[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Форумистон » Умумий » Ижодистон » Monolog (O'zimizni monologlar.)
Monolog
milawkaСана: Пайшанба, 17-Май-2012, 14:15 | Изох # 551
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 6
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 351
Холати: Хозир йўқ
Voyy nima qilib quyding Ey yurak?
bu ne qiliq? qanday bedodsan?
Savollarim tuxtamas xecham
Aql? senchi naxot befarqsan?
.... Shu edimi orzularing chin?
.... qani endi ezgu niyatlar?
Yaqinlaring ota onangga
kursatmoqchi bulgan ximmatlar
... Nima qilib quyding ey YURAK?
darxol uni kuchirib tawla!
Aql sen xam kuchingni kursat
MUXABBATni o 'chirib tashla!
.. Menga bilsang bu achchiq tuyg 'u
kerak emas sira sira Xam.
Mening uchun xozir eng buyuk
eng kerakli ishlar xozir g 'am

Oliygohga kiriwim o 'yla ..
Uni o 'ylay yoki Bilimni?
OTA ONAM istaganidek
O 'rtoq tutay hozir Ilmni..

KUCHA KUYDA YOMON GAPLARNI
ILISHMASIN BUYNIMGA DORDAY
OILAMNI SHANIN SAQLAYIN
BU MEN UCHUN SHARAFLI ORDAY!

SEVGI..
.. Juda injiq betayin ahmoq va o 'jar
Juda go 'zal bunchalar nafis ..
Xuddi havoday huddi suvdaymishsan ...ehtimol?
Sen kelsanki sensiz bulmasmish ...
Sendan ketish emishki qaltis...

Heh bekorni aytipsan Uzing ..
Seni yodga olmayman qara...
...Mening uchun sendan muximroq...
UNITAMAN kurasan..mana..
Mening uchun sevgi degani
Otam tanlagani buladi...
Qul ushlawib yuradgan joy ...
Faqat nikoxhona bo 'ladi..

18 yil Orzular ila katta qilgan buvim kuysinmi?
Seni desam aytganing qilsam Dadam, nomuslardan ulsinmi?
Sevgi sevgi deyiwar dustlar...
mening uchun u hayo bulur
Sevibmanmi? aytmayman sira
Yuragimda u mangu qolur ..

Uylamangiz bu Ahmoqmi deb?
Men emas u Yuragim Ahmoq
biroz qo 'rqoq balki durustroq
Sevishni xan eplolmas biroq!

Birov aytar YONIB SEVAMAN
YANA BIRI AYTAR KUYAMAN...
EY.. INSOLAR MEN XAM BILAMAN..
faqat bundan kuup uyalaman..
Mening uchun bu tuyg 'ulardan
muxumroqdir bilsangiz Xurmat
Tilda emas Dilda saqlayman..
Bu men uchun yagona xikmat..

by milawka..
 
RaVsHaNBeKСана: Пайшанба, 17-Май-2012, 14:29 | Изох # 552
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 193
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
Bravo

+99893 942 32 32
 
DilraboСана: Пайшанба, 17-Май-2012, 14:34 | Изох # 553
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 627
Холати: Хозир йўқ
Qoyil!!!Milawka singlim,forum ijodiy jamoasi wakllangan va har birlari ijodning qaysi yönaliwida bölmasin,öz uslubiga va öz örniga ega insonlardan tawkil topgan.Safimiz yanada kengayaversin.Köngil kechinmalaringizni biz bn baham körganingiz un rahmat.Tasanno,aqlli singlim biggrin Gulfina singlimdek yana bitta oqila singil topganimdan xursandman biggrin

Nigohimda jamdir bu olam...
 
HushroyСана: Пайшанба, 17-Май-2012, 15:37 | Изох # 554
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 48
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 951
Холати: Хозир йўқ
Койил, Фазлиддин, Нозима! Ижодингизга барака!
 
milawkaСана: Пайшанба, 17-Май-2012, 17:00 | Изох # 555
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 6
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 351
Холати: Хозир йўқ
rahmat maqtavormayla eyy biggrin
 
HushroyСана: Пайшанба, 17-Май-2012, 17:03 | Изох # 556
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 48
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 951
Холати: Хозир йўқ
Сиз хам талтайиб кетманг)) хазил)
 
YoJiKСана: Жума-муборак кун!, 18-Май-2012, 00:16 | Изох # 557
Рўйхатда
Гурух: VIP
Изохлар: 20
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1189
Холати: Хозир йўқ
Ona, bugun yana sog'indim, mehr töla közlaringizni.
Uz uzimdan qattiq og'rindim, unutibman sözlaringizni!
Ona, qaytsam meni urushing, qattiq tergang, roziman Ona
Faqat yolgiz iltimosim bor... Bitta silay yuzlaringizni!

Otam bergan nasixatlarni qulogimdan qöymay boraman.
Sizga loyiq farzand bulay deb, bir yonaman, bir favvoraman.
Ona, menday mehrsiz qizni, höp savalang roziman, Ona
Faqat bitta iltimosim bor... Töyib hidlay hidlaringizni!

Duoingiz ila tirikman, har sözizdan dunyo topaman.
Olam- olam maqtovlar ichra, har bir döstga birday yoqaman.
Ona, meni quchoqlang, öping, bag'ringizga kömilay, Ona.
Faqat yana iltimosim bor... Közga suray izlaringizni!

Otam bilan barhayot böling, körib yuring rohatimizni!
Nevaralar bilan töldiray, nurli hona - qösh taxtingizni.
Ona, menga bir alla ayting, erib ketay sözizdan, Ona
Oxirgi bir iltimosim bor - Mendan ortiq suymang qizlaringizni :D.


В мире много всего вредного...вот Я, например!
 
DilraboСана: Жума-муборак кун!, 18-Май-2012, 01:41 | Изох # 558
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 627
Холати: Хозир йўқ
Feruza opajon,bunchalar ajoyibsiz!Wunaqa ta'sirlandimki... Onajonda diydoringizni köp sog'intirmang,opajon...Allohim ota-onangizga uzoq umr ato etsin.Ikki dunyo saodatini siz -farzandlari bn birga totiwlik nasib etsin,ilohim.Yuragimdagi sözlarimni qanday yetkaziwni bilmayapman...Alloh rozi bölsin sizdan.

Nigohimda jamdir bu olam...
 
LoadingСана: Жума-муборак кун!, 18-Май-2012, 01:45 | Изох # 559
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Faqat birgina aytarim sizga, ijodingiz to'xtab qolmasin!

Faqat 3 ta shart!
 
YoJiKСана: Жума-муборак кун!, 18-Май-2012, 02:25 | Изох # 560
Рўйхатда
Гурух: VIP
Изохлар: 20
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1189
Холати: Хозир йўқ
Dilrabo, wunaqa, onammi köp sogintiraman! Ilojim qancha. :(. Rahmat, bar4amizdan rozi bölsin!

Loadingjon, Hudo holasa, albatta!


В мире много всего вредного...вот Я, например!
 
bek88Сана: Жума-муборак кун!, 18-Май-2012, 02:38 | Изох # 561
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1565
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 649
Холати: Хозир йўқ
Omad davom etiring.

Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
 
GiyosСана: Жума-муборак кун!, 18-Май-2012, 09:28 | Изох # 562
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Bilmadim bu ne ekan. Tushunmas hech kim. Yaqinroq turarman man ham. Navbat uzun. . . So'radim, bildim. Malika turmushga bo'libdi rozi. Navbatdagilar bari oshiqlar. Malikani vasli istar bari. . . Juda juda ko'p yigitlar, yoshi ulug'lar ham ora orada bor. O'ylayman, ahmoqmi bular. Bir qizni deb jonidan kechishlar. Shu gapimdan so'ng olamon menga qaradi. Ko'zlarida nafrat. Qo'llarida g'azab. "Sen nima deyapsan? Sen bilmaysan. Ko'rmagansan bu malikani. Qoch bu yerdan, o'zingga rahm qil, yoki seni o'ldiramiz. . ." - dedi bir oshiq yigit. Men tobora yanada hayratlandim. Ahmoq emas, telba bular. Telba Majnun bular... Ortga o'grildim, ketmoq istab o'z yo'lim tomon. Olaman "Malika ko'rindi" - deb hayqirdi. Kim ekan u, shunchalar telbaga aylantirgan, kim u shunchalar go'zal deb ta'riflangan. Peshayvonda turar savlat sochib bir hurliqo. Bir marta ko'rdim. Atigi bir marta. Uzoqdan yana. Yaqinlashib ko'rmoq istadi yurak. Ex qani edi olamon bunga ko'nsa. Hamma oldinga intilar, ko'rmoq istab malikani yaqinroq. To'yib ko'rish istar husnini. Oralarda ayollar ham bor. Qaysidir erkakni ortiga tortar, taxminan bildim. Bu uning xotini, erini qaytarmoq uchun kelgan. Onalar ham bor. O'g'lini bu o'limdan olib qolmoq hohlab kelgan. Afsus ko'ndirish qiyin. Yuragini mahf etgan malika vasli, ona mehridan ustun kelar ko'proq. Yaxshiyam oralarda onasiga muhabbati bor bor. Oldingga yurdim, yigitlarni yora. Malika qo'lida ro'molchani silkitar kulib. Bu chiroyli ko'zlar. Chiroyli kulishlar. . . Peshayvon tagida yozuv: "Malikani 3 sharti bor. Shu shartlardan o'tgan Malikani yori bo'ladi. O'ta olmagan oxirgi ko'rgan yorug'ligi shu bo'ladi". Mana men o'taman shartdan. Balki omadim kelar. Lekin bu navbatdan qanday qilib o'taman. Malika qo'lidagi oq ro'molni pastga otdi. Oshiqlar talashib, qo'larini yuqorilab ilomoq uchun talashdilar. Bir oshiq epchil ekan. Mahkam tutdi ro'molni. Malika qaytdi ortiga. Oshiq yigitni ham olib kirib ketishdi. Qolganlar qoldi afsusda. Gap so'zlar, bajarolmasin, bajarsa nima bo'ladi, shartdan o'ta olmasin. . . Shu kabi so'zlar. Menam oshiqman endi.navat talashayapman raqiblarim bilan. Hamma intilar oldinga, ro'mol ko'p tushayotgan joyga. .. Ana yana ko'rindi Malika. Qo'lida romolchasi bor. Ex eplay olmabdi yigit. Omadi kelmabdi. Endi ko'rmas Quyoshni boshqa. Oshiqlar yuragida zaracha qo'rquv yo'q. Kutishar ro'mol tushishin. Malikaga yaqinroqman. Yuzida parda bor. E voh. Parda to'sganda shunday go'zal bo'lsa. Pardasiz ko'rganlarni yuragin to'xtatarku... Mana ro'molni otdi yana. Qo'llarim yonidan o'tib ketdi ozgina. Yana kutaman. Kirib ketganga omadsizlik tilab...
(davomi bor)


Sog' salomatlik...
 
LoadingСана: Жума-муборак кун!, 18-Май-2012, 11:24 | Изох # 563
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Ne chego sibe? Giyos bu prosta chumaku? Uragan vopshem.

Faqat 3 ta shart!
 
DilraboСана: Жума-муборак кун!, 18-Май-2012, 11:46 | Изох # 564
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 627
Холати: Хозир йўқ
Monolog ertak uslubida hayotiy voqeliklarga wama qilib yozilgandek tasavvur uygotdi menda.Masalan,onaning gapiga quloq tutmaydigan "walpangquloq"lar haqidagi joyi juda aniq tasvirlangan biggrin .Davomini kutamiz.

Nigohimda jamdir bu olam...
 
YoJiKСана: Жума-муборак кун!, 18-Май-2012, 12:17 | Изох # 565
Рўйхатда
Гурух: VIP
Изохлар: 20
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1189
Холати: Хозир йўқ
Ёмгир....узни ерга уриб йиглама, Йикилмагин оёкларига
Етар...тингинг калбни тиглама, ёпишмагин таёкларига
Босар..кетар...курмайди ахир, фикрларин чирмаган дунё
Тингин...бас кил...кутар каддингни ялинмагин саёкларига!

(Ёмгирдан илхомланиб)


В мире много всего вредного...вот Я, например!
 
DilraboСана: Жума-муборак кун!, 18-Май-2012, 12:40 | Изох # 566
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 627
Холати: Хозир йўқ
biggrin Qoyil Feruza opa! Yomg'irlar ulkan ilhom manbai...

Nigohimda jamdir bu olam...
 
SmartDentСана: Жума-муборак кун!, 18-Май-2012, 12:41 | Изох # 567
Энг қадрли форумдош!
Гурух: VIP
Изохлар: 211
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 1093
Холати: Хозир йўқ
Qoil,chiroyli o'hshatish smile

Если хочешь, чтобы жизнь тебе улыбнулась,сначала сам улыбнись жизни:)
 
YoJiKСана: Жума-муборак кун!, 18-Май-2012, 12:42 | Изох # 568
Рўйхатда
Гурух: VIP
Изохлар: 20
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1189
Холати: Хозир йўқ
Яхши кураманде Ёмгирри роса)))

В мире много всего вредного...вот Я, например!
 
GiyosСана: Шанба, 19-Май-2012, 00:49 | Изох # 569
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Yo’lda ketayotgan edim. Olamon. Juda ko’p. Bilmadim bu ne ekan. Tushunmas hech kim. Yaqinroq turarman man ham. Navbat uzun. . . So'radim, bildim. Malika turmushga bo'libdi rozi. Navbatdagilar bari oshiqlar. Malikani vasli istar bari. . . Juda juda ko'p yigitlar, yoshi ulug'lar ham ora orada bor. O'ylayman, ahmoqmi bular. Bir qizni deb jonidan kechishlar. Shu gapimdan so'ng olamon menga qaradi. Ko'zlarida nafrat. Qo'llarida g'azab. "Sen nima deyapsan? Sen bilmaysan. Ko'rmagansan bu malikani. Qoch bu yerdan, o'zingga rahm qil, yoki seni o'ldiramiz. . ." - dedi bir oshiq yigit. Men tobora yanada hayratlandim. Ahmoq emas, telba bular. Telba Majnun bular... Ortga o'grildim, ketmoq istab o'z yo'lim tomon. Olaman "Malika ko'rindi" - deb hayqirdi. Kim ekan u, shunchalar telbaga aylantirgan, kim u shunchalar go'zal deb ta'riflangan. Peshayvonda turar savlat sochib bir hurliqo. Bir marta ko'rdim. Atigi bir marta. Uzoqdan yana. Yaqinlashib ko'rmoq istadi yurak. Ex qani edi olamon bunga ko'nsa. Hamma oldinga intilar, ko'rmoq istab malikani yaqinroq. To'yib ko'rish istar husnini. Oralarda ayollar ham bor. Qaysidir erkakni ortiga tortar, taxminan bildim. Bu uning xotini, erini qaytarmoq uchun kelgan. Onalar ham bor. O'g'lini bu o'limdan olib qolmoq hohlab kelgan. Afsus ko'ndirish qiyin. Yuragini mahf etgan malika vasli, ona mehridan ustun kelar ko'proq. Yaxshiyam oralarda onasiga muhabbati bor bor. Oldingga yurdim, yigitlarni yora. Malika qo'lida ro'molchani silkitar kulib. Bu chiroyli ko'zlar. Chiroyli kulishlar. . . Peshayvon tagida yozuv: "Malikani 3 sharti bor. Shu shartlardan o'tgan Malikani yori bo'ladi. O'ta olmagan oxirgi ko'rgan yorug'ligi shu bo'ladi". Mana men o'taman shartdan. Balki omadim kelar. Lekin bu navbatdan qanday qilib o'taman. Malika qo'lidagi oq ro'molni pastga otdi. Oshiqlar talashib, qo'larini yuqorilab ilomoq uchun talashdilar. Bir oshiq epchil ekan. Mahkam tutdi ro'molni. Malika qaytdi ortiga. Oshiq yigitni ham olib kirib ketishdi. Qolganlar qoldi afsusda. Gap so'zlar, bajarolmasin, bajarsa nima bo'ladi, shartdan o'ta olmasin. . . Shu kabi so'zlar. Menam oshiqman endi.navat talashayapman raqiblarim bilan. Hamma intilar oldinga, ro'mol ko'p tushayotgan joyga. .. Ana yana ko'rindi Malika. Qo'lida romolchasi bor. Ex eplay olmabdi yigit. Omadi kelmabdi. Endi ko'rmas Quyoshni boshqa. Oshiqlar yuragida zaracha qo'rquv yo'q. Kutishar ro'mol tushishin. Malikaga yaqinroqman. Yuzida parda bor. E voh. Parda to'sganda shunday go'zal bo'lsa. Pardasiz ko'rganlarni yuragin to'xtatarku... Mana ro'molni otdi yana. Qo'llarim yonidan o'tib ketdi ozgina. Yana kutaman. Kirib ketganga omadsizlik tilab...
Ex. Ana yana Malika ko'rindi. Essiz ketibdi bechora yigit. Bir tomondan quvonsam, bir tomondan achinaman. Ortda katta olamon. O'tgan yo'lovchilar ham Malikani jamolin ko'rib, safga turar. Malikani har boqishin intizorlik bilan kutishar. Mana yana ro'mol uchdi. Bu safar boshqa yoqga. Talash, ur to'palon. Malika qaytdi ortiga. Ro'molli oshiq ham kirib ketdi. Yana usha gaplar, omad, omadsizlik tilashlar. . . Bajara olmadi shartni yigit. Yo'q bo'lib ketdi endi. Ortda bir onaxon yig'lar: "Nima qilding o'g'lim, ne istading, ne bo'ldi bolam. Aytgandimku senga, Uchma makrga. Sevgi qildi seni telba, ko'r. Menga quloq ham solmading, gaplarim olmading... Qanisan endi. Men kim bilan qoldim. Meni boquvchim, go'rga qo'yguvchim edingku. Bolaginama. Seni ortingdan shu yergacha keldim, ortinga bir bora qaramading ham. Ko'zlaring faqat o'sha Malikada. Nahotki ona mehridan, sevging ustulik qilgan bo'lsa. . . Endi seni qaydan topdim. Ko'zimni oqu qarosin. Sendan emasman aslo hafa. Ayb menda. Qilmabman yaxshi tarbiya. Bermabman sof mehr. Ayb o'zimda. Ko'r ko'zlar ko'radigan mehr bermabman. Aybdorman". Onani gaplaridan nogoh ko'zlarim yoshlandi. Onasiz o'sdim, mehr ko'rmay. Onaga bo'lib zor. Onasi borlarchi? Qilyabdiku xor. Afsus hech kimim yo'q. Ortimdan qoladigan. Meni tartibga soladigan. Ona yig'lar hamon. Yerlar loy bo'ldi, ko'zdagi yoshdan. Borib tiz cho'kdim onaga, dedim: "Onajon. Mana men bo'laman sizga o'g'il. Yig'lamang bo'ldi. Qutqaraman o'g'lingiz, akamni. Meni qiling faqat duo. Bajaray Malikani shartin". Ona der: "Bolam. Joning o'zingga og'irlik qilyaptimi? Hamma ayol birku, ko'rinishi boshqa bo'lsa ham. Nega shunga tushunmaysizlar. Yaltiroqga chopgaysizlar. Bir bolamni yoqotganim yetar. Boshqasi yonimda qolsin. . . . Mayli ahding jiddiy ekan. Qaytara olmayman baribir. Duo qilaman. Esdan chiqarma hech qachon. Yigit boshing baland tut. Egmagin hech qachon. G'ururing sotma, ketsa ham boshing. Sen yigitsan, unutma sira. Ortingda ona bor, shuni esla". Onam duosi olib, Malikani romol otishin kutarman. Onam duo qildi omad tilab. Malika yana chiqdi peshayvonga. Usha savlat, usha kulgu, usha chiroy. Oshqlar qo'li yuqorida. Osmondagi oyni olmoq istab. Malika ozgina oshiqlariga boqdi, so'ng ro'molni otdi. Ro'mol tushdi kelib qo'limga, bosdim qattiq bag'rimga. Ro'moldan taralar ajoyib ifor. . . Sarhush aylar barimizni. Malika kirdi o'z xonasiga. Meni ham olib ketdi soqchilar kuzatib o'sha xonaga.
Xona hashamatli ko'rkam. Malika o'rtada o'tirar xontaxta yonida. Menga joy ko'rsatdi va bir piyola choy uzatdi. Asta yuzidagi pardasini yechdi. Xona yorqinlashdi yanada. Malika ko'zlari kulib turar. Nigohim uni bir bir ilib qo'yar. Malika buzdi jimlikni. Aytmoq istab shartini. Menga aytdi: "tanlang qay birin aytay oldin. Yoki hammasini bir vaqtda". O'ylamayman, ayt hammasi bir paytda. Malika aytdi: "O'yla avval. Hali imkoning bor. Ko'rding bor husnimni. Ketaver uyingga. Bo'lma juvornmang. Joning asra. Shart aytsam, ortga yo'l qolmaydi. Eslolmaysan boshqa quyoshni ham". Yo'q. Ayt shartingni. Bajaraman barini. Men seni yor istab keldim. Maqsadga yetmaslikni ep bilmay. Malika aytar shartini: "Mayli, men berdim imkon, qildim ogoh. Bir umr chekmang afsus. Shartlarim aytaman unda sizga. Bajaring uni sevsangiz agar meni, bir zumda. Birinchi shartim shuki, menga bo'lasiz bir umr yor. Saroydan chiqmaysiz qaytib hech qachon. Ikkinchi shartim esa, turibdi ostonada kovushim. Necha kundan beri usti chang. Shuni tozalaysiz, yoqsin menga. Uchinchi shartim esa. Sizdan oldin kirgan oshiqni o'ldiring. Toki meni yuzimni ko'rgan. Aytolmasin o'zgalarga. Shuni bajarsangiz sizni yoringizman". Yo'q. Men bajarmayman shartingiz. Juda ham osondir kimlarga. Mayli roziman o'limga. Bu shartlar to'g'ri kelmas ekan menga. Bo'larman sizga yor. Tashqarida esa kutayotgan onam bor. Voz kecholmayman onamdan sira. Ona mehri ustun menga bari sevgidan. Sog' bo'lsam balki toparman yana sevgim. Lekin topolmaymanku ona mehrin. Men onamga vafodorman. Yolg'izlatmayman hech qachon. Chang kovushingiz. . . Kechir meni. Men senga er bo'lyapman. Qul emas. Menda erlik g'ururi bor. Egmayman ayolimga sira boshim. Sen qilishing kerak menga xizmatim. Odam o'ldirish. Yo'q. U begunoh. Unda ayb yo'q. Uni jonini men olmayman. Yaratgan oladi. Seni husningni ko'rgani gunoh sanalmas. O'ldirishga esa arzimas. Mana meni o'ldir, ogohlantirding. Bajara olmadim sharting. Roziman. Faqat onamdan uzr so'rab qo'y. Bajara olmadim va'damni. Qaddimni tik tutdim. Egmadim unga boshim. Afsusdaman. Bekor qildim shart o’ynab. Akamni qutqara olmadim. Onam yana farzand do’g’ida qoldi... Malika o’tirar kulib. Men kutaman kelishin ortimdan jallod. Malika bitta chapak chaldi. Jallod emas. Vazir keldi. Qo’lida zar cho’pon. Malika o’rnidan turdi. Menga yaqin kelib tazm qildi: “Ey botir, qo’rqmas yigit, sen bajarding shartimni. Sen yutiding. Sendan oldingilar hammasi aytganimni qilishdi. Saroyga qamalib, oilasidan kechishdi voz. Ayting menga. Tug’ishganlaridan kechgan, vaqti kelib mendan kechmaydimi? Yurtga yov kelsa, qochib ketmaydimi? Bunday oila sevmaslar menga yor bo’la olamas. Siz bu shartda tanladingiz onani. Oilaga vafodorsiz. 1 shartdan shu sabab o’tdingiz. Ikkinchi shart ne bo’ldi. Siz egmadiz menga bosh. Qolganlarchi. Yotib olib, kiyimlariga artishdi kovushim. Shular ham erkakmi? Menga qul emas. Er kerak edi. Ular bir ayol deb, g’ururidan kechdi. Borini sotdi hisob. Yurtga yov kelganda, shular sotilar birinchilar bo’lib qator. Sizda g’urur, egilmas bosh bor. Shu sabab o’tdingiz uchunchi shart tomon. Uchinchi shart edi odam o’ldirish. Bu qotillik, katta gunoh. Ko’zini sevgi ko’r qilganlar. Kim bo’lsa ham o’ldirar. Ularda iroda mustahkam emas. Juda ham ojizdir betamom. Ular sira bilmas adolat. Bundaylar qanday qilib bo’ladi yurtga hukumron. Siz adolat qila oldingiz. Va shartlarim bajara oldiz. Keldi oldimga 100 dan ortiq oshiqlar. Eng ko’pi qildi aytganimdan ikkisin. Bo’ldi. Endi siz menga yorsiz. Yuring peshayvonga. Bilsin xalq sizni endi kimligiz”. Chiqdik Malika bilan qo’l ushlashib. Pastda ikkimizni ko’rgan olamon afsuslanar. Hammasi er tepinib, uyi tomon ketar. Kelgan ayollar hursand, quvonchda. Duo qilar meni tabriklab Malika bilan. Qoldi yolg’iz onam. Esga tushdi bergan va’dam. “Malikam, ana meni onam. Seni zindoningda bor meni akam. Qo’yib yuborsang edi. Baxtli qilarding onamni. Men o’tdim shartingdan. Shu ona duosi tufayli. Ta’zimdaman doim, onalar poyiga”. Malika etdi ozod. Omon qolgan barcha oshiqlarni. Rahmat eta ketdi hammasi, o’grilib ortiga bir bir. Onamni olib kelib saroyga, joy berdim 7 ko’rpaga. Bo’lsinlar endi rohat – farog’atda. Ko’rsinlar orzularin ro’yobin. Meni qilsinlar duo. Bo’ladi chunki ijobat doimo....

© Men sevmaymanku h.uchun yozilgan. Giyos


Sog' salomatlik...
 
YoJiKСана: Шанба, 19-Май-2012, 12:15 | Изох # 570
Рўйхатда
Гурух: VIP
Изохлар: 20
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1189
Холати: Хозир йўқ
Э койил Гиёс!

В мире много всего вредного...вот Я, например!
 
Dilnoza0514Сана: Шанба, 19-Май-2012, 15:45 | Изох # 571
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 16
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 81
Холати: Хозир йўқ
Dunyoda bilmadim ayol uchun og'ir jazoni men o'lchamiman albatta lekin bir narsani bilamanki men uchun dunyoda eng og'ir jazo ayol o'z tanasida o'sib boraydigan yuragini bir parchasi farzandi qimirlab turganini xich qachan xis qilmaslikdan og'ir jazo bo'lmasa kerak.

Sizni ko'chada kam ko'raman. Farzandingiz yo'qligini bolaligimdan bilaman. Kam ko'rishim balki xarbiylar uchun ochilgan oshxona do'konda band bo'larsiz. Judayam quvnoq lekin qattiq quruq kim uchun xa mayli bu xam o'z yo'liga.
Ko'pincha sizni xamma butun boshli xarbiylar bilan o'ziga farzand bo'lishi uchun yurib sinab ko'rgan deyishadi. Balki tuxmat bilmadim qorovul turganim yo'q. Eriz uzoq yillardan buyon yashab keladi. Bekorgamasdir.

Qanday gumon tuxmatlar xaqmi? yo'qmi? Yaratgan biladi. Insonning vafosini xam Olloh sinaydi. Balki bir necha erkaklardan bo'la orttiraman degandan vafo avzal. Olloh xottinni eriga bo'lgan vafoni kuchidan farzand beradi. Ishonch vafo inson uchun eng katta ko'rinmas boylik. Axir yillar davomida 5-yil 10-yil 18-yil kutib farzandli bo'lganlar bor. Xayotda o'zimizga xiyonat qilmaylik. Vafo ishonchni yoqotmaylik.


Sayyod.

Olloh mexribon. U meni do'stim.
 
HushroyСана: Шанба, 19-Май-2012, 16:52 | Изох # 572
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 48
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 951
Холати: Хозир йўқ
Койил, Гиёсиддин! Ибратли, хаётий чикибди! Ижодингизга барака!
 
LoadingСана: Якшанба, 20-Май-2012, 11:37 | Изох # 573
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Dilnoza juda qalin qog'oz kartonga urab qo'yibsiz! Ammo tasir kuchini yoqotmagan! Kun fikriz shunga aloqador ehtimol?

Agar gumon to'g'ri bo'lsa insof so'rab duo qilaylik?

Bilolmadim. Nima sababdan sevgi qissasi fojiya, kasallik, yana bir nimalar bilan yakun topsa tasirli? Negadur bunday og'ir qismatni eshitgan odam ko'zida yosh bilan zavqlanadi. Havas qiladi extimol? Nima uchun janjal bilan tugasa monolog, baxtdan so'zlasa xikoya bo'lishi kerak?
Nima deb o'ylaysan, kelajagimiz monologmi yoki Hikoya? Agar monolog bo'lsa kim kimni tashlab ketar ekan? Aynan qaysi sabab bizni nomimizga yozilar ekan?
Meni to'yim, Seni to'ying, avia xalokat, avto xalokat, qay biri bizni ayiradi? Ikkimiz bir-birimiz uchun jon bersakchi? Bu monolgni kim yozadi, kimlar o'qiydi? Kimlar ko'z yosh to'kadi sevgimizni ko'rib. Qaysi aqli bor inson bizga havas qilarkin? Hikoya bo'lsachi? Bizni qanday sinovlar kutib turibti? Yakuni baxtli bo'lishiga ishonish mumkinmikin? Nechta monologlardan tashkil topadi ekan? Men sen bilgan eng mehribon qaxramon ro'lini ijro etaman hayotingda. Tasavvurimda malikani shartini bajarib g'aribgina chupon qizini tanlagan kulol menman. Sen intizor kutgan yorim bo'lasan. Huddi ertaklardek sevgimiz ovozasi 40 kechayu 40 kunduz, yetti chaqirim uzoqdan eshitilib turadi! Mana bu hikoya dardli monologdan ko'ra yaxshiroq ehtimol? Lekin baxt xaqida so'ylab beruvchi hikoyada chin muxabbatga tarif kam. IKKImizni muxabbat dostonimiz shunday dartli monologlardan tashkil topishini juda istayman. To kay biz sabab kelajak avlod bir birlaridan be vaqt ajralmasin. O'rgansilar chindan sevishni!


Faqat 3 ta shart!
 
ParvinaСана: Пайшанба, 24-Май-2012, 11:25 | Изох # 574
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 637
Холати: Хозир йўқ
Бегоналардан кизгонган бегонангман.
Бегонасан, калбимда якин, танимайман юрагимдасан, куришиб турамиз бегоналардек, севгим олови девоналардек.
Сени танимасам, бу армон, танишиб колмас, бу гамдир балки!? Мингталаб севилиб юрган кунгилларнинг хасталиги балки уларнинг якинлиги сабабдир, мен сени факат калбимда олиб юришга ахд килдим. Хеч ким ман сенга, сен каби…
Карама ортингга кетавер, нигохларим сузласада сенга булган кизикишимдан эътибор берма, узинг сол гарангликка, аммо хар куни кут, келаман сену менга бегона булган жойга. Келаман сени бир марта курмок учун, кетаман энди кайтмайман деб, юракчи, у хам келмасинми? У мен билан! Тугри узим сенда эмаску, юрагим сенда.
Рашк киламан сени узингдан, чунки якка узинг юрасанда хамма вакт, хамиша, ёлгизликнинг далолати нимадан?! Балки калбингни эгаллаган бордир, у менга бегона. Билдирма кизгонаман бегонангдан.
Оддий, сен билмаган, кутмаган, хаёлига келмаган инсонингману, бегонаман. Агар булганимизда таниш-билиш, ёзмасмидим сен хакингда, тасвирламасдим хаёлимда, кара канака бахт, сен кутганингдан хам аъло, чиройли… лекин бегона, юр олиб кетай сени бегоналардек, факат бегона жойга эмас, балки бизни бирлаштирадиган панага.


Allah büyükdur
 
LoadingСана: Пайшанба, 24-Май-2012, 19:16 | Изох # 575
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
P.S doimgidek betakror. Parvina tarifga til ojiz!

Yo'q bo'lib ketsang bazan quvonaman. Hulosaga shoshilma! Quvonchimga sabab boshqa! Qaytishing aniq. Bu sog'inch yoqimli! Qaytasanu monolog bo'stoniga bir go'zal chechakni ekib qo'yasan!

Loading... Parvinaga har doim shunday tarif beraman!


Faqat 3 ta shart!
 
Форумистон » Умумий » Ижодистон » Monolog (O'zimizni monologlar.)
Поиск: