnilaridan borib surushtirib ko'rdim biz bu oilani bilmaymiz yaqinda ko'chib kelishdi dedilar.
-....
-Mayli qizim o'ylab ko'r.
Dadam menga bemalol gapirdilar chunki dadam ko'p gaplarni o'zimga aytardilar. Men esa qaysarlik qilib turdim. Xammasiga o'zim aybdorman. Bir oy deganda to'y bo'b ketdi. Narkamanligini bilib qolishimizdan qo'rqanlar. Yig'lavordim. Bunchalar peshonam sho'r bo'lmasa...
Xonamga oyijon kirib keldilar.
-meni kechiring qizim meni yolg'iz o'g'lim shu yo'lga kirib ketdi. Ukol olmasa mazzasi qochib qoladi. O'lib qolishidan qo'rqib ukol olishiga qarshlik qilmaymiz. Davolanmaydi.
Sizday kelinim borligidan juda xursandman.
Ochig'i yonimda yig'lab turgan onaizorga rahmim keldi.
-qizim narsalarizni yig'ishtiring ota-onayizni chaqirtirdim xozir kelib qoladi deya chiqib ketdilar. Yig'lab narsalarni yig'ishtira boshladim. Dadam va ayajonim keldilar. Oshxona kirishdilar oshxonada Dadam ayajonim, Dadajon va oyijon bor edi. Oyijon xammasini ularga aytdilar oshxona eshigi oldida turibmanu ln ichkariga kirolmasdim
dadam qattiq qattiq gapirardilar. Yonimga Baxrom aka keldilar
-Mahliyo meni kechir men seni sevgan birinchi va yagona ayolsan.
Yig'lavordim. Baxrom aka sekin xonani eshigini ochdi oldin men va Baxrom aka kirdilar.
Rosa janjal bo'ldi. Xullas xammani oldida Baxrom aka menga yomon so'z aytdilar. Xammasi tugadi. Yana men o'z uyimga qaytdim. Davomi bor

Добавлено (25-Фев-2013, 14:05)
---------------------------------------------
Davomi. negadir juda siqilib ketardim baxtim deganim sarob bo'b chiqdi. Oldingi Mahliyodan asar xam qolmagandi. Men baxtsiz bo'ldim. Juda alam qilardi. Hayol surib o'tirish asosiy ishim bo'b qoldi. Dadam meni biror chet davlatga yoki ukam oldiga jo'natmoqchi bo'ldi lekin men ko'nmadim Oradan 2 oy o'tsa xam o'zimga hech kelolmasdim. Bir kuni uyimga kursdoshim Charos keldi. Rosti juda xursand bo'ldim.
-Mahliyo juda xam o'zgaribsan. Ha xammasini eshitdik. Taqdiringda bor ekan mayli xafa bo'lma
-ha mayli dugonajon taqdir ekan. Guruhimizda nima yangliklar?
-Yanglik juda ko'p deya yangliklarni ayta ketdi. nimadir esiga tushganidek
-xa aytgancha deb sumkasidan taklifnoma oldi mana bu senga
- buncha bejirim talifnona kimniki ekan? Deya ochdim va qotib qoldim
Nodir va Gavharni to'yiga taklifnoma ekan. O'zimdan kechadigan o'zgarishlarni bildirmaslikka harakat qildim chunki Hech qaysi dugonam Nodirni sevishimni bilmasdi
-Boraman xudo xoxlasa to'yga dedim.
Biz ancha gaplashdik. Ketar chog'ida
-dugonajon seni ko'rgani guruhimiz bn kelamiz xudo xoxlasa
-mayli kelinglar juda xursand bo'laman. Xammalariga salom aytgin.
Xo'p xayr deya ketdi.
Uyga kirdim. xayollarim chalkashim ketardi. Nega men baxtsizman? E yo'q bunaqasi ketmaydi. Bu hayotda meni xam baxtli bo'lishga xaqliman men baxtli bo'lmadimmi? Baxtim og'irlagan Gavhardan o'ch olaman! Deb hayoldan kechirdim. Shayton kuchli kelib to'g'ri yo'lga qaytaraman deb halakda bo'layotgan Mitti farishtam chekanardi. Shu hayolar bn bir tanishimga tel qildim uni qo'lidan kelmaydigan ishni o'zi yo'q edi. U xam farmaseftika sohasi borasida tanishlar bor edi o'zi xam shu sohaga aloqador biznez qilardi
Biz uchrashadigan bo'ldik. Juda katta pulga men yurak faoliyatini to'xtatuvchi kukun sotib oldim. U 2 soatda tasir etardi. Demak mendan xec kim shubhalanamaydi Dushmanimdan qasosimni olishni o'ylabmanu xudo borligini esdan chiqaribman.....
3 iyun kuni xammani uyga chaqirmoqchi bo'ldim. Bir kun oldim Charosga tel qildim:
-alo Charos qandaysan
-yaxshiku ovozing eshitganimdan xursandman o'zing yaxshimisan o'zingga kelib qoldimi?
-men xam yaxshiman xa ancha o'zimga kelib qoldim xaligi bir iltimosim bor edi.... Meni nomimdan aytma noqulayda.... Xaligi kursdoshlarni juda sog'indim. O'qishga borolmayman yuzim chidamaydi. Biron joyda o'tirmaylikda biznikiga kelaqolinglar.
-bo'ldi dugonajon ertagayoq xammani yig'ib oboraman
-xa aytgancha Gavharni xam olib kel iltimos
-mayli oboraman meni ortiqcha so'roqqa tutmadi. Biz xayrlashdik. Negadir juda xursand edim vijdon azobi, qo'rquv, hayajon begona edi. Nahotki nafratim bu tuyg'ularni yo'q qilvorgan bo'lsa. Erta turib yuz qo'limni yuvdim kayfiyatim ko'taringki edi. Ota onam xayron. Xullas soat 11 larga yaqin kursdoshlarim bor edi Nodir va Gavhar xam ular orasida edi. Gaz'abini ichimga yutrardim. O'zimni xursand qilib ko'rsatardim ayajonim darsturxon tuzadilar osh qildilar oshni yeb bo'lib dasturxonga omin qildik Divan kireslo turgan sal kichik mehmon xonamiz bor edi. ketamiz bo'ldi deyishiga qaramay o'sha xonaga olib kirdim
-sizlarni kelishiz juda kutulmagan bo'ldi deya Charosga kulub qo'ydim. Bir stakandan qaxvami ichib biroz suxbatlashaylik keyin ketasizlar dedim. Xamma rozi bo'ldi
-Gavhar yordam bervoring. U jilmaygancha rozi bo'lib orqamdan ergashdi oshxona o'tdik xammaga aytgan qaxva va sharbatlarni men tayyorlab berdim u esa patnosda tashida. Keyingi gal oshxonaga kelganda men
-raxmat Gavhar nima ichasiz
-sharbat ichaman
-xozir tayyorlayman siz ichkariga kiravering. Jilmaygacha mehmon xonga qarab ketdi.
Men esa xalatim kistasidan kukunni olib sharbatga aralashtirdim va o'zimga qaxva damlab bejirim patnosda ichkariga olib kirdim. U yerda suxbat juda qizg'in ketardi, Nodirni to'yida bo'ladigan tashkliy ishlar xaqida bolar gaplashar, qizlar esa nima kiyishi xaqida bir biri bilan gaplashardi. Men sharbatni Mahliyoga uzatdim. Nodir esa
-qaxva uchun raxmat deb jilmaydi. Ln xali ichmagandi
men xam jilmaydim shu payt ayam chaqirib qoldilar ukam tel qilgan ekan ukam bn gaplashib bo'gunimcha Gavhar idishlarni yig'ishtirib oshxonaga olib kirib qo'yibdi. Men mehmon xonaga kirdim yarim soatdan ortiq vaqt o'ti. Bir payt Nodirni teli jiringlab qoldi.
-xa onajon qo'shnikida Mahliyoni ko'rgani kursdoshlar bn kelgandik
-.....
-xozir yaxshimisiz xo'p xozir chiqaman deya telni o'chirdi tinchlikmi deb so'rashdi?
Xa onamni biroz mazzalari yo'q ekan. Endi ketaylik.
Xozir deya ayamni chaqirib keldim. Ayam omin qilib berdilar. Xulla Nodir onasi tufayli Gavharni kuzatmadi. Men negadir juda xam xotirjam kayfiyatim xam yaxshi edi. Idishlarni yuvishga ayamga qarashib xonam kirdim xayol surib yotgandim oradan qancha vaqt o'tdi bilmadim tez yordam mashinasini ovozi xayolimni chalg'itib yubordi.
Tez yordam mashinasi Nodirlar uyini oldida to'xtadi.
onasini mazzasi bo'lmabdida deb xayoldan o'tkazdim. zambilda tez yordam mashinasiga kimnidir joyladi qarasam Nodirni onasi xam dadasi xam yiglab tez yordam mashinasiga o'tirayapti
demak ....

Добавлено (25-Фев-2013, 16:17)
---------------------------------------------
Men sharbatni Gavharga bergandim. Demak Nodir ichgan ekan Hayolimdan daxshatga tushib yo'o'o'o'o'o'o'q Nooodir deb baqirvordim. Ayam bariqishimdan jon xolatda yugurib. Keldilar
-qizim senga nima bo'ldi
-Nodir?
-o'zingni qo'lga ol qizim tez yordam kelganida ko'chada edim eshitishim bo'yicha Nodirni mazzasi bo'may qolibdi.
-ayajon suv
- hozir qizim deb aayam suvga ketdi men tezda kukun olgan tanishimga tel qildim. Afsus telni ko'tarmadi.
Ayam olib kelib bergan suvdan ichdim. Va uxlab qolibman baqir chaqirdan uyg'ondim. Bir muddat nima bo'layotganini anglolmadim. Soatga qaradim ertalabki 5lar ekan. Kn o'rnimda tez turib oynadan qaradim. Nodirlar darvozasi ochiq onasi yerda o'tirib nola qilar hech kim ularni uyga olib kirolmasdi.
Demak demak yo'o'o'o'o'o'q deb baqirib o'kirib yig'ladim. Ayam yugurib keldilar va meni yupatar edi......
Bo'lib o'tgan barcha voqealarni eslab yotdim. O'zimni oqlashga so'z topolmasdim. Qo'limda xaliyam o'sha bejirim taklifnoma. Men yashashga xaqim yo'q? O'zimni o'ldiraymi yo'o'o'q Chunki bunga loyiqmasman aybni bo'ynimga olaman! Tezda turib kiyindim va o'sha kukundan ozgina qolgan ekan yashirgan joyimdan olib kistamga soldim. Va tashqariga jon xolatda yugurib chiqdim ayam orqamdan yugurib chiqdilar. Meni nima qilishimni bilmas, ln to'xtatmoqchi bo'ldilar. Men tez tez yurgancha Nodirlar uyiga kirib ketdim. Odam ancha siyraklashgan bir xonada ayolarni ovoz kelardi o'sha xona kirdim kirsam. Men tanimaydigan 5,6 ayol
Nodirni ayasi 2 militsiya xodimi bor edi men kirdim xamma bn so'rashib bir chekaga o'tirdim ayam xam yetib keldilar va so'rashib yonimga o'tirdilar (Gavharni tez yordam mashinasi olib ketibdi) birinchi katta militsiya gap boshladi
-taziyamizni qabul qiling xar bir bandani boshida bor bandachlik. Bizni ishmiz shu o'g'lizni yurakidan shikoyat bo'lmagan . Ln bu dori tasirida qasdan o'ldirilgan bo'lishi mumkun balkim taxminimiz no'orindir.
-militsiya o'g'lim . Nodirjonim xech kimga ziyon tegmagaman shuning uchun...... Deb mushtipar ona yig'lavordi.
-mayli unda bizga ruxsat uzur rasmiyatchlik uchun kelgandik deya chiqa ketdi. Adashmasam bular uchastkavoy edi. Meni deb qancha odam lar baxtsiz bo'ldim. Vijdonim ortiq dosh berolmadi. Qandaydir bir kuch tashqariga yugurib chiqdim to'o'o'o'o'xtaaang deb baqirdim bu xolatimdan ayam va boshqalar xam orqamdan chiqdi. Militsiya to'xtatadi va savol nazari bilan menga qaradi.
-men.... Men xaligi.... Yig'lavordim. Men o'ldirdim Nodirni deya kukuni militsiyaga berdim. Onam yugurim meni qo'limdan to'rtib o'ziga qaratdilar va yuziimga birinchi marta tarsaki tushurdilar.
-esing bormi nimalar deyapsan xarob qilma umringni qaytarib ol gapingni.... Bu gaplarni kutmagan Nodirni ayasi xushudan ketdi. Ko'plar ularni o'ziga keltirish bn ovora bo'b qoldilar. Men esa gapim rost deya indamay turardim.
-biz bn borishingga to'g'ri keladi. Ayam orqamdan baqirgancha qolaverdi. Turmaga bordik meni qamab qo'yishdi suding bo'lguncha shu yerda o'tirasan deya kukuni ekispirtizaga yubordi. Dadam xam tez yetib keldi men bn gaplashdilar. Militsiya xodimlariga nima deb ko'rsatma bergan bo'lsam Dadamga xam shuni aytib berdim. Kukuni kimdan olganligim esimda yo'q deb qutuldim. Ln ular bilib olishdi..... Meni uncha qiynasgmadi. Chunki aybimni bo'ynimga olgandim. Sud kunim yaqinlashardi. Advakat esa jon xolatda menga yordam bermopchi bo'lardi. Ln ko'rsatmam.... Xullas menga xamma dalillar qarshi edi. Sud kunim xam keldi panjara ortida ayamga dadamga va qaxr bn qarab turgan Nodirni onasiyu otasi va opalariga mayus yig'lab qarab turardim. Sud kunlarga ulanmadi. Qoralovchi va oqlovchi dalilar-uu, guvohlarning ko'rstmalardan so'ng xukum o'qildi.
SUDLANUVCHI SODIQOVA MAHLIYO. . . . . .bandlarga binonan aybdor deb topilsin qasdan odam o'ldirganligi uchun, va jinoyatni birinchi marta sodir etganligi yosh bo'lganligi uchun 10 yil ozodlikdan maxrum etilsin va jazosini ayollar qamaxonasida o'tashi tayinlasin. Boshqa gap eshitmadim 10 yil? Men qamaldim.
Onam baqirib qoldi..... Xullas meni ayollar qamaxonasiga jo'natishdi davomi bor

 
JoN_JiGaRСана: Душанба, 25-Фев-2013, 18:05 | Изох # 772
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 5
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
exxx Maxliyo

inson bolasini qulog'ini tuproqqa tulishi azonni eshita turib unga ijobat qilmaslikdan yaxshirog'dur
 
GULI_NURСана: Душанба, 25-Фев-2013, 18:23 | Изох # 773
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 794
Холати: Хозир йўқ
Bechora...!!!
Lekin bu jazo uni vijdon azobidan qutqararmikin...???!!!
 
LoadingСана: Душанба, 25-Фев-2013, 19:39 | Изох # 774
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Nima deyman? Hammasi chunarli. Hali forumdoshlar qo'l urmagan mavzu. Mohinur bu ishni qanday amalga oshirar ekansiz? Kutamiz.
Ne obisnimo no fakt!


Faqat 3 ta shart!
 
Mohinur_UСана: Душанба, 25-Фев-2013, 19:51 | Изох # 775
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
Davomi Men uchun juda qo'rqinchli kunlar boshlangandi sud zalidan chiqanimizdan kn barvasta yuzlari oslib qolgan qovog'lari uyulgan 2 ayol qo'limga kishan solib qamaxona moshinasiga soldi va 2 yonimga o'tirdi moshina joyidan jildi. Orqamdagi manzara esa Ayam xushdan ketgan dadam yig'lagan.... Kechiring deya pichirladim.....
Ancha yurdik bir payt moshina to'xtadi.
-tush yetib keldik deb buyruq berdi bir ayol. Birinchi moshinadagi ayol, kn men va 2 ayol tushdi. Kn menga tush degan ayolga topshirib ketishdi. Astda qamaxona ichiga kirib borar ekanman qamaxonani ko'zdan kechirdim juda qo'rqinchli xidi xam g'alati edi. Biz panjarali yo'ldan o'tib. Bir xonaga kirdik u yerda bizni yuzlari zaxil ko'zlari kirtaygan ozgin, tepa kal yupqa labli bo'yi uzun bir odam kutub oldi. Meni yilim yoshimni so'rab nimadirlarni to'ldirdi. Unga mayor deb murojat qilishardi kn meni olib kirgan ayolga: maxbusni nargi xonaga olib kir deb buyruq berdi buyuqni eshhtgan zaxoti meni panjaralar orqali bir xonaga olib kirdi undan keyin meni rasmga tushurishdi. Xullas bundaqa rasmiyatchlik tugagandan kn Mayor buyurgan 130 kameraga olib bordi. Devorga qarab Orqangni o'gir deb do'q qildi. Men aytganini qildim. Kamera eshigi ochildi va men ichkariga kirdim. Kamerada 3 ayol bor edi. Xush kelibsan! Deyishdi. Men esa qo'rquv aralash indamay turaverdim.
- Xa mayli qo'lingdagi narsalarnh mana bu karovatga tashada. Kel tanishib olamiz men ismim Tamara deb tanishtirdi chamasi 40 yoshlaradagi to'lachadan kelgan yuzi dumaloq pakanagina ayol.
-Meniki Go'zal deya 60 yashar ozg'in ko'p joylari shilinib yara bo'b ketgan ko'zlarida alamzadalik nomayon edi bu ayolda.
3 ayol esa juda quvnoq bo'lib ismi Manzur ekan.
- Meni ismim Mahliyo dedim
kech bo'b qolgandi kechki ovqat olib chiqdi. makaron palov deb atalmush makaaron ezilib ketgandi. Men zo'rga yedim. Ertasi kuni dadam keldi ancha pul oziq ovqat olib keldi . Ko'plarga pul berib meni xavfsiziligim uchun qayg'urdilar zax yerlarga qarab sovhatia ytardim uxlolmadim boshida ln oradan 4 oy o'tganidan kn o'rganib qoldim davomi bor.
 
Форумистон » Умумий » Ижодистон » Hikoya (O'zimiz hikoyalar yozamiz!)
Поиск: