[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Форумистон » Умумий » Ижодистон » Hikoya (O'zimiz hikoyalar yozamiz!)
Hikoya
LoadingСана: Душанба, 04-Мар-2013, 02:08 | Изох # 801
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Maylinmi kichikkina hikoyacha qoldirsam?
Mo'jiza endi yo'q.
Bugun juma tongi ishxonamga ko'tarinki kayfiyatda bordim. Jumaga qadar ko'proq ishlarimni bitirib olishni reja qildim. Ishimni boshladim. Uncha-muncha narsaga ulgurdim. Lekin soat o'tkan sayin ko'nglim g'ash bo'la boshladi. Juma namoziga chiqish uchun boshqaruvchidan ruxsat olish kerak. Ishdan qochib ketish haqida gap bo'lishi mumkin emas. Yangi ishga kirganman sinov mudatim endigina tugadi. Soat o'n bo'ldi, hali ruxsat so'ramadim. "mana bu ish tugasin, mana buni qilib qo'yay" deb o'zimni aldab javob olishni paysalga solyabman. Soat 12ga yaqinlashyabti. Ichimdan Hudo, Alloh deb turibman. Shu vaqt xonamga boshqaruvchi kirib keldi. Hisobotni bosh offisga olib borishimni buyurib chiqib ketti. Yaxshi bo'ldi, hisobotni tez oborib beraman, qaytishda juma nomozini o'qib qaytaman. Bosh offisda ushlanib qoldim. Direktor xisobot xaqida qisqa malumotlarni aytib berishimni buyurib qoldilar. Soat 12:30ni ko'rsatmoqda. Telefonim jiringladi. Ishxonadan xam kasbim Nodira ekan. Tushlik vaqti bo'lganini aytib, meni kutsinmi, yo'qmi shuni so'radi. Ko'pincha birga tushlik qilamiz. O'ylab qoldim, namozga ulguramanmi, tushlik qilishga yana vaqtim bo'ladimi yo'qmi? Nodira hafa bo'lib qomasmikan? Men unga rejamni aytkandim biroz ikkilanib turdida birnima deyishga chog'landiyu aytmadi. Samimiyat bilan hayrlashti. Aloqani uzdim. Hisobotni yetkazib ko'chaga chiqanimda soat 12:45 bo'lgandi. Aksiga olib bu joylarni yaxshi bilmayman. Katta yo'lda turibman. Qaysi tarafga yurishni bilmadim. Tanishlarim alla qachon machitda, hammasini telefoni o'chiq. Katta ko'cha yaqinidagi maktab o'quvchilaridan bu yaqin o'rtadagi machit borligini so'raganimda ikki bekatdan so'ng maxalla ichkarisida borligini etishti. 10 daqiqa vaqt qoldi. Hali taxoratni yangilashim kerak. "Yo'q ulgurmayman, ishxonaga qaytaqolaman, Alloh kechirsin." deb ikkilangancha xamon aytilgan manzil tarafga yurib ketyabman. Qadamimni tezlattim. Shu payt yonimda nexia avtosi to'xtadi. Ichida Rus kishi o'tiribti. Salondan menga yuzlanib gapirdi.
- Izvenite ya  doljen yexat na kladbiwe Kamolon. A kak mne doexat? Bu savoldan keyin ichimga jiz etkan nur kirdi.
- Ya kak raz tuda soberayus. Mojete menya dovezti?
- Da konechna, sadis bez problem!...
 Bolalar ko'rsatmalari bo'yicha qiynalmay topib bordik. Shoshilib mashinadan tushtim. Oynadan salonga qarab minaddorlik bildirdim.
- Bolshoe sposibo vi sdelali dobroe dela!
- I tibe sposibo! Shislivo! Juda quvnoq toza ko'ngillik kishi ekan. Rus bo'lsayam mozorga kelib biror kimini yo'qlayabti... SHularni o'ylab yugurib toxoratxonaga kirdim. Toxoratimni yakunlab dastro'molimga yuz-qo'limni artkancha honaqo tarafga yurdim. Birinchi safga ulgurmaganimga achindim. Xonaqoga kirganimda maruza yakunlanib duoga qo'l ochildi. O'ng'aysiz bo'lsada so'ngi safning ortidan joylashtim. Azon aytildi jamoat saflanishni boshladi. Oradagi hosil bo'lgan bo'shliqni to'ldirish uchun qadam tashladim. Qadam qo'yib niyat qilyabman. Quloq qoqib jumani 4 rakat sunatini o'qidik. Azon aytildi, imom hutba o'qidilar. "Payg'ambarimiz islomga kirgan ummat uchun huddi hozirgidek avval bir to'nkaga (chiqib yoki suyanib), so'ngra bir ayol yasattirib bergan uch pog'onalik minbarga chiqib hutba o'qir edilar deyiladi hujjatlarda." Takbir aytilib juma namozining 2 rakat farzini o'qish uchun saflanildi. Men birinchi safda imom sunnat o'qigan joylarini egalladim. Farz tugaganida onadan tug'ulgandek yengil bo'ldim. 4 rakat sunnat o'qildi. Duo qilinib Janoza namoziga sarf tortildi. Mayit 18 yosh qiz ekan. Machitning har burchak, har nuqtasidan achinish bilan "chiqillagan" ovozlar eshitildi. Imom jim bo'lib qoldilar. Karnayda faqat shivirlagan ovozlar eshitiladi. So'zlarida davom etib "Birodarlar, avvalambor vaqizni olish niyatimiz yo'q. Ammo gapirmasak bo'lmayabti. Nega musibat xaqida gapirilsa "chiqrlaysizlar" nima manoni bildiradi shu bilmayman.. Aytilmasa, bilmasak xam maylin edi. Musibat yetkanida aytiladigan duo bor-ku? Iltimos shuni unutmaylik. Bir mushkul ish kelganida dod voy qilib so'ngra "Inna' lillahiy va inna' ilayhi rojiu'n" deb "sabr" qildim deyishlik sabr bo'lmaydi. Musibat kelgan zaxoti "Inna' lillahiy va inna' ilayhi rojiu'n! Allohuma' fiy musibati vahlifliy hoyrun minha!" deb tilda aytib, dildan tasdiqlash xaqiqiy sabr dur. Saflarni to'g'irlaylik, janoza namozini o'qiymiz.
 Ishxonaga yugurdim bekatda odam ko'p. Telefonim tinmay jiringlayabti. Nodira qo'ng'iroq qilganda ko'tardim. Ishxona tinch ekan. Boshqaruvchimiz meni so'rab ketibti. Nodira meni qaytib kelmaganimni aytibti. Avtobusdagi badboy xididan oshqozonim orib ketti. Ovqatlanishga vaqtim qolmadi. Yana so'rab kirsa Nodiraga xam gap tegadi. Tezroq mashina olsam edi. Pulim yo'qde. Taksiga pulim yo'qku moshina olishqayoqda.  Firmadan berishsa bo'lardi.
Offisga kirib bordim, avval boshqaruvchimizni xonasiga kirib, keyin ish joyimga qaytib keldim. Boshim aylanib kursida biroz o'tirib qoldim. Nodira xonaga kirib qayta salom berdi. Qo'lida qizil qopqoqli yelim idish. Ichida shirinliklar bor ekan. Men nimadan yesam ekan degunimcha chinnidek toza chashkamda qaymoqli kofe tayorlab oldimga qo'ydi. Shu kofedan bir xo'plovdim eshik ochilib boshqaruvchi kirib qoldi.
- Agar offisda bitta tarakan ko'rsam, bitta-bittalab qulataman, sababi ovqatlanish umuman taqiqlangan edi. Mana tushlik xam qilib oldim. Alloh yetkazdi. Hikoyamdagi mo'jizalarni ko'rdizmi?
Tamom...
 


Faqat 3 ta shart!
 
GiyosСана: Чоршанба, 06-Мар-2013, 22:14 | Изох # 802
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
***5 (Men sevardimku)

Oradan 2 yil o’tdi. 2009 yil. Erta bahor.

Bahoriy havo. Mayin iliq shamol... Ayniqsa yomg’ir isi kelib turgani. Bu Bahorde. Shunaqa havoda odamni extiroslari uyg’onib ketadi. Keyin sevib qoladi va Bahorni ayblab, sevgi fasli deydi. Asli Bahor emas, uning havosi aybdor. Qaniydi menam Bahorni aybor desam... Aytsam ham kerak. Chunki men Feruzani sevaman. Jonimdan ortiqroq sevaman. Hech kim tasavvur qilolmaydigan darajada sevaman. Uni ko’zlariga qarasam, u ham meni ko’zlarimga qarasa, o’zimni g’alati sezib yuboraman. Boshqa qizlarni ko’ziga qaraganimda bunaqa his bo’lmaydi. Lekin Feruzaga qaraganimda o’zimni juda boshqacha, unga tobedek his qilaman o’zini. Bugun yana soy bo’yida uchrashuvimiz bor. Bugun farqli ravishda u onasini ko’rgani qishloqqa keldi. Tibbiyot kollejini o’qish uchun u Toshkentga, otasini yoniga ketdi. Sababi usha gaplar kollejiga ham bormasligi uchun. Bu menga azob bo’ldi. Maktabda o’qiganimda halovat bo’lmadi. Hech qanday yo’l bilan o’zimni to’xtata olmadim. Rosa harakat qildim o’zimni sal bo’lsa ham bosishga. Lekin iloji bo’lmadi. Hayolimni o’g’rilayverdi, o’g’rilayverdi. Oxiri militsiyaga topshirib yubordim. Keyin o’g’rilamay qo’ydi. 5 kunlab poylashdi. Keyin 5 kun qidirishdi. 5 kun deganda ushlashdi. Uff yana hayolim ketib qolmoqda. Soat 10-00 da Feruza keladi. Chaqirmaganman. Lekin keladi. Bugun biz uchrashadigan kun 6 mart. Shu kuni har doim shu yerda uchrashamiz. Uchrashmasak ham birrov kelib ketamiz... Ishonardim. Ana kelayapti. Ko’rindi.
- Qalesan Feruza.
- Salom Jasur. Men yahshiman. O’zing qandaysan?
- Rahmat domgidek. To’g’risini aytsam, seni sog’indim.
- Nega sog’inding? Yaqinda kelib ketgandimku!
- Bir kun ko’rmasam sog’inamanku.
- Menam seni sog’indim.
- Rostanmi?
- Ha. Seni nega aldayman. Seni ko’rgani kelamanku doim.
- Sendan bir narsa so’rasam maylimi? Keyin aytsamchi?
- So’rayver.
- Meni yoqtirasanmi?
- ... (Feruza buni kutmagandi, duv qizarib ketdi, keyin pastga qarab oldi)
- Men seni sevaman!
- ... (Haliyam yuzini ko’tarmadi)
- Seni ilk ko’rganimdan beri sevaman. Faqat seni deb yashayman.
- ... (Usha holatda muloyim kulib qo’ydi, jilmayib qo’ydi disam to’g’rirog’ bo’lar)
- Feruza... (sekin menga qaradi. Shunda men uning qizarib turgan yuzidan birinchi marotaba bo’sa oldim).
Keyin unga qarashdan uyalib, qochib ketdim. To’g’rirog’i, uni gaplarini eshitmay dedim. Har holda yahshi gaplar aytmaydida.

2009 yil. Yoz fasli. Iyul oyi.
Bugun 11 sinfni bitirdik. Va nihoyat. Juda mashqat bilan.Mana Diplomni qo’lga olayapmiz. Keyin uni yuvgani sinfdoshlar bilan kafega boramiz. 10-11 sinfda o’zi asosan bolalar qolganmiz. Qizlar kollejga ravona bo’lgan. Biz kollejda o’qib nima qilardik. Abror bilan Nozim, yo’g’e, Nozi ham 11 da qolishdi. Sabab ular institutga kirishmoqchi. Kollejga kirib ham kirsa bo’lardi, yo’q ular 1 yil yoqotarmushde. O’zi 100 yilingni yoqtib bo’lgansanku. Maylida. Shunday qilib, yuvgani boramiz... Bordik. O’tirdik. Ovqatlandik... Ichdik... Ichdik... Ichdik... oxirgisini ammallab ichdik. To’kib ham ichdik. Keyin o’ynadik. Raqsga tushdik... O’ynadik... Urishdik... Shu joyiga to’xtalib o’taman. Men bilan Nozi urishib ketdi. O’zidan chiqdida. U menga qarab, Feruzani tinch qo’y dedi. Bu gap menga yoqarmidi? Axir men sevaman uni dedim. U bo’lsa ko’nmadi. Ozgina tepishdik. Keyin ajratishdi. Ichib olganimiz uchun duelni ertaga belgiladik. Shunday qilib ertaga kechki payt Majnuntol ostida duel bo’ladi. O’zi nozikkina, men bilan qanday urisharkina?
(Davomi yaqin soat va kunlarda)


Sog' salomatlik...
 
T_SardorСана: Пайшанба, 07-Мар-2013, 00:12 | Изох # 803
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 541
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 181
Холати: Хозир йўқ
Kutamiz!

O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin!!!
 
Zinnura_KСана: Пайшанба, 07-Мар-2013, 08:28 | Изох # 804
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Madinapooooooooooo qniiii hiloyaaaa tez tez yozinnn

erka farishta....(m)....
 
GiyosСана: Пайшанба, 07-Мар-2013, 21:38 | Изох # 805
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
***6 (Men sevardimku)
Bugun Nozi bilan urishgani Majnuntol tagiga boraman. O’ziyam hamma bolalar borsa kerak. Zo’r jang bo’ladi. Albatta ko’plar menni qo’llab quvatlashadi. Nozini faqat “yigiti” Abror qo’llab quvatlasa kerak. Boshqa hech kim uni bu gavdasi bilan meni urib qo’yishiga ishonishmaydi. Lekin bilib bo’lmaydi. Abror ham qo’shilib ketishi mumkin. Shuni oldini olish maqsadida men Farruxni ogohlantirib qo’yishim kerak. Xasanga ham aytaman. Qolganlar o’rtadagi odamlar bo’lib hakamlik qilib turishsa yetarli... Kechki payt ham bo’ldi. Endi sekin majnuntol tagiga boramiz. Exx. Qara Feruza. Seni deb, seni meni talashganlar bilan olishib yuribman. Seni sevamanda. U so’tak ham seni sevarmush. Men bunga chiday olmayman... Majnuntol tagiga borsam, 4-5 ta bolalar alaqachon kelib bo’lishgan ekan. Nozi ham shu yerda. Mashq qilayapti. Oyog’iga krasovkasini kiyib kelibdi. Men ham kiyib keldim. Uchi qattiqda. Zo’r tegadi... Yana 5 ta bola keldi. Ular orasida Farrux va Xasan ham bor. Demak jangni boshlasak ham bo’ladi. Ustimdagi ko’ylakni yechib, daraxtga osib qo’ydim. Nozim ham shunday qildi. Keyin bolalar davra qilishdi. Biz o’rtaga tushdik. Birinchi men gap boshladim:
- Sen Feruzani unutgin. Men uni sevaman. Maktab davridanoq.
- Hoy Jasur, meni bu qiziqtirmaydi. Men ham uni sevib qoldim.Tibbiyot kollejiga kirganidan so’ng. Chunki menga hamshira qizlar yoqdi.
- Sengami? Toming ketib qoldibdi! Boshqa qiz yo’qmi senga?
- Yo’q. Menga faqat Feruza kerak. Hozir meni hafa qilib qo’yasan.
- Sen Feruzani ismini boshqa takrorlamaysan! Tushundingmi?
- Nega ekan? Menam sevaman.
- Unda urishamiz oppog’oy. Kim yutsa, Feruza o’shaniki.
- Men demokratik yo’l bilan hal qilish tarafdoriman. Urishgim yo’q.
- Qiziq ekansanku Nozi. Urishgani chaqirdingku.
- Bahslashish ham, urishishni bir turi. Kel undan ko’rsa savol javob o’ynaymiz. Yutqazgan yutqazadi. Keyin sen meni Nozi demagin. Men Nozimman.
- Savol javobni Abrorakang bilan o’ynaysan, hopmi? Qo’l ushlashib ketayotganingda. Nozim deymanmi? Nozikmi? Nozimi? Bu mening ishim. Tushundingmi?
- Meni kim bilan qanday yurishim senga ham qiziq bo’lmasin. Seni tovuqlaring haqida men aytmayapmanku!
- Tovuqlarimga nima qilibdi?
- Xaxaxa. Tovuqlaring bilan seni bilmaydi deb o’ylaysanmi? Tovuqni orqasidan tuxum sig’gan, seniki sig’maydimi?
- Og’zingga qarab gapir. Men bilan tovuqlarni hech qanday aloqasi yoooo’q!!! Shoshmay tur sen... (Bu gap menga nisbatan tuxmat edi. Shu gapiga chiday olmadim. Unga sherdan tashlandim. Kutmagan edi. Chap berib qolishga ham ulgurmadi. Yuziga ketma ket musht tushirdim. Yerga “gurs” etib quladi. Keyin burnidan qon chiqdi. Davradagi bolalardan kimdir sanay boshladi: “1.2.3.4.5.6.7.8.9.10 bo’ldi. Jasur yutdi” dedi. Abror kelib, Nozini turg’azdi.)
- Sen g’irrom o’ynading. Meni qattiq hafa qilding. Hali afsuslanasan.
- Nozikkina, sen yutqazding. Feruza meniki. Yana bir marta u haqida gapirsang yerdan tura olmaydigan qilib qo’yaman.

Shu bilan urish tugadi. Hamma norozi. Qisqa bo’ldida. Ular hamma ishlarini, molu, qo’ylarini tashlab, shu urishni ko’raman deb kelishgandi. Meng farqi yo’q edi. Chunki men yutgandim.
Feruza ham qishloqda. Ta’tilga chiqgani uchun shu yerda. Uni yana 1 yil o’qishi bor. Men Nozi bilan urishganimni kimdandir eshitib qolibdi. Ushanga ertaga soy bo’yiga chaqirdi. Usha yerda gaplasharmush. Yana baqiradida: “Undaysan, bundaysan, nega meni deb urishayapsan. Qachon senga aql kiradi....” deb. Uni deb qandan urishmay....
Erta bo’ldi. Hozir soy bo’yiga ketayapman. Feruzam bilan uchrashaman. Endi biz u bilan uchrashganda qo’l ushlashib o’tirbmiz. Sevishganlardek... U ham meni sevadi, aytmadiku, lekin ko’zlari bilan aytdi. Sevasanmi deganimda, ko’zi bilan pastga qarab, ha ishorasini qilgan edi. Soy bo’yida o’tiribdiku. Mendan oldin qanday qilib kelib oldikan.
- Qalesan Feruza?
- Iya, Jasur. Salom. Kelidingmi?
- Ha keldim. Suril. Menam o’tiray.
- Joy ko’pku.
- Sen tozalab qo’ygansanda joyingni.
- Hamma yoq shundoq ham tozaku.
- Gapda. Nega chaqirganding.
- O’zi. Shunchaki. Seni sog’indim.
- Faqat shunga bo’lsa yahshi. Menam seni sog’indim.
- Shunga emasda. Nega kecha meni talashib urishding?
- O’zi. U, Nozi seni sevarkan. Shunga sevgisidan voz kechtirmoqchi bo’ldim.
- Jinnivoy, u meni sevsa ham, men.... seni... Men sen bilanmanku.
- Men chidolmayman bu gaplarga. Seni himoya qila olmasam, shu sevganimmi?
- Shu urishganingda senga bir narsa bo’lib qolsa men nima qilaman?
- ...
- Shuni hech o’ylab ko’rganmisan? Sensiz men qanday yashayman?
- Kechir. Buni o’ylamabman.
- Sen hech narsani o’ylamaysan. Faqat hayolingga kelganini qilasan.

Yana ozgina gaplashib o’tirib, uyga ketdik...
Maktabni bitirgandan keyin qani endi menga mos ish topila qolsa edi. Maktabni bitirgandan keyin uncha buncha joyda ish yo’q. Qayerga borsam mutaxasislik so’raydi. Oliy o’quv yurtiga topshirmoqchi bo’lidim. Topshirdim... Kira olmadim. Bu hom kalla bilan qanday kirib bo’lardi. Nozi kiribdi. Abror kira olmabdi. Chunki u yahshi o’qigani bilan uqimaydida. O’qiganlari 20 gacha sanaguncha esidan chiqib ketadi. Unda ikki quloq ishlaydi. Mayli u kirmaganiga ham hursandman. Men bekorchi yursam, qachon uylanaman. Feruzani onasi menga uni bermaydiku....
(Davomi yaqin soat va kunlarda)


Sog' salomatlik...
 
Dinora_Golden_GirlСана: Пайшанба, 07-Мар-2013, 22:52 | Изох # 806
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
DAVOMI... Og'zi-burnim qon, eshikka qaramaslikka harakat qilardim. RENAT ismini qonim bilan yozdimu, lekin majolim yetmay qoldi. Kimdir og'ir qadamlari bilan yaqinlashdi. Olimjon akaligini bilib, qaramadim. U ohista qölimdan ushlab turg'izdi. Qöllari biram iliq... Qörqib yuziga qaradim... YÖQ-YÖQ... Men yanglishgan edim. Bu Renat edi. Römolchasini oldida tezda yuz-közim aralash chaplanib yotgan qonni arta boshladi. Renat ismi yozilgan joyni kördi va menga qarab: "Men seni hech qachon hech kimga xor qildirib qöymayman" - dedi.
Biz chiqib ketayotganimizda dadamning oxirgi gaplari qulog'im ostida jaranglab ketdi: "Sen qiz tomiringda buzuqi ayolning qoni oqayotganini isbotlab, chiqib ketayapsan, hech qachon bu uyga qadamingni bosma!" Yölda Renat bilan taksida ketyapmizu bölib ötgan voqealardan özimga kelolmasdim.
- Xush kelibsan, endi bu bizning uyimiz, hozir seni oyim bilan tanishtiraman!
- Umida qani qizim yaqinroq kelchi, biram suqsurdek chiroyli ekansan qizim! - men ularga salom berolmadim, chunki ulardan qattiq uyaldim, lekin öz qizidek bag'riga bosdi. Bu xonadonda birinchi kun qolishim Renatni oyisi bilan yarim tungacha gaplashib yotdik. Bu beozor, mushtipar ayolni hech kim tatar yoki rus deb öylamasdi. Gap-sözlaridan mehribon özbek buvijonlariga öxshaydigan ayol ekan. Menga ancha dardkash, hamdard böldi. Ertasi kuni Renat elchixona talabi bilan bir haftaga Qozog'istonga ishga ketdi. Olimjon aka bilan ajrashishga ariza berish uchun esa Renatning oyisi bilan qatnadim. 2 haftadan keyin xabar olishimizni aytishdi. Ösha kun yetib keldi. Renat Qozog'istondan yetib keldi. Yonimda hozirda sevimli insonlarim Renat, oyisi va dugonam Nigora dalda berib turishi, hayotimga özgacha mazmun berayotgandi... Oyisi va Olimjon aka bilan Nikoh qaydnomalarini bekor qilish binosida uchrashdik... Bizga qaror qabul qilindi... Eshitdimu, hushimdan ketdim... DAVOMI BOR...

Добавлено (07-Мар-2013, 21:52)
---------------------------------------------
DAVOMI... Og'zi-burnim qon, eshikka qaramaslikka harakat qilardim. RENAT ismini qonim bilan yozdimu, lekin majolim yetmay qoldi. Kimdir og'ir qadamlari bilan yaqinlashdi. Olimjon akaligini bilib, qaramadim. U ohista qölimdan ushlab turg'izdi. Qöllari biram iliq... Qörqib yuziga qaradim... YÖQ-YÖQ... Men yanglishgan edim. Bu Renat edi. Römolchasini oldida tezda yuz-közim aralash chaplanib yotgan qonni arta boshladi. Renat ismi yozilgan joyni kördi va menga qarab: "Men seni hech qachon hech kimga xor qildirib qöymayman" - dedi.
Biz chiqib ketayotganimizda dadamning oxirgi gaplari qulog'im ostida jaranglab ketdi: "Sen qiz tomiringda buzuqi ayolning qoni oqayotganini isbotlab, chiqib ketayapsan, hech qachon bu uyga qadamingni bosma!" Yölda Renat bilan taksida ketyapmizu bölib ötgan voqealardan özimga kelolmasdim.
- Xush kelibsan, endi bu bizning uyimiz, hozir seni oyim bilan tanishtiraman!
- Umida qani qizim yaqinroq kelchi, biram suqsurdek chiroyli ekansan qizim! - men ularga salom berolmadim, chunki ulardan qattiq uyaldim, lekin öz qizidek bag'riga bosdi. Bu xonadonda birinchi kun qolishim Renatni oyisi bilan yarim tungacha gaplashib yotdik. Bu beozor, mushtipar ayolni hech kim tatar yoki rus deb öylamasdi. Gap-sözlaridan mehribon özbek buvijonlariga öxshaydigan ayol ekan. Menga ancha dardkash, hamdard böldi. Ertasi kuni Renat elchixona talabi bilan bir haftaga Qozog'istonga ishga ketdi. Olimjon aka bilan ajrashishga ariza berish uchun esa Renatning oyisi bilan qatnadim. 2 haftadan keyin xabar olishimizni aytishdi. Ösha kun yetib keldi. Renat Qozog'istondan yetib keldi. Yonimda hozirda sevimli insonlarim Renat, oyisi va dugonam Nigora dalda berib turishi, hayotimga özgacha mazmun berayotgandi... Oyisi va Olimjon aka bilan Nikoh qaydnomalarini bekor qilish binosida uchrashdik... Bizga qaror qabul qilindi... Eshitdimu, hushimdan ketdim... DAVOMI BOR...


Fikrim satrimda oshkor!)
 
Zinnura_KСана: Жума-муборак кун!, 08-Мар-2013, 01:38 | Изох # 807
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Tinchilimiiiiiiiiiiiiiiiiiii

erka farishta....(m)....
 
docСана: Якшанба, 10-Мар-2013, 21:52 | Изох # 808
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 119
Холати: Хозир йўқ
Hikoya(hayotiy).
Bu hikoyani o'z ko'zim bilan ko'rmaganman,eshitganimga qo'shimcha qilib,to'g'irlab,o'qib,tushunishingizga oson bo'ladigan qilib yozaman.
"Vaslingiz izladim har yon,har on...
Jon onam,onajonim
Har tarafni ko'rdim,har yon...
Vaslingiz ko'klardan topdim onajon".
Asal o'rtancha qiz bo'lganligi yufayli,ro'zg'orda ko'makchi edi,2ta opasi uzatilganidan keyin,oyisining erkatoyi,yordamchisi edi.Oyisiga eng jonkuyar qiz ham shu edi.Oyijon deb oyisining ortidan qolmas edi.
Bir necha yillar avval:
-Asal,qizim
-labbay oyi
-buyoqqa kel qani
-eshitaman
-qizim,mana ulg'ayib,18yoshingni qarshilayman deb qolding bolam,opalaring uy-joyli,mana sen,singling,ukang qolishgan qizimjon.Ana,huuu Rashidjonni taniysana?
-ha,taniyman
-ana o'sha,senga oshiqu,beqaror emish,sendan boshqasi kerak emas deyapti ekan,qizim o'ylab ko'r,bundan yaxshisi uchramaydi,ne-ne qizlar unga mahliyo,qizim bu oila juda bizbop.Yo'q demagin,hamma rozi qizim.
Haqiqatdanda Asal juda ko'rkam qiz edi.Bir ko'rgan yigitning ishqi tushar edi.
-oyi,siz nima desangiz shu.Sizni judayam yaxshi ko'raman oyijon,jon oyim,lekin sizni ko'zim qiymaydida.Oyijon,judayam suyanganman oyi sizga.
Oyisi yig'lamirabgina qizini boshini siladi.Oradan oz vaqt o'tib,qiz unashtirildi.Ikki yosh baxtli,taxtli.
Quda taraf qiz uyiga mehmonga kelishsa,stol ustida yo'q narsaning o'zi bo'lmas edi.Qizning oyisi judayam yaxshi e'tiborda bo'lar edi bo'lajak qudalarga.
Asal oyisiga bog'langan edi,xuddi chaqaloqdek,oyisini ko'rmasa yig'lashga tushar edi,eng yaqin do'sti-oyisi edi.Oyisi kasal bo'lsalar,ustida o'tirib chiqardi,saxar tursalar,qo'llariga suv tutar,quchoqlaridan chiqmas edi.Axir,17yoshdan oshgan qiz,opalaridan keyingi erkatoy,dadasi ham oyisini goho Asaldan rashk qilar edi.
Hammasi bir tekisda ketayotgan edi.Ammo...bir kuni Asalning onasi bedarak yo'qoldi.Asalning rangida rang qolmagan edi,hushsiz 2kun yotdi,onasidan darak yo'q.Qiz sho'rlik onasiga juda intiq bo'ldi,eshik tagida tinmay turar edi,qo'lida onasining rasmi bilan u yon,bu yonga o'tar,uvvos solib baqirar.Onasidan habar yo'q.Opalari,ukasi,singlisi,dadasi...hamma-hammasi bir ahvolda,Asal yana bir ahvolda.
Oradan 3oy o'tib habar keldi,oyisi juda uzoq shaharda qamoqda...
 
GULI_NURСана: Якшанба, 10-Мар-2013, 21:56 | Изох # 809
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 794
Холати: Хозир йўқ
Xösh-xösh
 
docСана: Якшанба, 10-Мар-2013, 23:40 | Изох # 810
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 119
Холати: Хозир йўқ
Davomi.
Bu javobdan oila a'zolarning ahvoli yomonlashdi.Asal esa qattiq ruhiy zarbga yo'liqqan...Kechalari baqirib yig'laydigan,onasining rasmini quchoqlab ko'chaga chiqar edi.Uxlatadigan ukol bilan uni uxlatishar,turishi bilan yana yig'lashni boshlar edi.
Bir kuni,Asalning unashtirilgan yigiti Asalni uchrashuvga chaqirib,qo'li charchamagunicha Asalni do'pposlab ketdi:
-Nimaga onang bunaqa qiladi?Endi qanaqa qilib boshini ko'tarib yurishadi ota-onam?manchi?xotiningning onasi qamoqxonada degan gapni qanday ko'taraman?-deb qiz"O'lib qolaman hozir,bo'ldi,o'lib qolaman"-demagunicha do'pposladi.
Asal 4oyoqab amakisinika bordi,darvozadan sekin kelinoyisini chaqirdi.Kelinoyisi ko'rdiyu,hech kimga ko'rsatmay uni uyga olib kirdi.
-kelinoyi,qaytaraylik fotixani!
-nimalar deyapsan?qizim,bo'ldi,o'ziga kelib qoladi kuyov bo'lmish,iltimos unaqa demagin.
-vay kelinoyijooon,oyijonimni ko'rishni hohlayman,turmushga chiqmayman kelinoyijon.
-yo'q-yo'q,bo'lmaydi,fotixasi qaytgan qiz baxtli bo'lmaydi deyishadi.Shunga turmushga chiqasan faqat.
Asalning iloji yo'q edi.Kechalari uxlamas,kunduzlari uvvos solib baqiradigan odat chiqargan edi"Oyi"deb.Oyisining yoniga bora olmas edi,oyisi ro'zg'or tebratar edi,opalari oilali,dadasining pensiyasi nima ham bo'lardi 4kishiga?
Qarindoshlar pul yig'ib berishdi:
-oyingni ko'rib kel-deb
lekin Asalning dadasi bu pullarga qizining yetmay qolgan sarposini qildi.
To'yu-tomosha boshlandi.Asal dod solib yig'lar:
-oyi,jon oyim,qanisiz?to'yimda yonimda yo'qsiz,voy oyim,bizlarni kiydiraman deb qay yoqlarda azoblanayotgan onam,vay oyi
Kelinni olib ketishga kuyov taraf kelgandi hamki,Asal onasining suratini quchoqlab baqirib yig'lashni boshladi.Opalari kirib yupatishsa hamki,befoyda.
-oyijonim,sizning taftingiz bor uyni qandoq tashlab ketaman?oyijon,kelsangiz men bo'lmasam nima bo'ladi?kelib qolsangiz men birinchi ko'rmaymanmi?voy oyi
To'y ham o'tdi.
Kelinni kuyov taraf sig'ishtirmasdi.
-Onang qamoqdada seni,tilimiz qisiq,na otang challari qildi,va na boshqa.Orzu-havasli edik,yagona o'g'limni orzu-havaslik oilaga kuyov bo'ladi deb o'ylagan edim.
Asal indamay turar.Qaynsingillari:
-hoy,sen hizmatkorsan,nimaga buncha pismiqsan?indamiy-indamiy akamga chaqasande a?ha?
-yo'q opajonlar,yo'q
Qaynonasiyu,qaynsingillari Asalning qo'llari,yuzlari shishmaguncha urishar edi:
-sening orqangdan kim ham kelardi?-deb
Asal haligacha oyijonlab kechalari uyg'anib ketar.Oyisining rasmini cho'ntagida olib yurardi.Har kun rasmni o'pib-o'pib yig'lar...
Qaynsingil,qaynonasining gaplarini Asal otasiga ayta olmas edi.Chunki ota uyida yeyishga nonni arang topishar.
Kunlar o'tar,uning turmush o'rtog'i ham shavqatsizlarcha do'pposlar,kelin sho'rlik:
-o'laman hozir-deya dodlab baqirmagunicha tepar edi.
Bir kuni shunday kunlarda,Asalning qovurg'alari sinib ketdi.Bir necha kun shifoxonada yotdi hamki,ota uyiga qayta olmasdi.
Bu orada bir farzandli bo'ldi.Shifoxonadan qaytishi bilan,eri yana ura boshladi.
Bir kuni ularning uyiga Asalning ukasi borib qoldi,opasining ahvoli ayanchli edi.Kelin sho'rlik,yura olmaydigan holda edi,qovurg'alari yaxshi tuzalmagan holda urgan eri,qo'llarini arang ishlatar,o'zi yura olmay qolgan edi.Ukasi yig'lab-yig'lab opasini yelkasiga ortib,moshinaga solib,shifoxonaga yotqazdi.
 
Zinnura_KСана: Якшанба, 10-Мар-2013, 23:44 | Изох # 811
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Vaayyy cry

erka farishta....(m)....
 
GiyosСана: Душанба, 11-Мар-2013, 01:54 | Изох # 812
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
***7(Men sevardimku) (Boshi oldingi sahifalarda)

Feruza kuz kelsa o’qishiga ketadi. Men yana bir o’zim qolaman. Maktabga ham bormayapman., bunday chalg’iy desam. Uyda otam har kuni so’kadilar. Hammasiga hayol surganim sababda. Boshqa nima qilay. Qo’limdan faqat hayol surish keladi. Yana rasm chizish. 4-5 ta rasm chizdim. Orasida Feruzaniki ham bor. Eng yoqtirganim. Asraganim. To’g’ri, uyda uncha bekorchimasman. Mol, qo’ylar ham bor. (Tovuqlar bor deb aytmayman. Usha kungi tortishuvdan keyin, tovuq boqganimizga ham afsuslanib ketdim). Usha mol, qo’ylarni yaylovga olib chiqib aylanitirib kelaman. Boshqa nima ish ham bor. Molni ko’proq soy bo’yiga olib boraman. Chunki Feruza keladida... Kuz keldi. Yana menda zerikish, sog’inish onlari...

2009 yil, Kuz fasli. Feruza hikoyasi.

1 hafta oldin Toshkentga keldim. Chunki oldinroq kelmasam, kech qolib ketishim mukin. Bu yil 3 kursda o’qiyman. Ko’pgina kasbiy fanlarimiz bo’ladi. Ko’p narsani o’rganib olishim kerak. Bu yerda otamni uyida yashayman. Ikkinchi onam bilan. U menga yahshi munosabatda.Hech ham qattiq gapirmaydi. O’z qizidek ko’radi. Faqat men o’z onamni ko’proq sog’inaman. Ikki uy orasida yuraverib charchab ketganman. Jismonan emas, ruhan. Nega ajrashishganini sababini so’rasam, onam aytmaydilar. Otam esa, qizim katta bo’lsang o’zing tushunib, bilib olasan deydilar. Mana katta bo’ldimku. Qachon tushunarkinman?

(Davomi yaqin soat va kunlarda)


Sog' salomatlik...
 
LoadingСана: Душанба, 11-Мар-2013, 02:11 | Изох # 813
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Ey xudoyim, odamlaring bora?! Qanday odamlaring bor??

Faqat 3 ta shart!
 
docСана: Душанба, 11-Мар-2013, 17:32 | Изох # 814
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 119
Холати: Хозир йўқ
Davomi.
Ukasi Asalni shifoxonaga yotqazdi.Bir necha haftalik muolajadan so'ng,Asalning o'zi yurishni boshladi.Lekin juda ozg'inlab qolgan edi.Asalni yana kelinlik uyiga olib borib qo'yishdi.
Qani endi kuyov shashtidan tushsa...Uyda birgina qaynotadan tashqari barcha uni do'pposlar edi.Asalni bora-bora,xalq tilida aytganda"yarimta"qilib qo'yishdi.
Bu azoblarga Asal javob qaytara olmasdi.Birgina ilinji qachondir bo'lsa ham oyisini ko'rish.Qattiq zarblaru,ona sog'inchi uni egib qo'ydi,shu darajada ahvoli tushkun ediku,bolasini ham ko'tara olmasdi,ko'tarsa yiqilib tushar edi.Oqibatda u bukilib,oyog'i oqsaydigan bo'lib qoldi.Bir kuni bir sinfdoshi uni to'yga taklif qildi.Asal sinfdosh dugonasini olib bordi.Eshikdan kirishda:
-Dilfuza,odamlar ko'paysin,odamlar orasida kiramiz
-nimaga?joy qolmaydi,yur hozir kiramiz
-iltimos
Dilfuza tushunmas edi.Ko'p odamlar orasida to'yxonaga kirib o'tirishdi.Ko'rganlar Dilfuzadan:
-bu kim?
-Asalku
-a?Asal?nimalar deyapsan?!Yo'g'a,shunaqa kichkina bo'lib qoldimi?
To'y o'rtasida Asal Dilfuzaga:
-tur dugonajon,chiqib ketaylik
-voy,endi o'yinga chiqamiz deyayotgan edim
-ha-ha,hamma o'ynayapti,shuning uchunam.
-e,qiziqsana
-iltimos
-ha,mayli,yur.
Aslida esa Asal oqsab yurganidan uyalar edi.Xalq uni qo'li bilan bigiz qilib ko'rsatishini hohlamas edi.
Kunlar zarb tariqasida o'tar,Asal esa o'zini faqat bir gap bilan yupatar:
-onamni ko'raman,onam uchun yashay,oyijonimni bir ko'ray,kelgunlaricha o'lib qolmay-deb.
Asalning qaynonasi o'g'liga:
-Hoy,buning yarimta,o'zi kasalmand edi otasinikida,mana oqsab ham qolibdi.E ipirstqi buning,g'ing demayiya,ichidan pishgan.Kasalmand kelinga kunim qoldimi?
Asalni ukasi yana shifokorga ko'rsatdi,Asalning qurib borayotganining sababini biror kim bila olmas.Uni ko'rmagan shifokor,tabib qolmadi.Hamma dori,darmon yozib beradiyu,hattoki 1kg.narsani ko'tara olmasligi,arang nafas olishi,ko'zlari osilib qolganligi,yuzlari qurib ketganini sababini bilmas edi.
Axiyra Asal narsalarini yig'ishtirdiyu,ota uyiga qaytib keldi.O'sha kuni Dilfuzaga tel.qildi:
-dugonajon,kel,uyimni bezatamiz.
Dilfuza keldiyu,Asalning ahvoliga qarab yig'lab yubordi.
Yuqorida aytib o'tganimdek,ota uyida Asalning,yeyishga arang non topishar edi.
Asal hansirab,bolasini yoniga o'tqazib,ozginagina kartoshka ezilganini yedirar edi.
-Asal,qizing hali kichkina,o'sayapti,kartoshka pyure bilan bir umr boqa olmaysanku,to'ymaydi bolang.Vitaminlar kerak bolanga,suyuq ovqat ichirishing kerak.
-uyda,uyda faqat kartoshka borda
-sabzi,piyoz bordur
Asal kulimsiradi.
Dilfuza hozir kelaman deb chiqib ketdiyu,o'z uyiga borib tushlik vaqtidagi ovqatidanu,meva-cheva ko'tarib keldi:
-Asal,Nasibang ekan,o'zi oyim necha kundan buyon tayinlayotgan edilar.Olaver,rozi bo'lib berayapman.
Mevalarni bo'lib,Asal qizchasiga yedirishi bilan,qizchasi qiqir-qiqir kular edi.
Ular uyni bezata boshlashdi.Asalning kelinlikdagi ko'ylaklarini xonaning teppasiga ila boshlashdi,Asal Dilfuzaga:
-o'lsam,shu uydan chiqarasizlar-dedi
Dilfuza yig'lab:
-Asal,nimaga bunaqa bo'ldi sen bilan?shu darajada qaynonang zug'midan charchadingmi?ajrashasanmi?
-Bir marttagina onamni ko'rish ilinjida yashayapman.Qaynonammi?yo'q,ularning zarbidan charchamadim dugonajon,erim urishlaridan ham.Mani ko'p umrim qolmagan,boshqa kelin topishsin,axir turmush o'rtog'imga yarimta xotin nima kerak?mani ichim tamom bo'lgan,bir marttagina oyijonimni ko'rsam bo'ldi.Umrim oz qolgan.
 
LoadingСана: Душанба, 11-Мар-2013, 20:12 | Изох # 815
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Mxx! Bilmadim. Bu qaxramonni chunish juda qiyin bo'votti. Sabab qanchalik holatni tasvirlamang boshimizdan o'tkazmagach baribir uni dardini sezmaymiz.

Uyga alla qachon qaytishi kerak edi.


Faqat 3 ta shart!
 
docСана: Душанба, 11-Мар-2013, 21:39 | Изох # 816
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 119
Холати: Хозир йўқ
Davomi.
Asal qizini yetaklab yurar edi.Bir qo'lida bolasining qo'llaridan yetaklar,ikkinchi qo'lida oyisining surati.
7-mart 2013yil.
-Kelinoyi,Asal opamni mazalari bo'lmayapti.Shifoxonaga olib boraylik-dedi Asalning ukasi amakisining ayoliga qarata.
Asalni moshinaga yotqizib,doktorga ketishayotgandi.Asal og'ir nafas ola bolashladi.Klinoyisi bir nimani sezgandek:
-qizim,chida,chida-dedi ko'zidan yoshi oqib.
Asal qo'lidagi suratni maxkam tutib,"Oyi,Oyi"dediyu...qo'lidagi surat bo'shashdi....ko'zi ochiq holda nafasdan to'xtadi..............
 
T_SardorСана: Сешанба, 12-Мар-2013, 00:07 | Изох # 817
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 541
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 181
Холати: Хозир йўқ
Chumadim oyisi qanaqib qamoga tuwgani yozilmaganmi yo man e'tiborsizli qildimmi?

O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin!!!
 
Dinora_Golden_GirlСана: Сешанба, 12-Мар-2013, 02:46 | Изох # 818
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
DAVOMI... Özimga keldim, lekin boshim judayam qattiq og'rirdi. Miyamni faqat bitta savol kemirardi. "Töy tashvishlari uchun qilingan harajatlar"ini men tölab berarmishman. Qanday qilib? Endi qayerdan topaman buncha pulni? Topmasam ajrashmas ekanman, rozi bölmasam Olimjon aka bilan er-xotin bölib yasharkanmiz. Ular ösha idoraniyam sotvolishibdi. Qani haqiqat? Menda faqat 2 ta yöl bularga tölashim kerak yoki ölishim kerak. Ölgim kelmayapti meni xursand baxtli holda körishini xohlayman, hali dadamgayam körsataman baxtliligimni lekin qanday qilib axir?! Buncha pulni qayerdan olaman... Shu kundan ahvolim özgardi. Allohdan astoydil söray boshladim. Oradan 2 hafta ötdi. Bir kuni Renat narsalarimizni yig'ishtirib qöyishimizni tayinladi. 2 kishi keldi, birnarsalarga razm solib chiqib ketdi. Ertasi kuni sud idorasiga bordik. Ular aytgan pulni topmagandim, vujudimni qörquv egalladi. Hozir boshlanadi hamma bizga tomoshabin böladi deb öylagandim, xato öylabman. Kichkina xona men, Olimjon aka, uning va Renatning oyisi ötiribmiz. Kutilmaganda Renatning oyisi ularga paket uzatdi. Nima bölyotganini tushunolmadim.
- Bu yerda siz söragan pullar bor, bundan keyin Umidani tinch qöyinglar - dedi Renatning oyisi. Ösha paytda Olimjon aka va oyisining közi burgut kötargan toshbaqadek atrofga alanglardi.
Ular bir-biriga qarab olishdi.
- Imzo qöy ög'lim, senga hali kazo-kazolarning qizlari oshiq. Buzuqining qizidan tuzuk har holda. - dedi Olimjon akaning oyisi. Qöllarim asabiy titrardi, nahotki dadam aytgan bölsa. Demak, bular birinchi dadamning yoniga borgan bir ish chiqmagach mendan talab qildi va niyatiga yetyapti.
Imzolar qöyildi guvohlarniki. Keyin bizniki qöyildi negadir. Ikkilanmasdan imzo qöydim. Olimjon aka ming marta "ufff"lari bilan ichida nimadirlar deb g'udranib zörg'a imzo chekdi. Qushdek yengil bölib ketdim, Endi chiqib ketyotganimda Olimjon aka töxtatib "eyy ahmoq bilib qöy, bir kun kelib manashu qöllarim bilan öldiraman, qasam ichaman" - dedi. Nimadir deb og'iz juftlamoqchidim indamadim, nima ham deyolardim. Renat va oyisi tinmay tabriklardi... Uyga qaytdik, lekin boshqa uyga, bu uyda vaqtincha ijarada yashab turarkanmiz. Renat uyini sotib "ajrashish" haqidagi sulhga pulini berdi. Vijdonim qiynala boshladi. Bitta oilani uyini vayron qildim men ahmoqman, ahmoq. Kechqurun Renat bilan gaplashdik.
- Renat meni deb yashab turgan uyingdan voz kechding, meni kechir körib, bilib turib indamadim.
- Umida sen va men salomat bölsak, taqdirda borini köramiz. 3 haftadan keyin Qozog'istonga ketamiz butunlay. Elchixonadan ish, uy-joy berildi. Ösha yerda yashaymiz, qachon xohlasang kelib turamiz, faqat sen siqilmasang böldi, hammasi yaxshi böladi... - deya taskin berdi Renat.
Ich-ichimni alam va azob kemirardi. Men Renat bilan birgaman, u men uchun, men u uchun hamma narsaga tayyor edik. Ösha kuni u menga turmush qurishni taklif qildi. Men rozi böldim. Hash-pash deguncha 10 kundan söng töy kuni ham belgilandi. Ösha kun ham yetib keldi. Hali bizni oldinda nimalar kutayotganidan bexabar edik... DAVOMI BOR...


Fikrim satrimda oshkor!)
 
docСана: Сешанба, 12-Мар-2013, 09:20 | Изох # 819
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 119
Холати: Хозир йўқ
Asalning oyisi,qadog'i o'tib ketgan dorilar bilan,anchadan buyon shug'ullanganligi tufayli.
Davomi.
Asal nafas olishdan to'xtadi,kelinoyisi uni ko'zlarini yopdiyu,jag' qismini mahkam ushlab,tinmay qoshlarini silab:
-rozi bo'l,rozi bo'l-deb yo'lda davom etaverib,Asalning ukasiga:
-Shifoxonagamas,Sharif doktorni uyiga hayda-dedi
-nimaga?bosh vrach ko'rsin avval
-yo'q,Sharifnikiga hayda
Kelinoyisi Asalning ukasiga aytishdan qo'rqdi,ruldan chiqib ketishidan qo'rqib.Sharif doktornikiga kelishdiyu,kelinoyisi:
-Sharif doktorni chaqirib chiq
Sharif doktor keldiyu:
-i,bu o'lganku
kelinoyisi:
-sekin-sekin.
-o'lib bo'libdi ekan,bilib turibsizku
-bu gapni mani og'zimdan eshitishmasin yaqinlari,o'tiring moshinaga.
Sharif doktor Asalning ukasiga:
-jiyan,uyingga hayda
-nimaga?nima bo'ldi?gapiring
-uyingda davolaymiz
-ahvollari og'ir opamni
-shifoxonagacha yetib borolmasligi mumkin,katta shifokorni uyga olib kelasan.
Ular uyga yetib borishsa,Asalning opalari,singli,qizchasi eshik oldiga yugurib chiqishdi.
Qizi:
-aya,aya deb moshina oldiga chiqdi.
Asalning ukasi,moshinaning orqa eshigini ochdiyu:
-opa,kel,tushib olgin,tuzalib ketasan-degandiku.
Kelinoyisi:
-opangdan rozi bo'l bolam-deb yig'lab yubordi.
Ukasi qaltirashni boshladiyu,opasini silkitib:
-kelinoyi,tirilarlara,a?aytinga.Sharif doktor,o'lmaganlarku,pulslarini ushlang mana,o'lmaganlar,mana mana-deb Asalning qo'lini Sharif doktorga tutqazdi.
-Jiyan,urmayapti,bandalik
Ukasinung ko'zidan yosh oqardiyu,opasini silkitar.
Asalning qizchasi oldiga keldiyu:
-aya,aya,aya,alla-dedi kulib.
Asalning opalari nima bo'layotganini tushunmas edilar.Ukasi Asalni ko'tarib:
-opaaaaaaa-deb baqirib uyga olib kirmaguncha opalari,singlisi tushunmagan edilar.
Katta opasi tushuniboq:
-voy singlim,tur,och ko'zingni singlim,oyim kelib qosalar hozir nima bo'ladi?kirib kelib qosalar nima bo'ladi?tur-deb bor ovozida yig'lar edi.
Yomon habar tez tarqaydi...deyishganidek,bu habar ham yarim soatda hammani yig'di.
Murda holda yotgan Asalning yuzidagi ajinlari silliqlanib,ko'kargan qo'llari mayin,oppoq tusga kirdi.
Kelganlar goh Asalga,goh uning qiziga achinishar...
Qizchasiga esa oppoq ro'molcha o'ratib qo'yishgan,o'z holida,og'zida so'rg'ich bilan:
-aya,aya-deb yurardi.
Tamom.
 
Zinnura_KСана: Сешанба, 12-Мар-2013, 10:40 | Изох # 820
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Madina opa umida un juda hursandman))))

lolosh dunyo bir kam ekanda.....(((


erka farishta....(m)....
 
LoadingСана: Сешанба, 12-Мар-2013, 11:16 | Изох # 821
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Afsus. Onasini kutib ko'zi ochiq ketti.

Faqat 3 ta shart!
 
Zinnura_KСана: Сешанба, 12-Мар-2013, 13:55 | Изох # 822
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Madinapoooo davom etiiin iltimooos ho'p

erka farishta....(m)....
 
Dinora_Golden_GirlСана: Сешанба, 12-Мар-2013, 14:25 | Изох # 823
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Hooop Zinnuuush...

Fikrim satrimda oshkor!)
 
LoadingСана: Сешанба, 12-Мар-2013, 15:27 | Изох # 824
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Qanday og'ir, qanday qildik?
Menga xayot yoqadi. Yashashni istayman. Yasholmasam kerak ukam, yasholmasam kerak? Allohimga shukr hayot nematini ato etti. Odam atoning qovurg'asidan yulib olinib xisobi faqat "O'ziga" ayon bo'lgan bandalari orasidan menga xam hayot nematini bergani uchun unga shukrona aytaman. Hijolatdaman ukam, qattiq hijolatdaman. Negaki qiyomat kunida hasta tanam Allohga mendan arz qilishidan qo'rqaman. Sababi esa dardga davo izlash kerak. Men izladim ammo topmadim. Ishonamanki bu Mehribon robbim bergan taqdir. Men baribir yashab qolishga, oyoqqa turishga xarakat qilaman. Robbim menga bergan taqdiridan rozi bo'lgan xolimda intilaman. Tomog'imga g'ar-g'ara kelgunicha.
Hujjatlarim orasidan akamni foto surati chiqib qoldi. Uni tezda yana yashirib oldim. Oyim ko'rib qolmasliklari uchun. Hali o'zlariga kelib ulgurmadila. Haliyam akam bilan suxbatlashib o'tiribtilar. Endi yo'q ekanini bilib tursalar xam avvalgidek, shunday axvollari og'ir. Dadam dardini ichiga yutadi. Akamni qabirga qo'yib kelganimizni uchinchi kuni. Akamni azasi tugagan kunning ertasi edi. Hech xayolimdan akamni hasta biroq nurli ko'zlari ketmay o'tirgan edim. Stolim ustida esa darsliklarim yotibti. Shu darslarimga chalg'imoqchi edim. Hayol olib ketibti. Xonaga dadam kirib eshikni yopib qo'ydilar.
-Tinchlikmi dada? Biror yoqqa ketyabsizmi?
- Yo'q uydaman. Ish bor... Dadamni hecham ikkilanganlarini ko'rmagan edim. Parishon xotir axvolda mobil aparatlarini menga uzattilar. Yana soatini to'g'irlatmoqchilar menimcha?
- Ada oyim tuzumila? Bugun o'rinlaridan turmadilaram. Kelin oyimdan so'rasam "qornim to'q" deptilar. Aldab suldab opchiqing. Ul-bul yevosinlar.
- Hozir, hozir op chiqaman. Yotganidan foydalanib akangni rasmlarini bitta qo'ymay yoqotish kerak. Yoqvorisa yaxshi bo'ladi.
- Nimaga dada?! Eslab turamiz. Akamni sog'inganda ko'rishga shu rasmlar kerak.
- Gapni qisqa qil! Telepondi videolarniyam o'chirib tashla. Rasmlariyam qomasin. Hech kim bilmasin... Shunday deb dimog'da chuqur nafas oldilar. Ko'zlaridagi to'lib turgan yoshni artib qalin qoshlariga surdilar. Stolga bir ikki chertib "kutib tur." degandek xonadan chiqib kettilar. Ko'p o'tmay oilaviy foto albom va unga kiritib ulgurilmagan rasmlarni olib kirdilar. Akam bor hamma fotosuratlarni bir tarafga to'pladik. Ikkta rasmni ko'rib dadam o'zini yig'idan to'xtatolmay qoldi. Birinchisi oyim bilan birga tushgan surati. Ikkinchisi bo'lajak kelin oyimga sovg'a va gul bergan kuni tushgan fotosuratlari. Yaxshi qiz ekan janoza kunlariyam kelib onamga yelkadosh bo'ldi. Chin ko'ngildan, odob bilan ko'z yosh to'kti. Shu fotosuratlarni ko'rib dadam "dard olib ketkan bolama?!" deb xo'rsindilar. Katta akamni ayoli kichikroq karton quti olib kirdi. Ajratilgan suratlarni shunga solib tandir xonaga kirdik. Birin ketin o'choqdagi olovda akam bor rasmlarni yoqishni boshladik. Olov hech yonmas, suratlarni uyog'i bukuldi, buyog'i tutadi. Xuddi ko'z yoshimiz olovni o'chirib qo'ygandek bo'laverdi. Chala yongan suratdan, akam menga qarab turardi. Dadamga xam shu ko'rindimi - Ko'rding akang, o'g'lim jannatiy yigit. Shu sabab rasmixam yonmayabti.
- Xa akam xaqiqiy inson edi... Deyoldim xalos. Yana ko'zimdan yosh quyildi. Mana bu rasmda meni egnimda turgan ko'ylakda ekanlar. Har bir surat aloxida xotira, yoqib yuborish esa aloxida azobli. Ularni yoqyabmizu, yuragimiz kuyib ketyabti.
Yoqib bo'ldik. Telefon xotiralari tozalandi. Endi dadam meni kiymlarimni tintib chiqtilar. Berkitib olgan suratlarni xam topib yoqib yubordilar.
Mana shu kichkina fotosurati meni xujjatlarim orasida qolib ketkan ekan.
Sizni sog'inib kettim aka. Sizni yoqotkanim qanday og'ir, lekin qanday qilamiz? ALLOHni irodasi ekan. Joyiz jannata bo'lsin. Shu foto suratizni yon cho'ntagimda, yuragimning yonida saqlab yuraman.


Faqat 3 ta shart!
 
Dinora_Golden_GirlСана: Сешанба, 12-Мар-2013, 17:28 | Изох # 825
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Fazliddinakooooo öqib közlarimga yosh keldi... Ötganlarni ruhi shod bölsin...

Fikrim satrimda oshkor!)
 
Форумистон » Умумий » Ижодистон » Hikoya (O'zimiz hikoyalar yozamiz!)
Поиск: